b) Sun’iy yorug‘lik tabiiysiga nisbatan bir oz qimmatga tushsada, ish joylarini yoritishda imkoniyati cheksizdir. Sun’iy yorug‘lik umumiy, mahalliy va aralash ko‘rinishda bo‘ladi.
Umumiy yorug‘lik binoda bir tekis yoritilganlikni ta’minlay oladi.
Mahalliy yorug‘lik esa faqat asosiy ish joyidagi yoritilganlikni me’yor talabi darajasida ta’minlaydi.
Aralash yorug‘lik, mahalliy yoritilganlikni, umumiy yoritilganligi bilan birgalikda qo‘llanilganligidir.
Bu xildagi ya’ni aralash yoritilganlik usuli, binolardagi yarqiroqlik tafovuti-kontrastni yumshatadi hamda me’yor talabini to‘la qondira oladi.
v) Yoritilganlikni vazifasiga qarab ishchi va nazorat turlaridan tashqari yana favqulodda zarur holatlarda xizmat qiladigan ikki turi ham mavjud. Ularni avariya va evakuatsiya yoritilganliklari deyiladi hamda miqdorlari 0,5 -2,0 lYuks bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |