Sun’iy (mexanik) shamolatish xillari va ularning turlari.
Binolarda mexanik shamolatish havo so‘rgichlar (ventilyatorlar) yordamida amalga oshiriladi.
Havo so‘rgichlar asosan ikki xil bo‘ladi.
a) Markazdan qochma (sentrobejnыy).
b) O‘q bo‘ylab yo‘nalgan (osevoy).
Ular o‘z navbatida hosil qiladigan havo bosimiga qarab:
a) Past bosimli-1000 n/m2 gacha.
b) O‘rta bosimli-3000 n/m2 gacha.
v) Yuqori bosimli-12000 n/m2 gachalarga bo‘linadi.
Binolarda havo almashtirishda asosan shamolatish tizimlarining past va o‘rta bosimli xillaridan foydalaniladi. Changli havoni yoki paxta, jun va boshqa tolali materiallarni havo quvurlari vositalarida tashishda o‘rta va yuqori bosimli havo so‘rgichlar qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |