Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги



Download 4,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/247
Sana24.06.2022
Hajmi4,33 Mb.
#698554
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   247
Bog'liq
4 ILK MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1

Список литературы: 
1. Залевский,1993. Психокоррекция ребенка.
2. Понятие о " арт - терапия" - Яценко, 2012. 
3. Музыкотерапия- психотерапевтический метод - А. Рубинштейн И.Штраус. 
OILADA BOLALARNING SHAXS XUSUSIYATLARINI 
SHAKILLANTIRISHDA XALQ PEDAGOGIKASINING AHAMIYATI
 
Mamedova Maftuna Muhidinovna
 
Buxoro davlat universiteti, maktabgacha ta’lim kafedrasi o’qituvchisi 
 
O’zbekiston o’ziga xos turli milliy urf – odatlar, an’analarga boy ulkan mamlakat. 
Qadriyatlar qadri – mustaqillik sharofati va istiqlol shukuhi ila ko’p orzu – niyatlarimiz 
ro’yobga chiqmoqda. Yetmish yil ichida yo’l qo’ygan xato – kamchiliklar tuzatilib, 
hamma sohalarda haqiqat tiklanmoqda. Jumladan qadimiy boy va betakror xalq 
an’analari, urf – odatlari, rasm – rusumlari, marosimlar, udumlar, ya’ni milliy 


547 
qadriyatlarimizga jon ato etildi, turmushga keng joriy etila boshlandi. Ma’naviy 
qadriyatlarining yana bir qudratli manbai oila va undagi farzand tarbiyasi 
munosabatlari odobidan iboratdir. 
Kattalarni hurmat qilish o’zaro yordamlashish, kelajak avlod haqida g’amxo’rlik 
qilish hamisha uning qoidalari bo’lib kelgan. Ota – bobolarimiz, oqila onalarimizning 
ijodi, teran aql – zakovoti, o’ziga xos dunyoqarashi va xayotiy falsafasi, ko’p asrlik 
sinov – tajribalari juda chuqur, ammo ixcham, lo’nda shaklda chiroyli bayon etilgan, 
hayot sabog’i – donishmandlikning ba misoli qomusiga aylangan, tarixning xar hil 
to’fon unsurlariyu jangu – jadallariga bardosh berib davrdan – davrga, avloddan – 
avlodga o’tib kelayotgan xalq mafkurasi – ma’naviyati, ma’rifiy va ahloqiy – ruxiy 
tarbiyasi bilan bog’liq qadriyatlarga, xalq an’anaviy sharqona pandu – nasihatlar, 
o’gitlar va boshqa katta tarbiya vositalariga befarq qaraldi. 
Ushbu qoidalar azal-azaldan allomalarimiz pedagogik qarashlarida ham o‘z 
ifodasini topgan. 
Farobiy bilimidan ma’rifatli yetuk odamning obrazini tasvirlar ekan, bunday 
deydi: «Har kimki ilm hikmatni o’rganmagan desa, uni yoshligidan boshlasin, sog’ – 
salomatligi yaxshi bo’lsin, yaxshi ahloq va odobi bo’lsin, so’zining uddasidan chiqsin, 
yomon ishlardan saqlangan bo’lsin, barcha qonun – qoidalarni bilsin, bilimdan va notiq 
bo’lsin, ilmli va dono kishilarni xurmat qilsin, ilm va axli ilmdan mol – dunyosini 
ayamasin, barcha real moddiy narsalar to’g’risida bilimga ega bo’lsin»49.
Bu fikrlardan Farobiyning ta’lim – tarbiyada yoshlarni mukammal inson qilib 
tarbiyalashda xususan, aqliy – ahloqiy tarbiyada aloxida e’tibor berganligi ko’rinib 
turibdi, uning e’tiqodicha, bilim, ma’rifat, albatta yaxshi ahloq bilan bezatmog’i lozim, 
aks holda kutilgan maqsadga erishilmaydi, bola yetuk bo’lib yetishmaydi.
Ibn Sino bola tarbiyasi va tarbiya usullari haqida qimmatli fikrlarini bildirgan. 
Ibn Sino bolaning ahloqiy tarbiyasi haqida bildirgan fikrlarida uy – ro’zg’or tutish 
masalalari xususida ham so’z yuritadi. Bolani tarbiyalash oila ota – onaning asosiy 
maqsadi va vazifasidir. O’z kamchiliklarini tuzatishga qodir bo’lgan ota – ona 
tarbiyachi bo’lishi mumkin.
49
Ал Фаробий Социально – этические трактати. Алма – ата 1976й. 198 бет. 


548 
Ahloqiy tarbiyada eng muxim vositalar bolaning nafsoniyatiga, g’ururiga 
tegmagan holda, yakkama – yakka suxbatga bo’lish unga nasixat qilishdir. 
Ibn Sino bolada ahloqiy xususiyatlarni mehnat, jismoniy aqliy tarbiya bilan 
o’zviy birlikda shakllantirishni, uni inson qilib kamol toptirishda asosiy omil deb 
biladi. 
Yusuf Xos Xojibning uqtirishicha har bir kishi jamiyatga munosib bo’lib kamol 
topmog’i kerak. Buning uchun u tug’ilgan kundan bolab zarur tarbiyani olmog’i lozim. 
U qobil qizning tarbiyasi haqida fikr yuritar ekan, ularning o’zlariga xos xususiyatiga 
e’tibor berishni ta’kidlaydi. 
Farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog’i shart. Shundagina ularning 
noo’rin xatti – xarakatlariga berilishining oldi olinadi. 
Ulug’bekning oila muhiti sog’lom avlodni yetishtirish haqidagi fikrlari shundan 
iboratki, alloma uqtirishicha, bolaning bilim olishiga bo’lgan qiziqish, xavasini 
oshirishda u tarbiyalanayotgan muxit muxim o’rinni egallaydi. Oilada ota – onalar 
ayniqsa o’qimishli ota – onalar o’z farzandlarining haqiqiy inson bo’lib kamol 
topishiga aloxida e’tibor berishlari lozim. 
Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va 
qudratiga aloxida e’tibor beradi. Tarbiya natijasida bolaning foydali va yetuk kishi 
bo’lib o’sishiga ishonadi. Yosh bolaning juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq 
zarur. Tarbiya insonga o’zida yaxshi odat va fazilatlar xosil qilishga yordam beradi. U 
odam shaxsi kishilar bilan munosabatda, ayniqsa kishilarning bir – birlariga bo’lgan 
ruxiy ma’naviy ta’sirlari natijasida tarkib topadi deb voyaga yetkazishda asosiy 
omillardan biri tarbiya ekanligi o’qtiradi. 
Voiz Al – Koshifiyning o’qtirishicha insonni ta’lim – tarbiya orqali qayta 
tarbiyalash aqliy qobilyatni o’stirish mumkin. Koshifiy o’zining pedagogik 
qarashlaricha bolalarda mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stirish masalasiga aloxida 
e’tibor beradi. Ota – onalar muallimlardan bu masalaga aloxida axamiyat berishni talab 
etadi. Bu masalada oilaviy hamda tashqi muxit muxim o’rin tutadi. Bola to’g’ri so’zli, 
vadaga vafodor, yaxshi xulqli qilib tarbyalanishi kerak. 


549 
Barcha milliy an’analarimizni avaylab – asrab, rivojlantirib, kelajak avlodga 
yetkazib berish bizning asosiy vazifamiz bo’lib, hisoblanadi. Jamiyatning taraqqiyoti 
ko’pgina davrlarda tarbiyaning mazmuni va yo’nalishi milliy qadriyatlarimiz, 
an’analarimiz va urf – odatlarimiz uyg’unligi bilan belgilanadi.
Yosh avlodni tarbiyalashda bugungi kunda bu qadriyatlar, an’analar o’zining 
barcha qirralarini ko’rsatib yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishida ijobiy 
ta’sir ko’rsatmoqda. Bolalarni milliy an’analar ruhida tarbiyalash uchun oila, maktab 
va mahallalar birgalikda quyidagilarni bosqichma – bosqich amalga oshirsa maqsadga 
muvofiq bo’lar edi. Bolalarni milliy an’analar ruhida tarbiyalashda ota – onaning 
pedagogik madaniyatini shakllantirish. Oilada yo’qolib ketayotgan an’analarimizni 
yosh avlod ongiga singdirish, milliy tarbiyamizni yanada rivojlantirishda xalq 
pedagogikasining ahamiyati beqiyos. 

Download 4,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish