Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги бухоро дaвлaт университети



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/191
Sana06.07.2022
Hajmi2,95 Mb.
#744426
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   191
Bog'liq
нутқ ўс..

Annotasion: The article outlines the tasks of labor education of 
preschool children. Adult cocktails, content and tools for each 
age group were discussed. 


187 
Key words: labor, children, creativity, purpose, environment, 
training, education 
 
Mehnat bolalardan diqqat, o'tkir zehnlilik, topqirlik, bilib 
olgan malaka va ko'nikmalarini amaliyotda qo'llay bilish, 
ijodkorlik qobiliyatlarini egallashni talab etadi. Mehnat jarayonida 
bolalar ayrim ish turlarini (bir varaq qog'ozni buklash, kerakli 
uzunlikni o'lchash, andozaga qarab shaklni qirqib olish kabi 
harakatlarni) anglatuvchi bir qancha tushuncha va atamalardan 
foydalanishga, bajarilgan ishdagi izchillikni so'zlab berishga 
to'g'ri keladi. Bular bola nutqini yangi so'zlar bilan boyitadi, 
nutqining mantiqiy bog'liq ravishda grammatik jihatdan to'g'ri 
shakllanishiga imkon beradi. Bolalarni eng oddiy mehnat 
qurollari, materiallarga ishlov berish usullari bilan tanishtirish 
kerak. MTMdagi mehnat ularni maktabdagi politexnik ta'limga 
tayyorlaydi. Mehnatning axloqiy qimmati uning jamiyat uchun 
qanchalik ahamiyatga ega ekanligi bilan belgilanadi. Mehnat har 
bir bolani o'z mehnatining ijtimoiy ahamiyatini tushunib yetishga, 
uning jamiyat hayotiga kirib borishiga, o'zini shu jamiyatning 
a’zosi deb his etishiga imkon yaratadi. 
Har bir bola oilada, bolalar mehnatida o'z ulushi borligini his 
eta bilishi lozim. Ishning shu tarzda tashkil etilishi bolalarda 
jamoachilik va intizomlilikni, burch hissini tarbiyalaydi. Shuning 
uchun bolalarni jamoa mehnatida tarbiyalash muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
Mehnatning bolalarni aqliy tomondan rivojlantirishdagi 
ahamiyati shundaki, mehnat jarayonida ular borliqni faol anglay 
boshlaydilar, dunyoni materialistik idrok etish imkoniyati 
yaratiladi. Maktabgacha yoshdan boshlab bolalarga mehnat 
tarbiyasi berish ularni estetik va jismoniy jihatdan ham 
rivojlantiradi. 
Mehnat tarbiyasining asosiy maqsadi bolalarni har tomonla- ma 
rivojlantirish, axloqli qilib tarbiyalash, kelajakdagi mehnat 
faoliyatiga ruhiy jihatdan tayyorlash, mehnat qilish xohishini 
singdirib borishdir. 
Mehnat tarbiyasining vazifalari xilma-xildir, shuning uchun 
ularni guruhlar bo'yicha quyidagicha turkumlarga ajratiladi. 
Birinchi guruh vazifalari bolalarning mustaqil mehnat faoliyatiga 


188 
pedagogik ta'sir ko'rsatish bilan belgilanadi: 
1.
Bolalarni 
maqsad 
qo'yishga, 
mehnat 
malakalari, 
ko'nikmalari, mehnat madaniyati bo'yicha kerakli materiallar va 
mehnat qurollarini tanlab olishga o'rgatish. 
2.
Bolalarda bo'lajak mehnat faoliyatini shakllantirish, mehnat 
jaryonlarini mehnatda qatnashuvchilar o'rtasida taqsimlash, 
mehnatda yaxshi natijalarga erishish malakalarini shakllantirish. 
3.
Mehnat faoliyatining dastlabki ijtimoiy sabablarini shakl-
lantirish, buyumlar va harakatlarga qiziqish uyg'otish orqa
mehnat natijalariga erishish, katta guruhlarda esa mehnat- ning 
ijtimoiy ahmiyatli ekanligini tushinib yetish. 
Ikkinchi guruh vazifalari kattalar mehnatiga ijobiy munosa- batni 
tarbiyalashga qaratilgan: 
1)
Bolalarga kattalarni qanday natijalarga erishish uchun 
mehnat qilayotganini tushuntirish. 
2)
Bolalarda mehnat ahliga hurmatni, ularga qo'lidan kel- 
ganicha yordam berish xohishlarini tarbiyalash. 
Kattalar mehnati bilan tanishtirish hamma yosh guruhlari uchun 
«Mashg'ulotlarda ta'lim berish», «Tevarak-atrof bilan tanishtirish 
va ijtimoiy hayot hodisalariga qiziqishni tar- biyalash» 
bo'limlarida berilgan. Katta va maktabga tayyorlov guruhlari 
uchun qo'l mehnatining mazmuni «Qurish-yasash» bo'limida 
berilgan. 
Dasturda bolalar mehnatiga mustaqil faoliyat va axloqiy 
tarbiyaning vositasi sifatida qaraladi. 
Ta'lim-tarbiyaviy ishning mazmuni Maktabgacha ta'lim yo- 
shidagi bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish orqa- li ularga 
kattalarning mehnati ijtimoiy-foydali mehnat bo'lib, narsa va 
buyumlarni yaratishga qaratilganligi, ular har bir kishi va butun 
xalq uchun zarur ekanligi to'g'risida tushuncha berib boriladi. 
Masalan, o'simliklarni, hayvonlarni parva- rish qilish orqali 
ulardan olinadigan mahsulot kimlar uchun va nima maqsadda 
ishlatilishi to'g'risida bilim va tushunchalar berib boriladi. 
Kattalarning mehnati bilan tanishtirish yana quyidagi maqsadni 
ko'zlab ham amalga oshiriladi: kattalar mehnati to'g'risida aniq 
bilim va tasavvurlar berish, mehnatni va mehnat natijalarini 
qadrlashga o'rgatish, mehnatga qiziqish va muhabbat uyg'otish, 
mehnat qilish xohishini tarbiyalash va ishni sifatli bajarishga 


189 
o'rgatish. 
Kattalar mehnati bilan tanishtirishning asosiy mazmuni 
quyidagilardan iborat: 
- har bir kishi mehnatining ijtimoiy mohiyati; 
-
mehnat ahli o'rtasidagi ijobiy o'zaro yordam berish 
munosabati; 
-
har qanday kasb ham muhim ekanligini tushuntirish. 
Mehnat faoliyatining asosiy tarkibiy qismlari bilan tanishtirish: 
1.
mehnatning maqsadi, uning ijtimoiy ahamiyati; 
2.
materiallarni tanlash (mehnat materiallari); 
3.
jihozlash (mehnat faoliyati uchun zarur bo'lgan asboblarn i 
tayyorlab olish); 
4.
mehnat jarayoni (maqsadga erishish uchun bajariladigan 
mehnat harakatlari); 
5.
natija-mehnat mahsuli. 
MTM dasturiga binoan har bir yosh guruhidagi bolalar 
katlalar mehnati to'g'risida quyidagi bilim va tasavvurlarni egallab 
olishlari lozim. Kichik guruh: 
1.Ayrim kasb egalarining mehnat jarayoni. 
2.Mehnat jarayonidagi mehnat harakatlari. 
3.Mehnat jarayonini amalga oshirish uchun kerakli materiallar. 
4.Ma'lum bir mehnat jarayonini bajarish uchun jihozlar. 
5.Mehnat natijasi. 
Kishilar mehnatining ijtimoiy ahamiyati. 
O'rta guruhda mehnat to'g'risida qo'shimcha tasavvur va bilimlar 
beriladi: 
-
Harakat sifati haqida. 
-
Kishilarning mehnatini yengillatuvchi moslamalar. 
-
Kishilarning mehnatga muhabbati. 
Katta va maktabgacha tayyorlov guruhida yana yangi tasavvur va 
bilimlar beriladi: 
1.
Kishilar mehnatini yengillatadigan mashina va me- 
xanizmlar to'g'risida. 
2.
Kishilar mehnati jamoa xarakterida ekanligi to'g'risida. 
3.
Jamoa mehnati jarayonida kishilarning o'zaro munosa- 
batlari to'g'risida. 


190 
4.
Mehnat qahramonlari, xalqimizning mehnat an’analari 
haqida. 
Mehnat malakalari va ko'nikmalarini egallab olish - Maktabgacha 
ta'lim yoshidagi bolalar mehnati jarayonining muhim tarkibiy 
qismi hisoblanadi. Agar bola mehnat harakatlarini bilmasa, u hech 
qachon mehnat natijasiga erisha olmaydi. Bolalar mehnat 
malakalari va ko'nikmalarini egallab olganlaridagina mehnat 
jarayonini bajonidil bajaradilar. Masalan, tikishda ipni o'lchab 
kesib olish, ninaga o'tkazish, uchini tugish, tikish; o'yinchoq 
yasash uchun egish, bukish, taxlash, burchaklarini bukish, qirqish, 
tikish kabi mehnat harakatlarini egallab olishlari kerak bo'ladi. Bu 
ish harakatlarini ma'lum tartib bilan ba- jarish uchun har bir bola 
o'z mehnat faoliyatini rejalashtirib ola bilishi kerak. 
Mehnat bolalarga quvonch bag'ishlaydigan qilib rejalashtiri- lishi 
lozim. U ma’lum izchillik bilan amalga oshirib borilishi kerak. 
Mehnat qilishlari uchun hamma bolalarga yetarll miqdorda 
kerakli qurollar, asboblar bo'lishi, ular bolalarning yoshiga, 
imkoniyatiga mos kelishi, o'zlari mustaqil foydalanadigan qilib 
joylashtirilishi kerak. Navbatchilar uchun fartuklar, qalpoqcha, 
qo'lqopcha, idish yuvish uchun klyonkadan fartuklar zarur. Ovqat 
tayyorlash uchun kichikroq pichoqlar, tarelkalar, o'qlovchalar, 
xamir qorish uchun tog'orachalar, shaklchalar kerak bo'ladi. 
Xonani tozalash uchun toza latta, kichikroq tog'oracha, stoldan 
uvoqlarni yig'ib olish, polni supurish uchun cho'tkalar, axlatni 
yig'ib olish uchun xokandozlar kerak. Kir yuvish uchun tog'ora, 
chelakchalar, kichkina dazmol taxtasi, kiyim tozalash uchun 
cho'tka, supurgi, tikish uchun tugmachalar solingan quticha, ip, 
nina, mato parchalari, o'yinchoqlarni yasash va singanlarini, 
buzilganlarini tuzatish uchun maxsus stol yoki taxtacha, 
bolg'achalar, mixlar, qisqich, yaxshi randalangan taxtachalar, 


191 
karton, ip, arqon, tashlandiq materiallar, gugurt qutilari, konfet, 
atir qutichalari, ipdan bo'shagan g'altaklar va hokazolar zarur. 
Guruh xonasidagi tabiat burchagida, MTM hovlisidagi polizda, 
gulzorda ishlash uchun belkurak, xaskash, supurgi, kichkina 
zambilchalar, chelakchalar, leyka, savatchalar kerak bo'ladi. 
Barcha buyum ishlatib bo'lingandan keyin tozalab joyiga 
qo'yiladi. 
Bolalarga to'g'ri mehnat tarbiyasi berishda kattalarning bir-biri 
bilan o'zaro do'stona munosabat bilan hamkorlikda ishlashlari 
ijobiy natija beradi. 
Mehnat tarbiyasi masalalari MTMning yillik rejasida aks 
ettiriladi va tarbiyachilarga mehnat tarbiyasini to'g'ri rejalashtirish 
va amalga oshirilishida yordam beradi. 
MTMda mehnat tarbiyasini to'g'ri tashkil etish va unga 
rahbarlik qilish yosh avlodni har tomonlama tarbiyalash 
vazifalarini amalga oshirishga yordam beradi. 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish