Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мирзо улуғбек номли


BOLALARDA NUTQIY MULOQOTI KO’NIKMALARINI



Download 3,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/161
Sana21.06.2022
Hajmi3,35 Mb.
#689619
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   161
Bog'liq
MILLIY KONFRENSIYA 202

BOLALARDA NUTQIY MULOQOTI KO’NIKMALARINI
SHAKLLANTIRISH 
 
O’.K.Odamova., F.M.Ro’zimova., 
UrDU
 
 
Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tayyorlashdek 
muhim, 
faxrli 
ish 
bilan 
birga 
mas’uliyatli 
vazifani 
bajaradi.
Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda 
jamiyat oldidagi o’z mas’uliyatini anglashga, ta’lim-tarbiya vazifalarini ijodiy 
yondoshishga, o’z mahoratini doimo takomillashtirib borish va hamkasblarini kasbiy 
o’sishlariga yordam beradi. Bolalarning ona tilida avloddan-avlodga o’tib kelayotgan 
xalq ma’naviy boyliklarini qanchalik meros qilib olishlari, tarbiyalanuvchilarning 
kelgusida o’z davrining ilmiy yutuqlarini o’zlashtira olishlari, ularning insoniyatning 
ilg’or g’oyalariga, ideallariga sodiqligi, ya’ni mustaqil O’zbekistonda demokratik 
jamiyatning to’laqonli quruvchilari bo’la olishlari tarbiyachiga bog’liqdir. 
Bolalarga ona tilini o’rgatish uchun bo’lajak tarbiyachi nutqni rivojlantirish 
metodikasi nazariyasini chuqur o’rganishi va ushbu sohaning fanga ma’lum bo’lgan 
metodlarini o’zlashtirishi, bolaning ona tilini o’zlashtirish qonuniyatlarini tushunib 
yetishi lozim. Ona tilini o’qitish metodikasi pedogogik fanning bir tarmog’i 
hisoblanadi. Unda maktabgacha ta’lim muassasasida nutqni rivojlantirish metodikasi 
hamda boshlang’ich va o’rta maktabda o’zbek tilini o’qitish metodikasi ajratilgan. 
Nutqni rivojlantirish metodikasining asosiy mazmuni - bolalarda og’zaki nutqni, uning 
atrofdagilar bilan nutqiy muloqoti ko’nikmalarini shakllantirishdir. Nutqni 
rivojlantirish metodikasi quyidagi asosiy savollarga javob topish imkonini beradi; 


170 
nimani o’qitish (bolalarda qanday nutqiy ko’nikmani tarbiyalash), qanday o’qitish 
(bolalar nutqini shakllantirishda qanday sharoitlarda qaysi metod va usullardan 
foydalanish lozim), nega aynan shunday o’qitish zarur. Nutqni rivojlantirish 
metodikasi nazariyasida bolalarga ona tilini o’rgatishning ob’ektiv xususiyatlari aks 
ettirilgan, nutqni rivojlantirish metodikasi sohasida O’zbekiston Respublikasida va 
xorijda yaratilgan va hozirda mavjud bo’lgan barcha ijobiy natijalar umumlashtirilgan. 
Til bilan fikrlashning o’zaro uzviy bog’liqligi haqidagi qoida bolalarga ona tilini 
o’qitish tizimini ishlab chiqish, ta’lim va tarbiya ishlarining o’zaro bog’liq bo’lishi 
haqidagi talabni asoslash uchun hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Intellekt, ya’ni tashqi 
dunyoni xotira, tasavvur, hayol, fikrlash shuningdek nutq yordamida anglash qobiliyati 
- bu insonni hayvondan ajratib turuvchi muhim xususiyatlardir. Va intellekt ham, nutq 
ham insonda ilk bolalik yoshida paydo bo’ladi hamda u o’smirlarda va yoshlarda 
faqatgina ularning organizmi rivojlanayotgani uchun emas, balki ular nutqni ham 
o’zlashtirib olgan taqdirdagina jadal takomillashib boradi.
Agarda bola atrofidagi kattalar uni beshikdan boshlab to’g’ri so’zlashga 
o’rgatsalar, bu holda bunday bola intellektual jihatdan normal rivojlanadi; unda 
tasavvur qilish, so’ngra fikrlash va hayol surish qobiliyati paydo bo’ladi; har bir yosh 
bosqichda bu qobiliyat takomillashib boradi. Bola intellektining rivojlanishi bilan bir 
vaqtda uning emotsional-iroda sohasi ham takomillashib boradi. 
Lug’at boyligi (leksika) go’yo o’zida bizning atrof-olam haqida, bir odamning 
psixik hayoti haqidagi turli xil bilimlarimizni saqlaydi. So’zdagi asosiy narsa - uning 
mazmuni va semantik tarkibidir. Leksika tilning qurilish materiali, uning mazmun 
tomoni hisoblanadi. Til qanchalik rivojlangan bo’lsa, uning lug’at tarkibi ham 
shunchalik boy bo’ladi. Har bir tildagi ko’p sonli so’zlar ichidan tilning asosiy lug’at 
jamg’armasini tashkil qiladigan asosiy o’zak so’zlarning muayyan guruhini ajratish 
mumkin. Tilning lug’at jamg’armasi - bu leksikaning juda barqaror, ko’p asrlardan 
buyon yashab kelayotgan qismi bo’lib, u barcha yoki deyarli barcha yangi so’zlar va 
so’z birikmalarining vujudga kelishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. 
Tovush tizimi leksika va grammatika bilan uzviy bog’liqdir. Jaranglayotgan nutq 
yordamida inson boshqa kishilar bilan muloqotda bo’ladi hamda o’z fikrlari va xis- 
tuyg’ularini ifoda qiladi. Bir til fonetikasi odatda, boshqa til fonetikasiga o’xshash 
emas, ya’ni jaranglayotgan nutq go’yo bir tilni boshqasidan uzoqlashtiradi. Bir til 
doirasida talaffuz me’yorlari yagona bo’ladi (shevalar adabiy tildan katta bo’lib, ular 
undan farq qiladilar). Tilning grammatik qurilishi gapda so’zlar va so’z birikmalarini 
o’zgartirishga oid qonunlar hamda qoidalarning umumiyligi hisoblanadi. Grammatika 
yordamida gapdagi so’zlar joylashtiriladi va bir-birlari bilan qo’shiladilar. So’zlar faqat 
gaplar orqaligina muloqot vositasiga aylanadilar. Gapdan tashqarida har qanday so’z, 
xoh u ona tilidagi, xoh chet tilidagi so’z bo’lsin, muayyan ma’noga ega bo’lmaydi. 
Shuning uchun tilni o’rganishda uning grammatik tuzilishini o’zlashtirish ulkan 
ahamiyat kasb etadi. Bolalarga ta’lim berishda orfoepiya, grammatika va leksikaning 
zamonaviy me’yorlarini hisobga olish zarur. 
Nutqni rivojlantirish metodikasi psixolingvistikaning asosiy qoidalari asosida 
quriladi. Uning “til inson faoliyatining barcha sohalarida muloqot vositasi bo’lib 
xizmat qiladi” degan asosiy qoidasi nutqni rivojlantirish metodikasida dasturilamal 


171 
bo’lib hisoblanadi. Shu bois nutqni rivojlantirish metodikasi tarbiyachini muloqot 
vositasi sifatida bolalar nutqini rivojlantirishga oid bilimlar va qobiliyatlar bilan 
qurollantirishga qaratilgandir. Maktabgacha ta’lim muassasasining nutqni 
rivojlantirishga doir dasturi lingvistikada erishilgan yutuqlar asosida ishlab chiqildi va 
u bolalar lug’atini boyitish, ona tilining fonetik jihatlarini, grammatik qurilishini 
rivojlantirishni ko’zda tutadi. Bolalarning turli nutqiy qobiliyatlarini shakllantirishda 
ularga o’zlarining ona tili bo’lmish o’zbek tili o’qitiladi, ya’ni ular o’zbek leksikasi, 
o’zbek tilining o’ziga xos fonetikasi va o’zbek tili grammatikasining o’ziga xos 
xususiyatlarini o’rganadilar.
Tarbiyachilar bolalarga ona tilini o’qitishda professional mahoratga ega bo’lish 
uchun o’z nutqni rivojlantirish ustida ishlash, ushbu rivojlanishning ilmiy usullarini 
o’zlashtirishi hamda bolaning nutqini o’zlashtirish qonuniyatlarini bilishi shart. Nugqni 
rivojlantirishga oid ishlarga kasbiy tayyorgarlik shakllanganligi mezoni sifatida 
quyidagilar kiradi. 
a) Nutqni rivojlantirish kursini o’rganish va bolalar bilan ishlashga mas’uliyat 
bilan yondashish; 
b) Bolalar nutqini rivojlantirish mexanizmi va xususiyatlari, nutqiy faoliyatning 
nazariy asoslari, yakka tartibda nutqiy rivojlanishni diagnostika qilish tamoyillari va 
metodikasi, nutqning turli qirralarini rivojlantirish metodlari va vositalarining o’ziga 
xos xususiyatlari haqidagi bilimlarning to’liqligi va izchilligi; 
v) Bolalarning nutqiy muloqoti natijalarini mos ravishda tahlil qilish hamda 
baholash, bola nutqiga pedagogik ta’sir ko’rsatishning maqbul tizimini tanlash va 
qo’llashga qodirlik. 
Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, tarbiyachilar bolalarda og’zaki nutqni, 
atrofdagilar bilan nutqiy muloqot ko’nikmalarini shakllantirishlari zarur. Ular 
bolalarning nutqiy muloqot ko’nikmalarini shakllantirish uchun nimann o’rgatish,
bolalarda qanday nutqiy qobiliyatlarni tarbiyalash, qanday o’qitish, bolalar nutqini 
shakllantirishda qaysi metodlar va usullarni qo’llash lozimligini va ularni qanday 
sharoitlarda qo’llash zarurligini, nega aynan shunday o’qitish kerakligiga katta 
e’tiborni qaratishlari bilan o’z kasbiy faoliyatlarida myvaffaqiyatlarga erishadilar. 

Download 3,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish