Adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasining qonuni. Maktabgacha ta’lim va tarbiya
to‘g‘risida. T.: 2019 yil 16 dekabr, O‘RQ-595-son. Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi, 17.12.2019 y.,( 03/19/595/4160-son).
2.
O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar
rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari. Maktabgacha ta’lim vazirligi MH-1-son
buyrug‘i. T.: 2018. 18 iyun.-31b.
3.
Korneyankov S.S. Innovatsionniye psixologo-pedagogicheskiye texnologii
obucheniya i samorazvitie lichnosti. Vestnik ChitGU.: 2012.№5.
4.
Samorukova P.G. Metodika oznakomleniya detey s prirodoy v detskom sadu.
Uchebnoe posobiye / L.A. Kameneva, N.N. Kondrateva, L.M. Manevsova, Ye.F.
Terenteva. M.: Prosvesheniye, 1991.- 240 s.
432
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSAALARIDA ERKIN VOHIDOV
SHE’RLARINI MULTIMEDIA VOSITALARI ORQALI O‘RGATISHNING
AHAMIYATI
Xo‘jamberdiyeva Shaxnoza Ko‘paysinovna
NamDU, Maktabacha ta’lim metodikasi
kafedrasi dotsenti
Maktabgacha ta’lim sohasi mazkur tizimning ilk bo‘g‘ini hisoblanadi va butun
talim-tarbiya tizimining asosiy maqsadi – barkamol avlodni tarbiyalashga erishishda
muhim ahamiyat kasb etadi.
Erkin Vohidovning “Olma”, “Gilos” she’rlari kichik yoshdagi tarbiyalanuvchilar
yoshiga, qiziqishlari va tasavvurlar olamiga mos. Har ikki she’r yosh bolalarda quvnoq
kayfiyat uyg‘otadi. Olma tilidan: “Men sizlarni olmangiz”, “Xomligimda olmangiz,
Nortojiga o‘xshab so‘ng, voy qornim, deb qolmangiz!” – deya ogohlantiruvchi
misralarning yumorga boyligi bolalar ruhiyatiga yaqinligi uchun ta’sirchanlik kasb
etgan. Gilosning: “Topsang qo‘shalog‘imni, qulog‘ingga taqib ol”, - deya murojaat
etishi ham kichik yoshidagi tinglovchilar tasavvurini boyitadi, obrazli fikrlashga
o‘rgatadi.
She’r tahliliga yo‘naltiruvchi savollarga kichkintoylarning har qanday javobi
qabul qilinishi, ular tarbiyachi tomonidan to‘ldirilishi lozim. Muhimi, she’rdagi poetik
tasvirni tasavvur qilib, zavqlansinlar, uning ma’nosini idrok etsinlar, o‘z
tasavvurlaridan tug‘ilgan fikrlarni bayon eta olsinlar.
Bahs-munozaralardan chetda turuvchi, talashib-tortishishni xushlamaydigan,
ochiq muloqotga kirishishdan ko‘ra davraning “u tomonida” turishni ma’qul ko‘ruvchi,
“chetdan kuzatuvchi” bolalarning ta’sirlanishi sust kechsa-da, ular o‘rtoqlarining
fikrlarini tinglab, o‘z qarashlariga solishtirib ko‘rgach, munosabat bildirishlari
mumkin. Bunday toifaga kiruvchi bolalar o‘z fikrini aytishga shoshilishmaydi, his-
hayajonlarini ham yaqqol sezdirmaydi. Ba’zi bolalar tarbiyachi bergan savolga o‘ylab,
shoshilmasdan javob beradilar; o‘z fikrlarini og‘zaki nutqda ravon, mazmunli, mantiqli
va ta’sirchan ifodalashga intiladilar. Bunday bolalar bilan ota-onalar oilada kitob bilan
ishlashga yetarli ahamiyat berganlar. Natijada, ular badiiy asarlarni, ertaklarni yaxshi
ko‘radilar, ayniqsa badiiy asarlarni sevib eshitadilar. Ularning bog‘lanishli nutqi
433
sababli ancha rivojlangan, fikrlash salohiyati yuqori, bayon tarzi izchil, og‘zaki nutqi
rivojlangan va standart talablarga javob beradi.
Anglashiladiki, bir guruhdagi 15-20 nafar tarbiyalanuvchilar xilma-xil xarakter,
idrok, ruhiyat va tafakkur egalaridir. Ularning og‘zaki nutq darajasi ham turli
rivojlanish ko‘rsatkichlariga ega. Ayni holatni hisobga olib, tarbiyachi har bir
tarbiyalanuvchining nutq darajasi ko‘rsatkichlarini belgilab olishi lozim.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning
badiiy-musiqiy faoliyatini, matnlarni o‘qish, rasmlarni ko‘rish va ajrata bilish
tasavvurlarini kengaytirish kompyuterli o‘yin dasturlari orqali fikrlash va mustaqil
qarorlar qabul qilish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda axborot
texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda.
Xalq shoiri Erkin Vohidovning “Olma”, “Gilos” she’rlarini kichik guruhlarida
multimedia vositalari orqali o‘qib o‘rganishni tavsiya qilar ekanmiz, bu she’rlarning
tarbiyalanuvchilar fantaziyasiga, 3-4yoshli bolalar ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatish
xususiyati e’tiborga olinishi kerak. She’r sodda badiiy tilda bitilgan obrazlilik va
jonlantirish, o‘xshatish, sifatlash kabi tasviriy vositalar qo‘llanganligi sababli olma va
gilos kichik kitobxon bilan go‘yo so‘zlashadi, xomligida uzmaslikka, Nortojiga
o‘xshab so‘ng “Voy, qornim deb qolmangiz!” – deya noxush holatga tushib
qolmaslikka chaqiradi. Gilos ham o‘z sifatlarini birma-bir “so‘zlar” ekan, bolalarni u
kabi totli, mazasi bol bo‘lishga go‘yo chorlaydi. “Topsang, qo‘shalog‘imni
qulog‘ingga taqib ol” misrasi esa aynan bolalarga xos odatni, sho‘x-shodonlik
qayfiyatini, bolalarcha zavq-shavqni ifoda qiladi.
Xo‘sh, nima uchun Siz qo‘shaloq gilosni qulog‘ingizga taqib olgingiz keladi?
Gilosning da’vati qanday ma’noni anglatadi? Gilosning sifatlariga o‘zingizdagi qaysi
odatlar yoki xususiyatlarni qiyoslay olasiz?
Mashg‘ulot davomida ekranda quyidagi tasvir paydo qilinadi:
434
Ushbu chizmadagi fikrlarni davom ettirish kichkintoylarga topshiriladi. Olma va
gilos mevalari haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni bolalarning o‘zlari yoritib beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |