Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги


MAKTABGACHA YOSHDAGI NUTQI TO‘LIQ RIVOJLANMAGAN



Download 4,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/247
Sana24.06.2022
Hajmi4,33 Mb.
#698554
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   247
Bog'liq
4 ILK MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1

 
MAKTABGACHA YOSHDAGI NUTQI TO‘LIQ RIVOJLANMAGAN 
BOLALARNI SENSOR TARBIYALASH YO‘LLARI 
M.S.Yusupova 
Nizomiy nomidagi TDPU 1-bosqich magistri
Ma’lumki, idrok qilish sezish natijasida aqliy harakatlar narsa va hodisalarning 
xususiyatlarini analiz hamda sintez qilish, umumlashtirish va abstraksiyalash protsessi 
yuzaga keladi bu esa bilish faoliyatining zarur sharti hisoblanadi. 
Sensor 
harakatlarning 
rivojlanishi 
darajasi 
bolaning 
qobiliyatlari 
shakllanayotganida hamda muayan bilimlarini va ayrim amaliy ko‘nikmalarini 
egallash jarayonida va ayniqsa nutqini rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Bolada shakl 
va bo‘yoqlarni idrok qilish qobiliyati rivojlangan bo‘lsa, u tevarak atrofdagi 
narsalarning xossalarini har tomonlama ko‘ra biladi, his qila oladi va nutqida qo‘llay 
oladi. Sensor protsessalari ayniqsa, ilk bolalikda alohida ahamiyatga ega bo‘ladi chunki 
voqealikdagi narsa va hodisalarning shakli, katta-kichikligi, rangi va boshqa 
xossalarini to‘g‘ri va aniq idrok qilish qobiliyati ayni shu ilk va maktabgacha tarbiya 
yoshi davrida tez rivojlanadi.
His qilishning shakllanishi – bolalarda qabul qilish jarayonining shakllanishi va 
predmetlar, o‘rab turgan atrof borliq haqida tasavvurlarni xosil bo‘lishidir. Bola 
dunyoga kelganda xis qilish tuyg‘ulari shakllanib bo‘lgan bo‘ladi. Lekin ularning 
normal funksiyasini atrof – borliqni qabul qilishlari ta’minlab beradi. 
His etish jarayoni to‘g‘ri shakllanishi uchun, maqsadga yo‘naltirilgan xissiy 
tarbiya zarur va muhimdir. Bolaga ko‘rishni, barmoqlar bilan paypaslashni, obektlarni 
eshitishni o‘rgatish kerak, ya’ni unda qabul qilish harakatlarini shakllantirish kerak. 


578 
Lekin predmetni tekshirish, ko‘rish, paypaslash yetarli emas. Bunda predmetni bir 
qancha belgilarini aniqlash bilan birga, ularni boshqa predmetlar bilan belgilarning 
munosabatlarini aniqlash zarurdir. Buning uchun bolaga kerakli o‘lchovlarni berish 
kerak, bunla bola nimani qabul qilayotganligini biladi. Bu xis qilishning asosiy 
tushunchalari bo‘lib, tarixiy ko‘rinishga ega bo‘lib, qabul qilish jarayonida 
taqqoslashni ta’minlab beradi. Ularga geometrik shakllarning tartiblari, kattaliklarning 
shkalalari, og‘irlik o‘lchovlari, yuqori tovushlar qatori, ranglar jilosi, ona tilining 
fonetik tarkibi kiradi. Yuqorida ko‘rsatilgan hamma tushunchalar bola tomonidan o‘z 
vaqtida egallangan bo‘lishi zarur. Qabul qilish jarayonida bola asta sekinlik bilan 
ko‘rish, eshitish, harakat, bilish obrazlarini orttirib boradi. Lekin bunda bola 
predmetlarning munosabati va belgilarini qabul qilish jarayonida, bu munosabatlar va 
belgilar so‘zlar bilan izohlangan bo‘lishi kerak. Bu esa predmetning obrazlari haqida 
tasavvurlarni mustahkamlaydi, ularni yana ham aniqlashtiradi. Agar qabul qilish 
obrazlari so‘zlar bilan mustahkamlangan bo‘lsa bir qancha vaqt o‘tishiga qaramay bola 
tasavvurlarida uyg‘otish mumkin. Buning uchun kerakli so‘zga javob beradigan – 
birikmani aytish kifoyadir. 
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni buyumlarning shakli, katta-kichikligi va 
rangi bilan tanishtirish hamda ularda bu xossalarni to‘g‘ri idrok qilish ko‘nikmalarini 
rivojlantirish masalasi sensor tarbiya sohasiga kiradi. Bu tarbiya qachalik to‘g‘ri hal 
qilinsa bolalarning faqat aqliy tarbiyasigina emas, balki estetik, jismoniy va xatto 
ahloqiy tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli bo‘ladi, ya’ni bola umuman samarali 
rivojlanib boradi. 
 
Nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarda idrokning rivojlanishi orqada qolgan bo‘ladi. 
Shuning uchun birinchi, maxsus korreksion vazifa rivojlantirishni iloji boricha erta 
boshlashni ta’minlashdir. 
Nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarda idrokning rivojlanishini orqada qolishi bilan 
birgalikda idrokning sekin sur’atda rivojlanishi kuzatiladi. Demak, ikkinchi vazifa 
idrokning rivojlanish sur’atini tezlashtirish jadallashtirishdir. 


579 
Nuqsonli rivojlanish – orqada qolish va turli buzilishlar bilan xarakterlanadi. 
Demak, bir holatda – korreksiyalash, boshqa holatda kompensatsiyalash ishlarini olib 
borish asosiy vazifalardandir. 
Nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarda idrok va tasavvurlarni rivojlantirish samarali 
bo‘lishi uchun maxsus metodikalarni qo‘llash lozim. 
Avvalo ta’limning og‘zaki va ko‘rgazmali metodlarini to‘g‘ri birgalikda qo‘llash 
zarur.Idrokni rivojlantirish bo‘yicha ishlarning muhim yo‘nalishlaridan biri 
predmetning butun obrazini hosil qilishdir.Nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalar 
predmetlarning alohida xususiyatlarinigina emas, balki predmetlarni bir butunligini 
ham, yetarlicha aniq, to‘g‘ri idrok qila olmaydilar. Ta’limning boshlanishida bolalar 
ko‘pincha kerakli predmetni boshqalari orasidan ajrata olmaydilar.Ajratish va 
predmetni butunligicha idrok etishga o‘rgatish ta’limning dastlabki davridanoq 
boshlanadi. Bunda diqqatni, predmetlar bilan harakat qilishga taqlid qilishni, eslab 
qolishni rivojlantirishga qaratilgan o‘yin va mashqlardan foydalaniladi. Bunday o‘yin 
va mashqlarda bolalar alohida predmetlarni ajratishga, ularning joylashishlarini 
kuzatishga boshqa predmetlar orasida ajratishga o‘rganadilar. 
Predmetning butun obrazini hosil qilishga qismlardan shakllarni yig‘ish yordam 
beradi. Masalan, kartondan qirqilgan uychalarni qo‘ziqorinlarni yig‘iladigan mashina
mamoletlarni yig‘ish. Butun obrazni shakllantirishda bolaning tasviriy faoliyati kata 
rol o‘ynaydi. (applikatsiya, rasm chizish, yasash). Ammo, shuni ta’kidlash lozimki 
bolaning idroki past darajada bo‘lganda tasviriy faoliyatning o‘zi ham hali 
shakllanmagan bo‘ladi va idrokning rivojlanishiga yordam bera olmaydi. 
Idrokning va tasavvurlarning rivojlanishi faoliyatining rivojlanishi bilan 
chambarchas bog‘liq. Bunday bog‘lanish ikki tomonlama bo‘lib, bir tomondan har bir 
faoliyat idrokning ma’lum darajada rivojlanmaganligida shakllanadi. Boshqa 
tomondan esa idrokning o‘zi faoliyat jarayonida rivojlanadi.Nutqi to‘liq rivojlanmagan 
bolalarda maktabgacha tarbiya muassasalariga qabul qilinayotgan davrda idrok va 
tasavvurning yig‘ilgan (yo‘naltirilgan) obrazlari deyarli mavjud bo‘lmaydi. 

Download 4,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish