Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги



Download 4,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/247
Sana24.06.2022
Hajmi4,33 Mb.
#698554
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   247
Bog'liq
4 ILK MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1

ADABIYOTLAR:
 
1.“Maktabgacha ta’limda o’quv-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning samaradorligi: 
muammolar va yechimlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani 
materiallari. Andijon davlat universiteti. Andijon – 2019 
2.Куцакова Л.В., Мерзлякова С.И. «Воспитание ребенка-дошкольника: 
развитого, образованного, самотоятельного, инициативного, неповторимого, 
культурного, активно творческого». Москва.: Владос, 2004. 
3.Сорокина Н.Ф. «Играем в кукольный театр: Программа «Театр-Творчество-
Дети»: Пособие для воспитателей, педагогов дополнительного образования и 
музыкальных руководителей детских садов. Рекомендовано Министерством 
образования РФ.М: АРКТИ 2002. 
4.Чурилова Э.Г. «Методика и организация театрализованной деятельности 
дошкольников и младших школьников». М.: Владос. 2001. 
 
 


417 
MAKTABGACHA TA’LIM- FARZANDLARIMIZ KELAJAGIGA 
ZAMIN 
 
Hamroyeva Nigora Abdulloevna
BuxDU Maktabgacha ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi 
 
Bugungi kunda kelajak poydevori bo‘lgan, har jihatdan mas’uliyatli, ma’naviy 
yetuk, ahloqan pok, bir so‘z bilan aytganda jamiyat taraqqiyoti uchun munosib hissa 
qo‘sha oladigan yoshlarni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, milliy 
ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirish borasidagi “Ilk qadam” davlat dasturi “Ilk va 
maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun Davlat talablari”ga muvofiq 
ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim 
tashkilotining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatining asosiy g‘oyalari 
ifodalangan, shuningdek, bolalarning ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishdagi asosiy 
kompetensiyalari belgilab berilgan. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolaning maktab 
ta’limiga o‘tishi hamisha uning hayoti, ahloqi, qiziqish va munosabatlarida anchayin 
jiddiy tub o‘zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Bugungi kunda bolani biror narsaga 
o‘rgatishgina emas, unda o‘z kuchiga ishonchni orttirish, o‘z g‘oyasini himoya qilish, 
mustaqil ravishda bir qarorga kelish ko‘nikmasini shakllantirish ham muhimdir. Shu 
o‘rinda, bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim asosida o‘z-o‘zidan ma’lumki, shaxs, uning 
o‘ziga xosligi, o‘sha o‘ziga xoslikdan kelib chiqqan holda ta’lim-tarbiya ishlarini 
tashkil etish va rivojlantirish masalasi yotadi. Shu bilan birga shaxsga nafaqat bilim va 
tarbiya berish, balki uning turli hayotiy vaziyatlarda ongli va mas’uliyatli qaror qabul 
qila olish malakasini oshirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday ta’lim 
shaklining yana bir ustunligi bola shaxsi kimningdir istak va xohishiga ko‘ra emas, o‘z 
imkoniyatlari va individual xususiyatlariga ko‘ra shakllanadi. Bola shaxsiga 
yo‘naltirilgan ta’limning g‘oyalari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: - ta’lim 
umuminsoniy qadriyatlardan kelib chiqqan holda muayyan jamiyat ma’naviyati bilan 
moslashuvga asoslanadi; - ta’limning maqsadi o‘z “Men”iga, shu bilan birga 
umuminsoniy qadriyatlar tizimiga ega shaxsni shakllantirish va rivojlantirish; - shaxs 
kamoloti to‘laqonli, ya’ni ong va tuyg‘ular, ruh va tan birligi tarzida amalga oshiriladi; 
- ta’lim jarayonida shaxsning barcha huquqlari, shu bilan birga ta’lim mazmunini 


418 
tanlash huquqi ham himoyalanadi; - muassasada guruh ishi individual ish bilan 
birgalikda olib boriladi va bunda bola faoliyatining o‘ziga xos uslubi shakllanishiga 
alohida e’tibor qaratiladi; - ta’lim shaxs faoliyati turi sifatida ichki asosga ega, 
tarbiyachi va tarbiyalanuvchining teng munosabatlari va hamkorlikda qaror qabul 
qilishlariga tayanadi; - eng yaxshi ta’lim rasmiy boshqaruvga emas, balki mehr, e’tibor 
va hamkorlikka tayangan ta’limdir. Bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’limni maktabgacha 
ta’lim muassasalarida tashkil etish muhim va dolzarb vazifa hisoblanadi. Chunki bola 
shaxsining shakllanishi, ijtimoiylashuvi va muhim hayotiy ko‘nikma va malakalarini 
rivojlanishi aynan maktabgacha ta’lim yoshiga to‘g‘ri keladi. Avvalo muassasada bola 
shaxsiga yo‘naltirilgan ta’limni rivojlantiruvchi muhitni yaratish ahamiyatlidir. Muhit 
maktabgacha ta’lim muassasalarida bolani o‘rab turgan, uning rivojlanishiga ta’sir 
ko‘rsatadigan hamma narsalarni, shu jumladan, binolarning rejalashtirilishi va 
o‘lchamlari, hovlidagi o‘yin maydonchasi, guruhdagi mebel, materiallar, jihozlar, 
o‘yinchoqlarni o‘z ichiga oladi. Bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’limda maktabgacha 
ta’lim muassasasi muhitida bolalarning kognitiv (aqliy), nutq va muloqotchanlik, 
ijtimoiy-hissiy hamda jismoniy motor rivojlanishiga sharoit yaratilishini ta’minlash 
juda muhimdir. Bolaning rivojlanishiga sharoit nafaqat guruh xonalarida, balki 
muassasa hovlisida, yo‘laklarida, o‘yin maydonchalarida ham yaratilgan bo‘lishi shart. 
Bola shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv muhiti ta’lim-tarbiya jarayonida 
bolaning yoshi, psixologik, fiziologik xususiyatlarini to‘liq hisobga olgan holda eng 
qulay shart-sharoitlarni ta’minlashga xizmat qiladi. Bola shaxsiga yo‘naltirilgan 
ta’limni tashkil etishda tarbiyachilar quyidagi tamoyillarga amal qilishlari kerak 
bo‘ladi: - bola shaxsining rivojlanish qonuniyatlarini mukammal tushunish; - o‘yin va 
ta’limiy faoliyatlar bolalarni muntazam kuzatish; - bolaning qiziqish va ehtiyojlariga 
javob beradigan individual va guruhiy rivojlantirish ta’limiy faoliyatlarini 
rejalashtirish; - o‘zgaruvchan va egiluvchan o‘quv muhitini yaratish; - bolalarni hurmat 
qilish va diqqat bilan ularning fikr, g‘oya va maqsadlariga e’tibor qaratish; - bolalar 
o‘z muammolari va o‘zaro muammolarini o‘zlari hal etib, bir-birlariga hurmatda 
bo‘lishlariga ko‘maklashish; - bolalarning tafakkur va fikrlash jarayonini rivojlantirish 
uchun savollar berish. 


419 
Xulosa qilib aytganda bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’limning ustuvorligi 
shundaki, bunda shaxsning takomillashuviga ilk bolalik davridanoq qadam qo‘yiladi, 
shaxs pedagogik jarayonning obyekti emas, subyekti sifatida ko‘riladi, ta’lim 
tizimining maqsadi faqat shaxs kamolotiga qaratiladi, hamma bola birdek iste’dodli 
deya qaraladi va oliy insoniy qadriyatlar va sifatlarni (mehr-oqibat, insonparvarlik, o‘z 
kuchiga nisbatan ishonch, mehnatsevarlik, izlanuvchanlik) shakllantirish imkoniyatlari 
ochiladi.

Download 4,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish