Xulosa Mahalla O‘rta Osiyoda shaharlardagi hududiy-ma’muriy birlik hisoblanadi, bu tizim bizga qadimdandan meros hisoblanadi. Arablar o’lkamizni fath qilishi hamda islom vujudga kelganidan ancha yillar shakllangangan mahalla ma’lum hududda yashovchi odamlar jamoasi hisoblanib, unda insonlar faqat qo‘shnichilik munosabatlari bilan bog’lanishmagan. Balki yuzlab yillar davomida shakllangan urf-odatlar, ma‘naviy-axloqiy normalar, ichki tartib-qoidalar va an‘analar bilan belgilangan. SHuning sababli ham undan minglab kishilarni faol ijtimoiy hayotga jalb etishning samarali vositasi sifatida foydalanish lozim.
Mustaqillikning ilk yillaridada o’zini - o’zi boshqarish organlarini is loh qilish o’zining samarasini ko’rsatdi. Mahallalar yurtimiz fuqarolarini o’zini - o’zi boshqarish faoliyatidada qatnashishlari, shuningdek, qarorlar qabul qilishda fuqarolarning manfaatlarini inobatga olishga zamin yaratishi bilan fuqarolik jamiyatining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Hozirda muhtoj oilalarni aniqlash, o’rganish va ularga amaliy ko’mak berish kabi vakolatlari ham deyarli mahallalarga berilgan. Shu bilan birga, mahallalarda istiqonat qiluvchi oilalarni mustahkamlash choralarini ishlab chiqish, mahallaning tinchligi hamda osoyishtaligini ta’minlash, yetimlar, ijtimoiy ahvoli o’gir va yolg’iz fuqarolarga mehr-muruvvat ko’rsatish kabi sertarmoq jamoaviy boshqaruv ham mahalla fuqarolar yig’inlari faoliyatining asosiy yunalishini tashkil etmoqda. Lekin shu bilan birga mahalla institutini demokratlashtirish jarayoni hali davom etamoqda. Ayniqsa, siyosiy qarorlar qabul qilishda mahallalarning rolini mustahkamlsh, mahalla ahlining huquqiy-siyosiy madaniyatini oshirish, fuqarolarni mahallalar vositasida qonunlar ishlab chiqish va qabul qilish jarayonlaridagi umumxalq muhokamalaridagi faol ishtirokini ta’minlash, mahallalarni mahalliy davlat hokimiyati organlaridan to’la mustaqil bo’lishini ta’minlaydigan huquqiy mexanizmlar yaratish yaqin istiqboldagi islohotlarning asosiy vazifasidir.
Mavzuni o’rganish natijasida quyida xulosa va takliflar shakllantirildi:
Birinchidan, mahallaning vujudga kelishi O’rta Osiyoda ilk davlatlar vujudga kelishi bilan bir davrda bo’lgan hamda davlatchilik taraqqiyoti bilan shakllanib kelgan.
Ikkinchidan, fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida mahalla institutining huquqiy asoslari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, Oliy Majlis qabul qilgan qonunlarda, Vazirlar mahkamasi va Prezidentning qabul qilgan qarorlarida ifodasini topgan.
Uchinchidan, fuqarolarning o’zini o’zni boshqarish organlarining davlat va jamiyat taraqqiyoti omili ekanligi dunyoda tan ingan.
Turtinchidan, mahallalarning bugugi kundagi o’rni va rolidan kelib chiqqan holda hukumatimiz ham mahallani davlatning yuzi bo’lishini inobatga olib ularning memoriy qiyofasini yangicha ko’rinishga keltirish, mahalla ahlining turmush madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Obod qishloq” va “Obod Mahalla” dasturlarining ahamiyati beqiyosdir.
Beshinchidan, O’zbekistonda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish institutining roli beqiyos. Masalan, bir mahallada yo’lning holati qatnov uchun yaroqsizligi, bu yo’l mahalla ahamiyatiga molik asosiy yo’l ekanligidan kelib chiqib mahalla fuqarolar yig’ini raisi bu yo’lni ta’mirlash to’g’risida qaror qabul qildi. Lekin hozirgi kunda masullar bu qarorni inobatga olishmaydi. Vaholangki, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonunning 19-moddasida Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ularning mansabdor shaxslarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari tegishli hududda yashovchi fuqarolar, tegishli hududda joylashgan yuridik shaxslar, shuningdek ularning mansabdor shaxslari tomonidan ijro etilishi uchun majburiyligi belgilangan.
2. Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari to’g’risidagi qonunning 11-moddasida kommunal xizmatlari haqini to‘lashda yordam ko‘rsatish uchun ixtiyoriylik asosida jismoniy shaxslardan mablag‘ yig‘ish, yuridik shaxslarning mablag‘laridan shartnoma asosida foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi99 deya belgilangan. Ammo, hozirgi kunda elektr energiya tarmog’i, gaz tarmog’i, har xil soliqlar bormi barchasining yig’imlarini yig’ish mahalla zimmasiga tushmoqda.
3. Mahalla raisi oqsosolining savlovida savlovda qatnashuvchilar soni hali hanuz kamligicha qolmoqda. “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni № OʻRQ—499 ga asosan saylovda ishtirok etish huquqiga ega bo’lgan fuqarolarning minimal 12% deb belgilangan. Bu kamchilik aholini esa nomzodlarning qarindoshlari, qo’ni-qo’shnilari va tanishlari tashkil etishi natijasida saylovda tarafkashlik, mahalliychilik unsurlari saqlanib qolmoqda.
Yuqoridagi muammolardan kelib chiqib quyidagi takliflarni beraman:
Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning tegishli moddasiga fuqarolar yig’inlari qarorini bajarmaganlik uchun aniq jazo choralari belgilanishini taklif qilinadi.
Mahallani har xil soliq va kommunal to’lovlarni yig’ish ishlarini yengillashtirish va ularga ko’maklashish borasida kommunal idoralar vakillarining faolligini oshirish hamda ularning huquqiy savodxonligini oshrishni taklif qilaman.
“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni № OʻRQ—499 ga asosan saylovda ishtirok etish huquqiga ega bo’lgan fuqarolarning minimal 12% deb emas, balki buni 30-40% gacha ko’tarishni taklif qilaman. Shuningdek saylov barcha mahalla ahlini qamrab olishi uchun elektron platformada ovoz berish yo’lga qo’yilsa 50-70% saylovchi saylovda qatnashishi uchun sharoit yaratilar edi.