Ягона модул системаси (ЯМС) бинолар, уларнинг қисмлари ва конструкциялар ўлчамларининг белгиланган бирлик – модулга каррали бўлиши асосида шу ўлчамларни мувофиқлаштириш қоидаларининг мажмуини билдиради.
Қурилишда биноларнинг ҳажмий план ечимлари параметрларини белгилашда асосан йириклаштирилган модуллар, конструкцияларнинг ва айрим элементларнинг ўлчамларини белгилашда йириклаштирилган ва каср модуллар қўлланилиши мумкин.
Қурилишда уч хил: номинал, конструктив ва ҳақиқий ўлчамлардан фойдаланилади.
Такрорлаш учун саволлар:
Биноларнинг қайси элементлари юк кўтарувчи конструкция ҳисобланадилар?
Биноларнинг қайси элементлари тўсиқ конструкция ҳисобланадилар?
Қурилишда унификациянинг аҳамияти нимада намоён бўлади?
Типизация нимани англатади?
Стандартизация нимани англатади?
Ягона модул системасининг моҳияти нимада ва қанақа модулларни биласиз?
Қурилишда қандай ўлчамлардан фойдаланилади?
Тавсия этиладиган адабиётлар:
2. Мiralimov М.М. Binо va inshootlar arxitekturasi. Darslik. Toshkent. “Arxitektura qurilish integratsiya va innovatsiya Markazi”ning Bosmaxonasi, 2012. – 184 bet.
Mirzayev SH.R., Vaxitov M.M., Me’morchilik: II-ism. Fuqorolik binolari. Darslik .Toshkent: “Tafakkur”, 2010. – 256 b.
http://www.fgg.uni-lj.si/~/pmoze/esdep/master/wg14/l0700.htm
Аҳоли турар жойларни барпо этиш бўйича мақсадли дастурларни амалга ошириш.
Shahar, turar joy hududiga yoki alohida turar joy uyiga er sathini tanlash o`ta javobgar ishdir, chunki bu erda aholining yashashi uchun hamma shart-sharoit mavjud bo`lishi va kelgusi avlodlarning yashashlarini hisobga olish zarur. Shaharsozlik masalasi alohida asosiy yuqori kursda o`tiladi. Shuning uchun, biz faqatgina shaharsozlikni alohida turar uy joy uchun er sathi balandroq, suv to`planmaydigan, erga suv shaxobchalari o`tkazish va ko`kalamzorlashtirish imkoniyatiga ega bo`lgan, undan tashqari sanoat va ishlab chiqarish korxonalaridan sanitariya - gigienik uzoqroq jihatdan masofada bo`lishi kerak.
Shuningdek, bino boshqa turar joy va jamoat binolaridan, ma’lum bir joyda joylashgan quyoshga nisbatan yaxshi qaratilgan bo`lishi va yaxshi shamollashtirilishi kerak. Uy bundan tashqari ko`cha shovqinidan ma’lum bir uzoq masofada joylashtirilishi ko`chaning qizil chizig’idan ko`kalamzor va shovqindan saqlanadigan to`siqlar orqali tuzilishi kerak.
Uyga avtomobil kirishi uchun yo`lakcha ajratilishi, bundan tashqari uy atrofi ko`kalamzorlashtirilgan va suv o`tkazilgan bolalar maydonchalari, kir quritadigan va sport maydonchalari, soyabonlar, kattalar dam oladigan joylar bilan jihozlangan bo`lishi kerak. Bu O`zbekiston tabiiy iqlim sharoitida muhim omillardan biridir. Er sathi qo`shni uylar bilan, tuman markazi bilan bog’cha, maktab, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko`rsatish joylari bilan qulay bog’langan bo`lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |