241
Vatan sifatida”, “Mening o‘rtog‘im” kabi psixologik o‘yinlardan foydalanish
o‘rinlidir. Aytilgan o‘yinlardan so‘ng sinfdagi o‘zgarish o‘zaro hurmat, darsga
bo‘lgan intilishlarining ijobiy darajada ekanligi seziladi. Darsda bolalarning jim
o‘tirmay, o‘z fikrlarini bemalol ayta
olishlariga sharoit yaratish, ularni tinglay
bilishga, xato javob uchun uyaltirmaslikka, kamsitmaslikka intilish kerak.
Bundan tashqari boshlang‘ich sinflarda bolalarning yoshini, xarakterini bilim
saviyasini hisobga olish, ularga nisbatan munosabat ham shunga tegishli bo‘lishi
kerak. Ularga oddiy, oson, qiziqarli va vaqt kam sarflanadigan o‘yin-mashqlardan
foydalanib, darsni o‘tish samarali bo‘ladi. O‘yin-mashqlari orqali bolalarda mustaqil
va erkin fikrlash sezilarli o‘sadi. O‘yin davomida ular
fikrni bir joyga jamlashga
erishgan holda vaziyatni oqilona baholashga kirishadilar.
Dars jarayonida interfaol usullardan foydalanish juda yaxshi samara beradi.
Interfaol ta’lim jarayonida dars o‘quvchilarning o‘zaro muloqotlari asosida amalga
oshiriladi. Bu metod ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi faollikni
oshirish orqali ularning o‘zaro harakati, ta’siri ostida bilimlarni o‘zlashtirishni
kafolatlash, shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Agar dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan “BBB”
uslubidan foydalanilsa, o‘quvchilarning ma’lum mavzu yuzasidan bilimlar darajasi
turlicha ekanligi ko‘rinadi. “Bilishni istayman” bo‘limi ularda qiziqish, bilim olishga
bo‘lgan intilishini ko‘rsatadi. Bu usul mazkur pedagogik texnologiyaning asosi
hisoblanadi. Biladigan o‘quvchining bilimini boyitish bilan birga bilim darajasi past
bo‘lgan o‘quvchiga bilim olishga ehtiyoj tug‘diradi. “Bilib oldim” bo‘limida
o‘quvchi aynan nimani bilib olganini o‘zi aniqlaydi, ya’ni vazifaga aqlli yondashadi.
Texnologiyalarning uslub, turi ko‘p, ammo uni o‘quvchining yosh xususiyatini,
aqliy
rivojlanishini, psixologiyasini nazarda tutib tanlansa, o‘qituvchi darsda
ko‘zlagan maqsadiga erisha oladi.
Yosh avlodni zamonaviy ruhida tarbiyalash, ma’naviy olamini boyitish, erkin
va ijodiy tafakkur sohibi qilib shakllantirish, o‘z mustaqil fikriga, fikrini yozma yoki
og‘zaki, chiroyli ifodalay olish ko‘nikmasiga ega avlodni shakllantirish kabilarni o‘z
oldiga asosiy maqsad tarzida tanlangan ta’lim tizimida o‘qitiladigan fanlar o‘rni va
ahamiyati muhim o‘rin egallaydi. Dars jarayoni murakkab tabiatli bo‘lib, faoliyat,
salohiyat, bilim zahirasi, dunyoqarash,
zukkolikni talab etadi; dars mavzusi,
xarakteri, usuli va o‘qitishning asosiy va yordamchi vositalari bilan ta’minlanganlik
yoki aksincha kabi tashqi va ichki omillar bilan bevosita bog‘liq jarayondir.
Ta’lim jarayonida o‘qituvchi o‘zining tutgan o‘rnidan oqilona, omilkorlik bilan
foydalanib, o‘quvchilarda uyushqoqlik, mehnatsevarlik, o‘zaro hurmat kabi axloqiy
fazilatlarni, o‘qishga ongli munosabat, o‘z faoliyatini maqsadli yo‘lga qo‘yish kabi
aqliy
sifatlarni, shu bilan birga, o‘z diqqatini boshqarish, hulqini idora etish, o‘zini
tuta bilish, qiyinchiliklarni yengish kabi irodaviy fazilatlarni shakllantirishi lozim.
O‘qituvchi darsni qanchalik ijodiy tashkil etishga urinmasin, o‘quvchilarning
aqliy faolligi ta’minlanmasa, o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilmasa, ma’naviy
barkamol insonni, shaxsni talab darajasida tarbiyalash ishida ham kamchiliklar
saqlanib qolaveradi.