MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI HAR
TOMONLAMA TARBIYALASH VOSITALARI.
G. Qurbonova- Buxoro shahar 84- MTT
pedagogi
Annotasiya
: Makola metodologik mazmunga ega bulib, unda
maktabgacha yoshdagi bolalarni xar tomonlama ukitish va tarbiyalash
masalalari ta’kidlab utiladi.
Аннотация
:
Статья имеет методическое содержание, в котором
освещаются вопросы комплексного образования и воспитания
дошкольников.
Annotation
: The article has a methodological content, which
emphasizes the issues of comprehensive education and upbringing of
preschool children.
Tayanch suzlar
: atrof-muxit, ekologiya, mexnat, tarbiyaviy, didaktik,
ijtimoiy munit.
Ключевые слова
: среда, экология, труд, образовательная,
дидактическая, социальная среда
69
Key words
: environment, ecology, cocktail, educational, didactic,
social environment
Atrof-muhitni muhofaza qilish Respublikamiz mustaqillikka
erishgandan keyin dolzarb muammolardan biriga aylandi. Bu muammo
hukumatimizning siyosati bilan bog’liq bo’lganligi tufayli O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiklangan barcha
konun xujjatlarida alohida tilga olingan.
So’nggi yillarda atrof-muhitni, tabiatni, o’simliklar va hayvonot
dunyosini muhofaza qilish haqida qator qonunlar hamda ko’plab
me’yoriy metodik hujjatlar qabul qilindi. Bu qonunlarda
Respublikamizning hozirgi ekologik-iqtisodiy siyosati umuminsoniy
ekosistemaning muhofazasini ta’minlashga, inson hayoti mohiyatining
barcha qirralarini kafolatlashga qaratilgan.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin maktabgacha
ta’lim
muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun yangi tipdagi milliy
dasturlar ishlab chiqishga e’tibor kuchaytirildi. Natijada 2001, 2010 va
2018 yillarda ishlab chiqilgan dasturlar bu borada yangi qadam bo’ldi.
Ularda maktabgacha yoshdagi bolalarga tabiat olami, undagi voqea-
hodisalar o’rtasidagi boғliqlik to’ғrisida aniq tasavvur va bilimlar
berish, tabiatni asrab-avaylash, boyitish uchun faol harakat qilish
ko’nikma hamda malakalarini shakllantirish ko’zda tutilgan. Bu
maqsadni amalga oshirish jarayonida bolalarni davlatimizning tabiat
muhofazasi bo’yicha olib borayotgan ishlari bilan tanishtirib borishga
e’tibor kuchaytirilgan .
Ekologik tarbiya insoniyat ijtimoiy va ma’naviy
taraqqiyotining har bir bosqichida o’ziga xos tarzda amalga oshirilgan.
Dastlab ibtidoiy tuzum sharoitida shakllana boshlangan ekologik
tarbiya mezonlari qadimgi odamning animistik va totemistik
tasavvurlari asosida tarғib qilina boshlangan bo’lsa, keyinchalik
uning qo’rquvi va ixlosi zaminida yaratilgan tabu-taqiqlar ko’magida
singdirila boshlandi . Nihoyat, insoniyatning badiiy tafakkuri
rivojlanishi bilan uning donoligi, aqlu zakovati bilan yaratilgan ertak,
qo’shiq, topishmoq, maqol kabi xalq oғzaki ijodi namunalarida
ekologik tarbiyaga oid ayrim fikr va qarashlar tarғib qilina boshlandi.
Xususan, bunda topishmoqning roli va ahamiyati beqiyosdir.
Topishmoq o’z xususiyatiga ko’ra tabiat predmetlari va hodisalarini
to’ppadan-to’ғri emas, balki yashirin tilda ifodalab kelib, u yoki bu
70
tabiat narsa-hodisalari haqida aniq ma’lumot bera olish imkoniyatining
mavjudligi tufayli uzoq o’tmishda yoshlarga ekologik bilim va
tarbiya berishda, ularning tevarak-atrofga nisbatan kuzatuvchanligini
va ғamxo’rligini, ekologik madaniyatini oshirishda juda qo’l kelgan.
Qiziғi shundaki, topishmoqqa xos xalqona an’ana hozirgacha o’z
qimmatini yo’qotmay kelayapti.
O’rta asrlar tuzumi sharoitida ekologik tarbiya ko’proq islom
dini talablari bilan boщliq holda tarғib va tashviq qilindi. Xalqning ona
tabiatni asrab-avaylash to’ғrisidagi o’y-kechinmalari, qarashlari,
tasavvur-tushunchalari islom dini hukmronligi davrida yanada
mustahkamlandi. Bolalar qalbida tabiatga muhabbat qancha erta
uyғotilsa, ularning tabiat bilan boщlanishlari shunchalik uzviylashadi.
Bola tabiatga erta mehr qo’yadi. Bu, shubxasiz, tarbiyachilar va
kattalarning faoliyati bilan chambarchas boщlangan bo’lib, insonni
o’rab olgan olamning murakkabligini anglashlariga, tabiat inson
turmush tarziga ta’sir etuvchi vosita ekanligini tushunishlariga,
bugunimiz va ertamiz uchun naqadar muhimligini bilib olishlariga
yordam beradi. Tabiatdagi hamma narsa kichkintoylar uchun qiziqarli
va sirli bo’lib, bamisoli topishmoqqa o’xshab ketadi. Ular shu
topishmoqlarni bilishga, sabablarini anglashga va bu haqda fikrlashga
ehtiyoj sezadilar. Asta-sekin maktabgacha ta’lim muassasalari
mutaxassislari tomonidan bolalar o’rtasida ekologik tarbiyani yaxshi
yo’lga qo’yish, ularning ekologik bilimini va madaniyatini oshirish
uchun eng qo’l keladigan metodlarni izlab topishga, aniqlashga
nisbatan qiziqish birmuncha kuchaya bordi. Natijada bu borada bir
qancha metodik qo’llanmalar, maxsus ilmiy-tadqiqot ishlari yaratildi.
Ekologik tarbiya ijtimoiy-iqtisodiy va muhim davlat ahamiyatiga
molik masalalardan biri bo’lib, ta’lim so’asida Respublika doirasida
amalga oshirilayotgan asosiy tadbirlardan sanaladi. Maktabgacha ta’lim
muasssasalari uchun mo’ljallab yozilgan « Ilk qadam » davlat o’quv
dasturida ham bolalarga ilk tabiat xakidagi bilimlarini rivojlantirish
borasida bolalarning ilk rivojlantirish masalalarida ota-onalar va
jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish
masalalari kiritilgan. Dasturda bu borada ota-onalar bilan ishlash
hamkorlikni rivojlantirishda quyidagi vazifalar ko’rsatib berilgan
1.
Ota-onalarning maktabgacha ta’lim muassasasi borasidagi
fikrlarini hisobga olish;
2.
Ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish;
71
3.
Ota-onalarning o’quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb
etish;
4.
Ota-onalarning muassasa xayotida ishtirok etish borasidagi
tashabbuslarini qo’llab -quvvatlash.
Dasturda bolaning rivojlanish sohalari kopetenstiyalari ya’ni-
bilish jarayonining rivojlanishi sohasi kompetenstiyalarida bolalar bilim
olishga faol qiziqishni namoyon etish, atrof-muhitdagi voqea-hodisalar
va ko’rinishlarni kuzatadi hamda tatqiq qilishi, o’quv- va hayotiy
faoliyat uchun axborotni mustaqil ravishda topishi va undan
foydalanish, predmetlar, voqealar va ko’rinishlar o’rtasida oddiy
aloqalarni tushunishi atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona va ғamxur
munosabatni namoyon etishlari ko’rsatib o’tiladi. Shu nuqtai nazardan
qaraganda,
maktabgacha
yoshdagi
bolalar
aqliy
qobiliyatini
rivojlantirish, tabiat bilan tanishtirish va ularning ekologik tarbiyasini
amalga oshirishning qulay pedagogik usullarini ishlab chiqish va
didaktik imkoniyatlarga boy tarbiyaviy vositalarini aniqlash alohida
ahamiyatga ega bulib kelmokda. Bu muammoning echimida xalq oғzaki
ijodiga mansub badiiy janrlardan biri - bolalarning zehnini charxlash,
aqliy qobiliyatini va mantiqiy tafakkurini o’stirish, so’z boyligini
oshirish, nutq madaniyatini rivojlantirish maqsadida yaratilgan, qadim
zamonlardan beri xalq pedagogikasida muhim tarbiya vositalaridan biri
sifatida tan olinib, keng qo’llanilib kelinayotgan topishmoqlardan
o’rinli va unumli foydalanish ijobiy natija beradi. Binobarin,
topishmoqlar o’z janriy tabiatiga ko’ra ixcham shaklli, mazmunan teran
va hayotiy-badiiy zavqi baland barkamol namunalardir. Ular ko’proq
tabiat va jamiyat hodisalari, hayvonlar va o’simliklar mavzularida
yaratiladi.
Shuning
uchun
topishmoqlar
tarbiyaviy-didaktik
imkoniyatlarga boy bo’lib, bolalar diqqatini o’ziga tez jalb qiladi va ular
xotirasiga tez o’rnashib qoladi. Topishmoqlar deyarli barcha yoshdagi
bolalarning qiziqishini o’ziga jalb etuvchi ma’naviy-axloqiy o’yin
namunasidir. Ular bolalarning tevarak-atrofga kuzatuvchanligini
oshiradi, tabiat voqea-hodisalarining sodir bo’lish sabablarini
aniqlashga qiziqishlarini kuchaytiradi. Natijada bolalarning idroki,
tasavvuri, qobiliyati, topqirligi, mustaqilligi rivoj topadi. Ayniqsa,
topishmoqlar
bolalarga
borliqdagi
narsa-hodisalarning
yaxlit
ko’rinishida qismlardan, qism ko’rinishida esa yaxlitlikdan tarkib
topishini idrok etishlariga, olam bir butunligini anglab etishlariga, hayot
go’zalliklaridan ma’naviy zavq olishlariga va shu go’zallikni
qadrlashlariga o’rgatishda muhim rol o’ynaydi. Maktabgacha ta’lim
72
sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo’ғini hisoblanib, u har
tomonlama soғlom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga
tayyorlashda ғoyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Mustaqllikning ilk yillaridanoq ta’lim muassasalarini milliy
an’analarimiz asosida isloh etish, ularga zamonaviy texnologiyalarni
olib kirishga dolzarb vazifa sifatida qaralib kelinmoda.
Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun bola tarbiyasida turli
o’quv dasturlari, tavsiyalar bilan ish ko’rishdan tashqari, mahalla,
oilaviy muhit, bola bilan izchil munosabatda bo’ladigan shaxslarning
tasirini ham hisobga olmoqlari kerak. Bular bolani shakllantirish muhiti,
bola hayoti, tasavvuri, aqlni boyitib boruvchi manba bo’lib, ular bola
psixikasi, shaxsi, hayotiy tajribasi, faoliyatini boyitishning asosiy omili
amdir.Shu bilan bir qatorda bola har bir yoshda o’zini o’rab turgan
muhitdan aynan o’ziga zarur bo’lgan hayotiy malakani oladi.
Yuqoridagi muhit anchalik toza va musaffo bo’lsa bolaning inson
sifatida shakllanishi maqsadga muvofiq bo’ladi.Tabiiyki bu jarayonning
o’ziga xos qonuniyatlari mavjud.Ayniqsa bolalarni yoshlikdan mehnat
qilishga o’rgatish va kattalar mehnatini qadrlashga o’rgatish muhim
hisoblanadi.
Mehnat tarbiyasining maqsadi bolalarda mehnatga ongli munosabatni
shakllantirishdir. Mazkur maqsadga erishish yo’lida quyidagi
vazifalarni ijobiy hal etish maqsadga muvofiq:
-
yosh avlodda mehnat qilish istagini qaror toptirish va ularni
zamonaviy ishlab chiqarishning turli sohalarida faoliyat yuritishga
tayyorlash;
-
bolalarda umumjamiyat manfaati yo’lida mehnat qilish
etiyojini hosil qilish;
-
ularning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish;
-
bolalarning
mavjud
bilimlarini
uzluksiz
ravishda
takomillashtirib borishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratish;
-
ularda mehnat ko’nikma va malakalarini tarkib toptirish;
-
bolalar faoliyatida yuqori madaniyat, maqsadga intilish,
tashkilotchilik, mehnat intizomi, tadbirkorlik, tejamkorlik, ishni sifatli
bajarish, moddiy boyliklarga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish,
hayotiy faoliyat yo’nalishini belgilash malakalarini shakllantirish;
-
bolalarda davlat iqtisodiy siyosati mazmuniga tayangan holda
ular yashab turgan hududlar ishlab chiqarish xususiyatlariga muvofiq
kasblarni egallashga bo’lgan qiziqishni oshirish;
73
-
bolalarni kasbga yo’llash, ularni mehnat faoliyatining barcha
turlari, shuningdek, ular yashayotgan hududda etiyoj mavjud bo’lgan
mutaxassisliklar bilan tanishtirish.
Mazkur vazifalar tizimida bolalarni mehnatga psixologik va amaliy
jihatdan tayyorlash ularning qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash oryqali
amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |