Adabiyotlar:
1.Bolalarni maktabga o‘qishga tayyorlash (ilmiy maqolalar to‘plami). Toshkent: O‘z
PFITI, 1997.
2.Tolipov O'. Usmonboyeva M., Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. – T.:
Fan. 2006
3.D.Q.Asqarova. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasi. Namangan. 2020.
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA MULTIMEDIA
TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Murodova Aziza Baxtiyorovna
TDPU “Maktabgacha ta`lim psixologiyasi va
pedagogikasi” kafedrasi o`qituvchisi
Hozirgi kunda respublikamizda ta’lim tizimini raqamli texnologiyalarni qo’llash
bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida
ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-
352
6108-son Farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabr
PQ-4884 sonli “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar
to’g’risida” gi qaroriga asosan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligi, ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda boshqa
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022 yil 1 yanvarga qadar
maktabgacha ta’lim tizimida zamonaviy o’qitish shakllari, yangi pedagogik va axborot
texnologiyalarini joriy qilish vazifasi belgilangan.
Bolalar uchun qo’llanma yoki darslik sifatida kompyuter xotirasiga kiritilgan
ma’lumotlar va o’quv materiallari tarbiyach uchun qo’llanma yoki darslik sifatida
kompyuter xotirasiga kiritilgan ma’lumotlar va o’quv materiallari, tarbiyachi
(pedagog) uchun multimedia texnologiyasiga oid pedagogik, ilmiy-metodik
adabiyotlar, metodik qo’llanmalar, tavsiyalar va ularning elektron variant ta’lim
manbalari hisoblanadi.
Respublikamizda multimedianing tadbiq etish sohalaridan biri – ta’lim sohasi
bo’lib, bu borada bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Maktabgacha ta’lim
tashkilotlari uchun multimedia vositalari tayyorlashda tarbiyalanuvchilarning yoshini
hisobga olish va mos holda didaktik materiallarni tanlash, ta’lim jarayonida bolalarga
pedagogik va psixologik ta’sir etish usullarini o’rganish va relaksatsiya etapining 15-
20 daqiqa bo’lishini inobatga olish lozim bo’ladi. Multimediali didaktik vositalar
tarbiyalanuvchi tafakkurini rivojlantirish, aqliy faoliyatini oshirish, diqqatini
barqarorlashtirish, idroklarini faollashtirishga qaratilgan.
MTTlarining ta’lim-tarbiya jarayoniga multimediaga asoslangan kompyuterli
ta’limni amalga oshirish, didaktik vositalari sifatida multimedia ta’lim vositalari ishlab
chiqish va ulardan foydalanish, tarbiyalanuvchilarning kompyuter savodxonliklarini
shakllantirish, multimediaga asoslangan kompyuterli ta’limning metodikasi ishlab
chiqish va ulardan foydalanish, tarbiyalanuvchilarning kompyuter savodxonliklarini
shakllantirish, multimediaga asoslangan kompyuterli ta’limning metodikasi ishlab
chiqish va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ta’lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etish,
mashg’ulotlar jarayonini innovasion texnologiyalar asosida tashkil etish uchun asos
bo’lib hisoblanadi.
353
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun multimedia vositalari tayyorlashda
quyidagi mezonlar e’tiborga olinishi lozim:
1.
Tarbiyalanuvchilarning yoshini hisobga olish.
2.
Yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda didaktik materiallarni tanlash.
3.
Ta’lim jarayonida bolalarga pedagogic va psixologik ta’sir etish usullarini
o’rganish.
4.
Relaksatsiya etapining 15-20 daqiqa bo’lishini inobatga olish lozim bo’ladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish,
pedagoglarning kasb malakasi va mahoratini oshirish, tarbiyaviy jarayonga zamonaviy
pedagogik va kompyuter texnologiyalarini olib kirish muhim dolzarb masalalardandir.
Pedagoglarning kasb malakasi va mahoratini oshirishda o’qishni, yozishni matematik-
mantiqiy amallar bajarishni o’rganishning didaktik ta’minotlarini yaratish usullarini
bilib olish lozim.
Aqlni chiniqtirish, o’qishni o’rganish, mantiqiy amallarni bajarish kabi bilimlar
o’z mazmuniga quyidagilarni olishi lozim deb o’ylaymiz: aqlni chiniqtirish maqsadida
turli o’yinlar (masalan, shakllarni tanlash, ranglash, shakllarni tartiblari va boshqalar).
O’qishni o’rganish maqsadida turli xil didaktik vositalar (masalan, rasmdagi hayvon,
jism, narsalarni nomini toppish kabi), turli grafik muharrirlar yordamida “Yer sharini
bolalarga beramiz!”, bolalar qiziqishi va ijodiy yondashishi bilan “Mening shahrim v
amening koinotim”, “Tinchlik va urush”, “Yil fasllari va bayramlar” mavzulariga oid
rasmlarni yaratish mumkin. Bunday didaktik vositalardan haftasiga ikki-uch (0,5
soatdan) foydalanish tavsiya etiladi va rasm, tarix, tabiatshunoslik, o’qish va
matematika fanlarini o’rganishda o’z aksini topadi.
MTTlarida oydalaniladigan multimediali ta’lim vositalarini ikki turga bo’lish
mumkin:
1.
Monitor ekranida to’g’ridan-to’g’ri bilim berishga mo’ljallangan vositalar
(elektron qo’llanma, mashg’ulotlar ishlanmasi, kompyuterli “ekskursiya”,
“kompyuterli ta’lim” o’yinlari va h.k.).
2.
Ko’rgazmali qurol (didaktik materiallarni bolalarga yetkazish uchun
mo’ljallangan vositalar, slaydlar, taqdimotlar, jadvallar va h.k.).
354
MTT bolalari uchun tayyorlanadigan multimedia vositalari ovozli, musiqali,
harakatlanuvchi, rangli, multifikasiyali va jozibali bo’lishi shart.
Multimedia vositalarini tayyorlash va bolalarning kompyuter savodxonligini
shakllantirish metodikasi shaxsiy kompyuterlar multimedia texnologiyasining asosiy
texnik vositasi hisoblanadi. MTTlarning ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanishda
qo’shimcha vositalar - kompakt disklar, turli xil taqdimotlar, slaydlar va hokazolar
talab etiladi. Multimedia vositalaridagi ta’lim-tarbiya materiallari dinamik xarakterga
ega bo’lib, ular animatsiya bilan berilgan bo’ladi. Ta’lim tizimida foydalanib
kelinayotgan an’anaviy ko’rgazmali materiallar statik xarakterga ega. Masalan,
tarbiyachi A harfini an’anaviy usulda o’rgatish mobaynida, bolaga uning qog’ozdan
yoki kartondan yasalgan shaklini ko’rsatadi (statik vosita). Mutimedia vositasida
ko’rsatilganda A harfi kompyuter (monitor) ekranida tebranib, bolalarning diqqatini
o’ziga jalb etadi (dinamik vosita). Hozirgi kunda turli xil multimediali ta’lim
vositalarini ishlab chiqish va ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish jadal
rivojlanayapti. MTTlari ta’lim- tarbiya jarayonida ulardan foydalanish metodikasi
ishlab chiqilmagani uchun tarbiyachi-pedagoglar multimedia vositalarini multimedia
texnologiyasi sifatida qabul qilmoqdalar. Kezi kelganda shuni ham ta’kidlab o’tish
kerakki, multimedia vositalarini ishlab chiqaruvchi maxsus muassasadan tashqari, har
bir MTT tarbiyachilarining o’zlari tayyorlashi mumkin bo’lgan dasturli va rolli
multimedia vositalarini (DVD-disk) qo’llash mumkin. DVD video diski
multimedianing texnik vositasi sifatida bir necha afzalliklarga ega. Diskdan
foydalanib, o’rganiladigan materialni bosqichlar bo’yicha to’la, ba’zi hollarda alohida
elementlarini ko’rish mumkin, zarur bo’lganda material qayta namoyish etiladi. DVD
video diskda sxemalar, rasmlar, grafiklar ham joylashtirilgan bo’ladi. Multimedia
texnologiyasining didaktik vositalari ta’limning didaktik talablariga to’la mos keladi.
Ta’lim jarayoniga tadbiq etiladigan multimedia texnologiyasi odatdagi an’anaviy
metodlarga nisbatan ma’lum bir afzalliklarga ega. Jumladan:
-
Tarbiyalanuvchilarning fikrlash qobiliyatlarini o’stiradi;
-
Tarbiyalanuvchi bir vaqtning o’zida ham ko’radi, ham eshitadi (miyaning o’ng
va chap yarim sharlari bir vaqtda faollik ko’rsatadi);
355
-
An’anaviy usullarga nisbatan ta’lim oluvchilarga o’rgatiladigan materialning
hajmi ortadi;
-
Mashg’ulot davomida ta’lim oluvchilarni toliqtirmaslik uchun didaktik
materiallarni animatsiyalar orqali uzatish imkoniyati mavjud;
-
O’rganilayotgan materiallarni kichik qismlarga ajratgan holda namoyish etish
yoki qayta namoyish etish mumkin.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ta’lim-tarbiya jarayonida multimedia
vositalaridan foydalanishning keng imkoniyatlari mavjud. Bu esa hozirgi davr talabi
hisoblanadi.
Ma’lumki, maktabgacha ta’limning asosiy maqsadi bola shaxsini sog’lom va
yetuk, maktabda o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirishdan iborat. Ushbu
maqsadni amalga oshrishda hozirgi asr-axborot asri ekanligidan kelib chiqqan holda
maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayoniga axborot kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish davr taqozasidir.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilarining asosiy
vazifalari bolalarda iqtidor va qobiliyatni yanada o’stirish, ularning bilim olish
istiqbolini rivojlantirishdan iborat.
Shunga ko’ra, tarbiyachi mashg’ulotlarda turli o’quv pedagogik dasturlardan,
elektron qo’llanmalardan, pedagogik o’yinlardan foydalansa tarbiyachi va
tarbiyalanuvchi o’rtasidagi to’siq yo’qoladi, bolalarning xarakteri kengroq ochiladi.
Bolalarda kuzatuvchanlik, xotira diqqati kuchayadi chunki, mashg’ulotda majburiy
bilim berish bo’lmaydi, bilimni ixtiyoriy qabul qilish orqali ijobiy natijaga erishadi.
MTTlarda pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish kunning
dolzarb muammolaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Raqamli texnologiyalar ta’limning ajralmas qismi bo’lib, ayniqsa maktabgacha
ta’lim tizimida mashg’ulotlarni tashkil etishda zarur vositadir. Bunday sharoitda
shaxsni shakllantirish avvalgi an’anaviy usullardan tubdan farq qiladi, bu
globallashayotgan axborot makonida maktabgacha ta’lim tizimining sifat jihatidan
yangi modelini ishlab chiqishni, hozirgi sharoit uchun zarur bo’lgan va ularga mos
356
keladigan mutlaqo yangi usullarini o'zida jamlagan metodik ishlarni shakllantirishni
talab etadi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy
salohiyatini raqamli texnologiyalar asosida rivojlantirish, ularning aqliy rivojlanish
salohiyatini dunyo tendentsiyalari darajasiga ko’tarish davr talabidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |