Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги



Download 4,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/247
Sana14.07.2022
Hajmi4,75 Mb.
#796806
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   247
Bog'liq
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1 (1)

Список литературы 
1. 
ПП РУз под № 3305 «Об организации деятельности Министерства 
дошкольного образования Республики Узбекистан» от 30 сентября 2017 года
 
2.
«О мерах коренного усовершенствования системы дошкольного образования» 
(от 09.09.2017, №3261),
3. 
 
ПП РУз «Концепции развития системы дошкольного образования до 
2030»(утвержден 08.05.2019 ПК – 4312) 
4. Касымов К. М. Теория организации и управления организацией. ­Т:
A.Кодирий 2004 г.
5. 
. Ш.E.Сейтхалилов. Управление качеством образования. ­Т: «Турон­икбол»: 
2006г 
6.
. M.Шарифходжаев.Ю.Абдуллаев. Менеджмент. ­Т: «Укитувчи» 2002г. 
С.С.Гуломов. Основы менеджмента.­Т: “Фан” 2002.г
 
SHAXSNING DUNYOQARASHINI ShAKLLANTIRISHDA 
EKOLOGIK-GIGIYENIK TARBIYANING ROLI 
 
Muxamedjanova Ruxsora Tulyabekovna
Toshkent To'qimachilik va yengil 
sanoat instituti psixologi 
Ekologik tarbiya ekologik madaniyatning ajralmas qismi bo‘lib, insonning ongi, 
dunyo qarashi va tasavvurlariga ta’sir qilish orqali tabiatga nisbatan ongli va ma’naviy 
munosabat saviyasini muntazam va maqsadli ravishda oshirib borish jarayonidir.
Ma’lumki, insonning barkamolligi, ma’daniyati tashqi ko‘rinishiga qarab emas, 
balki uning ma’naviy dunyoqarashi bilan belgilanadi. 
Jamiyatning ravnaqi va kelajagi shu jamiyatda yashovchilarning ham ma’naviy, 
ham ma’daniy barkamolligiga bog‘liq. Insoniyat ma’naviy tomondan qashshoq bo‘lsa, 
kelajagi porloq jamiyat qurib bo‘lmasligi hayotiy haqiqatdir. Ilmiy adabiyotlarda 


507 
ekologik, gigiyenik ma’daniyatni shakllantirish borasida anchagina maqolalar, asarlar 
chop etilmoqda. 
Demak, shunday ma’ruza, maqola, asarlarga tashnalik ortib bormoqda. 
Chunki bir tomondan , ekologiya va gigiyena sohasidagi madaniyatning hamma 
uchun kerakligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan , atrof-muhitning buzilishi va bu jarayon 
inson salomatligiga salbiy ta’sir etishning oldini olish vazifalari dolzarblashib 
borayotgani va tezda bu muammolarni bartaraf etib barqaror rivojlanishni 
ta’minlanishni taqozo etishni ko‘pchilik hamyurtlarimizni tushunib yetayotgani 
quvonchli holdir. 
Mustaqil O‘zbekistonning har bir fuqarosi o‘zini, vatanini, xalqini sevib, ular 
bilan hamkorlikda ekologo-gigiyenik madaniyatni oshirib borish oldida turgan eng 
dolzarb muammolar ekanini tushunib yetishi, qo‘ldan kelguncha shu muammoni hal 
qilishda faol qatnashishi lozimdir. Bu muammo ko‘p qirrali bo‘lib, hammaning 
e’tiborini jalb qiladigan hamda bu borada ta’lim-tarbiyani, uning salohiyatini oshirish 
va hamjihatlikni ta’minlash davr talabi bo‘lib qolmoqda. Ekologik jarayon 
murakkablashayotgani uchun u yangicha fikrlashni, dunyoqarashni, ma’daniy, 
ma’naviy yetuklikni talab qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsni bilimli qilish, 
unda ma’daniyatni shakllantirish pedagoglar oldiga qo‘yilgan eng murakkab vazifadir. 
Inson shaxsi tabiat bilan o‘zaro chambarchas bog‘langanligini hamda u tabiatning bir 
qismi ekanini tushunib yetishi, tabiiy muhitda qanday o‘zgarishlar bo‘lmasin, 
insonning tabiatga ko‘rsatayotgan ta’siri qaytib o‘ziga salbiy ta’sir etishini va 
murakkab vaziatni yuzaga kelayotganini anglab yetishini taqozo qiladi. Tabiat 
insonning antropogen faoliyatning salbiy ta’siri oqibatida insonga xavf tug‘dirishi 
hamda tabiiy bo‘layotgan ofatlar oqibatida jabrlanishini tushunishi va bularning 
hammasi ekologik qonunbuzarliklar natijasi ekanligini tushunib yetish, shu bilan birga 
bajarilishi kerak bo‘lgan chora-tadbirlar ishlab chiqishida faol qatnashadigan insonni 
tarbiyalash darkor bo‘ladi. Har bir insonnnig ekologik va gigiyenik tarbiyasi umumiy 
ta’lim-tarbiyaning bir qismi hisoblanadi, ya’ni shaxsda ijodiy, ma’naviy, ruhiy va 
ularga hamohang tarzda jamiyatning rivojlanishi ham mavjuddir, ammo bu tarbiyada 
shaxsning oldida aniq va maqsadli vazifalar qo‘yiladi. Masalan, tabiatga mehrli, 


508 
oqibatli bo‘lish, ona-vatan tabiatini sevish, tabiat resurslarni boyitishga harakat qilish, 
uni asrash yo‘l-yo‘rig‘ini o‘rganish lozim. Bu borada ta’lim-tarbiya bir qatorda turib 
bir maqsadni, ya’ni tabiatni inson-jamiyat-tabiat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni, 
o‘zaro munosabatlarini va bir-birlariga nisbatan ta’sir etish me’yorlarini o‘quvchilar 
(bolalar)ga tushuntira olish kerak. 
Aholining hamma qatlamlariga uzluksiz ta’lim-tarbiya berish, bu doimo maqsadli 
bo‘lib, shaxsning tabiiy atrof-muhitni, o‘z salomatligini asrashdagi muammosini 
yechishda asosiy rol o‘ynaydi. Bunda, ta’lim berish jarayoni tarbiyaning eng muhimi 
hisoblanadi. Bu, o‘z navbatida, kelajakda ekologiya va gigiyena sohasidagi fan-texnika 
rivojini ta’minlaydi. 
Ekologo-gigiyenik ta’lim-tarbiya masalalarini hal etishda umumiy va ayrim 
vazifalarni hal qilishga to‘g‘ri keladi. 
Jumladan, respublika fuqarolarining har bir shaxsiga yuqori javobgarlik 
mas’uliyatini sezishni, tabiiy boyliklarning yanada ko‘paytirishni, tabiiy resurslardan 
oqilona foydalanish va tejamkorlikni asosiy masala deb bilish, ishlab chiqarishda 
paydo bo‘ladigan zararli chiqindilarni utilizatsiya qilish, zararsiz holatga keltirish 
muammolarini ham ma’lum darajada hal etish va bajarish bosqichlarini o‘rganish, 
tarbiyalash, ta’lim berishni dasturlar yordamida o‘tkazishni taqozo qiladi. 
Ekologik ta’lim-tarbiyaning eng asosiy vazifalaridan biri ekologiya va gigiyena 
fani sohasidagi bilimlarni tarqatish va ma’rifat ishlarini rivojlantirishdir. Bu tabiiy 
atrof-muhitni, tabiatni asrash, tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlarni, tirik 
tabiiy muhit omillari bilan jonsiz tabiiy muhit omillari o‘rtasidagi bir butun yaxlitlikni 
tushunish va har bir shaxsda shu jarayonlar bilan bog‘liqlik tushunchasini 
shakllantirishni taqozo etadi. Inson tabiat qo‘ynida yashar ekan, uning beminnat 
sahovati, in’omi va marhamatidan bahramand bo‘ladi. Shunday ekan, insonning eng 
yaqin “do‘sti” bo‘lmish tabiatni ardoqlash va e’zozlash har bir kishining muqaddas 
burchi bo‘libgina qolmasdan, balki shu ko‘rkam tabiatning bir oliy ne’mati 
hisoblanadigan insonning sharafli burchi bo‘lishi lozim. Ta’biatni avaylab asrash, 
e’zozlash unga bo‘lgan muhabbat inson qalbida yoshlikdan uyg‘onadi va davrlar 
o‘tishi bilan shakllanadi. 


509 
Yoshlarning yuragida ona vatanga, ona tabiatga bo‘lgan hurmatini oshirishda 
keng jamoatchilik, qolaversa ota-ona va o‘qituvchilarning hissasi salmoqli o‘rin tutadi. 
Asosiy maqsad - vatanimizning tabiiy muhitini asrash, uning boyliklarini 
ko‘paytirish va har bir shaxsning, yoshlarninig tabiat bilan hamohanglikda 
rivojlanishni ta’minlash. 
Bugungi kunda ekologik xavfsizlikka tahdid globallashib borayotgan bir davrda, 
har qanday jamiyatda ham insonning ekologik madaniyatini, ma’naviyatini oshirish 
maqsadida 
tarbiyalash 
umumiy 
ta’lim-tarbiyaning 
mas’uliyatini 
yanada 
mukammallashtirishga yordam beradi. Aholining ongiga tabiat bu men va sen, biz 
yashaydigan makon, tabiat butun yer kurrasi mavjudotlarining yashaydigan yagona 
zamini degan asosiy nazariy va amaliy bilimlarni singdirish lozim. 
Zero, hayot kishilardan atrof-muhitning nafaqat bugungi kuni uchun, balki 
kelajak avlod uchun ham asrashni talab qilmoqda, - deydi A.Ismoilov va R.Axadov. 
Davr xalqimiz dunyoqarashini milliy istiqlol ruhida isloh qilishni talab qilmoqda. 
Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy yozganidek, “Tarbiya bizlar uchun yo hayot- 
yo mamot, yo najot - yo halokat, yo sadoqat- yo falokat masalasidir”. Shunday ekan, 
milliy mafkurani ongimizga singdiruvchi amaliy tarbiyani yo‘lga qo‘yish 
jamiyatimizda sog‘lom muhitni saqlash bilan barovar ekanligini anglashimiz darkor. 

Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish