3. Arastu (er.av. 384–322)
. Uning «Metafizika» (yoki «Birinchi falsafa»),
«Fizika», «Jon to’g’risida», «Analitika», «Kategoriyalar», «Siyosat to’g’risida»,
«Ritorika», «Etika» kabi asarlari bilan sotsiologik an`analar rivojiga katta hissa
qo’shdi. Uning ta`limoticha, jamiyatning qul va qul egalariga bo’linishi,
quldorlarning hukmronligi va qullarning qulligi tabiiy holatdir. Axloqiy
fazilatlar faqat erkin kishilarga, qul egalariga xosdir. U xalqni 2 yo’l bilan:
qo’rquv urug’ini sochib hamda mehr-muhabbat qozonib boshqarish mumkin
deydi.
Platon va Aristoteldan keyin T. Gobbs, J. Lokk, J. Mil, G. Leybnits, T.
Kampanella, B. Paskal`, Sh. Montesk`e, J.J. Russo, F. Gizo, B. Konstan, M. Veber
va boshqalar jamiyat va davlatni boshqarishdagi parlamentarizm muammolariga
o’z munosabatlarini bildirganlar»
3
. Yangi davrning mashhur mutafakkiri «J.
Lokk o’z davridayoq fuqarolik jamiyatining xavfsizligi va uni muhofaza qilish
institutlari genezisi xaqida fikr yuritar ekan, xalq qonun chiqaruvchi hokimiyat
senat, parlament deb yoki boshqa nomda atash mumkin bo’lgan mushtarak
organ qo’liga berilmaguncha na xavfsizlikka, na xotirjamlikka ega bo’lmagan, na
fuqarolik jamiyatida yashayapman deb his eta olmagan»
4
deb yozgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |