Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги


MADANIYAT VA SAN`AT SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA



Download 4,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/247
Sana24.06.2022
Hajmi4,33 Mb.
#698554
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   247
Bog'liq
4 ILK MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1

MADANIYAT VA SAN`AT SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA 
MUSIQA TA`LIMINING DOLZARBLIGI VA AHAMIYATI 
 
Abdullayeva I.X. 
Nizomiy nomidagi TDPU 1-bosqich magistri 
Musiqani qalbi go'zallikka oshno insonlargina sevadi, anglaydi. Musiqa tinglash, 
uni idrok etish bolalikdan tarbiyalanadi va singdirib boriladi. Ulug' yozuvchi Chingiz 
Aytmatov aytganidek, “Faqat musiqagina zamonlarga xos yolg'on aqidalarni yengib 
o'tib, mudom kelajak sari intiladi”
25

O'zbek xalqi ma'naviyatida millat o'tmishi, hozirgi kuni o'z ifodasini topgan 
bo'lib, jahonshumul kashfiyotlarni yarata olgan minglab allomalarni yetishtirib bergan 
o'lka hisoblanadi. Ular umumbashariy ahamiyatga ega ma'rifatning shakllanishiga 
25
Qodirov.R. Musiqa pedagogikasi. O‘quv qo‘llanma. - Toshkent:«Musiqa» nashriyoti, 2019. – B.38. 


250 
o'zlarining munosib hissalarini qo'shganlar. Shuning uchun ham o'zbek milliy-
ma'naviy merosi jahon madaniyatining ajralmas qismi, uzviy bo'lagidir. 
Sharq allomalari va mutafakkirlarining asarlarida ifodalangan ma'naviy-ahloqiy 
fikrlar, musiqa san`atiga bo`lgan ijobiy qarashlar, san`atni ulug`lash, yoshlar qalbini 
go`zallikka, nafosatga oshno etishdek ulug` maqsadlarni insonlar ruhiyati va 
ma'naviyati taraqqiyotida rivoj topishida muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Aynan 
shu nuqtai nazadan so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni 
yanada rivojlantirish, yangi O‘zbekistonning yangi tarixini yaratish, moddiy va 
nomoddiy madaniy meros durdonalarini saqlash va targ‘ib etish, xalq og‘zaki ijodiyoti 
va havaskorlik san’atini yanada ommalashtirish, yurtimizning jahon madaniy 
makoniga faol integratsiyalashuvini ta’minlash, madaniyat va san’at sohasini 
innovatsion rivojlantirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi. 
Xususan: Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ma`daniyat va san`at sohasini yanada 
rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi qarorlari haqida to`xtalib 
o`tmoqchimiz. Bu qaror-“Aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan 
fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlari ko'rsatish darajasini oshirish, respublikaning 
barcha hududlarida teatr, sirk va boshqa turdagi ommaviy-madaniy va kontsert-
tomosha tadbirlarini tizimli ravishda yo'lga qo'yish, madaniyat va san'at sohasida 
iste'dodli yosh ijodkorlarni izlab topish va qo'llab-quvvatlash, ta'lim muassasalarini 
milliy cholg'ular, musiqa darsliklari, notalar to'plamlari va o'quv-metodik adabiyotlar 
bilan ta'minlashning yaxlit tizimini yaratish maqsadida shuningdek, 2022-2026 yillarga 
mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug'lash 
va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq”
26
: fan, 
madaniyat, 
ta`lim-tarbiya 
tizimiga 
birmuncha 
yangiliklar,o`zgartirish 
va 
qo`shimchalar kiritildi: Ya`ni 
- 2022/2023 o'quv yilidan boshlab ta'lim muassasalarida o'quvchi va 
talabalarning musiqiy bilim va ko'nikmalarini oshirish, ularning qalbida milliy 
26
Ma`daniyat va san`at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi 
O`zbekiston Resublikasi Prezidentining qarori// Yangi O`zbekiston.;2022yil 4-fevral №25


251 
madaniyatga bo'lgan muhabbatni shakllantirish, yosh iste'dodlarni aniqlash va qo'llab-
quvvatlashga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilab qo`yildi. 
Unga ko`ra, umumiy o'rta ta'lim muassasalarida milliy musiqa cholg'ularidan
kamida bittasida kuy ijro etish mahorati o'rgatiladi hamda bu haqda ularning ta'lim 
to'g'risidagi hujjatiga ya`ni shahodatnomasiga tegishli qayd kiritiladi, musiqa fani 
uchun haftasiga belgilangan bir o'quv soati hamda unga qo'shimcha ravishda har hafta 
milliy musiqa cholg'ularida kuy ijro etish amaliy to'garaklari va fakultativ darslari 
o'tkaziladi. Bu esa biz uchun anchayin quvonarli yangilik desak mubolag`a bo`lmaydi 
Sababi, maktablarda san`at sohasiga, musiqa darsiga beriladigan e`tiborning natijasi 
kelajak avlodning kamolotida o`z ifodasini topadi. 
Mazkur qaror biz pedagoglarning oldimizga anchayin katta ma`suliyatni ham 
yukladi, nagaki, musiqa madaniyati fani o`qituvchisi milliy cholg'ulardan kamida 
bittasida, 2023/2024 o'quv yilidan boshlab esa kamida uchtasida kuy ijro etish 
mahoratiga ega bo'lish musiqa fani o'qituvchilari uchun majburiy hisoblanadi.Bundan 
tashqari; 

musiqa fani uchun ajratilgan o'quv soatlari doirasida “Hayotimga 
hamrohdir cholg'u” shiori ostida cholg'u ijrochiligi dars mashg'ulotlari yo'lga qo'yiladi; 

notalar to'plamlari va maxsus musiqiy adabiyotlar bilan ta'minlash 
umumta'lim maktablarini darsliklar va o'quv-metodik qo'llanmalar bilan ta'minlash 
tizimiga kiritiladi; 

o'quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etish 
maqsadida ularning qiziqishlariga ko'ra milliy musiqa cholg'ularida kuy ijro etish 
mahorati yo'nalishida amaliy to'garaklar tashkil etiladi va har chorakda to`garak 
ishtirokchilarining hisobot kansert dasturlari tashkil etilishi belgilab qo`yildi.
Qaror doirasida barcha ta`lim sohasi vakillari, pedagoglar, ta`lim oluvchilar 
ya`ni millatimiz kelajagi bo`lgan o`quvchi yoshlarning manfaatlari asosiy o`rinni 
egallagan. Shu nuqtai nazardan biz pedagoglarni quvontiradigan yana bir jihatga 
e`tiboringizni qaratmoqchiman; musiqa san'ati bo'yicha professional ta'lim hamda oliy 
ta'lim to'g'risidagi hujjatga ega bo'lgan, kamida 3 ta milliy musiqa cholg'ularida 
mahorat bilan kuy ijro eta oladigan mutaxassislarni asosiy ish joyidan bo'sh vaqtida u 


252 
yerdagi mehnatga haq to'lash shartlarini saqlab qolgan holda o'rindoshlik asosida 
umumiy o'rta ta'lim muassasalari musiqa fani o'qituvchisi va musiqa yo'nalishidagi 
to'garak rahbari lavozimiga to'liq stavkada ishga qabul qilishga ruxsat beriladi, shu 
bilan birga musiqa fani o'qituvchilarini kamida uchta milliy musiqa cholg'ularida kuy 
ijro etishga o'rgatish xalq ta'limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi 
doirasida amalga oshiriladi, bunda qayta tayyorlash (malaka oshirish) kurslarida 
mashg'ulot olib borish uchun madaniyat va san'at sohasi vakillari shartnoma asosida 
jalb etiladi. 
Barcha talim muassasalarda shuningdek, umumiy o'rta, o'rta maxsus, 
professional va oliy ta'lim muassasalarida: 
O'zbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo'limlari tomonidan boshqa 
madaniyat muassasalari bilan hamkorlikda lektoriy kontsertlarini o'tkazish yo'lga 
qo'yiladi; 

lektoriy kontsertlari ta'lim va madaniyat muassasalarida tashkil etiladi hamda 
o'quvchi va talabalarning musiqiy madaniyati va savodxonligini yuksaltirishga, estetik 
didi, dunyoqarashini kengaytirishga va musiqani his qilishiga qaratilgan amaliy 
mashg'ulotlardan iborat bo'ladi; 

lektoriy kontsertlarining o'tkazilganligi haqida tegishli ta'lim, madaniyat 
muassasasi, tuman (shahar) hokimligi yoki boshqa mas'ul tashkilot rahbari va 
O'zbekiston davlat filarmoniyasi bosh direktori tomonidan dalolatnoma tuziladi; 

muassasalarida madaniyat va san'at sohasidagi davlat mukofotlari bilan 
taqdirlangan ijodkorlar rahbarligida ularning “mahorat maktablari” tashkil etiladi. 
O‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarimizga hurmat 
ruhida tarbiyalash, madaniyat va san’at borasida yoshlarning intilishlarini qo‘llab-
quvvatlash ularni qalblarini o`zbek xalq musiqa san`atiga oshno qilib tarbiyalash 
maqsadida qarorga kiritilgan bir necha bandlarni takidlab o`tish joizdir: Quvonarlisi 
shundaki, 2022-2024 yillardan boshlab respublikamizning barcha umumta`lim 
maktablarida 3 tadan milliy musiqa cholg'ulari to'plamlari bilan ta'minlanishi ko`zda 
tutilgan. 


253 
Xulosa qilib aytganda, “Hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan 
keng ko’lamli islohotlarimizning samaradorligi, avvalo, xalq ma’naviyatining 
tiklanishi, boy tarixiy merosimizning chuqur o’rganilishi, an’ana va urf-
odatlarimizning saqlanishi, madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji, eng muhimi, 
jamiyat tafakkurining o’zgarishi va yuksalishi bilan uzviy bog’liqdir”. Binobarin biz 
yuqorida tahlil etgan ushbu qaror ham millat kelajagi va yoshlar kamoloti uchun 
xizmat qiladi. 

Download 4,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish