ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ
ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
НАМАНГАН МУҲАНДИСЛИК – ҚУРИЛИШ ИНСТИТУТИ
“ИНФОРМАТИКА ВА АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ” КАФЕДРАСИ
“ТЕХНОЛОГИК ЖАРАЁНЛАРНИ МОДЕЛЛАШТИРИШ ВА
ОПТИМАЛЛАШТИРИШ” ФАНИДАН
Амалий иши № 1
Бажарди: 25-ТЖБАКТ-20 гуруҳ талабаси
__________________________
Қабул қилди: С. Абдужалилов
Наманган - 2021 йил
1-Amaliy ish
Mavzu:Texnologik jarayonlarni modellashtirish va optimallashtirish fanining mazmun mohiyati,Model.Model turlari.Matematik modellashtirish va uning bosqichlari.
Ishdan maqsad: Berilgan mavzu bo’yicha har bir talaba o’zi mustaqil izlanishi va reja asosida ma’lumotlarni shakillantirishi lozim.
Reja :
Fanning mazmun mohiyati va uning hozirgi kundagi o’rni.
Modellashtirish klassifikatsiyasi.
Eng soda matematik modellar.
Fizik, matematik va iqtisodiy modellar.
Kompyuterli modellashtirish.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Хulosa.
1.Zamonaviy ishlab chiqarish bu - axborotlashtirilgan boshqarish tizimlari va kommunikatsiya, raoliya - iqtisodiyot va marketing xizmatlari, ilmiy texnologik hamda loyihalash markazlarining kimyo-texnologik bosqichlar majmuidir. Raqamli texnika va ma’lumot qayta ishlash usullarining intensiv rivojlanishi natijasida kimyoviy, neft-kimyoviy hamda ulaming ichki komplekslaridagi axborotlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot uzatish jarayoninng funksionallik ahamiyati tobora oshib bormoqda. Kimyo-texnologik jarayonlaming (KTJ) analizi va sintezi masalalarini yechishda, shuningdek, bu jarayonlardagi boshqarish tizimlarini qurish masalalarida matematik modellashtirish usullarini qo'llash maqsadga muvofiqdir.
Matematik modellashtirish optimal boshqarish parametrlarini aniqlashda samarali qurol hisoblanadi, ayniqsa, fizikaviy va kimyoviy jarayonlaming qonuniyatlari yetarlicha o‘rganilgan holatlarida. Shundan kelib chiqqan holatda tashqi ta’sirlaming keng diapazonida obyektning matematik modelini hisobi orqali boshqarish parametrlarini aniqlash amalga oshiriladi. Matematik modellarni ishlab chiqish usullari orasida quyidagilarni ajratish mumkin:
- analitik - bu usul asosida substansiyani saqlashning fundamental qonunlari yotadi:
- eksperemental va eksperemental-analitik - bu usul asosida o‘rganilayotgan obyektning kirish va chiqish holatlari haqidagi eksperemental ma’lumotlami statistik qayta ishlash yotadi.
Matematik modellashtirish usullarining rivojlanishi apparatda yuz beradigan texnologik jarayonlami tadqiq qilish metodologiyasini o‘zgartirish imkonini yaratdi, bu esa butun ishlab chiqarish va apparatlaming ierarxik strukturalari, sathlari orqali hodisalaming sabab - oqibat aloqalarini ochishda o‘z ifodasini topadi. Texnologik jarayon, unda yuz beruvchi fizik - kimyoviy hodisalami baholashdan boshlab, alohida sathlar orasidagi o‘zaro ta’sirlami hisobga olib, integral baholashlargacha tahlil qilinadi. Bu tarzda olingan tavsif jarayonning eng umumiy belgilarini xarakterlab, jarayonning matematik modeli sifatida ko'rilishi mumkin.
Matematik modellashtirish usuli jarayon tadqiqotining asosiy qismini, qimmat turuvchi va ko‘p hollarda amalga oshirish qiyin bo‘lgan tajribalarsiz uning matematik modelida amalga oshirishga imkon beradi. Texnologik qurilmalar quvvatlarining ahamiyatli darajada o'sishi tashqi va ichki energiya resurslaridan optimal foydalanish bilan bog‘Iiq qator masalalaming yuzaga kelishini belgilaydi. Shuning uchun ham amaldagi jihozlami takomillashtirish va yangilarini loyihalashda asosiy e’tibor texnologik va konstruktiv parametrlami hisoblashning aniq usullarini ishlab chiqishga qaratiladi.
2. Modellashtirish jarayoniga ikkita asosiy talab qo‘yiladi. Birinchidan, modeldagi eksperiment originaldagi eksperimentga qaraganda soddaroq, tejamliroq, xavfsizroq boiishi kerak. Ikkichidan, modelning sinovi asosida originalning parametrlarini hisoblashda qo‘Ilaniladigan qoidasi bizga ma’lum bo‘lishi kerak. Busiz eng yaxshi modellashtirish ham befoyda bo'lib qoladi.
Model - bu xayoliy tasavvurdagi yoki moddiy amalga oshirilgan tizim bo‘lib, obyektni aks etLai yoki tadqiqot obyektini tiklashi hamda obyektni o‘rganish va u haqida yangi axborot keltirish maqsadida uni o‘mini bosishi mumkin bo‘lgan tizim.
Modellashtirish asosida o‘xshashiik nazariyasi yotadi, u shuni tasdiqlaydiki, mutlaq o‘xshashlik bir obyektning boshqa xuddi shunday obyekt bilan almashtirish mavqeiga ega boMishi mumkin. Modellashtirishda mutlaq o‘xshashlik o‘rinli emas va shuning uchun obyektni tadqiq qilinayotgan ishlash narafini yetarli, yaxshi aks ettirishga intilish kerak. Shuning uchun modellashtirish turlarini tasniflash alomatlardan biri sifatida - modelning tolalik darajasini tanlash mumkin va modellarni shu alomatga muvofiq toiiq, to‘liq bo'lmagan va taxminiylarga bo’lish mumkin. To‘liq modellashtirish asosida nafaqat vaqtda, balki fazoda ham namoyon bo’ladigan to‘liq o‘xshashlik yotadi. To’liq bo‘lmagan modellashtirish uchun o‘rganilayotgan obyektga modelning to‘liq bo’lmagan o‘xshashligi xarakterlidir. Taxminiy modellash asosida taxminiy o‘xshashlik yotadi, bunda, real obyektning ba’zi ishlash taraflari mutlaq modellashtirishmaydi. S tizimlarini modellashtirish turlarining tasnifi 1.3-rasmda keltirilgan. S tizimda o'rganilayotgan jarayonlar xarakteriga muvofiq modellashtirishning barcha turlari determinalangan va stoxastik, statik va dinamik, diskret, uzluksiz va diskret - uzluksizlarga bo'linishi mumkin. Determinalangan modellashtirish determinalangan jarayonni aks ettiradi, ya’ni har qanday tasodifiy ta’sirlaming yo‘qligi inobatga oladigan jarayonlami nazarda tutadi; Stoxastik modellashtirish ehtimollik jarayonlar va hodisalami aks ettiradi. Bu holda tasodifiy jarayonning qator amalga oshirilishlari tahlillanadi va o‘rta ta’riflar, ya’ni bir turdagi amalga oshirishlaming to‘plami baholanadi. Statik modellashtirish qandaydir vaqt lahzasida obyekt xulqini tavsiflash uchun xizmat qiladi, dinamik modellashtirish esa vaqtda obyektning xulqini aks ettiradi. Diskret modellashtirish diskretliligi nazarda tutilgan jarayonlami tavsiflash uchun xizmat qiladi va shunga muvofiq uzluksiz modellashtirish tizimlarda uzluksiz jarayonlami aks ettirish uchun imkon beradi, diskret - uzluksiz modellashtirishdan esa diskret hamda uzluksiz jarayonlami ajratib ko‘rsatish zarur bo'lgan hollarda foydalaniladi.
3. Matematik model tizimni matematik izohlash uchun ishlatiluvchi abstrakt model boʻlib, maʼlum bir hodisa va jarayonni matematik formula va bogʻlanishlar orqali tushuntirib beradi. Bu modellarning eng sodda koʻrinishi chiziqli regressiv formulalari boʻlib, ular {\displaystyle y=b_0+b_1x} koʻrinishida namoyon boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |