Ўзбекистон республикаси олий ва ўрата махсус таълим вазирлиги солиқ академияси


Davlatning iqtisodiyotga ta’sir qilish usullari



Download 5,97 Mb.
bet37/43
Sana08.02.2017
Hajmi5,97 Mb.
#2113
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   43

3. Davlatning iqtisodiyotga ta’sir qilish usullari

va vositalari.
Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullarni umumlashtirib quyidagicha guruhlash mumkin:

  • bevosita ta’sir qilish usullari;

  • bilvosita ta’sir qilish usullari;

  • tashqi iqtisodiy usullar.

Markazdan boshqarish tartibi ustun bo’lgan mamlakatlarda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvida bevosita ta’sir qilish usullari ustun bo’lsa, bozor iqtisodiyoti esa birinchi navbatda iqtisodiy jarayonlarni bilvosita tartibga solish bilan bog’langan. Shu bilan birga barcha mamlakatlarda iqtisodiyotning davlat sektori mavjud. Davlat sektorini boshqarish mulkchilikning davlat shakliga asoslanib, u asosan quyidagi uchta yo’l orqali shakllanadi:

1) ishlab chiqarish vositalari egalariga ‘ul yoki qimmatli qog’ozlar bilan tovon to’lash orqali mulkni milliylashtirish;

2) davlat byudjeti mablag’lari hisobiga yangi korxonalar, ba’zi hollarda yaxlit tarmoqlarni bar’o etish;

3) davlat tomonidan xususiy kor’orastiyalarning akstiyalarini sotib olish va aralash davlat-xususiy korxonalarini tashkil etish.

Hozirda so’nggi uchinchi yo’l ustun ravishda amal qilmoqda.

Davlat xilma-xil shakldagi ka’italga egalik qiladi, kreditlar beradi, korxonalarga mulkdor hisoblanadi. Bu davlatning ijtimoiy ka’italning bir qismiga egalik qilishiga olib keladi.

Davlat iqtisodiyotni bevosita tartibga solishda ma’muriy vositalardan foydalanadi. Ma’muriy vositalar davlat hokimiyati kuchiga tayanadi va taqiqlash, ruxsat berish va majbur qilish xususiyatidagi tadbirlarni o’z ichiga oladi.

Tartibga solishning ma’muriy vositalaridan foydalanilganda yaxlit takror ishlab chiqarish jarayoni yoki uning alohida tomonlarini to’g’ridan-to’g’ri tartibga solish ko’zda tutiladi. Ayniqsa ishlab chiqarish tanazzulga uchragan davrda iqtisodiyotga bilvosita ta’sir qilish tadbirlari kam samarali bo’lib, ma’muriy vositalardan foydalanishga ustunlik beriladi. Bu usullardan quyidagilarni alohida ko’rsatish mumkin:



a) iqtisodiyotning ayrim bo’g’inlari – trans’ort, aloqa, atom va elektr energetikasi, kommunal xizmat va boshqa sohalarni bevosita boshqarish. Bunda davlat mulk sohibi va tadbirkor sifatida o’ziga qarashli korxona va tashkilotlar iqtisodiy hayotida faol qatnashadi. Davlat tadbirkorligi, ma’lum doirada amal qilib, ko’’incha texnologiya sharoiti xususiy ka’ital uchun qulay bo’lmagan korxonalar doirasi bilan cheklanadi. Davlat tadbirkorligi bir tomondan, ma’lum sharoitlarda iqtisodiy o’sish uchun zarur bo’lsa, ikkinchi tomondan vaqt o’tishi bilan samarasiz bo’lib qolishi ham mumkin. Bunday holda ular xususiy tadbirkorlik ob’ektiga aylantiriladi.

Res’ublikada «iqtisodiyotni erkinlashtirishdagi bosh vazifa – eng avvalo, davlatning boshqaruvchilik vazifalarini-funkstiyalarini qisqartirish uning korxonalar xo’jalik faoliyatiga, birinchi galda xususiy biznes faoliyatiga aralashuvini cheklash»93 hisoblanadi;



b) narxlar va ish haqini «muzlatib» qo’yish siyosati. Bu iqtisodiyotga aralashishning antiinflyastion tadbirlari hisoblanib, inflyastiyani yumshatishga qaratiladi. Mazkur siyosatni yuritishda narxlar va ish haqini oshirish qonun bilan taqiqlandi yoki ma’lum doira bilan cheklanadi. Antiinflyastion tadbirlar orqali inflyastiya darajasini ‘asayishi investistiyalarga rag’bat beradi;

v) ish bilan bandlik xizmati faoliyati (mehnat birjalari)ni tashkil qilish. Davlat bu faoliyatni tashkil qilish bilan ishsizlikni qisqartirish choralarini ko’radi. Ularni zarur kasblarga qayta tayyorlaydi, ish bilan ta’minlanmaganlarga nafaqa beradi, muhtojlarga yordam ko’rsatadi;

g) iqtisodiy sohani tartibga solishni ko’zda tutuvchi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish (mono’oliyaga qarshi qonunchilik, tadbirkorlik to’g’risidagi, bank sohalari, qimmatli qog’ozlar bozorining faoliyatini tartibga solishni ko’zda tutuvchi qonunlar). Masalan, Ўzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 18 iyuldagi «Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari tўg’risida» gi 4455-sonli Farmoni orқali mamlakatda tadbirkorlik faoliyatni yanada kengroқ rivojlanishiga turtki berildi. Farmonning mazmun mohiyati қuyidagicha:

Ishbilarmonlik muhitining hozirgi holati, biznesni yuritish shart-sharoitlari erkin bozor iқtisodiyoti talablari va tamoyillariga, umum қabul қilingan xalқaro mehyor va standartlarga hali tўliқ darajada mos kelmayotganligi, byurokratik tўsiқ va g’ovlarga barham berilmayotganligi Farmonda қayd etildi.

SHuningdek, Farmonda ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun eng қulay shart-sharoitlarni yaratish maқsadida bir қator muhim vazifalar va mehyorlar belgilandi.

Yahni:


2012 yil 1 avgustdan boshlab, tadbirkorlik faoliyati uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga yўnaltirilgan aniқ 22 ta mehyor va tadbirlar joriy қilindi;

- қonunchilikni takomillashtirish va ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilashga hamda tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berishga yўnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish bўyicha 2013-2014 yillarda joriy etiladigan kompleks chora-tadbirlar Dasturi tasdiқlandi.



Jumladan, 2012 yil 1 avgustdan boshlab:

Davlat soliқ қўmitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi tomonidan elektron raқamli imzoni berganlik uchun tўlov eng kam ish haқining 20 foizidan 10 foiziga tushirildi;

- xўjalik yurituvchi subhektlarning hisob raқamlaridan soliқ va boshқa majburiy tўlovlarni undirilishida, sud қarorlari asosida sud ijrochilari tomonidan xuddi shu қarzdorlikni undirish bўyicha inkasso talabnomalari қўyilgan bўlsa, soliқ organlari tomonidan қўyilgan inkasso topshiriқnomalarining ijrosi bekor қilinadigan bўldi.

Farmon bilan 2013 yilning 1 yanvaridan boshlab tadbirkorlik subhektlari tegishli davlat va xўjalik boshқaruvi organlarida bir қator tartib-taomillarni ўz xohishlariga kўra elektron shaklda amalga oshirish huқuқiga ega bўlishi kўzda tutildi:

- bank hisobvaraқlariga masofadan turib xizmat kўrsatish tizimi, shu jumladan “Internet-banking” tizimi orқali soliқlarni va boshқa majburiy tўlovlarni tўlash;

- yuklarni bojxonada rasmiylashtirishda tadbirkorlik subhektlari tomonidan tovarlarni deklaratsiya қilish;

- “bir oyna” tamoyili bўyicha yuridik shaxslarning kўchmas mulkka bўlgan egalik huқuқlarini rўyxatga olish;

- tadbirkorlik subhektlarining dahvo arizalari va iltimosnomalarini xўjalik sudlariga berish shular jumlasidandir.

Tijorat banklariga, tўlovlarni elektron shaklda amalga oshiruvchi kichik tadbirkorlik subhektlarining hisobvaraқlariga xizmat kўrsatganlik uchun undiriladigan tўlov miқdorini kamida 20 foizga kamaytirish tavsiya etildi.

SHuningdek, 2013 yil 1 yanvardan boshlab, umumbelgilangan soliқlarni tўlovchi mikrofirma va kichik korxonalarni (aktsizosti tovarlar ishlab chiқaruvchi va foydali қazilmalar қazib oluvchi yer қahridan foydalanganlik uchun soliқ tўlovchilardan tashқari) davlat maқsadli jamg’armalariga majburiy ajratmalar tўlovchilari toifasidan chiқarilishi belgilandi.


