Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги


«ILK QADAM» DASTURINI MAKTABGACHA TA’LIM-TARBIYA



Download 4,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/247
Sana14.07.2022
Hajmi4,75 Mb.
#796806
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   247
Bog'liq
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1 (1)

«ILK QADAM» DASTURINI MAKTABGACHA TA’LIM-TARBIYA 
JARAYONIGA TATBIQ ETILISHI
 
Aminjonova Zarnigor, Alimatova Diyora, Suyunboyeva Maftuna 
TDPU “Maktabgacha ta`lim” fakulteti talabalari 
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini 
mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish, malakali 
pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini 
tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va 
texnologiyalarni tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va 
jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida “2017-2021 yillarda 
maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 
PQ-2707-sonli qarori, “Nodavlat ta’lim xizmatlarini kо‘rsatish faoliyatini yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-3276-sonli qarori , “Maktabgacha 
ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-3261-sonli 
qarori, “О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish 


275 
tо‘g‘risida”gi PQ-3305-sonli qarori,“Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan 
takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” PF-5198-sonli Farmoni qabul qilindi. 
Qabul qilingan meyoriy hujjatlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ilg‘or 
xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, ahloqiy, 
estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish; maktabgacha ta’lim sifatini 
oshirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni 
tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qо‘llaniladigan 
zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish imkoniyatini yaratadi. 
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ta’lim dasturlari va о‘quv-
tarbiyaviy rejalariga qо‘yilgan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb 
masalaligicha qolmoqda. Mutaxassislarning tadqiqotlariga kо‘ra, inson butun umri 
davomida oladigan barcha ma’lumotlarning 70 foizini besh yoshgacha bо‘lgan 
muddatda qabul qiladi. Ilk hayotiy tasavvurlar, inson tafakkurida poydevor bо‘luvchi 
tushunchalar bola ongida aynan shu paytda shakllanadi. Demak, о‘g‘il-qizlarimizni 
sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, ularning kelajakda baxtli bо‘lishida nafakat oila, 
shu bilan birga, maktabgacha ta’lim tashkilotlari ham muhim о‘rin egallaydi. 
Mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida О‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi «2017-2021 yillarda maktabgacha 
ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi qarori qabul 
qilindi va uning asosida dastur ishlab chiqildi
[1]

Mazkur qaror maktabgacha ta’lim tizimi moddiy-texnik bazasini 
mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab 
ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy 
dasturlar va texnologiyalarni tatbiq etish, farzandlarimizni intellektual, ahloqiy, estetik 
va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish kabi dolzarb masalalarni hal 
etishda muhim dasturulamaldir. Binobarin, mazkur hujjatga muvofiq, maktabgacha 
ta’lim tizimi yanada takomillashtirilib, yangi tashkilotlar quriladi, mavjudlari 
rekonstruksiya qilinadi hamda mukammal ta’mirlanadi. Bolalarni maktab ta’limiga 
tayyorlash bо‘yicha tashkil qilinadigan qisqa muddatli guruxlarda о‘g‘il-qizlarning 
kerakli bilimlarni egallashiga alohida e’tibor qaratiladi. 


276 
Ta’lim dasturi MTT Davlat о‘quv dasturiga asosan muayyan yosh guruhida 
tashkil etiladigan ta’lim jarayonini amalga oshirishga xizmat qiluvchi muhim hujjat 
bо‘lib, u qо‘yilgan maqsadlarga erishishni ta’minlashi lozim. Dastur muhim vosita 
bо‘lib, uning yordamida tarbiyachilar О‘zbekiston Respublikasi ilk va maktabgacha 
yoshdagi bolalar rivojiga oid Davlat talablariga muvofiq, muayyan yosh guruhidagi 
bolalar uchun eng maqbul va samarali shakllar, metodlar va ta’lim jarayonini tashkil 
qilish yо‘llarini belgilaydi. 
Dastur majburiy qism va ta’lim jarayoni ishtirokchilari tomonidan 
shakllantiriladigan qismdan tashkil topadi. Har ikki qism ilk va maktabgacha 
yoshdagi bolalar rivojiga oid Davlat talablarini amalga oshirish nuqtai nazaridan 
о‘zaro bir-birini tо‘ldiruvchi hamda zaruriy hisoblanadi. Dasturning majburiy qismi 
barcha beshta ta’lim sohasi: jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini 
shakllantirish, nutqiy muloqot, о‘qish va yozish kо‘nikmalari, bilish jarayonining 
rivojlanishi, 
ijtimoiy-ijodiy 
rivojlanishni 
amalga 
oshirishga 
kompleks 
yondashuvni kо‘zda tutadi. 
Dastur tarbiyachi (mutaxassis) ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojiga oid 
Davlat talablari asosida bolalar rivojlanishining muayyan sharoitlari, ehtiyojlari va 
xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’limning individual pedagogik modelini qanday 
yaratayotganini kо‘rsatib berishi lozim. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotsining davlat о‘quv dasturi О‘zbekiston 
spublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlanishiga qо‘yiladigan 
Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan meyoriy-huquqiy hujjat bо‘lib, unda 
maktabgacha ta’lim tashkilotsining maqsad va vazifalari, о‘quv-tarbiyaviy 
faoliyatning asosiy g‘oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta’limning keyingi 
bosqichiga о‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan.
MTT davlat о‘quv dasturi О‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan 
quyidagi ta’lim tashkilotlarida qо‘llash uchun majburiy:
- davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
- maktabgacha ta’lim sohasida xizmat kо‘rsatuvchi nodavlat
tashkilotlari;


277 
- maktabgacha yoshdagi bolalar guruhlariga ega bо‘lgan «Mehribonlik»
bolalar uylari;
-maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv
organlari[ 3,7b].
MTTda davlat о‘quv dasturini qо‘llash
MTT davlat о‘quv dasturi variativ о‘quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch 
hujjat hisoblanadi.
Ta’lim tashkilotlari Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan asdiqlangan variativ 
о‘quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega. Maktabgacha ta’lim tashkilotsi davlat 
о‘quv dasturi asosida о‘zining MTT ishchi о‘quv dasturini ishlab chiqish huquqiga 
ega. Ta’lim tashkilotsining ishchi о‘quv dasturi tashkilot pedagoglari tomonidan ota-
onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi.

Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish