11-MAVZU: Mutaxassislik fanlarini o‘qitishda interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish
Reja:
“Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” darslarini tashkil etish va о‘tkazishga doir tavsiyalar.
“Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” fanini о‘qitishda qо‘llaniladigan noan’anaviy usul va metodlar.
1. “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” darslarini tashkil etish va о‘tkazishga doir tavsiyalar. Interfaol metodlarning keng miqyosda ta’lim jarayoniga tatbiq etilayotganligining boisi shundaki, unda о‘quv maqsadlariga garovli erishiladi.17 Texnologik yondashuvning eng avvalo yuzakichilikka emas, balki rejalashtirilgan natijani amalga oshirish imkonini beruvchi samarali yondashuv ekanligini anglagan о‘qituvchilar uni о‘z faoliyatlariga tatbiq etmoqdalar.
An’anaviy о‘quv jarayonida asosiy omil – pedagog (va uning faoliyati) hisoblansa, pedagogik texnologiyada birinchi о‘rinda о‘qish jarayonidagi о‘quvchilar faoliyati qо‘yiladi. Bu esa о‘quvchining nafaqat ta’lim jarayoni obyekti, balki uni ta’lim jarayonining faol subyekti sifatida namoyon bо‘lishiga imkon beradi.
Yosh avlodda mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish, sog‘lom va barkamol naslni tarbiyalab yetishtirish murabbiylarning muhim burchidir. Chunki mustaqil fikrlovchi о‘quvchilargina kelajakda har tomonlama yetuk, barkamol insonlar bо‘lib yetishib, mustaqil respublikamizni ilg‘or jahon davlatlari qatoriga olib chiqadilar.
Bugun о‘qituvchi bolalarga zamonaviy bilim berishi kerak, – deb kо‘p ta’kidlanmoqda. Zero, maktabda puxta berilgan ta’lim kelajakka qо‘yilgan mustahkam tamal toshidir. Ammo zamonaviy bilim berish uchun avvalo murabbiyning о‘zi ana shunday bilimga ega bо‘lishi darkor. Aytib о‘tish joiz, aynan shu muammoni yechimiga qaratilgan jarayonlarning biri о‘qituvchining muntazam, belgilangan muddatda о‘z malakasini oshirishidir. Buning uchun malaka oshirish institutlarining о‘quv reja dasturlari eng avvalo pedagogik va axborot texnologiyalarga asoslangan metodika asosida о‘qituvchilar kasbiy mahoratini oshirishga yо‘naltirilgan.
Shu о‘rinda haqli savol tug‘iladi: interfaol usul va metodlar deganda biz nimani tushunamiz?
Interfaol degani bu – о‘qituvchi va о‘quvchilarni о‘zaro hamkorligi asosida dars samaradorligini oshirish, о‘quvchilarda mustaqil fikrlash, fikr-mulohaza yuritish, munosobat bildirish kо‘nikmasini shakllantirish demakdir. Bu usulda о‘quvchi о‘zi faol ishtirok etgan holda, yakka, juftlikda guruhlarda muammo va savollarga javob topishga harakat qiladi, fikrlaydi, baholaydi, yozadi, sо‘zga chiqadi, dalil hamda asoslar orqali qо‘yilgan masalani yoritib berishga harakat qiladi. Bu esa о‘quvchilarning xotirasida uzoq saqlanadi.
Har bir dars turining pedagogik maqsadlariga erishish uchun о‘qituvchi о‘zining intellektual salohiyatini safarbar etishi, ilg‘or pedagogik tajribadan foydalanishi va nihoyat, metodni tanlash haqiqiy ijodiy aktga aylanishi lozim.
О‘quvchilarning milliy g‘oyaga doir “Odobnoma”, “Vatan tuyg‘usi” fanlaridan olgan bilimlari 7-9-sinflarda о‘qitiladigan “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” fanini о‘qitish jarayonida boyitib boriladi.
7-sinflarda “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” fanidan “Zararli g‘oyalar” mavzusini о‘tishda “Bumerang”, О‘z-о‘zini baholash” usullaridan, “Axloq-odob – ma’naviyat negizi” mavzusini о‘tishda “Bahs-munozara darsi” va “Zakovat” о‘yin darslaridan, “Jamiyat rivoji va bunyodkor g‘oyalar” va “G‘oyaning asosiy xususiyatlari va turlari” mavzusini о‘tishda “Klaster”, “Idrok xaritasi” usullaridan;
8-sinflarda “Xalq farovonligi g‘oyasi”, “Vatan ravnaqi” “Xotira – ulug‘ qadriyat” mavzularini о‘tishda “Qiyoslash”, “Sayohat” darslaridan, “Ekologik madaniyat”, “Internetdan foydalanish madaniyati”, “Vaqtni qadrlash – ma’naviyat me’zoni” mavzularini о‘tishda “Oqibatlar”, “Bahs-munozara”, “Idrok xaritasi” usullaridan;
9-sinflarda “G‘oyaviy bо‘shliq”, “Mafkuraviy immunitet” mavzularini о‘tishda “Charxpalak”, “Konferensiya darsi”, “Seminar darsi”, “Ma’naviyat qо‘rg‘oni” mavzusini о‘tishda “Baxs-munozara”, “Rezyume” texnologiyasidan foydalanish mumkin.
Shuningdek, “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” turkumiga kiruvchi fanlarni о‘qitishning samaradorligini ta’minlash uchun quyidagi asosiy talablarga amal qilish lozim:
- Milliy istiqlol g‘oyasining insonparvarlik mohiyatini kо‘rsatish asosida mustaqillikning muqaddas qadriyat ekanligi, uni asrab-avaylash har bir kishining muqaddas burchi ekanligini о‘quvchilarning qalbi va ongiga singdirish;
- Yoshlar ongida “Eng buyuk jasorat – yuksak ma’naviyat” ekani haqida tо‘liq tasavvurni shakllantirish;
- Yoshlar orasida millatchilikning har qanday kо‘rinishlari paydo bо‘lishiga yо‘l qо‘ymaslik, ta’lim-tarbiya jarayonida umuminsoniylik ustuvorligi tamoyillariga og‘ishmay amal qilishga alohida e’tibor berish;
- Dars ishlanmalarini tayyorlash va mashg‘ulotlarni olib borishda pedagogik-psixologik meyorlarga jiddiy ahamiyat berish, bunda о‘quvchilarning yoshi, tafakkuri, dunyoqarashi va qiziqishlarini e’tiborga olish;
- Mazkur fanning о‘qitilish jarayonini kuzatish, taxlil qilish asosida uni ilg‘or shakl va usullar bilan takomillashtirib borish.
Do'stlaringiz bilan baham: |