Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги



Download 4,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/247
Sana24.06.2022
Hajmi4,33 Mb.
#698554
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   247
Bog'liq
4 ILK MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1

Adabiyotlar: 
1.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 dekabrdagi 
“Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 802-
son qarori. 
2.
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga 
quramiz. –Toshkent: “O‘zbekistan”, 2017. – B.163. 
3.
Abdullayev A., Jajda prekrasnogo, T., 1994. 


125 
4.
Gegel G. V., Estetika, v 4-x tomax, M., 1968. -73.
5.
Gulyamov D.R. Bilish jarayoni faolligi va neyropedagogik tadqiqotlar talqini / -
Toshkent, “Pedagogika” J., №5, 2015. –B. 29-35. 
6.
Gulyamov D.R., Kalanxodjayeva K.B. K voprosu ucheta osobennostey 
mejpolusharnoy funksionalnoy asimmetrii mozga obuchaemыx v uchebnom protsesse 
/ J. Aktualnie problemi gumanitarnix i yestestvennix nauk. № 11, 2018. –S.38-43. 
 
 OTA-ONA MAS’ULIYATI VA FARZAND VAZIFALARI 
 
Maxmutazimova Yulduz Raxmatovna 
Nizomiy nomidagi TDPU 
“Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi, 
Mirdadayeva Nodira Irkinovna 
605-sonli DMTT metodisti 
 
 
Insonga sodiq farzand bo‘lish juda ulug‘ ne’mat, katta baxt hisoblanadi. Oilada 
ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati, burchi o‘ziga xosdir. Ota-onalar 
farzandni dunyoga kelishiga sababchi bo‘libgina qolmay, balki ming mashaqqatlar 
chekib voyaga yetkazadilar, tarbiyalaydilar, bag‘riga bosib, mehr berib 
ulg‘aytiradilar.Kasal bo‘lganimizda boshimizda girdi-kapalak bo‘lib boylanib, butun 
rohatlarini yo‘qotadilar, tuzalib ketishimiz uchun hamma choralarini izlaydilar, 
yeydigan, ichadigan, kiyadigan, narsalarimizni hozirlab, har kimdan ziyoda sevadilar. 
Boshlarimizni silab, o‘qitadilar, ta’lim-tarbiya beradilar. O‘qimishli, dono, ahloq-
odobda tengsiz kishilar bo‘lishimiz uchun butun kuch va imkoniyatlarini sarflaydilar. 
Shu o‘rinda yana bir fikrni keltiraman. O‘sib, ulg‘ayganimizdan keyin ham 
boshimizga biror mushkul ish tushganda tasalli berib, hamisha ko‘nglimizni ko‘tarib, 
sabr-toqatli bo‘lishimiz uchun pand-nasihatlar qiladilar.Shod-xurram bo‘lganimizda 
bo‘lsa shodligimizga sherik bo‘lib, nomus va sharafimizni saqlaydilar. Baxtli, saodatli 
bo‘lishimizni bir umr tilaydilar. 
Ko‘rinadiki, bizga ozgina ezgulik qilgan kishilarga ezgulik qilish burchimiz ekan, 
shu qadar ezgulik qilgan ota-onalarimiz biz farzandlarning burchlarimiz ham yuqoridir. 
Shuning uchun ularning roziliklarini, tahsinlarini olishimiz, izzat va hurmatlarini 
joyiga qo‘yishimiz, nojo‘ya fe’l-atvordan saqlanishimiz lozim. 
Farzand hamisha ota-ona oldida burchli. Kuzatish va tajribalarimiz shuni 
ko‘rsatadiki, ota-onalar bajaradigan vazifani uch davrga bo‘lish mumkin.Chunonchi, 
birinchi davri – go‘daklik davri. Bu davrda bolada hali vazifa, burch, majburiyat degan 


126 
tushunchaning o‘zi bo‘lmaydi. U faqat ota-ona buyrug‘iga itoat qilish kerakligini 
anglaydi, xolos. Lekin ikkinchi davrda yoshi ulg‘aygan sari bolaning aqli, harakati 
oshib, qiladigan ish, vazifalari ham tobora ravshanlashib boradi. 
Boshqacha ibora bilan aytganimizda, ota-onalarimiz bizning manfaatimizni 
ko‘zlab sa’y-harakat qilganlari, hayot va turmush ishlarida ma’lumotlari, tajribalari 
yuqori bo‘lgani uchun ularning ko‘rsatgan yo‘llaridan borishimiz suv bilan havodek 
zarur bo‘ladi. 
Endilikda bu davrda ota-onalarimiz ko‘proq pand-nasihat beradilar. Ayniqsa, 
qarindosh-urug‘larni hurmat qilish, ularni ranjitmaslik, chiroyli muomala qilish hamda 
imkoni boricha qarindoshlik haqini o‘tish to‘g‘risida ko‘proq gapiradilar. 
Ota-onalar yana faqat o‘z qarindoshlargina emas, hamma odamlarga yaqin bo‘lib, 
izzat hurmatqilish, qarindosh, do‘stlar va boshqa insonlarning boshiga biror kulfat 
tushsa, ularning ko‘ngillarini ko‘tarish, ona-Vatan va tabiatimizni sevish va 
e’zozlashimiz to‘g‘risida ham ijobiy gap-so‘zlarni qulog‘imizga quyadilar. 
Uchinchi davr mustaqillik davri hisoblanadi. Endi o‘sdik, odam bo‘ldik, 
turmushimizni o‘zimiz yo‘lga qo‘ya oladigan kuchga ega bo‘lib, ota-ona yordamiga 
ehtiyojimiz qolmadi, hayotiy tajribamiz kundan-kunga oshib, o‘z taqdirimizni o‘zimiz 
tayin qiladigan bo‘ldik.Bizni shu davrga qadar boqib, tarbiyalab, o‘qitganlari uchun 
ota-onamizga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz va bugungi kunda bizlarni shu 
darajaga yetkizganlariga qanday mehnat qilganliklarini, bu yo‘lda qanchalik azob-
uqubat chekkanlarini yorqin anglay boshlaymiz. 
Ha, bugungi kunda ota-onalarimiz kuch-quvvatdan qolib qaridilar deylik. Bizning 
muhtojlik, kuchsizlik paytlarimizda ularga yuklatilgan vazifalar bugun bizga 
yuklatiladi. Ota-onalarimiz hayot va quvvatlarini, mol va davlatlarini bizning 
yo‘limizda sarf qiladilar. Bugungi kunda ularning bu xizmatlarini to‘laydigan payt 
keldi. Shuning uchun ota-onalarimizning izzat-hurmatlarini bajo keltirishga, 
ro‘zg‘orlarini ta’min etishga ham qonun oldida, ham vijdon oldida majburmiz.
Oilaviy tarbiyada ma’naviy ruhda kamol topgan bolalar saodatmand, dono 
odamlar xush fe’l-atvorni o‘zlariga abadiy najot sarmoyasi deb biladilar, fursat, vaqtni 
qo‘ldan qochirmaydilar, g‘animat sanaydilar, go‘zal ahloq, odob bilan 


127 
ziynatlanadilar.Mol-dunyo yig‘ishga o‘ch bo‘lmaydilar, hech kimning ko‘nglini 
og‘ritmaydilar. Ojiz va g‘arib kishilarga g‘amho‘rlik qiladilar, ularning ehtiyojlarini 
o‘taydilar, birovning aybini ko‘rsalar oshkora qilmasdan uni bekitadilar, birovdan 
yomonlik ko‘rsalar, u kishiga yaxshilik qiladilar, ulug‘ olim, fozillarning siyratlari, 
go‘zal fe’l-atvorlarini o‘zlariga peshvo qilib oladilar, o‘z manfaatlarini ko‘zlab, boshqa 
ziyon keltirmaydilar, hech kimga qo‘pollik bilan muomala qilmaydilar, to‘g‘ri 
so‘zlaydilar, yolg‘onchilik ko‘chasiga qadam qo‘ymaydilar. 
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, maktabgacha ta’lim sohasida bir necha yillar 
faoliyat olib borgan oilashunos olima Oysha Xasanboyeva oilada farzand tarbiyasi, 
ota-ona mas’uliyati haqida qimmatli fikrlarini keltirib o‘tganlar.Yuqorida keltirilgan 
oilada farzand ta’lim-tarbiyasi haqidagi ilg‘or tajribalar bugungi kunda ham o‘z 
qiymatini yo‘qotmagan. 

Download 4,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish