BO‘LAJAK TARBIYACHILARDA KASBIY FAOLLIKNI
RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI
Toshpo`latova Hilola, Suvanova Mohinur, Bolliyeva Sitora
TDPU “Maktabgacha ta`lim” fakulteti talabalari
Ta’lim-tarbiya jarayonida bo‘lajak tarbiyachilarni mustaqil va erkin fikrlashga
o‘rgatish, dunyoqarashini kengaytirish, kasbiy faolligini shakllantirish va rivojlantirish
masalasiga e’tibor kundan kun ortib bormoqda.
2017-2021–yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Yoshlarni ma’naviy-ahloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash,
ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish chora-
510
tadbirlari” ga muvofiq, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash,
ta’lim tarbiyaning zamonaviy metodologiyasini yaratish, o‘quv adabiyotlarining
yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish hamda pedagog xodimlarini
tayyorlash tizimini yadana takomillashtirishni taqazo etadi” [
47
.5b]
Mazkur fikrlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, bugun tarbiyalanuvchi va
tarbiyachilarni ongli fikrlashga, mustaqil va erkin faoliyatga o‘rgatish, kasbi qiziqishi
va faolligini rivojlantirish jarayoniga hamda tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan
ta’lim muassasalariga ham alohida e’tibor qaratilayotganligini ko‘rishimiz mumkin,
bu o‘z navbatida bo‘lajak tarbiyachilarda
kasbiy faollik tuyg‘usini rivojlantirish
jarayonlarini o‘rganish orqali ushbu faoliyatni kuzatish va tahlil qilish zaruriyatini
ham belgilaydi.
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi tarbiyachilarida kasbiy faollikni rivojlantirish
jarayoni ularning dunyoqarashini o‘zgartirishga, ijtimoiy faolligini oshirishga, ularda
mustaqillik ma’naviyati, milliy iftixor tuyg‘usi, or-nomus va mehr–oqibat kabi qator
tushunchalarni singdirish, ya’ni milliy mentalitimizga mos va xos sifat va fazilatlarni
ularda tarkib toptirishga xizmat qiladi. Maktabgacha ta’lim yo`nalishi tarbiyachilarida
kasbiy faollikni oshirishning ahamiyati va zaruriyati haqida bilim, ko‘nikma va
malakani egallash natijasida, tarbiyachilarda kasbiy madaniyatni shakllantirish va
rivojlantirish, hayotga, mehnatga va ijodiy izlanishga hamda o‘z xalqiga munosib
xizmat qilishga, milliy boyligimizga, Vatanimiz va Davlat ramzlariga, umummilliy
qadriyatlar va milliy urf-odatlarimizga bo‘lgan ijobiy munosabatni tarkib topishga
yordam beradi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida maktabgacha ta’lim yo‘nalishi tarbiyachilarida kasbiy
faolligini oshirish orqali ularda mehnatga va mehnat ahliga bo‘lgan munosabatni
shakllantirishga, Vatanga, tabiat va jamiyatga, ota-ona, yoru-do‘stlarga mehr-
muhabbat va sadoqat, umummilliy qadriyatlar va milliy urf-odatlarimizga hurmat,
ularga egalik qilish hamda o‘z vaqtida himoya qila olish mas’uliyatini shakllantiradi.
47
2017-2021 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi“
511
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi tarbiyachilarida kasbiy faollik tushunchasini
singdirish orqali ularda sharq va g‘arb allomalarining ma’naviy me’rosi, buyuk
allomalarimiz, ota-bobolarimizning hayoti, ushalmagan orzu-maqsadlari va ular
qoldirgan meros haqida tushunchalarga ega bo‘lishi, mustaqil mamlakatimizning
istiqbolli kelajagi, ilm-fan taraqqiyoti yo‘lida tinmay mehnat qilish, ma’naviy
boyliklarni qadrlash va asrash, uning kelajagi haqida qayg‘urish, o‘z xalqi va
mamlakati yutuqlari bilan mag‘rurlanish, o‘zligini anglash va milliy an’analarga sodiq
bo‘lish, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi va yurt tinchligi yo`lida o‘z jonini fido
qilishga tayyor har tomonlama faol, ijodkor, fidoiy bo‘lishga to‘g‘ri yo‘naltirishga
erishish zarur sanaladi.
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi tarbiyachilarida kasbiy faollikni rivojlantirishda
mustaqil faoliyat yuritishda individual tafakkurni o‘rni alohida sanaladi. Ma’lumki,
individual tafakkur hamkorlikdagi aqliy va jismoniy mehnat jarayonida, shaxslarning
o‘zaro muloqotga kirishishi jarayonida jamoaviy tafakkurga o‘sib o‘tadi. Jamoada
tanqidiy qarash, o‘z-o‘zini tanqid, baholash, o‘z-o‘zini baholash, o‘z-o‘zini tekshirish,
nazorat qilish, “jamoaviy o‘ylash”, guruh bo‘yicha mulohaza yuritishdan iborat
tafakkur sifatlari vujudga keladi [
48
].