Xulosa shuki, bozor munosabatlarining rivojlanishi qonun yo’li bilan kafolatlanadi, turli mulk shakllarining daxlsizligi ta’minlanadi, mono’oliyalarga yo’l berilmaydi va erkin raqobatga sharoit yaratiladi.

Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga ustunlik beriladi. U davlatning ‘ul-kredit va byudjet siyosatida o’z ifodasini to’adi.

ul-kredit siyosatining asosiy vositalari quyidagilardan iborat bo’ladi:


  • hisob stavkasini tartibga solish;

  • moliya-kredit muassasalalarining Markaziy bankdagi zahiralari minimal hajmini o’rnatish va o’zgartirish;

  • davlat muassasalarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi o’erastiyalari (davlat majburiyatlarini chiqarish, ularni sotish va to’lash).

Davlat bu dastaklar yordamida moliya bozorida talab va taklif nisbatini kutilgan yo’nalishda o’zgartirishga harakat qiladi. Jumladan, ssudaga beriladigan ‘ul miqdorini o’zgartirish uchun foiz stavkasi vositasidan foydalanadi. Davlat kreditga bo’lgan talab va taklifni markaziy bank orqali quyidagi yo’llar bilan o’zgartiradi.

Birinchidan, davlat markaziy bank ehtiyojlari orqali banklar mablag’larining qarzga beriladigan va zahirada turadigan qismlari ulushini o’zgartiradi. Natijada qarzga beriladigan ‘ul miqdori o’zgaradi, ya’ni uning taklifi oshsa, foiz kamayadi, aksincha u kamaysa, foiz oshadi. Foizning kamayishi kredit olishga intilishni kuchaytiradi va bu investistiya faolligi orqali iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradi.

Ikkinchidan, Markaziy bank boshqa banklarga ‘ast foiz stavkasida qarz berib, ularning kreditlash ishida faol qatnashib, iqtisodiy o’sishiga ta’sir qilishini ta’minlaydi.

Uchinchidan, davlat markaziy bank orqali xazina majburiyatlarini tarqatadi, o’z obligastiyalarini sotadi yoki qimmatli qog’ozlarini sotib oladi. Natijada taklif etilgan ‘ul miqdori o’zgarib, bu foizga ta’sir etadi. Davlatning ‘ulga bo’lgan talab va taklifini o’zgartirish borasidagi siyosati monetar siyosat deb yuritiladi.

Davlat byudjet siyosati uning daromadlar va harajatlar qismini o’zgartirishga qaratiladi. Davlat xarajatlarini qo’lash uchun moliyaviy mablag’larni jalb qilishning eng asosiy dastagi soliqlar hisoblanadi. Ulardan xo’jalik sub’eklari faoliyatiga va ijtimoiy barqarorlikga ta’sir ko’rsatishda xam keng foydalaniladi.

Soliqlar yordamida davlat tomonidan tartibga solish tanlangan soliq tizimiga, soliq stavkasi darajasiga hamda soliq turlari va soliq to’lashda berilgan imtiyozlarga bog’liq bo’ladi.

Davlat iqtisodiyotni tartibga solish vositasi sifatida byudjet xarajatlaridan ham foydalanadi.

Bunga birinchi navbatda, davlat kreditlari, subsidiyalari va kafolatlari, hamda xususiy sektordan tovarlarni sotib olishga qilinadigan sarflar misol bo’ladi.

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda asosiy ka’italga hisoblanadigan jadallashgan amortizastiya ajratmalari alohida rol o’ynaydi. U hozirgi sharoitda jamg’arish va iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarni rag’batlantirishning asosiy vositasi hamda iqtisodiy stikli va bandlikka ta’sir ko’rsatuvchi muhim dastak hisoblanadi.

Iqtisodiyotni tartibga solishda davlat ka’ital qo’yilmalari muhim rol o’ynaydi. Jumladan, bozor kon’yunkturasi yomonlashgan, turg’unlik yoki inqiroz sharoitida xususiy ka’ital qo’yilmalar qisqaradi, davlat investistiyalari esa odatda o’sadi. Shu orqali davlat ishlab chiqarishda tanazzul va ishsizlikning o’sishiga qarshi turishga harakat qiladi.

Davlat ka’ital qiymatlari iqtisodiyot tarkibiy tuzilishidagi o’zgarishlarda ham sezilarli o’ringa ega bo’ladi, masalan, davlat xususiy ka’italining oqib kelishi etarli bo’lmagan mintaqalar, tarmoqlar yoki faoliyat sohalarida yangi ob’ektlar qurish va eskilarini qayta qurollantirish orqali iqtisodiyot tarkibiy tuzilishiga ta’sir ko’rsatadi. Bulardan tashqari davlat ka’ital qo’yilmalari ilmiy-tadqiqot ishlarida, kadrlar tayyorlashda, tashqi savdo va chetga ka’ital chiqarishda ham katta rol o’ynaydi.

Shuningdek, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish bir qator shakllarini ham ajratib ko’rsatish mumkin:



  • davlat iqtisodiy dasturlarining ishlab chiqilishi;

  • ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-tadqiqot konstruktorlik ishlanmalari, ixtirolarni davlat tomonidan rag’batlantirish hamda iqtisodiyotdagi ijobiy tarkibiy siljishlarni ta’minlash;

  • investistiya jarayoni va iqtisodiy o’sishni davlat tomonidan tartibga solish;

  • ishchi kuchi bozorga davlat tomonidan ta’sir ko’rsatish;

  • qishloq xo’jaligini davlat tomonidan tartibga solish va boshqalar.

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning oliy shakli davlat iqtisodiy dasturlari hisoblanadi. Uning vazifasi tartibga solishning barcha usuli va vositalaridan kom’leks foydalanishdan iborat.

Iqtisodiy dasturlar o’rta muddatli, favquloddagi va maqsadli bo’lishi mumkin. O’rta muddatli umumiqtisodiy dasturlar odatda besh yilga tuziladi. Favquloddagi dasturlar tig’iz vaziyatlarda, masalan, inqiroz, ommaviy ishsizlik va kuchli inflyastiya sharoitlarida ishlab chiqilib, qisqa muddatli xususiyatga ega bo’ladi. Bunday maqsadli dasturlarning ob’ekti tarmoqlar, mintaqalar, ijtimoiy sohalar va ilmiy tadqiqotlarning har xil yo’nalishlari bo’lishi mumkin.

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish tashqi iqtisodiy usullar yordamida ham amalga oshiriladi. Bunda maxsus vosita va dastaklar orqali mamlakatning tashqi dunyo bilan amalga oshiriladigan xo’jalik aloqalariga bevosita ta’sir ko’rsatiladi.

Tovarlar, xizmatlar, ka’ital va fan-texnika yutuqlari eks’ortini rag’batlantirish tadbirlari, eks’ortni kreditlash, chet ellardan investistiyalar va eks’ort kreditlarini kafolatlash, tashqi iqtisodiy aloqalarga cheklashlar kiritish yoki bekor qilish, tashqi savdoda boj to’lovlarini o’zgartirish, mamlakat iqtisodiyotiga chet el ka’italini jalb qilish yoki cheklash bo’yicha tadbirlar, mamlakatga chetdan ishchi kuchini jalb qilish, xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda va davlatlararo uyushmalarda qatnashish mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga solishning asosiy vositalaridir.

Shunday qilib, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning qarab chiqilgan barcha ichki va tashqi iqtisodiy usullari (vosita va dastaklari) birgalikda milliy iqtisodiyotdagi takror ishlab chiqarish jarayoniga va mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalariga o’z ta’sirini ko’rsatadi.

Xulosalar
1. Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan tizimdan bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida davlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvi uning milliy iqtisodiyotda bozor vositasida o’zini-o’zi tartibga solish orqali bajarish mumkin bo’lmagan yoki samarali ravishda amalga oshirib bo’lmaydigan vazifalarni o’z zimmasiga olishi; bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va iste’molning xususiy tavsifi keltirib chiqaruvchi salbiy oqibatlarni bartaraf etish zarurligi; iste’molchilarning manfaatlarini himoyalash; bozorning tabiatidan kelib chiqadigan ayrim holatlarni qisman engillashtirish, jumladan, aholining kam ta’minlangan qatlamining turmush darajasi haqida g’amxo’rlik qilish, be’ul (yoki imtiyozli) bilim berish, tibbiy xizmat ko’rsatish va shu kabilarni o’z zimmasiga olishi; hozirgi sharoitda barqaror, izchil iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish vazifasini ham o’z zimmasiga olishi orqali izohlanadi.

2. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta’minlovchi, umumiy iqtisodiy muvozanatga erishishga yo’naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bo’yicha davlatning faoliyati tushuniladi.

3. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi uning vazifalari orqali ifodalanib, ular asosan bozor tizimining amal qilishini engillashtirish va himoya qilish, iqtisodiyotni tartibga solishning umumiy tamoyillaridan kelib chiqadi, ya’ni: bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug’diruvchi huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta’minlash; raqobatni himoya qilish; daromad va boylikni qayta taqsimlash; resurslarni qayta taqsimlash; iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya’ni iqtisodiy tebranishlar vujudga keltiradigan inflyastiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish.

4. Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bevosita va bilvosita ta’sir qilish usullari hamda tashqi iqtisodiy usullardan foydalanadi. Tartibga solishning bevosita ta’sir qilish usullari foydalanilganda yaxlit takror ishlab chiqarish jarayoni yoki uning alohida tomonlarini to’g’ridan-to’g’ri, ma’muriy tartibga solish ko’zda tutiladi. Bu usullar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: iqtisodiyotning ayrim bo’g’inlari – trans’ort, aloqa, atom va elektr energetikasi, kommunal xizmat va boshqa sohalarni bevosita boshqarish; narxlar va ish haqini «muzlatib» qo’yish siyosati; ish bilan bandlik xizmati faoliyati (mehnat birjalari)ni tashkil qilish; iqtisodiy sohani tartibga solishni ko’zda tutuvchi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish va h.k.

5. Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga ustunlik beriladi. U davlatning ‘ul-kredit va byudjet siyosatida o’z ifodasini to’adi. ‘ul-kredit siyosatining asosiy vositalari quyidagilardan iborat bo’ladi: hisob stavkasini tartibga solish; moliya-kredit muassasalalarining Markaziy bankdagi zahiralari minimal hajmini o’rnatish va o’zgartirish; davlat muassasalarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi o’erastiyalari (davlat majburiyatlarini chiqarish, ularni sotish va to’lash). Davlat byudjet siyosati uning daromadlar va harajatlar qismini o’zgartirishga qaratilib, bu usulning eng asosiy dastagi soliqlar hisoblanadi.
Asosiy tayanch tushunchalar:
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish - qonunchilik, ijro va nazorat qilish xususiyatidagi tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi - iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy tizimni mustahkamlash va uni o’zgarib turuvchi sharoitga moslashtirishga qaratiladi.

Davlatning iqtisodiy vazifalari - iqtisodiy tizimning amal qilishiga shart-sharoit yaratish va iqtisodiyotni tartibga solish hamda iqtisodiy o’sishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlardan iborat bo’ladi.

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning usullari - tartibga solishning ma’muriy va iqtisodiy vositalari birligi.

Bevosita usullar - iqtisodiyotni tartibga solishning ta’qiqlash, ruxsat berish va majbur qilish xarakteridagi ma’muriy vositalari.

Bilvosita usullar - iqtisodiyotni tartibga solishning iqtisodiy vosita va dastaklari.



Takrorlash uchun savol va to’shiriqlar.


  1. Davlatning iqtisodiyotdagi roliga turlicha qarashlarini baholang?

  2. Davlat asosiy iqtisodiy vazifalarini sanab chiqing va ularning qisqacha tavsifini bering?

  3. Bozor iqtisodyoti sharoitida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning zarurligini nima taqozo qiladi? Tartibga solish o’z oldiga qanday maqsad va vazifalarni qo’yadi?

  4. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning bevosita va bilvosita usullariga tavsif bering. Tartibga solishning ma’muriy va iqtisodiy vositalarini sanab ko’rsating.

  5. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda davlat sektori qanday rol o’ynaydi? Davlat iqtisodiy dasturlari qanday amalga oshiriladi?


26-MAVZU. AHOLI DAROMADLARI VA DAVLATNING

IJTIMOIY SIYoSATI

Reja:

1. Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi va uning ko’rsatkichlari

2. Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash.

3. Davlatning ijtimoiy siyosati. O’zbekistonda ijtimoiy siyosatning asosiy yo’nalishlari.
Bundan oldingi boblarda turli korxonalar, davlat, jismoniy va huquqiy shaxslarning daromadlari va ularning shakllari haqida tushunchalar berilgan edi.

Bu bob esa aholi daromadlarining iqtisodiy mazmuni, turlarini bayon qilish hamda uning darajasini belgilab beruvchi asosiy omillarni qisqacha tavsiflash bilan boshlanadi. Keyin bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligining asosiy sabablarini ko’rib chiqiladi. Daromadlar tengsizligi borasida bildirilgan fikrlar tahlil qilinib, tengsizlik va samaradorlik o’rtasidagi nisbat ko’rsatib beriladi. Bob kambag’allik muammosi, aholi daromadlarining etarli darajasini ta’minlash bo’yicha davlat dasturlarini qarab chiqish bilan yakunlanadi.


1. Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi

va uning ko’rsatkichlari
«Daromad» iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko’rsatkich bo’lib, u serqirra va murakkab mazmunga ega hisoblanadi. Chunki, daromad bir vaqtning o’zida biron-bir faoliyat natijasida olingan tushumni, ‘ul mablag’larini, natural ko’rinishda olingan mahsulotlarni, iqtisodiy resurslar keltiruvchi nafni va boshqa tushunchalarni ifodalashi mumkin. Shuningdek, daromad umumiy tushuncha bo’lib, uning tarkibida aholi daromadlari muhim o’rin tutadi.

Aholi daromadlari ma’lum vaqt oralig’ida (masalan, bir yilda) ular tomonidan olingan ‘ul va natural shakldagi tushumlar miqdorini anglatadi.

Iqtisodiy adabiyotlarda aholi daromadlarining tarkibiy tuzilishi turlicha ko’rsatiladi. Jumladan, V.I.Vidya’in va boshqalarning umumiy tahriri ostidagi “Iqtisodiyot nazariyasi” darsligida bu tarkibiy tuzilish quyidagi jadval ko’rinishida keltirilgan:94



1-jadval. Aholi shaxsiy daromadi tarkibiy tuzilishi


1) ‘ul va natural shakldagi ish haqi va maosh

2) Qurolli kuchlar xizmatchilarining ‘ul va natural ko’rinishdagi ta’minotlari

3) Tadbirkorlarning ajratmalari:

a) ijtimoiy sug’urta va shu kabilarga,

b) boshqa maqsadlarga.


Ijtimoiy bandlikdan olinadigan daromadlar

4) Erkin kasblardagi shaxslar

5) Fermerlar

6) Boshqa yakka tartibdagi tadbirkorlar va savdogarlar


O’zini-o’zi band qilishdan daromadlar

7) Renta, sof foiz, dividendlar

Mulkdan olinadigan daromadlar

8) Joriy transfertlar, kom’aniyalarning xayriyalari

9) Davlat nafaqalari va boshqa to’lovlar



Transfert daromadlari

Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, daromad tarkibining yuqorida keltirilgan tasnifida ma’lum chalkashliklar mavjud. Jumladan, qurolli kuchlar xizmatchilarining ‘ul va natural ko’rinishdagi ta’minotlarini alohida bandda berilishi mantiqqa ziddir, chunki harbiy xizmatchilar ham o’z faoliyatlari natijalarini ish haqi yoki maosh ko’rinishida oladilar. Shuningdek, 4 – 6 tartib raqamlari bo’yicha keltirilgan bandlar daromad turini emas, balki faoliyat turini ko’rsatadi va h.k.

Aholi ‘ul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, ‘ensiya, sti’endiya shaklidagi barcha ‘ul tushumlarini, mulkdan foiz, dividend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog’ozlar, ko’chmas mulk, qishloq xo’jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko’rsatishidan kelib tushadigan daromadlarni o’z ichiga oladi.

Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo’jaliklarining o’z iste’mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo’ladi.

Jamiyat a’zolari daromadlari darajasi ular turmush farovonligining muhim ko’rsatkichi hisoblanib, shu bilan birga alohida shaxslarning dam olishi, bilim olishi, sog’lig’ini saqlashi, eng zarur ehtiyojlarini qondirishi imkoniyatlarini belgilab beradi. Aholi daromadlari darajasiga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi omillar orasida ish haqidan tashqari chakana narx dinamikasi, iste’mol bozorining tovarlar bilan to’yinganlik darajasi kabilar muhim o’rin tutadi.

‘rezidentimiz I.Karimov ta’kidlab o’tganlaridek: «Mustaqillik yillarida odamlarimizning tafakkuri, dunyoqarashi, hayotga bo’lgan munosabati ham tubdan o’zgardi. Turmush darajasi, oilasining farovonligi, eng avvalo, o’ziga bog’liq ekanligini tushunib etayotgan odamlar tobora ko’’ayib bormoqda».1

Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, ixtiyorida bo’lgan va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi.



Download 5,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish