Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги давлат солиқ ҚЎмитаси солиқ академияси


O’QITUVCHI ODOBINING PREDMETI VA VAZIFALARI



Download 1,36 Mb.
bet64/143
Sana21.02.2022
Hajmi1,36 Mb.
#15220
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   143
O’QITUVCHI ODOBINING PREDMETI VA VAZIFALARI
Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, inson turmushining barcha sohalarida kishining hulqi, xatti-harakatlarini tartibga solib, boshqarib turuvchi, Vatanga, mehnatga, mulkka, odamlarga munosabatini bildiruvchi (yo’naltiruvchi) qonun-qoidalar,tamoyillar, yo’l-yo’riqlar,mezonlar, (normalar), pand-nasihatlar majmuidan iborat. Axloq umuminsoniy va milliy xarakterga ega bo’lib, kishilarning tarixan qaror topgan va har bir odam egallashi lozim bo’lgan axloqiy ideallari, orzu-umidlari to’g’risidagi tasavvurlar tushunchalari, bilimlari, qarashlarini o’z ichiga oladi.
Odob deganda rasm-taomil, xulq-odatlar majmui, ijtimoiy-iqtisodiy tuzum taqozosi bilan turmush sharoitining alohida tarzi, an‘analari negizida odamlar o’rtasida paydo bo’ladigan muomala-munosabatlarning xususiyatlari tushuniladi. Odob kishilarning amaliy xatti-harakatlari, muomala-munosabatlari deb ham qaraladi. Axloq esa mazkur rasm-taomil, xulq-odatlarining bir qadar umumlashgan shakli bo’lib, ular pand-nasihatlar, qoidalar, normalar, talablar shaklida ifodalab berilgandir. Etika deganda axloq haqidagi fan, nazariyalar tushuniladi.
Shuni ta‘kidlash lozimki, odob va axloq tushunchalarini bir-biridan farq qilish msalasi hali uzil-kesil hal etilmagan. Ruscha-o’zbekcha lug’atlarda, o’zbek tilining izohli lug’atida, shuningdek, etika sohasidagi bir qancha asarlarda axloq-odob ba‘zan bir xil tushuncha deb ham qaraladi.
Umuminsoniy axloq deganda turli davrlarda, zamonlarda barcha xalqlarda kishilarning turmushi, hayoti tarzida shakllanib, insonlarning o’zaro muomala munosabatlarini tartibga solib turuvchi umumiy tushunchalar, normalar va talablar umumiy axloqiy fazilatlar tushuniladi.
Milliy axloq esa umuminsoniy axloqqa xos asosiy xususiyatlarini saqlagan xolda aynan millat va elat kishilarigagina xos bo’ladigan ayrim axloqiy xususiyatlarini ham o’ziga mujassamlashtiradi.
Kishilarga yaxshilik qilish, rost gapirish, botirlik, kamtarlik, halollik, mehribonlik, insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik kabi axloqiy fazilatlarni hamma vaqt hamma xalqlar e‘zozlaganlar. Aldoqchilik, qo’rqoqlik, shafqatsizlik, o’g’rilik kabi illatlar qoralangan, axloqsizlik, odobsizlik deb hisoblangan. Bunday axloqiy qarashlar hamma xalqlar, hamma millatlarga xosdir. Shu bilan birga har bir millatning o’zigagina ko’proq xo’s bo’lgan axloqiy qarashlar, axloqiy tushunchalar, axloqiy fazilatlar ham mavjud.
Faoliyatning ma‘lum bir sohasi bilan shug’ullanuvchi kishilarga taalluqli axloqiy normalar, talablar ham bor. Bunday axloq kasb (professional) axloqi deyiladi. Har bir jamiyatda hukmron bo’lgan axloq bilan kasb axloqi o’rtasida ma‘lum bir munosabat mavjud. Bu umumiylik bilan xususiylik o’rtasidagi munosabatdir. Kasb axloqi umuminsoniy axloq nazariyasi qoidalarini, tamoyillari va tushunchalarini, afzalliklari va kamchiliklarini o’zida mujassamlashtiradi, oydinlashtiradi va rivojlantiradi. Bundan tashqari kasb axloqi faqat shu soha kishilari uchun xos bo’lgan ayrim odob, axloq normalari va qoidalarini ham o’z ichiga oladi.
Ayrim kasblar-o’qituvchi, shifokor, tijoratchi, huquqshunos, artist, raxbar xodimlar uchun inson-mehnat ob‘ekti hisoblanadi. Bu kasblarda mehnat ob‘ektining-shaxsning taqdiri ko’p jihatdan shu kasb egasining axloqiy faoliyatiga bog’liq. Bunday kasb egalarining faoliyat ob‘ekti bo’lgan odamlar bilan o’zaro muomala-munosabatlarini tartibga soluvchi axloqiy normalarga qat‘iy amal qilish talab etiladi. Bu esa shu kasb egalarining axloqiy mas‘uliyatini oshiradi. Jamiyatning, davlatning bunday kishilarga ishonchi ham boshqacha bo’ladi. Shuning uchun ham o’qituvchi, vrach, tijoratchi, raxbar xodimning axloqiy fazilatlari shu kasbda ishlashga yaroqli ekanligini ko’rsatuvchi muhim belgilardan hisoblanadi. Muallimlik ana shu kasblardan bo’lganligi uchun o’qituvchi odobi kasb axloqining boshqa turlaridan farq qiladi, bu- pedagogik faoliyatning axloqiy xarakteri va o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi.
Professional axloqqa doir bir necha asarlarning muallifi Ya.G. Yakubson kasb axloqini shunday ta‘riflaydi: «Professional etika ma‘lum bir jamiyatda ayrim kasb uchun xarakterli bo’lgan axloqiy normalar, tushunchalar, baho va ideallarning majmuidan iborat». (O pedagogicheskoy etike. L., 1973, 5-bet). Professional etika nazariyachilari o’z asarlarida kasb axloqining umuminsoniy axloq bilan o’zviy bog’liq ekanligini ta‘kidlab ko’rsatadilar. Kasb axloqi tushunchasi professional guruhlar axloqiy ongining rivojlanish darajasi amalda bir xil emasligini, u yoki bu kasb egalari faoliyatiga jamiyat tomonidan qo’yilayotgan axloqiy talablar darajasining har xilligini va nihoyat, professional guruh kishilarining ijtimoiy birlik sifatidagi manfaatlarini u yoki bu darajada ifodalaydigan axloqiy yo’l-yo’riqlarni aks ettiradi. Turli kasb egalari axloqiy ongining rivojlanish darajasidagi har xillik bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat sharoitida ham saqlanadi. Hozirgi davrda ham turli kasb kishilariga bo’lgan axloqiy talablar darajasidagi tafovutlar, farqlar mavjud.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (1992) davlatimiz fuqarolariga ilm olish huquqini va buning uchun zarur sharoitlar yaratishni kafolatlaydi. Davlatimiz bu siyosatni izchil amalga oshirmoqda. Maktablardagi ta‘lim-tarbiya ishlarining barchasi yoshlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalashda yo’naltirilgan. Ta‘lim-tarbiyaning insonparvarligi, demokratikligi, tarbiyalanuvchilar, ta‘lim oluvchilarni hurmatlash O’zbekistonda ta‘lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan hisoblanadi. “Ta‘lim to’g’risida”gi Qonun (1992)ning 30-moddasida bolalarning qadr-qimmatini hurmatlash, bolada mehnatsevarlik, yaxshilik va muruvvat tuyg’usini, Vatanga, yoshi ulug’larga, davlat tili va ona tiliga, oilaga, milliy, tarixiy qadriyatlar va madaniy qadriyatlarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo’lish tuyg’ysini tarbiyalish mas‘uliyatli vazifa ekanligi ko’rsatilgan.
Bu vazifalarni asosan maktab va o’quv yurtlarining pedagogik xodimlari, professor-o’qituvchilari bajaradilar. Shuning uchun ham Qonunda pedagog xodimlar o’zlarining kasb-kor sha‘ni va qadr-qimmatlarini himoya qilishlari; odob-axloq qoidalariga rioya etishlari; bola, o’quvchi va talaba shaxsining qadr-qimmatini hurmatlashlari, ularni mehnatga, qonunlarga, ota-onalar va xotin-qizlarga, ma‘naviy, tarixiy, madaniy-milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalashlari; o’zlarining butun faoliyatlari va shaxsiy namunalari bilan umuminsoniy axloq qoidalariga; haqiqat, adolat, vatanparvarlik, insonparvarlik, yaxshilik va boshqa xayrli xislatlarga nisbatan hurmatni qaror toptirishlari; o’sib-ulg’ayib kelayotgan avlodni bir-birini tushunish, xalqlar o’rtasida, shuningdek, barcha elatlar, millatlar va diniy guruhlar o’rtasida tinchlik, ahil-inoqlik ruhida tarbiyalashlari (32-modda) lozimligi qayd etilgan.

  • O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I. A. Karimovning chop etilgan asarlarida, Oliy Majlis sessiyalarida so’zlagan nutqlarida o’zbek xalqining ko’p asrlik ma‘naviy-milliy, madaniy qadriyatlarni, uning odob-axloqini belgilab beruvchi Qur‘oni Karim, Hadisi Shariflar, imom Buxoriy, imom Termiziy, Bahouddin Naqshband, az-Zamaxshariy, Najmiddin Kubro, Ahmad Yassaviy, So’fi Olloyor, Sulaymon Boqirg’oniy kabi mutaffakkirlarning bebaho merosini; Al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Al Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mahmud Qoshg’ariy, Yusuf Xos Hojib, Axmad Yugnakiy, Mirzo Ulug’bek, Amir Temur, Bobur, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod kabi allomalarning jahon fani va madaniyati xazinasiga qo’shgan ulug’, bebaho hissalarini tadqiq etish va shu asosda yosh avlodni tarbiyalash zarurligi ta‘kidlanadi.

  • Ma‘naviyat tarbiyaning eng ta‘sirchan quroli bo’lib, undan oqilona foydalanish lozim. Axloq-ma‘naviyatning o’zagi, inson axloqi shunchaki salom-alik, yaxshi muomaladangina iborat emas. Axloq-bu, avvalo insof va adolat tuyg’usi, iymon, halollik demakdir. «Qadimgi ajdodlarimiz,-degan edi I.A. Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi ma‘ruzasida,-komil inson haqida butun bir axloqiy talablar majmuasini, zamonaviy tilda aytsak, sharqona axloq Kodeksini ishlab chiqqanlar. Kishi qalbida haromdan hazar, nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyon bo’lishi kerak» («Xalq so’zi» gazetasi, 1995 yil 24 fevral). O’zbekiston Respublikasining Prezidentining ta‘kidlashicha ma‘naviy-axloqiy tarbiyada islom ta‘limotining ahamiyati katta. Islom dini-bu ota-bobolarimiz dini, u biz uchun ham iymon, ham axloq, ham diyonat, ham ma‘rifatdir.

  • Ko’hna tariximizning qaysi davrini eslamaylik, din har doim odamlarni o’z-o’zini idora etishga, yaxshi xislatlarni ko’paytirib, yomonlaridan xalos bo’lishiga chorlagan. Har bir insonga, oila, jamoa, xalqqa rahnamo bo’lgan. Kishilarni og’ir sinovlarga bardosh berishga, yorug’ kunlarga intilib yashashga da‘vat qilgan, ishontirgan. Bunday da‘vat o’z navbatida odamlarga kuch-quvvat bag’ishlagan, irodasini mustahkam qilgan, bir-biriga mehr-oqibatini oshirgan. «Demak, din xalq ma‘naviyatining, ma‘rifatining yuksalishiga katta hissa qo’shib kelgan ekan, bugungi davlatchiligimiz haqida so’z yuritganda, rejalar yeuzganda dinni eng avvalo, ham milliy, ham umuminsoniy qadriyat sifatida e‘tiborda tutishimiz lozim (Karimov I.A.. O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. «Xalq so’zi» gazetasi, 1995 yil 24 fevral). Hamma gap ana shu umuminsoniy va milliy qadriyatlarni uyg’unlashtirib hayotga tadbiq etishda.

  • O’zbekiston Respublikasi taraqqiyotining hozirgi bosqichida yigit-qizlarimiz ilm-ma‘rifatli, diyonatli, yuksak axloqli bo’lishlari bilan birga, zamonaviy texnika va texnologiyalarni puxta o’zlashtirib olishlari lozim. Yoshlarimiz islomiy qadriyatlar bilan bir qatorda Koinot siru asrorlarigacha bo’lgan dunyoviy bilimlarini ham mukammal o’zlashtirishlari zarur. Bu, maktablarda yoshlarga berilayotgan bilimlarning mazmunini yangilashni, tarbiyaning yo’nalishini o’quvchilarni umuminsoniy va milliy axloqiy tarbiya vazifalarini singdirish yo’li bilan o’quvchilarga muntazam tarbiyaviy ta‘sir o’tkazadi.

  • O’zbekiston Davlati fuqarosining ma‘naviy qiyofasini belgilovchi fazilatlar-vatanparvarlik, insonparvarlik, milliy g’urur, mehnatsevarlik, baynalminalchilik kabilar maktab va o’qituvchining faol ishtirokida, tarbiyaviy ta‘siri ostida shakllanadi. O’qituvchilik kasbi o’z mohiyatiga ko’ra axloqiy xarakterga ega. Shuning uchun ham, avvalo, muallimning o’zi umuminsoniy va milliy qadriyatlarni puxta o’zlashtirib olishi va axloq bobida shaxsan ibrat bo’lishi zarur. Agar o’qituvchining umuminsoniy va milliy-axloqiy qadriyatlar sohasidagi bilimlari sayoz, tasavvurlari chala bo’lsa, uning fikri, so’zi, amaliy ishlari o’rtasida uzilish bo’lsa, hozirgi davrda maktablar va tarbiya sohasida kun tartibiga qo’yilayotgan vazifalarni samarali bajara olmaydi. Demak, bo’lajak pedagoglarga o’qituvchi odobiga doir bilim va malakalar berish zarurati pedagog jarayonning ehtiyojlaridan ob‘ektiv ravishda kelib chiqadi.

  • Pedagog amaliyotida «O’qituvchi odobi» tushunchasi tor va keng ma‘nolarda qo’llaniladi. Tor ma‘noda u muallim xulqining amaliy jihatini, kengroq ma‘noda esa o’qituvchining kasb axloqini anglatadi. Hamdo’stlik mamlakatlaridagi singari O’zbekistonda ham «O’qituvchi odobi» predmeti bir necha yillardan beri pedagogika o’quv yurtlarida pedagogik fanlarning bir tarmog’i sifatida o’qitib kelinmoqda va yaxshi samaralar bermoqda. Talabalar bu fanni katta qiziqish bilan o’rganadilar. Hamdo’stlik mamlakatlaridan ba‘zilarida, masalan, Ukraina va Belorusda o’quv qo’llanmalari darsliklar ham yaratilgan. Ularda o’qituvchi odobi (pedagogik etika)-o’qituvchining pedagoglar jamoasi ota-onalar va eng muhimi o’quvchilar jamoasi bilan o’zaro munosabatlariga xos professional xususiyatlardir, deb qaraladi.

  • O’qituvchi odobiga ta‘rif berganda mantiqiy tafakkur qonuniyatlarini buzib, xatolikka yo’l qo’ymaslik uchun o’qituvchi odobi kasb axloqining bir turi, ko’rinishidir, deb ta‘rifda o’qituvchi odobini tavsiflaydigan muhim, asosiy belgilarni ko’rsatish zarur. O’qituvchi odobining muhim, asosiy belgilari qatoriga quyidagilar kiradi: umuminsoniy va milliy axloqning qonuniyatlari, tamoyillari, tushunchalari, mezonlari talablariga amal qilish; pedagogik jarayonning va pedagogik faoliyatning o’zigagina xos bo’lgan xususiyatlariga binoan ularni oydinlashtirish, aniqlashtirish; umuminsoniy va milliy axloqning qonuniyatlari, vazifalari; muallimning o’quvchilari, kasbdoshlari, ota-onalari, maktab rahbarlari bilan muomalasida, munosabatlarida, shuningdek, o’quvchilarga tarbiyaviy ta‘sir o’tkazish, pedagogik mehnatning samaradorligida namoyon bo’lishi kabilar.

  • Demak, o’qituvchi odobi umuminsoniy va milliy axloqning qonuniyatlari, vazifalari, tamoyillari, tushunchalari, talablari, mezonlarini ta‘lim-tarbiya jarayonida oydinlashtirib, muallimning o’quvchilari, o’z kasbdoshlari, ota-onalari, maktab rahbarlari bilan muomala-munosabatlarida ifodalanadigan axloqiy xususiyatdir. O’qituvchi odobi fani esa professional etikaning, kasb axloqning yo’nalishlaridan biri bo’lib, umuminsoniy va milliy axloq qonuniyatlarining ta‘lim-tarbiya jarayonida qanday namoyon bo’lishini o’rganadi.


  • Download 1,36 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish