Adabiyotlar.
1.Agzamova D.Engilish teaching methodologiy . “Barkamol fayz mediya nashri.
Toshkent.2016
2.Ingliz tili dasturi ( maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun) Toshkent. 2018
3.Engilis languageteachung methodologiy.”Fan va texnologiya nashri Toshkent
2015 y
4. "Merry English songs and scenarioes of holidays" C.B. Арапова Т:.1996 г.
5. “ Ilk qadam “ davlat o’quv dasturi Toshkent 2018 yil
DEVIANT FE’L-ATVORLI BOLALAR VA O‘SMIRLAR TOMONIDAN
SODIR ETILAYOTGAN NOQONUNIY XATTI-HARAKATLARNING
IJTIMOIY ILDIZLARI
Z.A.Ro`ziboyeva
TDPU “Maktabgacha ta`lim” fakulteti o`qituvchisi
Kuzatishlarga qaraganda, keyingi yillarda oilalarda turli xil sabablarga ko‘ra,
xususan kishilarda kundalik turmush tashvishlariga barham berish, qiyinchiliklarni
yengib o‘tish va kelajakka nisbatan yangicha qarash layoqatining yetishmasligi va shu
kabilar oilada farzandlar tarbiyasiga e’tiborning biroz susayishiga sabab bo‘lib, ota-
onalar farzandlari bilan kam muloqotda bo‘lishiga to‘g‘ri kelmoqda. Shaxsning
ma’naviy-ahloqiy jihatdan barkamolligi ijtimoiy turmushda vujudga kelgan turli xil
nizoli vaziyatlardan chiqib ketishiga yordam beradi. Ma’naviy-ahloqiy jihatdan sust
rivojlanganlik va shaxsdagi o‘ziga xos xususiyatlar (o‘zgaruvchan xarakterlilik,
qo‘zg‘aluvchanlik, beqarorlik, hissiyotga beriluvchanlik, tobelik, jur’atsizlik va
boshqalar) esa bolalar va o‘smirlarda deviant hulqning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Ota-onalarning oilada farzandlari bilan qilayotgan muomala va munosabatlari
ko‘rinishlari bolalar va o‘smirlarda hulq og‘ishining kelib chiqishiga sabab bo‘lishi
mumkin. Oilada qahr-g‘azab asosidagi ota-ona munosabati bolalarni uydan bezdiradi.
Uydan bezish, oila muhitini tan olmaslik o‘smirlarda oilaviy muhitga nisbatan
deformatsiyalashuvni keltirib chiqaradi. Natijada o‘smir oiladan tashqari ko‘cha
muhitini o‘ziga ma’qul ko‘radi. Ko‘cha muhiti esa ba’zan kriminal mazmunga ega
bo‘lishi mumkin. Natijada noahloqiy va g‘ayriqonuniy hulq-atvor muhitiga tushib
562
qolgan o‘smirda hulq og‘ishining kelib chiqishi uchun imkoniyat yaratiladi. Ota-
onalarning qahr-g‘azab asosidagi munosabati bolalar va o‘smirlarda salbiy xarakter
xislatlarining xususan, qo‘rqoqlik, tobelik, asabiylik, hissiyotlarga beriluvchanlik va
mustaqil tafakkurning sustligi kabilarning shakllanishiga olib keladi. Qo‘rqoq, tobe
bolalar va o‘smirlardagi asabiylik, qo‘zg‘aluvchanlik va hissiyotlarga beriluvchanlik
vaziyatlarning chigallashuviga, muammoli vaziyatlardan chiqib ketish yo‘llarini
noto‘g‘ri qo‘llashga olib keladi. Ota-onalarning farzandlari hayoti va faoliyati bilan
qiziqmasliklari, ularni nazoratsiz qoldirishlari ham o‘smirni g‘ayriqonuniy hulq-
atvorga olib keladi. Shuning uchun ota-onalar farzandlarining ayniqsa, o‘smirlik yoshi
davridagi faoliyatlarini, bo‘sh vaqtlarida nimalar bilan shug‘ullanayotganliklarini
domiy ravishda nazorat qilib borishlari maqsadga muvofiqdir. Voyaga yetmaganlarda
deviant fe’l-atvorning kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi oilaviy tarbiyaga bog‘liq
bo‘lgan omillardan yana biri oilaviy tarbiyada o‘ta qattiqqo‘llik, avtoritar yondashuv,
bolalarning fikr va qarashlarini inobatga olmaslikdir.
Bugungi kunda o‘zbek oilalarida mavjud bo‘lgan tarbiyadagi nuqsonlardan yana
biri ota-onalarning cheklash, rad etish, taqiqlash, ruxsat etmaslik asosidagi tarbiyalash
usulidir. Bu xildagi tarbiya usulida bolalarning irodasi, xohish-istagi, o‘y-hayollari,
orzu va intilishlari, fikr va mulohazalari inobatga olinmaydi. Shuningdek, bunday
tarbiya usulida bolalarga o‘z fikr mulohazalarini ochiqcha bayon etish, mustaqil
qarorlarga kelish va muayyan vaziyatlarga o‘z nuqtai nazarini bildirish imkoniyati
cheklanadi. Bolaning tafakkuri, qiziqishi, erkinligini hurmat qilmaslik mustaqil fikr
yuritish qobiliyatining sust rivojlanishi, tortinchoqlik, o‘z fikr-mulohazalarini bayon
eta olmaslik, tobelik, qo‘rqoqlik va jur’atsizlik kabi salbiy xislatlarni keltirib chiqaradi.
Jur’atsiz, tobe, tortinchoq bolada faollik va o‘z-o‘ziga ishonch hissi yetishmaydi.
Shuningdek, ularda nutqning sust rivojlanishi holati ham kuzatiladi. Bunday bolalar
butun umr davomida birovlarga tobe bo‘lib yashaydilar. Ularda rahbarlik,
boshqaruvchanlik qobiliyatlari o‘ta past rivojlangan bo‘ladi. Hozirda o‘zbek oilalarida
berilayotgan
tarbiya
nuqsonlaridan
yana
biri
oilaviy
tarbiyada
milliy
563
qadriyatlarimizdan, ya’ni mifologiya, ertak, maqol, rivoyat va hadis ilmidan yetarlicha
foydalanilmayotganligidir.
50
Bolalar va o‘smirlarda hulq og‘ishining oldini olishning muhim shartlaridan biri
tarbiyaviy jarayonda ta’lim muassasasi va oila hamkorligini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishdir.
Ko‘pincha oila va muassasa hamkorligi, ota-ona va o‘qituvchi o‘rtasidagi o‘zaro
aloqaning uzilishi tufayli bolalar va o‘smirlar tarbiyasini, ayniqsa, ular hulqidagi
o‘zgarishlarni tuzatish ancha qiyin kechadi. Yoshlar bilan olib boriladigan ta’lim-
tarbiya ishlarining muvaffaqiyati ularning yoshga oid va psixologik xususiyatlarini
bilish hamda hisobga olishga bog‘liqdir. Bu holat eng nozik davr hisoblangan o‘smirlik
davrining alohida xususiyati bo‘lib, u ko‘proq shu davrga taalluqlidir. O‘smirlik
davrini o‘tish davri, deb yuritadilar, chunki ana shu davrda bolalikdan kattalik holatiga
o‘ziga xos o‘tish davri yuzaga keladi. Yoshlar bilan individual munosabatda ularning
qanchalik emotsionalligi, hissiyotga beriluvchanligini, affektga moyil yoki moyil
emasligini, o‘z hissiyotini tuta olisholmasligini va shuningdek, unda qanday hislar
ustun ekanligini bilish juda muhimdir. Kattalar har bir bolaning qanchalik
to‘g‘riso‘zligini, mehnatsevarligini, vijdonliligini, do‘stlik va hamkorlikni qanchalik
his qilishini kuzatib, bilib borishi zarur. Salbiy ahloqiy sifatlarga ega bo‘lgan yoshlarda
tajanglik, qo‘pollik, yolg‘onchilik, bezorilik, egoizm, qaysarlik, o‘jarlik, intizomsizlik,
qoidalarga rioya qilmaslik, o‘zbilarmonchilik kabilar kuzatiladi va bunday xislatlarga
ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalashda individual yondashuv lozim. Chunki ular jamoa
yoki ko‘pchilik orasida o‘zlarining ayblarini oshkor bo‘lishini yoki tarbiya, tanbeh
berayotgan kishining nasihat yoki ko‘rsatmalariga bo‘ysunishni yoqtirmaydilar, ular
bilan muomalada nihoyatda ehtiyotkorlik, samimiylik, do‘stona munosabatda bo‘lish
talab qilinadi. Yoshlar bilan ishlashda ularning xarakteri, qiziqishlari, shaxsiy
xususiyatlari e’tiborga olinishi lozim. Ko‘p nasihat qilmaslik, urishmaslik, ovozini
baland ko‘tarmaslik, ko‘p gapirmaslik maqsadga muvofiq. O‘zaro samimiy
munosabat, shahsiy namuna, oila va muassasadagi kishilarning ishga ijobiy
munosabatigina yoshlarda shunday bo‘lishga havas tug‘diradi. O‘smirlaring xatti-
50
Norbek Tayloqov Voyaga yetmaganlar o‘rtasida suitsid holatlarning oldini olish. Metodik qo‘llanma –T.: «Kamalak» nashriyoti Toshkent - 2017
564
harakatlarini ijobiy yo‘nalishga burib yuborish uchun ularda mas’uliyat, g‘urur,
javobgarlik, ishonch kabi yuksak hislarni tarkib toptirish lozim. Buning uchun ularga
yoshi, kuchi, qobiliyati va qiziqishlarini hisobga olib, topshiriqlar berish ayni
muddaodir. Ularni o‘zlari qiziqqan to‘garaklarga jalb qilish yaxshi natijalar beradi. Eng
muhimi shundaki, tarbiyalanuvchilarga ishonish kerak. Ularning qo‘lidan keladigan
ishlarga e’tiborli bo‘lib, uni bajarganidan keyin rag‘batlantirish, uni ishni yana ham
yaxshi bajarishda o‘z fikrlarini bayon qilish ham muhimdir. Yoshlarni be’mani hordiq
chiqarish va ko‘cha-ko‘yda maqsadsiz yurishlariga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Buning
uchun maktab, mahalla, jamoatchilik va oila hamkorligini mustahkamlash, bolalarni
iloji boricha maktabdan tashqari muassasalarga jalb etish chora-tadbirlarini qo‘llash
kerak. Ushbu jarayonlarda mahalla faollari, ta’lim muassasasi psixologlari, pedagoglar
va keng jamoatchilikning ishtirok etishini ta’minlash kerak. Ta’lim muassasasida
pedagog-psixologlar bilan hamkorlikda o‘quvchilarda eng yaxshi insoniy fazilatlarni
rivojlantirish, ularda o‘ziga ishonch, o‘z hulqini yaxshilash motivlarini quyidagi
yo‘nalishlarda shakllantirishlari zarur:
bolalarni o‘z hulq-atvorini o‘zi baholashga o‘rgatish;
o‘quvchilarning ijobiy xatti-harakat qilishlarini muntazam nazoratga olish va
ularga ishonish;
oilada, muassasada bolalarning oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishda erishgan
yutuqlarini rag‘batlantirish;
tarbiya berishning optimal strategiyasini aniqlash;
o‘quvchilarga individual yondashuv har biriga aniq maxsus pedagogik ta’sir
o‘tkazish;
tarbiyaviy ta’sirning bolani har tomonlama rivojlantirishga yo‘naltirish;
darsdan tashqari faoliyatlarda bolalarga mustaqil faoliyat (o‘qish, o‘yin, mehnat,
xobbi va qiziqishlari)ni tanlash uchun imkoniyat berish;
har bir bola uchun ularni aqlan hamda ahloqan rivojlanishiga yo‘naltirilgan
tarbiyaviy ishlarni tashkil etish;
ota-onalar bilan ishlash jarayonida xududiy “Oila markaz”lari, mahalla fuqarolar
yig‘ini va shifokorlar bilan hamkorlik qilish.
565
Do'stlaringiz bilan baham: |