Demak, maktabgacha ta’lim yo‘nalishi tarbiyachilarida kasbiy faollikni
rivojlantirishda inobatga olinishi zarur bo‘lgan omillardan biri individual tafakkurning
jamoaviy tafakkurga o‘sib o‘tishi ekan. Bunda tarbiyachilarning tarbiyalanganligi,
dunyoqarashi va ahloqiy sifatlari o‘ziga xos ahamiyat kasb etib, talabalar tafakkurini
rivojlantirish jarayonida talabalarning individual psixologik xususiyatlari bilan bir
qatorda, ular tarbiyalanayotgan muhitni o‘rganish, ularning qobilyati, iqtidori,
qiziqishlari va ehtiyojlarini inobatga olish zarur hisoblanadi.Chunki ixtiyoriy inson
asosan, ikki yo‘l bilan, birovning bevosita ta’siri, ya’ni o‘rgatishi, donolar fikrlari,
o‘gitlari va asarlarini o‘qish, tajriba o‘rganish, shogird turish orqali bo‘lsa, ikkinchisi
inson o‘zining fikrlashi, odamlar xatti-harakatidan, qilgan va qilayotgan ishlaridan
xulosalar chiqarish va eng asosiysi – tafakkuri vositasida tarbiyalanishi mumkinligini
inobatga olinishi zarur.Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib aytish mumkinki,
48
G‘oziyev E.Tafakkur psixologiyasi.T.:O‘qituvchi,1990. 3b
512
talabalarga ta’lim-tarbiya berish jarayonlarida ularda kasbiy faollikni rivojlantirishga
alohida e’tibor qaratish, ta’lim-tarbiya jarayonida ko‘proq erkin va mustaqil fikrlashga
o‘rgatish, ularning subyektivligini oshirish hisobiga, subyekt-obyekt munosabatlaridan
subyekt-subyekt munosabatlariga o‘tish, ya’ni mazkur jarayonda shaxsga
yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini tashkil etish, shuningdek, ularning mustaqil ta’lim
olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, mustaqil olgan ma’lumotlarini o‘rganish
asosida ularning ilmiyligi, yangiligi va ishonchliligini tahlil qilish, eng yangi va
ishonchli axborotlar bilan ta’minlash, talabalarning faoliyatini muvofiqlashtirishda
axborotlar almashinuviga alohida e’tibor qaratish zarur.
Bizning fikrimizcha, maktabgacha ta’lim yo‘nalishi tarbiyachilarida kasbiy
faollikni rivojlantirish yo‘nalishidagi pedagogik jarayonlarni samarali tashkil etishda
quyidagi omillarga e’tibor qaratish muhim sanaladi. Bunda, ta’lim-tarbiya
jarayonining samaradorligini ta’minlashda kasbiy faolligi va mustaqil faoliyatning
mazmuni va mohiyatini anglab yetish, shaxslararo munosabatlarda kasbiy faollikni
rivojlanishga ta’sir ko‘rsatuvchi tarbiyaviy munosabatlarning ahamiyatini tushinib
yetish, pedagogik jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligini inobatga olish,
pedagogik jarayonlarda shaxsga yo‘naltirilgan ta’sirni o‘ziga xos xususiyatlariga
e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi tarbiyachilarida kasbiy faollikni rivojlantirishga
qaratilgan pedagogik jarayonlarni tashkil etishda alohida e’tibor talab qilayotgan
birinchi omil ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini ta’minlashda ularning
faolligi va mustaqil faoliyatining ahamiyati bo‘lib, pedagogik jarayonlarda
tarbiyachilarning faolligini ta’minlashda ularning mustaqil faoliyati, ya’ni mustaqil
ta’lim va mustaqil ma’lumotlar olishi hamda o‘zini-o‘zi tarbiyalashi muhim ahamiyat
kasb etadi va bu ahamiyat ular rivojlanishga asos sifatida xizmat qilishida o‘z ifodasini
topadi.
Tadqiqotlarda bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyachi ta’lim - mustaqil ta’lim,
tarbiya - o‘zini-o‘zi tarbiya, ma’lumot-mustaqil ma’lumot va tarbiyaviy munosabatlar
haqida yetarli malakani egallashi zarurligi keltiriladi.
513
Bolaning rivojlanishida, ya’ni uni tarbiyalashda jamiyat tomonidan tashkil
etilgan ta’lim muassasalarining va ta’lim-tarbiya jarayonida qatnashayotgan barcha
kishilarning faoliyatlari ham muhim rol o‘ynaydi.
Shunga ko‘ra, tarbiya – insonlar rivojlanishida asosiy rol o‘ynaydigan jarayon
sanaladi. Mazkur jaorayon bir avlod ijtimoiy tajribasining keyingi avlodlar tomonidan
o‘zlashtirilishi va ularning ijtimoiy hayotga qo‘shilishlarini ta’minlab beruvchi zaruriy
faoliyat bo‘lib, u inson tarbiyalanganligining mezoni sifatida shaxsiy xislatlarni
shakllantirish bilan bog‘liq holda tarixan shakllanib kelgan pedagogik tushuncha.
Uning yordamida insonning rivojlanishiga tashqi muhitning ta’sirini fan va amaliyot
isbotlab beradi. Inson butun umri davomida hayotda kimningdir tajribasiga tayanadi
hamda unga asosan o‘zining ko‘nikma va malakalarini shakllantirib boradi. U faqat
o‘tmish merosxo‘ri sifatida ijtimoiy hayotga qo‘shilib boradi va kelajak uchun
tayyorlanadi.
Tarbiyaviy jarayon
–
rivojlanib borayotgan avlodning katta yoshdagilar
tajribasini egallab borish jarayoni bo‘lib, u insonlar rivojlanishini boshqarish hamda
ularning shaxsiy xislatlari shakllanishiga zarur sharoitlar yaratib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |