Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги



Download 4,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/247
Sana24.06.2022
Hajmi4,33 Mb.
#698554
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   247
Bog'liq
4 ILK MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1

O‘zbekiston
– quyoshli, buyuk tarixiy insonlar yashagan, Buyuk Ipak 
Yo‘li o‘tgan ajoyib, betakror, ming asrlik an’analar va madaniyatiga ega o‘lka. 
Betakror, so‘lim go‘shalarga ega O‘zbekistonimiz, ko‘ngli ochiq xalqimiz, o‘tib 
ketgan 
bobo-kalonlarimiz, 
hozirda 
mustaqillikka 
erishgandan 
keyingi 
yutuqlarimiz haqida qancha gapirsak ham ozdir. Bugungi kunda bizning quyoshli 
o‘lkamizga dunyo xalqlarining qiziqishi tobara oshib kelmoqda. Yurtimizdagi tarixiy 
obidalar, an’analarimizga, madaniyatimizga, matolarimizga, arxitekturamizga, 
hunarmandlar tomonidan qilingan ishlariga, sayyohlar e’tibori kun sayin ortib 
bormoqda. 
Toshkent 

O‘zbekistonning zamonaviy poytaxti. Tyan-Shyan tog‘ 
yonbag‘ri Chirchiq daryosi oraisida 
joylashgan. Unga asos solingan davr tahminan 
e.avv. II asrlar deb hisoblanadi. Bu yerdan 
Buyuk Ipak Yo‘li karvonlari o‘tgan bo‘lib, u 
davrlarda shahrimiz Shosh deb nomlangan. 
Saqlanib qolgan qo‘lyozmalarga ko‘ra o‘sha 
davrlarda shaharda muhtasham, go‘zal qasrlar 
qad rostlab turgan. Ko‘xna Samarqand shahri nafaqat O‘zbekistonning balki 
dunyoning eng qadimgi shaharlaridan biri. U Rim va Vavilon shaharlarining 
tengdoshidir. Temuriylar sulolasining qadimgi poytaxti va Buyuk Ipak Yo‘lining 


208 
asosiy boshlang‘ich nuqtalaridan biri hisoblangan. Birgina Samarqand “Buyuk Ipak 
yo‘lining yuragi” deb nom olgan. Afsonaviy Registon maydoni Markaziy Osiyoning 
takrorlanmas me’moriy yodgorligidir. Qadimda bu maydon Samarqandning savdo va 
ijtimoiy markazi bo‘lgan. Go‘ri-Amir maqbarasi qadim Samarqandning yana bir 
marvaridi. Sherdor madrasasining peshtoqi Mirzo Ulug‘bek madrasasi peshtoqi bilan 
asosan bir xil, binolar bir-biriga o‘xshash bo‘lsa ham, lekin sifat va me’morchilik 
jihatidan farq qiladi. Sherdor madrasasi sathi 70x57 metr, ya’ni to‘rt burchakli shaklda 
bo‘lib, hovlisi ikki qavatli hujralar bilan o‘rab olingan, ularning soni 52 ta, hovlining 
burchaklarida darsxonalar joylashgan. Ammo bu obidada masjid yo‘q, janubi-g‘arbiy 
darsxona esa ziyoratxona hisoblangan, chunki unga tashqi tomondan bevosita Imom 
Muhammad ibn Ja’fari Sodiq mozori maqbarasi tutashgan. Sherdor madrasasi 
fasadidagi minora va gumbazlari Ulug‘bek madrasasiga o‘xshash, ammo orqa 
tomondagi fasadlar burchagi guldasta minoralar bilan o‘ralgan. XVII asrga kelib yer 
sathi madaniy qatlamlarining ko‘tarilishi tufayli XV asrdagi dastlabki yer sathidan ikki 
metrga yaqin baland ko‘tarilgan. Ana shuning uchun bir muncha past ko‘ringan 
Ulug‘bek madrasasining qisqargan shaklidek barpo etilgan. Sherdor madrasasi 
qurilganda XVII asr me’morchiligiga xos ancha yangiliklar qo‘llanilgan, qurilish 
jarayonini tezlashtiruvchi va arzonlashtiruvchi ilg‘or usullardan foydalanilgan, ammo 
badiiy bezaklarning ta’sir kuchi bir muncha pasayib ketganligi sezilib turibdi. Lekin 
ranglarning o‘z o‘rnida ishlatilganligi va ayrim pannolarning g‘oyat nafis bajarilganligi 
bu yodgorlikni yaratgan me’mor va naqqoshlarning yuksak mahoratidan dalolat beradi. 
Naqshlar butun obida yuzini qoplagan. Ularda chok, yirik xandasaviy suls, kufiy 
yozuv naqshlari va gul bandlari tasvirlarda uyg‘unlashgan bo‘lib, faqatgina Samarqand 
obidalariga xos tarzda ishlangan. Aynan shu usul Samarqand me’moriy bezaklar 
maktabini tashkil qiladi. 


209 
Buxoro – yana bir qadimiy shaharlardan biri. Bu shahar Markaziy Osiyoning eng 
maftunkor shaharlaridan biri hisoblanadi. Qadimiy me’moriy yodgorliklarni saqlab 
qolgan Buxoro sayyohlarning eng sevimli 
maskani desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ismoil 
Samoniy maqbarasi, ko‘plab masjid va 
madrasalar, karvon-saroylar, hammom ulkan 
qo‘rg‘on va Buxoro hukmdorining mustahkam 
qarorgohi Ark, Minorai Kalon kabi yodgorliklar 
muqaddas 
Buxoroning 
tengi 
yo‘q 
marvaridlaridandir. 
Xiva 

1967 
yilda 
YuNESKO 
tomonidan 
Butunjahon 
meroslari 
ro‘yhatiga kiritilgan shahar-qo‘riqxona hisoblanadi. Bu go‘zal maskanda 100 dan ortiq 
tarixiy obidalar saqlanib qolgan. Ichan Qala, Islom Xo‘ja madrasasi, Kalta 
Minor shular qatoridan.
Yurtimiz tarixi, boy madaniy va ma’naviy merosidan hikoya qiluvchi ushbu 
noyob obidalar bugungi avlod qalbida buyuk 
o‘tmishga ega ajdodlaridan faxrlanish tuyg‘usini 
jo‘sh urdiradi. Binobarin, ajdodlardan meros 
osoriatiqalar bugungi va kelgusi avlodning 
yurtga 
munosib 
insonlar 
bo‘lib kamol 
topishlarida muhim omil sifatida xizmat qiladi. 
Tarixiy 
obidalar 
farzandlarimizni 
ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash, dunyoqarashini shakllantirish, barkamol inson bo‘lib 
yetishishlarida katta ahamiyatga ega. Bolalar bilan tarixiy me’moriy obidalarga 
sayohat uyushtirish, san’at asarlarining go‘zalligidan ta’sirlanish orqali milliy g‘urur 
elementlarini tarkib toptirishga hamisha ham birdek e’tibor qaratilayotgani yo‘q. 
Ajdodlarimizning ulkan mehnatlari evaziga qad rostlagan ushbu osori atiqalar, tarixiy 
me’moriy obidalar ta’lim-tarbiyaning nihoyatda kuchli vositalaridir, ular bolaning 
estetik olamiga, ruhiy dunyosiga benihoya kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Bunday sayohatga 
borgan bolalar undan olgan go‘zal taassurotlarini bir umr unutmaydilar. 


210 
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni tarixiy obidalar vositasida milliy 
g‘urur elementlarini shakllantirishni yuqori darajada ta’minlash bolalarning tarixiy 
obidalarga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirishga xizmat qiladi, bu esa ta’lim-tarbiya 
jarayonida samarali natijalarga erishishga olib keladi. 

Download 4,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish