Munosabatlar sub`ekti.
Shaxsning ijtimoiy munosabatlar sub`ekti sifatida
mavjud bo’lishi uning shu munosabatlardagi sub`ekt sifatidagi maqomini belgilaydi.
Shaxs ma`lum sotsial xususiyatli hodisalarning oqibatigina emas, balki sababi
hamdir. Har bir shaxsning sotsial sifatlari uning amaliy faoliyatining mazmun va
xarakterini belgilaydi. Aynan faoliyat jarayonida kishi atrofdagi muhitning o’ziga xos
xususiyatlarini ishlab chiqadi. Sotsial xususiyatlar shaxsning ichki holat ta`sirida uning
faoliyatida o’rab turgan voqelikka shaxsiy munosabat sifatida namoyon bo’ladi. Sotsial
xususiyatlar bu ma`lum sotsial muhit sharoitlarida individlar orasidagi o’zaro ta`sirlar
jarayonida yuzaga kelgan aloqalar tizimidir. SHaxsnipg sotsial xususiyati kishining
faoliyati, xatti-harakatida, uning sotsial sifati shaklida ko’rinadi. SHaxsning sotsial
sifatlarini tashkil etuvchi elementlarga (shaxs sotsial maqsadi):
- o’z faoliyati jarayonida amal qiluvchi norma va qadriyatlar;
- foydalanadigan belgilar tizimi;
- o’z rolini bajarish va tashqi dunyoga nisbatan erkin harakat qilish uchun yordam
beruvchi bilimlar majmuasi: bilim va qaror qabul qilishda mustaqillik darajasi kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |