Ўзбекистон Республикаси Олий ва Ўрта махсус таълим вазирлиги Андижон Давлат Университети


Muso Xorazmiyning o`nlik sanoq sistemasini, algoritim va algabira



Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/359
Sana30.01.2022
Hajmi1,44 Mb.
#419158
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   359
Bog'liq
sotsiologiya (1)

Muso Xorazmiyning o`nlik sanoq sistemasini, algoritim va algabira
tushungalarini dunyoda birinchi bo`lib ilim-fan sohasiga joriy etgani va shu
asosda aniq fanlar rivoji uchun o`z vaqtida mustahkam asos yaratgani
umuminsoniy taraqqiyot rivojida qanday katta ahamiyatga ega bo`lganligini
barchamiz yaxchi bilamiz”
5
 
2. Abu Nasr Forobiy (873–950).
U o’zining ko’plab ijtimoiy fikrlari bilan
sotsiologik bilimlar rivojiga katta hissa qo’shdi. Uning «Fozil shahar aholisi
qarashlari haqida kitob», “Ijtimoiy ahloqiy risolalar”, “Falsafiy risolalar” kabi
asarlarida olijanob jamiyat, adolatli tuzum, odil hukmdorlar haqidagi fikr -
mulohazalar bayon etilgan. U o’zi yashagan davrning ijtimoiy tuzumini, uning
ziddiyatlari va bu ziddiyatlarning kelib chiqishidagi muammolarni nazariy
jihatdan tahlil qilishga uringan. Forobiy sotsiologiyaga doir quyidagi o’gitlarni
yozib qoldirgan: 
1) Turli masalalar xususida fikr yuritish, ularning tarkibi, farqi, ehtimoli
va mutloq mulohazalarni tiniq, puxta tahlil etish. 
2) Keskin va mutlaq (ya`ni e`tirozga o’rin qoldirmaydigan) mulohaza
xususida fikr yuritish. 
3) Bir - biriga qarama - qarshi bo’lgan
va bo’lmagan farqli muloha –zalar
xususida fikrlash, ularning qanday holatlarda qarama - qarshi kuchga aylanib
qolishini o’rganish. 
4) Bir - biriga qarama - qarshi bo’lgan fikrlar, mulohazalarning qanday
ko’rinishlarga ega ekanligini qayd etish. 
5) Haqiqiy mezon asosida har bir mulohazaning to’g’ri yoki noto’g’ri
ekanligini tekshirish va ularning qanday ahvoldaligini o’ylab ko’rish. 
5
Karimov I.A.Yuksak ma`naviyat-engilmas kuch.Ikkinchi nashri. T.: « Ma`naviyat », 2010, 41-b 



6) O’zgaruvchan, o’zgarmas va o’zgaruvchi mulohozalarning o’zgarish
ma`no va sabablarini bilib olish. 
7) Ma`lum bo’lgan umumiy fikrdan kelib chiqmaydigan mulohaza 
ko’rinishlari xususida fikrga ega bo’lish. 
8) Fikr – qarashlar ta`rifi, ularning nimalar asosida turishi, tarkib 
topganligini, ehtimolli va mutlaq fikr – qarashlar haqida ilmiy tasavvurlarga ega
bo’lish lozim. 
Demak, har qanday sotsiolog: 
a) ijtimoiy fikr; b) har bir individ fikrini tahlil va sintezdan o’tkazishi
kerak. 
Forobiy fikricha, davlat - ijtimoiy tuzumni boshqaruvchi tashkilot, uni
muvaffaqiyatli boshqarish esa ko’p jihatdan davlat boshlig’i, hokimning
fazilatlariga bog’liq. «Fozillar shahrining birinchi boshlig’i - shu shahar
aholisiga imomlik qiluvchi oqil kishi bo’lib, u tabiatan 12 xislat, fazilatni
o’zida birlashtirgan bo’lishi zarur», deydi. Bular: 
1) hokimning to’rt muchali sog’-salomat bo’lib, o’ziga yuklangan vazifalarni
oson bajarishi lozim
2) nozik farosatli, xotirasi yaxshi, zehnli, fikrini ravshan tushuntira
oladigan, bilim, ma`rifatga havasli bo’lishi; 
3) taom eyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat 
bo’lmasligi, o’zini tiya oladigan bo’lishi va haqiqatni sevadigan, yolg’on va
yolg’onchilarni yomon ko’radigan, oliyhimmat bo’lishi, oliy ishlarga intilishi
zarur; 
4) mol - dunyo ketidan quvmaydigan; 
5) tabiatan adolatparvar, istibdod
va jabr - zulmni yomon ko’ruvchi,
sabotli, jur`atli, jasur bo’lish, qo’rqoqlik va hadiksirashlarga yo’l qo’ymaslik
kabi xislatlardir. 
Forobiy o’z zamonasining qomusiy olimlaridan biri bo’lib, ilk bor
to’liq ilmlar tasnifini yaratdi. Uning «Kitob fi ixso al-ulum va at-ta`rif»
(«Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi») yoki qisqacha nomi «Ixso al-ulum»
(«Ilmlar tasnifi») asarida ilmlar quyidagicha tasnif qilingan: 
1. Til haqidagi.
2. Mantiq. 
3. Riyoziyot. 
4.Tabiiy va diniy ilmlar yoki metafizika. 
5. Shaharlarni
 
boshqarish ilmi yoki siyosat, fikh va kalom ilmlari va h.
k. 



Forobiy «Ilmiy san`atlar haqida» gi risolasida ilmlarning quyidagi tasnifini
keltiradi: 
1. Hayotni tartibga soluvchi va hayotiy ishlar to’g’risidagi ilmlar majmui. 
2. Shariat:
a) Qur`on.
b) Qur`on talqini ilmi. 
v) Payg’ambarlar rivoyatlari ilmi. 
g) Fikh, sunnat va buyurilgan narsalar. 
d) Xutba, va`da berish, fidoyilik ilmlari. 
e) Tushlarni talqin qilish ilmi. 
3. Falsafa. 

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish