ziyolilar qatlami
ham salmoqli o’rin tutadi.
Intelligentsiya aqliy mehnat mutaxassislari bo’lib, ijtimoiy-professional guruhlardan
tarkib topmoqda. Jamiyat ijtimoiy tarkibida intelligentsiya aqliy mehnatning jismoniy
mehnatdan ajralib chiqishi oqibatida shakllandi. Hozirda fan, ilmiy-texnika
taraqqiyotining jadal borishi bilan intelligentsiyaning professional malakasi yanada
murakkablashmoqda. Uning tarkibiga ilmiy, ishlab chiqarish-texnik, madaniyat,
ma`rifat, tibbiyot-harbiy va boshqaruv apparati xodimlari kirib keldi.
Ziyolilar tarkibini yana shahar va qishloq, ijtimoiy bandlik sohalari bo’yicha
(ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasida) mehnatning ijodiy xarakteri darajasi,
malaka va boshqa jihatlari bilan farqlash mumkin.
Sobiq ittifoq davrida ziyolilar son jihatidan ortdi-yu, ammo uning sifat darajasi
ancha past bo’lib qolaverdi. CHunki ziyolilar qatlami, avvalambor mehnat xarakteri
bilan belgilanadi. O’tgan davrda oliy ma`lumot olgan qanchadan-qancha kishilar
hozirda ishchi bo’lib yoki tijorat va boshqa sohalarda ishlamoqdalar. Ular ziyolilar
tarkibiga kirmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |