296
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoni ijrosi ta’minlandi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish
davlat inspeksiyasi bilan birgalikda 2021-yil 1-avgustga qadar bolalarni boshlang‘ich
ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlash hamda boshlang‘ich ta’lim o‘quv
dasturlarining o‘zaro uzviyligini ta’minlash choralarini ko‘rildi. Axborot
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, ta’lim sifatini nazorat
qilish davlat inspeksiyasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan
birgalikda 2022-yil 1-yanvarga qadar maktabgacha ta’lim tizimida zamonaviy o‘qitish
shakllari, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilindi.
Maktabgacha ta'lim
tashkilotlarida, maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim va
tarbiya berishda ijodiy o'yinlarning ahamiyati katta hisoblanadi.
Ijodiy o’yinlarni bolalarning o’zlari o’ylab topadilar. Unda oldindan belgilab
qo’yilgan qoidalar bo’lmaydi. Qoidalar bolalar tomonidan o’yin jarayonida o’ylab
topiladi.
Qoidali o’yinlarning mazmuni va qoidasi kattalar tomonidan belgilanadi. O’yin
davomida bu qoidalarga amal qilinishi shart.
Ijodiy o’yinlarga:
– syujetli-rolli o’yinlar;
– sahnalashtirilgan o’yinlar;
– qurish va yasashga doir o’yinlar kiradi.
Ijodiy o’yinlarda bolalarning tevarak-atrofdan olgan taassurotlari aks etadi.
Bunday o’yinlar mustaqil o’yin bo’lib, uning mazmunini ishtirokchilarning o’zlari
o’ylab topadilar. Bu o’yinda bolaning erkinligi, mustaqilligi, tashkilotchiligi va
ijodkorlik qobiliyatlari to’la namoyon bo’ladi. O’yinda hayotiy taassurotlar aynan aks
ettirilmaydi, balki bolalar ongida qayta ishlab, o`yinga tatbiq etiladi. Bu bolaning o’yin
g’oyasini
yaratishida, uning mazmunini tuzib, tasvirlovchi vositalarni tanlashida
namoyon bo’ladi. Bolaning tevarak-atrofidagi hayotdan – tengdoshlari,
kattalar
faoliyatidan olgan taassurotlari ijodiy o’yinlarda qayta ishlanadi, to’ldiriladi, sifat
jihatidan o’zgartiriladi. Bolalarning bunday o’yinlari tevarak-atrofdagi borliqni
bilishning amaliy shaklidir.
297
O‘yin mazmunining o‘ziga xosligi uning eng muhim xususiyatlaridan biridir.
Pedagog va psixologlarning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, kattalarning ijtimoiy hayoti
o‘zining rang-barang ko‘rinishlari bilan syujetli-rolli o‘yinlarning mazmuni bo‘lib
xizmat qilar ekan. Ular bolalar kattalar ijtimoiy hayotining
namunasini oladigan
faoliyat turi o‘yin ekanligini asoslab berdilar.
Ijodiy o‘yinlar syujetlari va mazmunining rang-barangligi, ularni tavsiflash
zaruratini keltirib chiqaradi. Ijodiy o‘yinlarda xayoliy vaziyatning mavjud bo‘lishi
bolaning tafakko`rini o‘stirib syujet va rollar o‘yin mazmunini takomillashtiradi. Ijodiy
syujetli-rolli o‘yinlarning o‘ziga xos sabablari mavjuddir. Buning eng asosiy sababi –
bolalarning kattalar bilan birgalikda ijtimoiy hayot kechirishga intilishidir. Bu sabablar
bolaning yoshiga qarab, o‘yin mazmuniga qarab o‘zgarib boradi.
Kichiq yoshdagi
bolalarda asosiy sabab buyumlar bilan bajariladigan g‘izig‘arli harakatlar bo‘lsa, bola
katta bo‘lgan sari o‘yindagi kattalar harakatlarini va munosabatlarini qayta aks ettirish
asosiy sabab bo‘lib xizmat qiladi. Shunga ko‘ra, o‘yinlarni syujeti, mazmuniga ko‘ra 3
guruhga bo‘lish mumkin.
1. Maishiy o‘yinlar (oila, bolalar maktabgacha ta’lim muassasasisi va boshqa
voqelikni aks ettiradigan).
2. Mehnat mavzuyidagi o‘yinlar (oila va kattalar mehnatida ishtirok etish, o‘z-
o‘ziga xizmat va boshqalar
3. Ijtimoiy mavzudagi o‘yinlar.
Bolalar rollarni tanlab o‘ynaydilar. Syujetli-rolli o‘yinlarda xatti-harakatlarni,
qoidalarni
egallash asosida, rolda mujassamlashtirilgan ahloqiy qoidalar ham
o‘zlashtiriladi. o‘yinda kishilar turmushiga, ishlariga, jamiyatdagi xulg‘-atvor me’yor
va qoidalariga ijobiy munosabat shakllantiriladi. Xuddi shu jarayonda o‘yin muomala
madaniyatini shakllantirish vositasi sifatida ham yuzaga keladi. Aqliy tarbiyaning
asosiy vositalaridan biri bu syujetli o‘yin hisoblanib, unda bola atrof-muhitdagi voqea
va hodisalarni aks ettirib, xayolan ularni qayta tiklaydi. o‘yinning
xayoliy vaziyati
bolaning aqliy faoliyatining rivojlanishiga doimo ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: