Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги наманган давлат университети



Download 1,6 Mb.
bet100/144
Sana09.02.2022
Hajmi1,6 Mb.
#438142
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   144
Bog'liq
МФУМ Маъруза матн

V

“Ma’qullayman”
+

“О‘rganish lozim”


“Tushunmadim”?
















Dars jarayonida insertdan foydalanishning afzallik tomoni shundaki, avval kichik guruh a’zolari о‘rtasida, sо‘ng kichik guruhlar bilan о‘zaro о‘quv bahsi о‘tkazilishi, bahsda о‘quvchilar tomonidan yо‘l qо‘yilgan kamchiliklarni tо‘ldirish, bilimidagi bо‘shliqlarni tо‘ldirish yuzasidan о‘qituvchi tomonidan berilgan axborot ta’lim samaradorligiga xizmat qiladi.


3-sinf “Odobnoma” fani dasturidan о‘rin olgan navbatdagi “Xalq о‘yinlari” mavzusini о‘qitishda kichik guruhlarda “Xalq о‘yinlari lug‘ati” mashqini о‘tkazish yaxshi samara beradi.
Avvalo о‘qituvchi о‘quvchilarni kichik guruhlarga bо‘ladi. Sо‘ng doskaga biror bir harf yozadi. Har bir kichik guruh a’zolari shu harf bilan boshlanuvchi xalq о‘yinlari nomlarini aytadilar. Masalan, о‘qituvchi doskaga “K” harfini yozadi. Avval birinchi guruhga yuzlanadi. Birinchi guruh “Kurash” deb javob beradi. Sо‘ng ikkinchi guruhga yuzlanadi. Ikkinchi guruh javob berolmasa uchinchi guruhga yuzlanadi. Uchinchi guruh “Kо‘pkari” deydi. Keyin boshqa harfni yozib, kichik guruhlarga navbat bilan yuzlanadi. “Xalq о‘yinlari lug‘ati” mashqi xuddi shu tariqa davom etadi. Eng kо‘p xalq о‘yinlari nomini aytgan va bu о‘yinlarni sharxlab bergan guruh g‘olib deb topiladi.
4-sinf “Odobnoma” fanini о‘qitishda innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish yо‘llarini ushbu sinflarda о‘qitiladigan Odobnoma fani dasturidan о‘rin olgan “О‘zbekiston – ona diyor”, “Kostitusiyamiz-baxtimiz poydevori”, “Vatanimiz posbonlari”, “Kasblar olamiga sayohat” mavzulari misolida qо‘rib chiqamiz.
Jumladan, “Odobnoma” fani dasturidan о‘rin olgan “О‘zbekiston-ona diyor” mavzusini о‘qitishda turli mashqlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Masalan, “Eslab qol” mashqi. О‘qituvchi О‘zbekiston viloyatlari va ularning markazlari nomini aytadi. О‘quvchilar daftarga о‘zlari eslab qolgan viloyatlar va viloyat markazlari nomlarini yozadilar. Sо‘ng о‘qituvchiga о‘qib beradilar, о‘qituvchi ularni tо‘ldiradi. Mashq shu tariqa davom ettiriladi. Bu bir tomondan о‘quvchilarning xotirasini mustahkamlashga yordam bersa, ikkinchi tomondan ularni zehnli bо‘lishlariga yordam beradi.
Bundan tashqari ushbu sinf “Odobnoma” fani dasturidan о‘rin olgan “Konstitusiyamiz-baxtimiz poydevori” mavzusini о‘qitishda “Baliq skeleti” texnologiyasini qо‘llash mumkin.
Ushbu texnologiya baliq modeli chizmasi orqali namoyish etilib, bunda о‘quvchilar о‘rtaga tashlangan muammoni har tomonlama ochib berishga harakat qiladilar. О‘qituvchi tomonidan “Baliq skeleti” chizmasi vatmanga chizilib uning tepa qismiga yechilishi kerak bо‘lgan muammo yoziladi. Pastki qismiga muammoni hal etilish yо‘llari yozib boriladi.
Masalan “Konstitusiyamiz-baxtimiz poydevori” mavzusini о‘qitishda “Mustaqil О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi xalqimizga nima berdi?” muammosi qо‘yilsa, bolalar о‘z fikrlari bilan “Baliq skeleti”ni boyitib boradilar.
M ustaqil О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi xalqimizga nima berdi?







О‘quvchilar baliqning har bir skeletiga svetofor nima uchun kerakligini yozib boradilar. “Konstitusiya – xalqimizga nima berdi?!”, “Xalqimizga о‘z taqdirini о‘zi belgilash huquqini berdi” “О‘zini dunyoga tanitish imkoniyatini berdi”, “О‘zimizning kim ekanligimizni anglash imkoniyatini berdi”, “Yashashdan maqsadimizni ifodalab berdi”, “Bepul bilim olish, tibbiy davolanash, dam olish kabi kо‘plab huquqlarimizni berdi” va hakozo.
Bu usul orqali о‘quvchilar mustaqil, keng, ijodiy, tanqidiy fikrlashga о‘rgatib boriladi.
4-sinf “Odobnoma” fani dasturidan о‘rin olgan “Vatanimiz posbonlari” mavzusini о‘qitishda kichik guruhlarda “Qanday?” iyerarxik diagrammasini qо‘llash yaxshi samara berishi mumkin.
Bunda о‘qituvchi о‘quvchilarni odatdagidek kichik guruhlarga bо‘ladi va grafik organayzerli topshiriq bayon etilgan kartochkani о‘quvchilarga tarqatadi.

О‘quvchilar uni quyidagi tarzda tо‘ldirishga kirishadilar:

Ushbu iyerarxik diagrammasini qо‘llash о‘quvchilarda muammoni aniklash, uni hal etish, tahlil qilish va rejalashtirish kо‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.
4-sinf “Odobnoma” fani dasturidan о‘rin olgan “Kasblar olamiga sayohat” mavzusini о‘qitishda о‘quvchi yoshlarda bolalik chog‘idan boshlab kelajakda tanlaydigan kasbiga mas’uliyat bilan qarash tuyg‘usini shakllantirishda “Men qaysi kasbni tanlayman?” nomli о‘yin texnologiyasini qо‘llagan holda dars jarayonini tashkillashtirishning ham о‘ziga xos ahamiyati bor.
Mashg‘ulotni о‘tkazish uchun о‘qituvchi о‘quvchilarni guruhlarga ajratib, ularni о‘rinlariga joylashtirgandan sо‘ng, mashg‘ulotni о‘tkazish tartib-qoidalari va talablarini tushuntiradi, ya’ni u mashg‘ulotni bosqichli bо‘lishini va har bir bosqich о‘quvchilardan maksimum diqqat-e’tibor talab qilishini, mashg‘ulot davomida ular yakka, guruh va jamoa bо‘lib ishlashlarini aytadi. Bunday kayfiyat о‘quvchilarga berilgan topshiriqlarni bajarishga tayyor bо‘lishlariga yordam beradi va bajarishga qiziqish о‘yg‘otadi. Mashg‘ulotni о‘tkazish tartib-qoidalari va talablari tushuntirilgach, mashg‘ulot boshlanadi:
О‘quvchilar tomonidan mashg‘ulot uchun tayyorlangan turli kasblar haqidagi kinolavhani diqqat bilan tomosha qilib, unda yoritilgan kasblar haqidagi ma’lumotlarni saqlab qolish yoki daftarga belgilab qо‘yish (agar kinofilm kо‘rsatishning imkoniyati bо‘lmasa, u holda о‘qituvchi turli kasblar haqida plakat, rasm, afisha yoki kasblar bayon qilingan matn, kitobdagi о‘quv materialidan foydalanish mumkin):
*har bir guruh a’zolari tomonidan ushbu lavhadan (rasmdan, matndan, hayotiy voqeadan) olgan taassurotlari vatman yoki formatdagi qog‘ozga flomaster bilan yozib chiqiladi;
*berilgan aniq vaqt tugagach, birinchi bо‘lib matnni tayyorlagan guruh vakillari tomonidan ularning matni о‘qib eshittiriladi;
*о‘qituvchi guruhlar tomonidan tanlangan va kasblar yozilgan qog‘ozlarni almashtirgan holda guruhlarga tarqatadi;
*о‘qituvchi tomonidan tarqatilgan quyidagi chizmaga har bir guruh a’zosi tanlab olgan kasbini yozib, mustaqil ravishda tahlil etadi.
Masalan:


Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish