Ўзбекистон Республикаси Олий ва Ўрта махсус таълим вазирлиги Андижон Давлат Университети


Sotsial dinamika vertikal (yuqori va pastga) va gorizontal (ya'ni, parallel



Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/203
Sana27.04.2022
Hajmi1,44 Mb.
#584910
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   203
Bog'liq
Ўзбекистон Республикаси Олий ва Ўрта махсус таълим вазирлиги Анд

Sotsial dinamika vertikal (yuqori va pastga) va gorizontal (ya'ni, parallel 
tomonga) yo‘nalishi ro‘y berishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan barcha sotsial 
dinamika turlarini vertikal va gorizontal yo‘nalishda tekshirish mumkin. Jumladan, 
sotsial-sinfiy struktura elementlari harakati sotsial stratifikatsiya yondashuvi asosida 
qaralganda buni yaqqol ko‘rish mumkin. Sotsial stratifikatsiya (lot. strato — to’shama, 
qatlam) sotsiologiya tushunchasi bo‘lib, bu tushuncha umuman jamiyatning, ayrim 
sotsial guruhlarining tarkibini, ularning eng turli-tuman belgilariga: daromadi, malakasi, 
ma'lumoti va hakozo darajasiga qarab odatda ierarhiya (yuqori va quyi) tarzda 
joylashgan ijtimoiy qatlamlariga bo‘linishini tavsiflaydi. Funksionalizm nuqtai 
nazaridan, sotsial stratifikatsiya tizimi jamiyatdagi sotsial rol va mavqelarning 
differentsiyasi bo‘lib, u har qanday jamiyatning ob'ektiv ehtiyojidir. Sotsial 
stratifikatsiya, bir tomondan, mehnat taqsimoti va sotsial differentsiatsiyaning, ikkinchi 
tomondan esa, jamiyatda hukmron bo‘lgan u yoki bu faoliyatning ahamiyatini, mavjud 
sotsial tengsizlikni qonunlashtiradigan qadriyatlar va madaniyat standartlarning 
natijasidir. Funksionalizm nazariyasida sotsial stratifikatsiya nazariyasining amaliy 
ahamiyati sotsial integratsiya talab va ehtiyojlari bilan asoslantiriladi. Sotsial 
stratifikatsiyaning «amaliy» ahamiyati shundaki, u turli xil rag‘batlantirish vositalari 
orqali sotsial rollarning aniq tushunilishi va bajarilishiga xizmat qiladi. 
Hozirgi zamon sotsiologiyasida, stratalarning yagona ta'rifini hamma sotsiologlar 
so‘zsiz tan oladigan definitsiyani topish qiyin. Biroq, aksariyat tadqiqotchilar uchun 
umumiy bo‘lgan tomon ham bor. Bu stratalar o‘rtasidagi vertikal aloqalarning o‘ziga 
xos «lift» va «eskalatorlar» amalga oshuvidir. Jamiyatning turli sohalarida stratalardan 
stratalarga harakatni ko‘rish mumkin. Masalan, iqtisodiyot sohasida — har bir odam 
millioner bo‘lishi mumkin; siyosatda — yirik siyosiy mansabga erishish mumkin
armiyada — har bir askar general bo‘lishi mumkin; diniy faoliyat sohasida — oliy diniy 
martabaga ko‘tarilish imkoniyati mavjud; fan — bu faoliyatning nisbatan zoe ketadigan 
sohasi bo‘lib, biroq bunda ilgarilash mumkin; nikoh orqali — foydali nikob vositasida 
jamiyatning eng yuqori pog‘onalariga goyat tez ko‘tarilishi mumkin. Kishilarning 
sotsial zinapoyadagi yuqoriga qarab siljishga intilish — ijtimoiy taraqqiyot
harakatlantiruvchi kuchidir. Odam bir vaqtning o‘zida bir strataga kirishi mumkin. Bu 
stratalar institutsional, norasmiy mezonlar asosida ajratib ko‘rsatilishi mumkin ularga 
mos bo‘lgan sotsiodinamika ham mavjud. Aytaylik, ma'lum bir odam iqtisodiy tizimda 
tobe mavqeni egallashi, boshqa tizimda (qiziqishlar bo‘yicha klubda, futbol klubida va 
hakozo hukmron bo‘lishi mumkin. 
Hozirgi zamon demokratik-huquqiy jamiyatlarda va jamoatchilik fikri munosabati 
g’oyat dolzarb hisoblanadi. Hokimiyat va jamoatchilik fikri sotsiodinamikasi — 
hokimiyat saylovi oldidan nomzodlar, ularning dasturlarini baholashni saylovchilar 
e'tibori qarorlarni tanlashning mexanizmini o‘rganishga yordam beradi. Kishilarning 
saylov kompaniyasi davridagi faoliyatini belgilovchi sabablar ierarhal zanjir: mamlakat 
tashqi va ichki muammolari, siyosiy an'analar, mikroguruhlar, birlamchi jamoalar 
tazyiqi o‘rganiladi. 


161 

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish