146
nazarda tutilgan holda, konkret etnik muhit doirasida, ijtimoiy jamoalardagi,
oiladagi,
hududiy tartibdagi munosabatlarni etnik xususiyatlari doirasida olib qarab o’rganiladi.
SHuningdek, millatlararo munosabatlarning jamiyat ijtimoiy hayotiga ta`siri va ularning
sotsial oqibatlari tadqiq qilinadi. SHu jihatdan etnosotsiologiyaning jamiyatni
o’rganishdagi ahamiyati kattadir.
Sobiq sovet tuzimi advrida etnosotsiologiya to’laqonli o’z rivojini topmadi.
Turli millatlar, ellatlar, xalqlar va etnik guruhlarning
ijtimoiy taraqqiyotiga bir
tomonlama yondashildi.
Kelajakda ular o’zaro qo’shilib, yaxlit bir sovet xalqi etnik birligi vujudga
keladi, -degan xayolda soxta va noto’g’ri mafkuraviy siyosat yurgizilishi oqibatida har
bir etnik birlikning o’ziga xos boy, go’zal va takrorlanmas qadriyatlari rivojiga siyosiy
tazyiq o’tkazildi. Bunday siyosiy zo’ravonlik oqibatida etnosotsiologiya sotsiologik
nazariya sifatida etarlicha qadrlanmadi.
Sovet davrida muayyan iqtisodiy-siyosiy va mafkuraviy rejim asosida ushlab
turilgan, boshqarilgan milliy munosabatlar hozirda qaytadan, yangi sotsial munosabatlar
asosida tiklanmoqda.
SHu jihatdan, O’zbekistoning ko’p millatli davlat ekanligini
e`tiborda tutgan holda, uning hududida istiqomat qilayotgan millat va xalqlarning
ijtimoiy turmushi, o’zaro aloqasi hamda shu kabi munosabatlarni sotsiologik tadqiq
qilish muhim ahamiyatga ega. Zero, respublika milliy tarkibining o’ziga xosligi uning
farqlantiruvchi xususiyatidir. Etnik tarkibda tub aholi ustun mavqeni egallaydi.
Respublikada yashab turgan aholining 70% dan ko’prog’ini o’zbeklar tashkil qiladi.
Ayni vaqtda, O’zbekiston hududida o’z madaniyati va an`analariga ega bo’lgan yuzdan
ziyod millat vakillari yashaydi. Yaqin o’tmishimizda sodir bo’lgan Farg’ona, Andijon,
O’zgan voqealari qayta takrorlanmasligi uchun, O’zbekistonda bundan keyin ham
millatlararo hamdo’stlikni rivojlantirish, o’zaro ahil bir oila bo’lib yashash talab etiladi.
Prezidentimiz I.A.Karimov boshchiligidagi O’zbekiston
hukumatining asosiy maqsadi
ham Markaziy Osiyo hududida har qanday milliy nizolarning oldini olish va
millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirishdan iborat.
Ayniqsa, hozirgi kunda sotsial – etnik munosabatlar atroflicha sotsiologik
tahlilga muhtojdir. Yangilangan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar asosida etnik guruhlar
o’rtasidagi munosabatlar ham qaytadan tarkib topmoqda. SHundan kelib chiqqan holda,
etnosotsiologiyada ichki va tashqi tadqiq yo’nalishi mavjudligini aytish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: