- Tog‘ jinslaridagi umumiy g‘ovak-
- liklarni neft, gaz yoki suvga
- tо‘ldirilgan
- hajmining tog‘ jinsidagi hamma umumiy g‘ovaklik
- hajmiga nisbati tо‘yinish koeffitsiyenti deyiladi.
-
- Tog‘ jinslarining о‘tkazuvchanligi о‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti bilan tavsiflanadi va Darsining chiziqli sizilish (filtratsiya) qonuni formulasi bо‘yicha aniqlanadi. Bu qonun bо‘yicha eritmaning sizilish tezligi g‘ovakliklardagi bosimlar farqiga tо‘g‘ri proporsional va qovushqoqlikka teskari proporsional:
-
- bu yerda:
- V- chiziqli sizilish (filtratsiya) tezligi, m/sek;
- K – о‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti;
- µ - eritmaning dinamik qovushqoqligi, Pa∙s;
- ∆P – eritmaning harakat yо‘nalishi bо‘yicha ∆L masofadagi bosimlar farqi, Pa;
- ∆L - namunada olingan ikki nuqta oralig‘ida masofa, m.
- Chiziqli sizilish tezligi ekanligini hisobga olib, u (3.6) formulaga qо‘yilsa, unda о‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti quyidagicha ifodalanadi:
-
- ; [m2] (5.7)
- bu yerda: Q - tog‘ jinsi orqali о‘tadigan eritmaning hajmiy sarfi, m3/cek;
- F - namunaning kо‘ndalang kesim yuzasi, m2.
- Sizilish koeffitsiyentini о‘lchov birligining fizik ma’nosi sizilish jarayonida о‘tkazuvchan g‘ovak muhit kanallarining kо‘ndalang kesim yuzasining о‘lchamlarini tavsiflaydi. Neftlilik kollektorlarining о‘tkazuvchanligi katta oraliq qiymatlarda о‘zgaradi. Kо‘pgina neft konlarida tog‘ jinslarining о‘tkazuvchanligi 0,1-2 mkm2 ga teng.
- Agar burmaning ustki qismida va tubida kuchsiz о‘tkazuvchan tog‘ jinslari joylashgan bо‘lsa, bunday hollarda neft va gaz suv ustiga suzib chiqadi, antiklinal gumbaziga tushadi va tutqichlarga tо‘planadi
- (5.1-rasm, a).
- 5.1-rasm. Tutqichlar turi:
- a-gumbazli; b-litologik; d-tektonik; e-stratigrafik
- 5.3. Tog‘ jinslarini hosil qiluvchi minerallar
- Tog‘ jinslarining granulometrik tarkibi undagi har xil kattalikdagi donalarni о‘lchamlari bо‘yicha tarkibiy miqdoriga qarab belgilanadi. G‘ovaklik, о‘tkazuvchanlik, solishtirma yuza va g‘ovaklik muhitining kapillyar xossalari tog‘ jinslarining granulometrik tarkibiga bog‘liq
- Tog‘ jinslarini zarrachalarining о‘lchami katta oraliq chegaralarda о‘zgaradi. Tog‘ jinslari donalarining о‘lchamlari bо‘yicha quyidagi mexanik fraksiyalarga ajratiladi:
- - galka (mayda tosh) va sheben (chaqqi tosh ) – 1 sm dan katta;
- - graviy – 1sm dan 2 sm gacha;
- - dag‘al qumlar - 2-mm dan 1 mm gacha;
- - yirik qumlar - 1mm dan 0,5 mm gacha;
- - о‘rtacha qumlar - 0,5 mm dan 0,25 mm gacha;
- - mayda qumlar - 0,25 mm dan 0,1 mm gacha;
- - yirik asfalt - 0,1 mm dan 0,05 mm gacha;
- - mayda asfalt - 0,05 mm dan 0,01 mm gacha;
- - loysimon zarralar - 0,01 mm dan kichik.
- Neft tarkibli tog‘ jinslarini sizilish sirtining solishtirma maydoni quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
-
-
- (5.8)
- bu yerda: - tog‘ jinsining solishtirma yuzasi, m2/m3 ;
- m - g‘ovaklik, birlik sonda;
- K- о‘tkazuvchanlik, m2.
- 5.4. Tog‘ jinslarida neft, gaz va suvning joylashish shartlari
- Mahsuldor qatlamdagi tog‘ jinslarining tarkibini, bosimini va haroratning о‘zaro nisbatlari kabi omillarga bog‘liq ravishda neft, gaz va suv turli agregat holatlarda: suyuq, gazsimon va neftgaz aralashmalari kо‘rinishlarida bо‘ladi.
- Neft, gaz va suv uyumda zichliklarining kattaligi bо‘yicha aniq ketma-ketlikda joylashgan bо‘ladi, uyumning yuqori qismida gaz uning tagida neft va neftning pastki qismida suv bо‘ladi.
- Uyumlar neftli, gazli, gazneftli, gaz kondensatli va neftgazkondensatli turlarga bо‘linadi. Uyumning neftli va gazli qismlarida neft va gazdan tashqari kapillyar bosim kuchlari tasirida g‘ovakliklar va yoriqlarning devorlarida pardali qatlam shaklidagi suv ushlanib turadi. Kimyoviy tarkibi bо‘yicha bu suv ham qatlam tubi yoki chetki suvlar kabidir.
- Xulosa
- Tog‘ jinslarining xilma-xilligi, kelib chiqishi, guruhlarga bо‘linishi, neft va gaz uyumlarini tо‘planishi uchun sharoitlarni hosil bо‘lishi, mexanik, fizik va kimyoviy xossalari, tutqichlarning turlari, yer qobig‘ida qatlam bosimini va haroratini о‘zgarish qonuniyatlari, burg‘ilash ishlarini olib borish uchun anomallik xususiyatlarini baholanishi tо‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan.
Этиборингиз учун рахмат
Do'stlaringiz bilan baham: |