Amaliy mashg‘ulotni bajarish uchun berilgan variantlar.
№
|
N
|
R
|
D
|
№
|
N
|
R
|
D
|
1.
|
5
|
100
|
15
|
21.
|
3
|
118
|
14
|
2.
|
10
|
104
|
10
|
22.
|
5
|
119
|
10
|
3.
|
4
|
107
|
11
|
23.
|
2
|
90
|
7
|
4.
|
5
|
110
|
12
|
24.
|
6
|
110
|
12
|
5.
|
5
|
95
|
10
|
25.
|
4
|
91
|
7
|
6.
|
3
|
105
|
15
|
26.
|
7
|
121
|
10
|
7.
|
6
|
108
|
13
|
27.
|
3
|
92
|
7
|
8.
|
7
|
120
|
14
|
28.
|
5
|
122
|
12
|
9.
|
4
|
115
|
15
|
29.
|
3
|
93
|
7
|
10.
|
5
|
113
|
10
|
30.
|
6
|
125
|
10
|
11.
|
4
|
114
|
14
|
31.
|
3
|
96
|
7
|
12.
|
3
|
99
|
10
|
32.
|
6
|
123
|
15
|
13.
|
2
|
94
|
10
|
33.
|
3
|
97
|
7
|
14.
|
7
|
112
|
14
|
34.
|
7
|
124
|
15
|
15.
|
5
|
111
|
12
|
35.
|
6
|
126
|
7
|
16.
|
4
|
108
|
9
|
36.
|
5
|
127
|
15
|
17.
|
4
|
98
|
8
|
37
|
5
|
128
|
7
|
18.
|
6
|
106
|
15
|
38
|
4
|
129
|
10
|
19
|
4
|
108
|
12
|
39
|
3
|
98
|
8
|
20
|
5
|
100
|
10
|
40
|
5
|
120
|
10
|
3 - AMALIY MASHG‘ULOT
Gaz ballonlaridan foydalanish, tashish va saqlashda mehnat muhofazasi bo’yicha xavfsizlik qoidalari.
Gaz ballonlaridan foydalanish bo’yicha xavfsizlik qoidalari
Insoniyatning olovdan foydalanishi uzoq tarixga ega bo’lib, yozma manbalarda undan asosan maishiy maqsadlarda foydalanganini bilib olish mumkin. Ushbu jarayon qanchalik qadimiy bo’lmasin, hozirgi zamonda ham u o’zining ahamiyatini yo’qotgani yo’q.
Aksincha, foydalanish ko’lami kundan kunga oshib, ro’zg’ordan boshlab yirik sanoat korxonalarining texnologik jarayonlarida noyob manba sifatida qo’llanilmoqda. Bugungi kunda texnikaning yuksalishi evaziga olov o’rniga elektr energiyasi yordamida issiqlik energiyasi hosil qilinayotgan bo’lsa-da, hayotimizni olovsiz tasavvur qilish qiyin.
Shu o’rinda olovni yuzaga keltiruvchi manbalardan biri tabiiy gazning ham ahamiyati beqiyos. Ma’lumki, kundalik hayotimizda asosan 2 xildagi gazdan foydalanamiz. Bular metan va propan gazlaridir. Oxirgi vaqtlarda aholiga suyultirilgan propan gazi bilan to’ldirilgan maishiy gaz ballonlari yetkazib berilmoqda. Ushbu maishiy gaz ballonlaridan faqatgina ovqat tayyorlash maqsadida foydalanish ko’zda tutilgan bo’lib, gaz to’ldirish maskanlarida ballonlarga markazlashgan holda texnik xizmat ko’rsatilishi, ularning sinovdan o’tkazilib, gaz to’ldirilishi hamda maxsus jihozlangan transportlarda tarqatish shahobchalariga transportirovka qilinishi tashkil etilgan. Shuningdek, gaz ballonlarini o’rnatish ishlari mutaxassislar tomonidan berilgan yo’riqnomalar va xomaki chizmalar asosida amalga oshirilmoqda.
Ballonlar asosan 4 holatda, ya’ni balondan gazni yuqori tezlikda olishda, gaz jumrak orqali o’tib, ballondagi chiqish joyini elektrlashtirishi va uchqun hosil qilishi natijasida; ballondagi gaz bosimining ruxsat berilgan bosimdan oshishi (ballondagi bosimning quyosh nuri yoki boshqa issiqlik manbai ta’sirida) natijasida; ballon metallining yemirilishi natijasida devorining yupqalanishi, ballonni ta’mirlashda talabga javob bermaydigan metalldan foydalanganda, qishki vaqtda havo haroratining pasayishi bilan ballon metallining plastiklik xususiyati pasayib, zarb yetkazilganda ballon korpusi parchalanishi natijasida; ballonlarning o’z vaqtida texnik sozligi va yaroqliligi maxsus ruxsatnomaga ega bo’lgan tashkilotlar tomonidan tekshiruvdan, ya’ni maxsus laboratoriya sinovidan o’tkazmasdan uzoq vaqt davomida ekspluatatsiya qilish davomida portlashi yoki yorilishi mumkinligi aniqlandi.
Gazlashtirilgan xonalarda gaz ballonlari xona isitish tizimining radiatori yoki isitish pechidan, gaz plitasidan, boshqa elektr isitish moslamalaridan va ochiq alangali isitish manbalaridan 1 metrdan kam, isitish pechi darchasidan 2 metrdan kam masofada joylashtirilishi ta’qiqlangan.
Ballonlarning uzoq vaqt ekspluatatsiya qilinishi davomida portlashi yoki yorilishini oldini olish uchun ularning texnik sozligi va yaroqliligi maxsus ruxsatnomaga ega bo’lgan tashkilotlar tomonidan o’z vaqtida tekshiruvdan, ya’ni maxsus laboratoriya sinovidan o’tkazilishi shart.Iqtisodiy sabablar: mehnat muhofazasi masalalariga sovuqqonlik bilan qarash, shuningdek, oylik maoshlami o‘z vaqtida bermaslik va ishchilarning yuqori ish unumiga erishishga intilmasligi, ish sharoitlarini yaxshilash tadbirlariga yetarli mablag‘ ajratilmasligi tufayli kelib chiqadi.
Ishchining aybi bilan sodir bo‘ladigan baxtsiz hodisalar qatoriga: ishchining intizomsizligi, ishga betob yoki mast holda kelishi kiradi.
Jarohatlanishlar va kasallanishiami tahlil qilish usullari
Ishlab chiqarishdagi jarohatlami tahlil qilishdan maqsad, xavfli yoki zararli ishlab chiqarish omillarini va baxtsiz hodisalarning vujudga kelishini aniqlash hamda ularni oldini olishga doir chora tadbirlarni ishlab chiqishdan iboratdir.
Qishloq xo‘jaligida jarohatlanishni o‘rganish va tahlil qilishda statistik, topografik, monografik, ergonomik, iqtisodiy va boshqa usullar qo‘llaniladi. Bu usullarning har biri mehnat sharoitini yaxshilashga va xavfsizlikni ta’minlashga doir tor doiradagi masalalarni kо‘rib chiqish va hal qilishga yo‘naltirilgan.
Jarohatlanishni o‘rganishning statistik usuli eng ko‘p tarqalgan. Bu usul baxtsiz hodisani tekshirish paytida N-l shaklda dalolatnomadagi baxtsiz hodisalarni tavsiflovchi ma’lumotlarga asoslanadi. Shu usulga ko‘ra barcha baxtsiz hodisalar alohida belgilari: jarohatlanganlarning yoshi, kasbi, jinsi, bajaradigan ishiga qarab guruhlarga ajratiladi. Bu usul kasblar, yosh va boshqa ko‘rsatkichlar qanchalik xavfli ekanligini aniqlashga, shuningdek, jarohatlanishning oldini olishga doir chora tadbirlar ko‘rishga imkon beradi. Ushbu usul orqali jarohatlanishning quyidagi asosiy nisbiy ko‘rsatkichlari: tez-tez: takrorlanish koeffisienti, Km va og‘irlik koeffisienti, Koq ish vaqtinshg yo‘qotilishi, KH va o‘lim sonini ko‘rsatuvchi koeffitsentlar, Ko‘- orqali jarohatlanshi darajasini aniqlash mumkin.
Tahlilga kirishishdan oldin boshlang‘ich hujjatlarni tekshirish va tayyorlash lozim. Dastlab ishlab chiqarish to‘liq hisobga olinganligi aniqlanadi. Buning uchun baxtsiz hodisalami tekshirish tavsifnomalari buxgalteriyadagi mehnatga layoqatsizlik varaqalari bilan taqqoslanadi. Bu varaqalarda ko‘rsatilgan diagnozlar bilan tanishish korxonada jarohatlanishlarni yashirish hollari bo‘lgan bo‘lmaganligini aniqlashga imkon beradi. Shundan keyin tavsifnomalarda bayon qilingan hodisalarning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilinadi, shubha tug‘dirgan yozuvlar baxtsiz hodisa ro‘y bergan joyda tekshirib ko‘riladi. Shuni nazarda tutish kerakki, ayrim punktlarni noto‘g‘ri yoki noaniq to‘ldirish, noto‘g‘ri xulosalar chiqarishga va buning oqibatida baxtsiz hodisa sabablarini yo‘qotishga olib keladi. Jarohatlanishlarning tez-tez takrorlanish koeffisienti,
bu yerda: Tt - tekshirilayotgan davr ichida jarohatlanganlar soni;
R - shu davr oralig‘ida ishlagan ishchilarning о‘rtacha soni.
Lekin jarohatlanishlami tez-tez takrorlanish koeffisienti olingan jarohatning og‘ir yengilligini ko‘rsatmaydi. Bir korxonada baxtsiz hodisalarning aksariyatida yengil jarohat olgan va mehnat qobiliyatini yo‘qotgan kishi kunlar soni eng kam, boshqa korxonada esa baxtsiz hodisalarda asosan og‘ir jarohat olgan eng ko‘p bo‘lishi mumkin. Jarohatlanish darajasiga baho berishda bo‘larni, albatta, e’tiborga olish kerak. Shu maqsadlarda jarohatlanishning og‘irlik koeffisienti ko‘rsatkichi qo‘llaniladi, u bir baxtsiz hodisaga qancha mehnat qobiliyati yo‘qotilganligini ko‘rsatadi.
Jarohatlanishlarning og‘irlik koeffisienti Kog‘ hisobot davridagi ishga yaroqsiz kunlar sonini tekshirilayotgan davr ichida jarohatlanganlar soniga nisbati bilan aniqlanadi.
bu yerda: Dya - hisobot davridagi ishga yaroqsiz kunlar soni.
Ish vaqtini yo‘qotish koeffisienti Ky 1000 kishi hisobiga hisob-kitob qilinadi va quyidagicha aniqlanadi:
O‘lim miqdorini ko‘rsatuvchi koeffisient Кo‘ o‘zicha o‘lim bilan tugagan hodisalarning Io‘ sonini 104 ga ko‘paytmasini o‘rtacha ishchilar soniga nisbatidir:
Topografik usulda baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan joy aniqlanadi. Buning uchun xo‘jalikniig (bo‘lim, fermer xo‘jaligi, brigada va boshq.) bosh rejasida baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan joy shartli belgi bilan belgilanadi. Bunda baxtsiz hodisalar tez takrorlanadigan joylar yaqqol ko‘zga tashlanadi, bu esa ularning sodir bo‘lish sabablarini yo‘qotishga doir shoshilinch choralar ko‘rishga imkon beradi.
Monografik usulda aniq ish joyi, uchastka, uskuna, mashina, mexanizm yoki texnologik jarayonda yo‘zaga kelgan xavfli yoki zararli ishlab chiqarish omillari tahlil qilinadi. Bu usuldan foydalanib, baxtsiz hodisa sodir bo‘lgandagi barcha holatlami (ish joyidagi mikroiqlim, shovqin, titrash va boshq.) chuqur o‘rganiladi. Shuningdek, usul yangidan loyihalanayotgan yoki ta’mirlanayotgan korxonalarda mehnat xavfsizligiga doir chora tadbirlarni ishlab chiqishda qo‘llanilishi mumkin.
Ergonomik usulda mehnat turlarining o‘ziga xos tomonlari ergonomik omillarning (mashina, mexanizmning boshqarish organlarida zo‘riqish, ishchining ish bajarayotgandagi holati va boshq.) mehnat xavfsizligiga ta’sir darajasi baholanadi.
Iqtisodiy usulda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishdan keltirilgan iqtisodiy zarar, shuningdek mehnat xavfsizligi chora tadbirlariga sarflangan mablag‘larning to‘g‘ri taqsimlanganligi baxtsiz hodisalarning oldini olishga ketgan xarajatlarning samaradorligi aniqlanadi. Jarohatlanish darajasi korxonaning iqtisodiga ta’sirini baholashda jarohatlanish bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek, sifatsiz mahsulotlar va mehnat unumdorligining pasayishidan ko‘rilgan zararlar va boshqa xarajatlar e’tiborga olinadi. Lekin bu usul baxtsiz hodisaning sabablarini aniqlashga imkon bermaydi, shuning uchun bu qo‘shimcha usul hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |