103
- biologik ehtiyojlar;
- ijtimoiy ehtiyojlar.
3) Ijtimoiy faoliyatni asoslovchi mexanizmlar:
- ehtiyojlar;
- qadriyatlar;
- manfaatlar va ularning o’zaro ta`siri;
4) Ijtimoiy nazorat.
5) Sanktsiyalar.
6) Ijtimoiy buyruq.
7) O’z-o’zini nazorat.
8) Tashqi nazorat.
9) Jamoatchilik fikri.
10) Deviant (jinoiy bo’lmagan) fe`l-atvor.
11) Delinkvent (jinoyi) fe`l-atvor.
12) Shaxsning muhim ijtimoiy-psixologik xislati - o’z-o’zini anglash kabilardir.
Umuman, ijtimoiy muhit ta`siri ostida shaxsning shakllanish
jarayonini tasvirlash
uchun «ijtimoiylashuv» tushunchasi XIX asr oxirida - paydo bo’ldi. Ijtimoiylashuv
deganda, shaxsning o’z hayoti mobaynida o’zi mansub bo’lgan jamiyatning ijtimoiy
me`yorlari
va
madaniy
qadriyatlarini
o’zlashtirish
jarayoni
tushuniladi.
«Ijtimoiylashuv» tushunchasi «shaxsni tarbiyalash», «shaxsni shakllantirish»
tushunchalari bilan chambas bog’liq, biroq u kengpoq tushuncha bo’lib, insonga barcha
mumkin bo’lgan ta`sirlarni qamrab olishga imkon beradi.
Siyosiy ijtimoiylashuv individ tomonidan o’zining siyosatga qo’shiluvini
ta`minlovchi siyosiy bilimlarni,
qadriyatlarni, me`yorlarni, qoidalarni, xatti-harakat
odobini o’zlashtirish jarayonidan iboratdir.
XX asr 90-yillarning boshlarida siyosiy ijtimoiylashuv jarayoniga hokimiyat
muassasalariga ishonchning yo’qolishi, ularni siyosatda
shaxsan qatnashishni
istamaslik, buzg’unchilik, siyosiy norozilikning qo’poruvchilik usullari katta ta`sir
ko’rsatib keldi. Rasmiy siyosat ko’pincha ko’pchilik kishilar uchun ma`naviy tayanch
bo’lmay qolgan edi.
Turmush tarzidagi, ijtimoiy muhitdagi o’zgarishlar shaxs mavqeyni ancha
murakkablashtirdi. Iqtisodiy jarayon xarakterida jiddiy o’zgarishlar yuz berdi. YAngi
texnologiyalarning joriy qilinishi jiddiy o’zgarishlarga olib kela boshladi. O’tmishda
siyosiy ijtimoiylashuv ikki tamoyil qarama-qarshiligi asosida kechdi:
1) Shaxsning
ijtimoiy rivojlanishiga, uning siyosatda faol qatnashishiga jiddiy
ijtimoiy ehtiyoj borligi ma`lum bo’ldi.
2) Ikkinchi tomondan inson hokimiyatdan, uning tashkilotlaridan siyosiy
begonalashuvga olib kelgan edi.
Shaxsning dastlabki ijtimoiylashuvi uning kelib chiqishi bilan bog’liq.
Inson
ongiga oila katta ta`sir ko’rsatadi. Mashg’ulot turi, turmush darajasi, ma`lumoti, siyosiy
yo’nalishi kabi omillar ta`sir qiladi.
Siyosiy ongni qayta qurish
ko’pincha ilgarigi qoidalarni o’zgartirish natijasida yuz
beradi. Siyosiy ong shakllanishida:
Siyosiy madaniyat o’sishi:
- turli, siyosiy tashkilotlar faoliyati;
- ommaviy axborot voistalari;
104
- norasmiy guruhlar;
- korxona jamoatlari;
- uyda yashovchilar;
- siyosiy partiyalar;
- kasaba
uyushmalari;
- yoshlar tashkilotlari katta ta`sir ko’rsatadi.
Siyosiy ijtimoiylashuvda mafkura katta rol o’ynaydi. SHaxs siyosiy
ijtimoiylashuvida siyosiy ong tuzilishi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- ehtiyojlar va ijtimoiy kuzatishlar tizimini shakllantirish;
- o’z ijtimoiy guruhini
tenglashtirish;
- o’z manfaatlarini anglash;
- siyosiy faoliyat imkoniyatlariga
baho berish;
- ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar va dasturlar tizimini qabul kiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: