Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги


KATTA GURUHLARIDA JISMONIY MASHG’ULOTLARINI



Download 4,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/247
Sana24.06.2022
Hajmi4,33 Mb.
#698554
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   247
Bog'liq
4 ILK MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1

KATTA GURUHLARIDA JISMONIY MASHG’ULOTLARINI 
O’TKAZISH METODLARI. 
 
Сhoriyeva Durdona Anvarovna 
TDPU PhD., v.v.b., dotsenti,
 
Sobirova Muhayyo
 TDPU “Maktabgacha ta`lim” fakulteti talabasi 
O’zbekistonning mustaqil davlat sifatida rivojlanishi va uning istiqlol sari dadil 
borishi 
ijtimoiy-iqtisodiy, 
siyosiy, 
madaniy-ma`rifiy 
sohalarni 
yanada 
takomillashtirishni taqozo etadi. Bu yo’lda sog’liqni saqlash, fan, madaniyat, texnika, 
iqtisod, ta`lim-tarbiya, jismoniy tarbiya va sport hamda boshqa sohalarda chuqur 
islohatlar olib borilmoqda. Ma`lumki, bu jarayonlarni hozirgi kun talablari asosida 
tashkil qilish va boshqarish asosiy maqsad hisoblanadi. 
Shu sababli mamlakatimizning mustaqilligini to’la ta`minlash, uning jahonda 
taraqqiy etgan davlatlardan biri sifatida nufuzini xalqaro huquqlar asosida yuqori 
ko’tarish kabi faoliyatlar nihoyatda muhim. Bu faoliyatlarni amalga oshirishda esa 
mutaxassis kadrlarni tayyorlash dolzarb vazifalardan hisoblanadi. 
Bunda 
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Jismoniy tarbiya va sport 
to’g’risida»gi, «Ta`lim to’g’risida»gi Qonunlar, “Ilk qadam davlat dastiri”ning qabul 
qilinishi alohida ahamiyatga molikdir.Aholining salomatligini mustahkamlab borish, 
yoshlarning jismoniy va ma`naviy kamolotini oshirish, sog’lom avlod tarbiyasini 
takomillashtirish masalalari kelajagi buyuk davlat qurishning muhim omillaridan 
biridir.Turli yosh guruxlarida o`zaro bog`liq o`xshash mavzularni kiritilishi ularning 
individual imkoniyatlariga muvofiq uygun rivojlanish va butun maktabgacha yosh 
davrining turli guruxlarida bolalarni rivojlantirishda o`quv maqsadlari birligini va 
uzluksizligini ta`minlash orqali ta`limiy maqsadga erishilishiga olib keladi.Ta`limiy 
rivojlantirishda 
maktabgacha 
ta`lim 
konseptsiyasiga 
muvofiq 
pedagog 
L.S.Vigotskiyning quyidagi nazariyasiga tayaniladi: "Har qanday faoliyat turining 
rivojlanishi quyidagicha bo`ladi: avval kattalar bilan hamkorlikdagi, so`ng 
tengdoshlari bilan birgalikdagi faoliyat amalga oshiriladi va nihoyat bolaning mustaqil 
faoliyati amalga oshiriladi". 


232 
Jismoniy mashqlar mashg’ulotlari katta guruhlarda haftasiga 2 ta mashg’ulot, 
tayyorlov guruhlarida 3 ta mashg’ulot o’tkaziladi. Ular katta guruhlarda 20–25 minut, 
tayyorlov guruhlarida esa 30-35 minut davom etadi. Tayyorlov guruhlarida uchinchi 
mashg’ulot kunning ikkinchi yarmida, uyqudan so’ng o’tkaziladi.
Mashg’ulotlarning mazmuni katta va tayyorlov guruhlarda bir tomondan ko’pgina 
yangi, ancha murakkab mashqlar hisobiga, ikkinchi tomondan egallab olingan ayrim 
malakalar beixtiyor amalga oshiriladigan harakatlar hisobiga murakkablashib boradi. 
Asosiy harakatlar qoidasini va umumrivojlantiruvchi mashqlar qoidasini o’rganishni 
chuqurlashtirish, ularni sifatini yaxshilash davom etadi.
Katta guruhlarda harakatlarni o’rganishning boshlanishidanoq odatdagi xatolarni 
o’z vaqtida aytib o’tish mumkin. U guruh bolalar bilan har doim o’tkaziladigan, 
amaliyotda ko’p qo’llanadigan aralash tipdagi mashg’ulotlardan tashqari mujassam 
mashg’ulotlar keng o’rin egallay boshlaydi. Bunday mashg’ulotlarda tarbiyachi faqat 
bir maqsadni ko’zlamasdan bir mashg’ulotda ikki va uchta maqsadni ko’zlashi 
mumkin. Masalan: bolalarni shakllar bilan tanishtirish, yurish, yugurishga o’rgatish, 
saflanish va qayta saflanishga o’rgatishni davom ettirish. Bu maqsadga erishish uchun 
tarbiyachi jismoniy mashg’ulotlarning kirish qismida bolalarni buben jo’rligida turli 
yurishlarga o’rgatib boradi va ularni turli shaklda (doira, to’rtburchak, uchburchak) 
saflanishlarni taklif etadi.
Bu yoshdagi bolalar bilan mashg’ulot o’tkazish jarayonida og’zaki, ko’rgazmali 
va amaliy metodlardan keng foydalaniladi va bolalarni mashg’ulotlarda uyushtirish 
metodlari frontal, guruhiy, individual, musobaqa metodlaridan foydalanadi.
Harakatlarni va harakat sifatlarini har tomonlama rivojlantirishga mashq va 
o’yinlar o’tkazishning musobaqa metodi yaxshi yordam beradi. Endilikda bolalar 
harakatli musobaqalarda komanda tarkibida jamoa bo’lib ishtirok etishni uddalaydigan 
bo’lib qoladilar. Musobaqalar bolalarning harakat qobiliyatlari maksimal suratda 
namoyon bo’lishiga yordam beradi, harakat malakasi va sifatlarining jadal suratda 
takomillashuviga olib keladi. Ko’pincha tayyorlov guruhida turli o’yin-estafetalar 
o’tkazilgan vaqtda mana shunday komanda bo’lib musobaqalashishga to’g’ri keladi.


233 
Bolalarning yuksak darajadagi harakat faolligini ta'minlash uchun mashqlarini 
bajarish vaqtida bolalarni uyushtirish metodlari xilma-xil bo’lishi lozim.
Maktabgacha katta yoshdagi bog’cha bolalari uchun jismoniy tarbiya 
mashg’ulotlarida bilish faolligining o’sishi o’ziga xos xususiyatdir. Ular tarbiyachining 
ko’rsatmalarini qiziqish bilan bajaradilar, mashqning bajarilishi va tuzilishiga oid 
savollar beradilar, topshiriqni qayta ko’rsatib berishni so’raydilar, o’zlari mashqni qay 
darajada bajarganliklarini aniqlab oladilar. Tarbiyachi bolalarning aqliy faolligini 
uyg’otish maqsadida ularning bunday qiziqishlarini qo’llab quvvatlaydilar. Bolalar 
endi o’z malakalarini takomillashtirish uchun mashqlar qanchalik katta ahamiyatga ega 
ekanligini tushunadilar. Bu narsa shunga olib keladiki, bolalar ko’pincha o’zlari yaxshi 
bajara olmayotgan harakatlarni mustaqil ravishda mashq qila boshlaydilar. O’z 
harakatlarini va o’rtoqlarining harakatlarini baholashda tobora adolatli bo’la boradilar. 
Tarbiyachi bolalarning bir-birlariga yordam berish to’g’risidagi istaklarini 
rag’batlantiradi, ularga ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan topshiriqlar beradi (asbob-
uskunalarni tayyorlash, xonani yig’ishtirib qo’yish va shunga o’xshash). 
Bolalar erkin harakat qilishni, harakatlarni ishonch bilan tez bajarishni yaxshi 
ko’radilar. Bu bolalarning muayyan ravishda mashq ko’rganliklaridan hamda ulardagi 
harakat sifatlari: kuch-g’ayrat, chaqqonlik va epchillikni hamda boshqa sifatlar ma'lum 
darajada rivojlanganligidan darak beradi. 
Bu mahalda mazkur sifatlarni maxsus vositalar va metodlar bilan tarbiyalash 
boshlanadi. Masalan, tezkorlikni rivojlantirish uchun kichik-kichik oraliqlar bilan 
qisqa masofalarga tez yugurish bo’yicha musobaqa mashqlarini, kuch-quvvatni 
rivojlantirish uchun qarshilikni yengish bilan bog’liq bo’lgan xilma-xil mashqlarni 
(to’ldirma to’p bilan bajariladigan mashqlarni juft-jut bo’lib bajariladigan mashqlar va 
boshqalar), chaqqonlik va epchillikni oshiruvchi mashqlarni va boshqa shu singari 
mashqlarni takrorlash ko’zda tutilgan.
Harakatlar mashg’ulot davomida hohlagan paytda qilinishi va baholanishi 
mumkin. Muhimi: ko’p vaqtni olmasligi va mashg’ulotlarning izchlligini 
pasaytirmasligi kerak.


234 
Izchllikni oshirish maqsadida bolalar mashqlarini tashkil etishning xilma-xil 
metodlari, (uzluksiz, yoppasiga, smenali), bir xildagi jihozlarni ko’proq qo’llab, 
mashqlarni bajarish ma'quldir. Bolalar yaxshi tayyorgarlik ko’rgan bo’lsalar, yil 
oxiriga kelib, ularni 2-3 guruhchalarga bo’lib mashg’ulot o’tkazish imkoni vujudga 
keladi, bunda har bir guruh o’z topshirig’ini bajaradi. Guruhlarga bo’lib topshiriq 
berish metodi tez-tez qo’llanilishi kerak emas, chunki katta guruh bolalari mustaqil 
ishlashga hali yetarli tayyor bo’lmaydilar. Tarbiyachi murakkab yoki yangi topshiriqni 
bajarayotgan guruh bilan birga bo’ladi. Boshqa guruh o’zlariga tanish topshiriqni 
tarbiyachi tayinlagan bola rahbarligida takrorlaydi. Guruhda harakatlanish 
topshiriqlarining qulaylik bilan birgalikda bajarilishini nazarda tutish muhimdir. 
Bolalar hammalari yoki bir vaqtda yoki navbatma-navbat bilan harakat qilishlari kerak.
Ma'lum harakatlarni mustahkamlash uchun ko’pincha har xil xususiyatlarga ega 
bir necha harakatli topshiriqlar ketma-ket bajariladi. Bir jihozdan ikkinchi jihozga 
o’tishda bolalar navbat bilan ko’rsatilgan harakatlarni bajaradilar: Xaltachani boshga 
qo’yib gimnastika skameykasidan yurib o’tadilar, so’ngra xaltachani arqondan oshirib 
tashlaydilar, uning tagidan emaklab o’tadilar, xaltachani oladilar, uni kaftlar ustiga 
qo’yib ikki oyoqda sakraydilar, gimnastika skameykasi oldiga kelib, dastlabki holatda 
turadilar.
Harakatlarning bolalar tomonidan baholanishi borgan sari mukammal va asosli 
xususiyat kasb etib boradi. Bola harakatlarning natijasigagina emas, balki uning 
go’zalligi va ifodaliligi ham harakatning sifatli bajarilishiga bog’liqligini tushuna 
boshlaydi. Mashqni qanday bajargani bola uchun muhim bo’lib qoladi. Bolalarning 
mashqlarni bajarish vaqtidagi o’z-o’zini nazorat qilishlari ham ortib boradi. 

Download 4,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish