Shamolatish tizimlaridan xavfsiz foydalanish.
Shamolatish tizimlari murakkab muhandislik qurilmalari hisoblanib, uning har bir tarkibiy qismi maxsus vazifani bajaradi va shamolatish tizimlarini ishga tushirishdan oldin, texnik va sanitariya-gigiena sinovlaridan o‘tkaziladi.
Texnik sinov vaqtida shamolatish tizimining, ayrim qismlarining texnik tavsifi aniqlanadi. Mexanik shamolatishni bajarish uchun havo so‘rgichlarning havo berish miqdori, uning hosil qiladigan bosimi, havo so‘rgichni parragi va elektrodvigatel rotorining aylanish soni, havo va bosimning tarmoqlar bo‘yicha taqsimlanishi, kaloferlarning issiqlik unimi va bosimi kabilarni aniqlash kerak bo‘ladi. Binoning aeratsiya qilinganda kiri-tiladigan yoki chiqarib yuboriladigan havoning miqdori aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |