Statik elektr zaryadlari va uning manbalari.
Kuchlanishi 100 voltgacha bo‘lgan o‘zgarmas tok, chastotasi 50 Gs bo‘lgan o‘zgaruvchan tokka nisbatan 3-4 marotaba xavfsizroqdir, kuchlanish 400-500 V ga yetganda o‘zgaruvchan va o‘zgarmas toklarning xavflilik darajasi o‘zaro tenglashadi, kuchlanish bundan ortganda o‘zgarmas tokning xavflilik darajasi ortadi. Hozirgi paytda tok kuchi 50 mA bo‘lgan o‘zgaruvchan tok kishi sog‘lig‘i uchun xavfli hisoblanadi. Elektr tokining kishi a’zolariga ta’sir qilish kuchi, tok kuchlanishiga ham bog‘liq, bo‘ladi. Elektr tokining kuchlanishi qanchalik yuqori bo‘lsa, u kishi hayoti uchun shunchalik xavflidir, chunki bu holda tok miqdori ortadi. Elektr tokining kuchi tok o‘tish vaqtiga ham bog‘liq bo‘ladi. Elektr toki kishi a’zolariga 30 sekund davomida ta’sir etsa, kishi a’zolarining qarshiligi 25 %, 90 sekund ta’sir etsa-70 % kamayadi.
Hosil bo‘layotgan statik elektr zaryadlari ba’zan o‘n minglab voltga etadi, bu ishlovchilar uchun juda katta xavf tug‘diradi, chunki changning havo bilan aralashmasi, yonuvchi suyuqliklar bug‘ining havo bilan aralashmasi statik elektr uchqunlaridan alangalanib, yong‘in chiqishi va hatto portlashi mumkin. (un changi, benzin bug‘larining havo bilan aralashmasi, gaz).
Statik elektr uchquni chiqmaslik uchun quyidagi chora tadbirlar ko‘riladi; Bug‘ va chang portlaydigan darajadan ko‘p to‘planadigan xonalarda havoning obdan yangilanishini ta’minlaydigan kuchli shamollatgich (ventilyasiya) qurish hamda butun xonada yoki uning ayrim bo‘limlarida havoni 80% ga qadar namlash. Havo namlanganda elektr zaryadlarini yaxshi o‘tkazuvchi suv zaryadlar quvvatini kamaytirib ularni yerga tushiradi. Lekin ishlab chiqarish manfaati yoki iqtisodiy jihatdan olganda, havoni namlash usulini hamma vaqt ham qo‘llab bo‘lmaydi.
To‘zilish va tarkibi jihatidan bir xil bo‘lmagan ikki materialning bir-biriga ishqalanishi natijasida va ayrim suyuqlik yoki gazlarning quvurlardagi harakati tufayli statik elektr zaryadlari hosil bo‘ladi. Masalan, avtomobil beton yo‘lda harakatlanayotganida uning g‘ildiraklarini yo‘l o‘zra sirpanishi natijasida yoki qum va tosh zarrachalarining avtomobil ko‘zoviga urilishi natijasida 3000 V, benzinning po‘lat quvurlarda bosim ostida o‘zatilishida 3600 V, tezligi 15 m/s bo‘lgan tasmali o‘zatmalarda 80000 V, tasmali transportyorlarda 45000 V gacha elektr zaryadlari hosil bo‘lishi mumkin. Statik elektr zaryadlarining miqdori materiallarning tarkibiga, ishqalanuvchi qismining yo‘zasiga, zichligiga, solishtirma elektr qarshiligiga, texnologik jarayonlarning intensivligiga va muhitning mikroiqlim ko‘rsatgichlari (havoning harorati, nisbiy namligi, harakatlanish tezligi va atmosfera bosimi) ga bog‘liq bo‘ladi.
Shartli ravishda solishtirma elektr qarshiligi 10 Om·m dan yuqori bo‘lmagan materiallarda statik elektr zaryadlari hosil bo‘lmaydi va to‘planmaydi deb qabo‘l qilingan. Havo haroratini ko‘tarilishi yoki nisbiy namlikning kamayishi elektr zaryadlari hosil bo‘lishini kuchaytiradi.
Yuqori miqdorda statik zaryadlari hosil bo‘lgan muhitda inson organizmining muskullari ixtiyorsiz qisqarishi va buning oqibatida turli xil jarohatlanishlar yoki shikastlanishlar sodir bo‘lishi mumkin. O‘zoq muddatda statik elektr zaryadi mavjud muhitda ishlash oqibatida insonning asab tizimi faoliyati bo‘zilishi mumkin. Bundan tashqari elektr zaryadlari yong‘in yoki portlashlarga olib kelishi, tayyorlanadigan mahsulotning sifatiga salbiy ta’sir etishi, ayrim hollarda mahsulotni yaroqsiz bo‘lishiga ham olib kelishi mumkin.
Statik elektr zaryadlarini hosil bo‘lishini va to‘planishini ishlab chiqarish xonasining mikroiqlim ko‘rsatkichlarini me’yorlashtirish (havoning nisbiy namligi 70% dan kam bo‘lmasligi zarur), asosiy materiallarga antistatik materiallar qo‘shish, muhit havosini ionizatsiyalash orqali kamaytirish yoki bartaraf etish mumkin. Statik elektr zaryadlarining ta’siridan himoyalanishning asosiy yo‘llaridan yana biri ish qurollari, uskunalari va materiallarining metall qismlarini yerga ulashdir. Yerga ulashda elektrod sifatida po‘lat armaturalardan, trubalardan va burchakli materiallardan foydalanish mumkin.
Statik elektr zaryadlariga qarshi qurilgan yerga ulash tizimining qarshiligi 100 Om dan yoki texnologik jarayonda ishtirok etayotgan uskuna va jihozlar metall qismining barcha nuqtalaridagi elektr qarshiligi 10 Om dan kichik bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |