Ўзбекистон республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Навоий кон-металлургия комбинати


Elektr uzatish tarmog‘ida yerga ulagichlarni o‘rnatish



Download 7,19 Mb.
bet125/138
Sana31.12.2021
Hajmi7,19 Mb.
#233371
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   138
Bog'liq
Xavfsizlik qoidalari umk e6af9cd21d160fc709af1963d3d3d56c

Elektr uzatish tarmog‘ida yerga ulagichlarni o‘rnatish

1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uzatish tarmog‘ini taqsimlovchi elektr uskunalaridan o‘chirilgan joylarida va seksiyaga ajratadigan kommutatsion apparatlari oldida yerga ulanishi shart.

Quyidagilarga ruxsat etiladi:

35 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida asosiy elektr tarmog‘i ikki tomonidan yerga ulangan, shaxobchadagi podstansiyalarda esa yerga ulagich o‘chirilgan tarmoq ajratgichlaridan keyin o‘rnatilgan bo‘lsa, bu elektr tarmoq, yerga ulanmaydi.

6-20 kV kuchlanishli elektr uzatishtarmoqlarini faqat bir taqsimlovchi elektr uskunalarida yoki bir seksiyaga ajratadigan asbob oldida yoxud taqsimlovchi elektr uskunalariga yoki seksiyaga ajratadigan asbobga yaqin turgan ustunda yerga ulash mumkin. Qolgan taqsimlovchi elektr uskunalarida va seksiyaga ajratadigan asboblar oldida elektr uzatish tarmog‘iga qo‘yiladigan yerga ulagichlar ish joyi bilan ushbu taqsimlovchi uskunalar yoki seksiyaga ajratadigan asboblar oralig‘ida o‘rnatilishi sharti bilan, o‘sha kuchlanish olinib o‘chirilgan elektr uzatish tarmoqlarini yerga ulamaslik mumkin. Elektr uzatish tarmoqlarida yuqorida qayd qilingan yerga ulagichlar yerga ulash uskunalari bor ustunlarga o‘rnatilishi kerak.

1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uzatish tarmoqlarida yerga ulagichni faqat ish joyiga qo‘yish yetarli.

Ushbu Qoidani 5.6.1. bandida eslatib qo‘yilgan yerga ulagichlarga qo‘shimcha har bir brigadani ish joyida simlarni har bir fazasi, kerak bo‘lganda troslar ham yerga ulanishi shart.

Sim tortadigan metall roliklarda va ushlab turuvchi qisqichlarda (zajimlarda) yotgan simlar uchun roliklarning (zajimlarning) o‘zidagi qo‘zg‘almas bo‘lagini yerga ulash kifoya. Metal konstruksiyali hamda temir qobig‘lari yerga ulangan temirbeton ustunlar va undagi roliklar halkasi (oboymasi) va qisqichlar orasida tabiiy tutashish bo‘lsa, rolik va qisqichlarni qo‘shimcha yerga ulash: talab qilinmaydi.

Ikki mustahkam anker ustunlari orasida sim osilayotganda, xamda anker ustundagi aylanib o‘tuvchi sim ulangandan keyin, osilgan simlar (troslar) boshlang‘ich anker ustunda va oxirgi simlarni ushlab turuvchi oxirroqdagi biron ustunda yerga ulanishi shart.

Tayyor uchastkalardagi simlar (troslar) orqali momaqaldiroqdan va boshqa o‘ta kuchlanishdan keyingi uchastkalarga osilayotgan simlarga (trosslarga) potensial o‘tish xavfini yo‘q qilish maqsadida oxirgi anker ustunida osilgan simlarni (trosslarni), hamda qurilib bitgan elektr uzatish tarmog‘i simlarini yerga ulash man qilinadi.

Har bir fazasida simlar bir necha bo‘lim-bo‘limlarga tarab ajratilgan elektr uzatish tarmog‘ida har fazadagisining bir simini yerga ulashga ruxsat beriladi, fazalardagi simlar izolyatsion kashak yordamida ajratilganda hamma simlarini yerga ulash talab qilinadi.

Bir zanjirli elektr tarmog‘ida yerga ulagichni ish olib borilayotgan ustunga yoki qo‘shni ustunga qo‘yish kerak. Brigada ishlayotgan elektr uzatish tarmog‘i uchastkasiga yerga ulagichlar orasidagi masofa 2 km dan oshmasligi sharti bilan ikki tomonidan yerga ulagich o‘rnatishga ruxsat etiladi.

Ustundan izolyatsiya qilingan momaqaldiroqqa qarshi osilgan trosda yoki ushbu ustunga osilgan trossda yoki ustun konstruksiyasida bu trossga 1 metrdan kam masofaga yaqinlashib ishlaganda, tros albatta yerga ulanishi shart. Yerga ulagich trosni izolyatsiya qilingan tomonidan keyingi ustunga ketgan yerida yoki oralig‘ida qo‘yiladi.

Agar ushbu trosda muz eritish mo‘ljallangan bo‘lsa, ish boshlashdan oldin, tros kuchlanish kelishi mumkin bo‘lgan barcha tomonlaridan o‘chirilib, yerga ulanishi shart.

Ko‘chma yerga ulagich metal ustunlarda uning elementiga, yerga ulagich o‘rnatish uchun jihozlangan temirbeton va yog‘och ustunlarda yerga ulagich uskunalariga, ularni butunligini tekshirgandan keyin shu simlarga o‘rnatilishi kerak. Yerga ulagich o‘rnatish uchun jihozlangan uskunalari bo‘lmagan temirbeton ustunlarda yerga ulagichni ustunning traversiga va boshqa metal elementiga o‘rnatish mumkin.

Neytrali yerga ulangan va nol simi tarmoqda qayta yerga ulangan 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgam elektr uzatish tarmoqlarida yerga ulagichni ushbu nolevoy simiga o‘rnatish mumkin.

Uskunalardagi ko‘chma yerga ulagichni o‘rnatilishi kerak bo‘lgan joylar bo‘yoqdan tozalanishi shart.

Ish joyida ko‘chma yerga ulagich yerga yarim metrdan chuqurlikka tik qoqilgan yerga ulash uskunasiga o‘rnatilishi mumkin. Yerga ulash uskunasini tuproq bexos to‘kilgan uyumga qoqish man qilinadi.

1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uzatish tarmog‘ida yoki izolyatsion zvenosi yo‘q teleskopik minorada turib ishlaganda, ta’mirlanayotgan tarmoq simlarining barchasiga, shu jumladan radio va telemexanika apparatlari uchun osilgan ochiq simlarga ham yerga ulagich qo‘yilishi shart.

Ta’mirlash uchun o‘chirilgan elektr uzatish tarmoqlarida ko‘chma yerga ulagichlarni o‘rnatish va keyin uni olish hamda ustunlarga o‘rnatilgan yerga ulagich pichog‘ini ulash ishlarini navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimlari amalga oshirishlari kerak: biri IV gruppali (1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uzatish tarmoqlarida) yoki III gruppali (1000 V kuchlanishdan past elektr uzatishtarmoqlarida), ikkinchisi III gruppali bo‘lishi kerak. Ikkinchi xodim sifatida III gruppali tamirlash brigadasi a’zosini, iste’molchilarga talluqli elektr uzatish tarmoqlarida esa iste’molchi xodimini ishlatishga ruxsat beriladi.

Ustunlardagi yerga ulagich pichoqlarini navbatchi yoki tezkor-tamirlash xodimlarida III gruppali bir xodim o‘chirishiga ruxsat etiladi.

Elektr uzatish tarmoqlaridagi ish joylarida ko‘chma yerga ulagichni ish bajaruvchi bilan birgalikda III gruppaga ega bo‘lgan brigada a’zosi bilan birgalikda o‘rnatishi mumkin. Ushbu yerga ulagichni olish ish bajaruvchining farmoyishi bilan III gruppali ikki brigada a’zosi bajarishi mumkin.

Elektr uzatish tarmoqlarida kuchlanish yo‘qligini tekshirish, yerga ulagichni o‘rnatish va olish paytida ishchini biri yerda turishi va boshqa ishchini kuzatib turishi kerak.

Elektr maydoni ta’siri doirasidagi ochiq taqsimlovchi elektr uskunalari va 330 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlaridagi ishlarni bajarishda GOST 12.1.002-84 talablariga asosan ishchining ushbu maydonda bo‘lish vaqti chegaralanib qo‘yilishi kerak.

Elektr maydoni kuchlanganligi 5 kV/m gacha bo‘lgan maydonlarda ishchilarning u yerda bo‘lishi vaqti chegaralanmaydi. Elektr maydoni kuchlanganligi 20 dan 25 kV/m gacha bo‘lgan maydonlarda ishchilarning u yerda bo‘lishi 10 minutdan oshmasligi shart. Elektr maydoni kuchlanganligi 25 kV/m dan yuqori bo‘lganda himoya vositalarini qo‘llash kerak. Bunda ishlash muddati bir ish kuni vaqti bilan chegaralanadi.

Elektr maydoni kuchlanganligi 5 dan 20 kV/m gacha bo‘lgan maydonda (malum bir kuchlanganlik ostida) bo‘lishi mumkin bo‘lgan vaqt T soat, quyidagi formula bilan hisoblanadi, ya’ni

bu erda, E—nazoratda bo‘lgan elektr maydonining ta’sirchan kuchlanganligi, kV/m. Ko‘rsatilgan formula bilan elektr maydoni kuchlanganligi 10 kV/m bo‘lganda turish vaqti 180 minut, kuchlanganligi 15 kV/m bo‘lganda esa 80 minutni tashkil qiladi.

Ushbu band talablari, xodimlarga elektr razryadi ta’siri bo‘lishi mumkinligi batamom bartaraf qilingan hollarda kuchlidir.

Ish kuni ichida ishchilarning elektr maydonida bo‘lish vaqtini bir marotaba yoki bo‘lib-bo‘lib ishlatish mumkin. Ish vaqtining qolgan paytida himoya vositalaridan foydalanishlari yoki elektr maydoni kuchlanganligi 5 kV/m dan kam bo‘lgan maydonda bo‘lishlari kerak.

Elektr maydoni kuchlanganligi, hamda uning ta’sir maydoni va uni ekranlash chegarasi o‘lchash natijalari bilan belgilanadi. Barcha hollardagi ishlarni bajarishda odamlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan maydonni hamma joyida o‘lchayotgan xodim ta’siridan tashqaridagi joyda aniq o‘lchanadigan elektr maydonining kuchlanganligi o‘lchanishi shart.

Uskunalar va konstruksiyalarga ko‘tarilmasdan bajariladigan ishlarda kuchlanganlikni o‘lchash quyidagicha amalga oshirilishi shart:

-himoya vositalari yo‘q paytida yer yuzidan 1,8 metr balanddikda;

-umumiy himoya vositalari ishlatilganda yer yuzidan 0,5; 1,0 va 1,8 metr balandlikda o‘lchanishi zarur.

Uskunalar va konstruksiyalarga ko‘tarilib bajariladigan (himoya vositalarini bor-yo‘qligidan qat’iy nazar) ishlarda o‘lchash ish joyining sathidan 0,5; 1,0 va 1,8 m balandlikda va yerga ulangan tok o‘tkazuvchi uskunalar qismidan 0,5 m uzoqlikdagi masofada o‘lchanishi shart.

Nazorat qilinayotgan maydonda bo‘lish vaqti maydon kuchlanganligining eng yuqori bo‘lgan qiymatini hisobga olib belgilanadi.

Himoya vositalari sifatida quyidagilarni ishlatish mumkin: mustahkam o‘rnatilgan ko‘chma va ko‘chirma ekranlash uskunalari; mashina va mexanizmlarga o‘rnatilib, olinuvchi ekranlash uskunalari; ekranlash komplektlari. Ekranlash uskunalari GOST 12.4 154-85 talablarini qoniqtirishi shart.

Yerga ulangan avtomashina kabinalari va ko‘zovlarida, mexanizmlar, ko‘chirma ustaxona va laboratoriyalarda shuningdek temirbetondan, yoki metall sinchli temirbeton bilan yopilgan g‘ishtdan ishlangan imoratlarda, elektr maydoni bo‘lmagan tunuka tomlari yerga ulangan imoratlarda ishlanganda u yerga himoya vositalarini qo‘llash talab qilinmaydi.

Ko‘chma va ko‘chirma ekranlash uskunalari o‘rnatilgan joylarida yerga ulanadigan qurilmalarga yoki ularga ulangan metall konstruksiyalarga yo‘g‘onligi kamida 10 mm2 bo‘lgan yumshoq mis sim orqali yerga ulanishi shart.

Mashina va mexanizmlarga o‘rnatilgan olinuvchan ekranlash uskunalari ularga galvanik ulangan bo‘lishi shart.

Mashina va mexanizmlar yerga ulangan taqdirda ularga o‘rnatilgan olinuvchan ekranlash uskunalarini qo‘shimcha yerga ulash talab qilinmaydi.

Alohida shaxsiy ekran komplektlarini yerga ulash maxsus tagcharmli tok o‘tkazuvchi maxsus oyoq kiyimida bajarilishi kerak. Izolyatsion asos ustida (bo‘yalgan metall, izolyator, yog‘och to‘shalma va boshqalarda) turib ishlanganda yoki yerga ulangan konstruksiyalarni ochiq qo‘l bilan (qo‘lqopsiz) tegishli kerak bo‘lgan ishlarda, ekranlash kiyimlari qo‘shimcha qalinligi 10 mm2 yumshoq maxsus mis sim bilan yerga ulash uskunalariga yoki ushbu uskunalarga ulangan metall konstruksiyalarga ulanishi shart.

1000 V kuchlanishgacha kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlarga tegib ketish mumkin bo‘lgan hamda elektr uskunalarini sinash paytida (yuqori kuchlanish ostida sinov o‘tkazayotgan xodimning faqat o‘zi uchun) va elektr kavsharlash ishlarida ekranlash komplektlarni ishlatish man qilinadi. Bunday hollarda ishlayotgan ishchilarni ekranlash uskunalarini qo‘llab himoya qilish shart.

O‘chirib qo‘yilgan tok o‘tkazuvchi qismlarning uchastkalarida ishlanganda kuchlanish ta’sirida paydo bo‘ladigan potepsialni olib tashlash uchun ushbu uskuna yerga ulanishi zarur. O‘chirib qo‘yilgan, lekin yerga ulanmagan tok o‘tkazuvchi qismlarga himoya vositalarisiz tegish man qilinadi. SHuningdek yerdan izolyatsiyalangan holda qolishi mumkin bo‘lgan ta’mirlash moslamalarini jihozlari ham yerga ulanishi shart.

Elektr maydoni ta’sir doirasida turgan g‘ildiraklari siqilgan havo yordamida ishlaydigan mashina va mexanizmlar yerga ulangan bo‘lishi shart.

Ushbu trapsport vositalarini elektr maydoni ta’sir doirasida harakat qilganda kuchlanish ta’sirida paydo bo‘ladigan potensialni olish uchun uning shassisiga yoki ko‘zoviga yerga tegib turuvchi metall zanjir ulangan bo‘lishi zarur.

Elektr maydoni ta’sir doirasida mashina va mexanizmlarga yoqilg‘i va moylash materiallarini qo‘yish man qilinadi.

Elektr maydoni ta’sir doirasidagi uskuna va konstruksiyalarga ko‘tarilish kerak bo‘lib qolganda, elektr maydoni kuchlanganligi va ish jarayonining muddatidan qatiy nazar himoya vositalaridan foydalanish shart.

Teleskopik minora va gidroko‘targichda ko‘tarilganda uning ko‘tarma kajavasi ekran bilan ta’minlanishi kerak yoki ekranlash komplektidan foydalanish zarur.

Ekranlash maydonida, ochiq taqsimlovchi uskunaning konstruksiyalari ichida shuningdek gaz relesiga, kuch transformatorlaridagi yog‘ sathini ko‘rsatuvchi relega narvon orqali ko‘tarilishda elektr maydonining tasiriga qarshi himoya vositalari ishlatilishi shart emas.

Ochiq taqsimlovchi elektr uskunalarini ko‘zdan kechirishga va ish joyiga borishda, xodim ushbu maqsadlar uchun ishlab chiqilgan yo‘nalish yo‘li bo‘yicha yurishi kerak.



  1. Download 7,19 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish