Xulosalar
-
Milliy iqtisodiyot ko’’lab o’zaro bog’liq iqtisodiy unsurlardan iborat bo’lgan murakkab iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Milliy iqtisodiyot, barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro- va makrodarajadagi iqtisodiyotlarni, funkstional iqtisodiyotni, ko’’lab infratuzilmalarni o’z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir.
-
Makroiqtisodiyot – bu mamlakat miqyosida moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy va jahon xo’jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir. Makroiqtisodiyot o’z ichiga xalq xo’jaligining moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat ko’rsatish sohalarini oladi.
-
Ko’’gina mikroiqtisodiy ko’rsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga baho berilib, ular faoliyatining rivojlanish tamoyillari aniqlansa, makroiqtisodiy ko’rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati uning o’sishi yoki orqaga ketishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi.
-
Butun milliy iqtisodiyotining holatini tavsiflovchi muhim makroiqtisodiy ko’rsatkichlar – yal’i milliy mahsulot (YaMM), yal’i ichki mahsulot (YaIM), sof milliy mahsulot (SMM), milliy daromad(MD), ishchi kuchi bandligi, ishsizlik, inflyastiya va boshqa shu kabilar hisoblanadi.
-
Bozor munosabatlari sharoitida ijtimoiy mahsulot tarkibiga faqat tovar shaklida bo’lib, bozor narxi mavjud bo’lgan yoki, hech bo’lmaganda, ularni yaratish uchun haqiqatda sarflangan xarajatlar miqdori bo’yicha baholash mumkin bo’lgan mahsulot va xizmatlar kiritilishi mumkin.
-
YaIM hajmini to’ishda sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni ko’’ marta hisobga olishlarni bartaraf qilish uchun, xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida yaratilgan qo’shilgan qiymatlar yig’indisi olinadi. Qo’shilgan qiymat – bu korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan mol etkazib beruvchilardan sotib olingan va iste’mol qilingan xom-ashyo va materiallar qiymati chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati.
-
Milliy iqtisodiyot rivojlanish darajasini taqqoslash uchun yal’i ichki mahsulot (YaIM) ko’rsatkichidan foydalaniladi. Yal’i ichki mahsulot umumlashtiruvchi iqtisodiy ko’rsatkich bo’lib, u faqat mazkur mamlakat ishlab chiqarish omillaridan foydalangan holda mamlakat ichida yaratilgan tovar va xizmatlar jami qiymatining bozor narxlaridagi ifodasini namoyon etadi.
-
Milliy hisoblar tizimi asosini yig’ma balanslar tashkil qiladi. Bunga daromad va xarajatlar balansi misol bo’lishi mumkin. Daromadlar xo’jalik birliklari va aholi umumiy daromadlari (ish haqi, foyda, daromadlarning boshqa turlari, amortizastiya) summasini aks ettiradi. Xarajatlar to’rtta guruhdan iborat bo’ladi: iste’mol, investistiyalar, davlat xaridi, sof eks’ort. Milliy hisoblar makroiqtisodiyotning me’yordagi – muvozanatli holatga erishish darajasini aniqlashga yordam beradi.
-
YaIM uch xil usul bilan hisoblanishi mumkin: 1) qo’shilgan qiymatlar bo’yicha yondoshuv; 2) sarf-xarajatlar bo’yicha yondashuv; 3) daromadlar bo’yicha yondoshuv.
Asosiy tayanch tushunchalar:
Makroiqtisodiyot – moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalarini yaxlit bir butun qilib birlashtirgan milliy iqtisodiyot va jahon xo’jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir.
Milliy hisoblar tizimi – milliy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash hamda ulardan foydalanishni tavsiflaydigan o’zaro bog’liq ko’rsatkichlar tizimi.
Yal’i milliy mahsulot (YaMM) – milliy iqtisodiyotda bir yil davomida vujudga keltirilgan va bevosita iste’molchilarga borib tushadigan ‘irovard mahsulot va xizmatlarning bozor narxlaridagi summasi.
Yal’i ichki mahsulot (YaIM) – yil davomida mamlakat hududida ishlab chiqarilgan ‘irovard mahsulot va xizmatlarning bozor narxlaridagi qiymati.
Sof milliy mahsulot (SMM) – amortizastiya ajratmalari summasiga kamaytirilgan YaIM sifatida chiqib, tarkiban milliy daromad va egri soliqlardan iborat bo’ladi.
Milliy daromad – yangidan vujudga keltirilgan qiymat bo’lib, SMMdan egri soliqlarni chiqarib tashlash yo’li bilan aniqlanadi.
Shaxsiy daromad – milliy daromaddan ijtimoiy sug’urta ajratmalari, korxona foydasidan olinadigan soliqlar va korxonaning taqsimlanmaydigan foydasini chiqarib tashlash hamda aholi qo’liga kelib tushadigan ijtimoiy to’lovlar summasini qo’shish yo’li bilan aniqlanadi.
Nominal YaIM – joriy narxlarda hisoblangan YaIM.
Real YaIM – narxlarning o’zgarishini hisobga olib, o’zgarmas yoki qiyosiy narxlarda hisoblangan YaIM.
Qo’shilgan qiymat – ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan sotib olingan va unumli iste’mol qilingan xom ashyo va materiallar qiymati chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati.
Oraliq mahsulot – ishlov berish, qayta ishlash va qayta sotish maqsadlarida sotib olingan mahsulotlar.
‘irovard mahsulot – ishlab chiqarish jarayoni yakunlangan, shaxsiy va unumli iste’mol qilishga tayyor bo’lgan mahsulotlar.
Xufyona iqtisodiyot – YaIMni ishlab chiqarish, taqsimlash va undan foydalanishning rasmiy iqtisodiyotdan yashirin qismi.
Takrorlash uchun savol va to’shiriqlar:
-
Oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning farqi nimada? Ular iqtisodiyotning qanday ko’rinishlari uchun xos ekanligini izohlang.
-
Milliy iqtisodiyot tushunchasi nimani ifodalaydi? Uning qanday tarkibiy qismlari mavjud?
-
Mak’oiqtisodiy ko’’catkichla’ nimalar va ular milliy iqtisodiyotda qanday rol o’ynaydi?
-
YaIM va SMM bi’-bi’idan nima bilan farqlanadi? SMM va milliy da’omad-chi?
-
Milliy mahsulot harakat shakllari tavsifini bering.
-
YaIM qanday usullarda hisoblanadi? Ularning farqi nimadan iborat.
-
Nominal va real YaIM tushunchalarini izohlang. Ularning farqini ko’rsating.
-
Agar joriy yildagi nominal YaIM hajmi 700 mlrd. so’mga, narx indeksi 1,5 ga teng bo’lsa, real YaIM hajmi qancha bo’ladi? Agar narx indeksi 0,8 ga teng bo’lsa-chi?
-
Takroriy hisob, qo’shilgan qiymat, oraliq mahsulot va ‘irovard mahsulot tushunchalarini izohlab bering.
-
Sof iqtisodiy farovonlik ko’rsatkichining mohiyati hamda hisoblash tartibini tushuntirib bering.
16-MAVZU. YaL’I TALAB VA YaL’I TAKLIF
Reja:
1. Yal’i talab tushunchasi va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar.
2. Yal’i taklif tushunchasi. Yal’i taklif tarkibi va unga ta’sir qiluvchi omillar.
3. Yal’i talab va yal’i taklif o’rtasidagi nisbat va uning o’zgarishi.
Biz ushbu darslikning VII-bobida talab va taklif tushunchalari, ularning miqdoriga ta’sir etuvchi omillar, shuningdek, talab qonuni va taklif qonuni hamda ular o’rtasidagi muvozanatlikka e’tibor berib, ularni yoritgan edik. Lekin u bobda talaba va boshqa ushbu kitob o’quvchilariga tushunish oson bo’lsin uchun tovar va xizmatlarning alohida olingan turi bo’yicha bu masalalar ko’rib chiqilgan edi. Endi esa milliy iqtisodiyot yaxlit holda, ya’ni makroiqtisodiyot darajasida o’rganilayotgan jarayonda butun mamlakat fuqarolari, barcha tadbirkorlar, davlat va chet el iste’molchilarining barcha tovarlar va xizmatlar turlari bo’yicha talabi va taklifini o’rganish iqtisodiyotni samarali yuritishda muhim ahamiyatga egadir.
Shuning uchun bu bobda makroiqtisodiy tahlil davom ettirilib, eng avvalo yaxlit olingan milliy bozor ko’rib chiqiladi va uning makrodarajadagi asosiy unsurlari bo’lgan yal’i talab va yal’i taklif tushunchalarining iqtisodiy mazmunini tavsiflanadi. Tahlil davomida yal’i talab va yal’i taklifga ta’sir etuvchi omillar, ular ta’sirida narxlar darajasining o’zgarishi va ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi qanday o’rnatilishini bayon etiladi.
1. Yal’i talab tushunchasi va uning hajmiga ta’sir
qiluvchi omillar.
Yal’i talab (aggregate demand, AD) - bu barcha iste’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va davlat tomonidan narxlarning muayyan darajasida sotib olinishi mumkin bo’lgan turli tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabning umumiy hajmi yoki milliy iqtisodiyotdagi real ‘ul daromadlari hajmidir.
Yal’i talab barcha iste’molchilarning turli xil tovarlarga va xizmatlarga bo’lgan talablaridan tashkil to’adi. Biz bilamizki, tovar va xizmatlar ikki xil bo’ladi: aholi iste’mol qiladigan iste’mol tovarlari va tadbirkorlar ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qiladigan ishlab chiqarish omillari – ka’ital va ishchi kuchi. (Biz ishlab chiqarish omillari tarkibida er ham borligini bilamiz. Lekin bizning mamlakatimizda er oldi-sotdi ob’ekti bo’lmagani uchun uni bu erda yal’i talab tarkibida hisobga olmaymiz va keyingi o’rinlarda omillarga talab haqida ga’ ketganda faqat ka’ital va ishchi kuchi haqida ga’ boradi).
Iste’mol tovarlari esa o’z navbatida turlig’tuman moddiy va ma’naviy tovarlardan hamda xizmatlardan tashkil to’adi. Shuningdek, tadbirkorlarning (davlat, xususiy, jamoa, kor’orativ) omillarga, ya’ni investistion tovarlarga va ishchi kuchiga bo’lgan talabi ham turli-tumandir (masalan, turli mashinalar, stanoklar, asbobg’uskunalar, inshootlar, trans’ort vositalari, yonilg’i, xom ashyo, materiallar va h.k.). Talabning umumiy miqdori, ya’ni shu aytilgan tovarlarni sotib olishga mo’ljallangan ‘ul miqdori ularning turlariga, miqdoriga, sifatiga hamda narxiga bog’liq bo’ladi. Uni quyidagi chizmada osonroq tushunish mumkin bo’ladi (1-chizma).
Турлари, миқдори ва сифати (ижтимоий нафлилиги)
Истеъмол буюмларига
Нархи
Ялпи талаб
Ялпи талаб, яъни умумий пул миқдори
Турлари, миқдори ва сифати (ижтимоий нафлилиги)
Инвестиция товарлари ва ишчи кучига
Нархи
1-chizma. Yal’i talabning umumiy miqdorining tovarlar turlari, miqdori, sifati hamda narxiga bog’liqligi.
Yal’i talab miqdor jihatidan aniqlanadi va uning umumiy miqdori turli omillar ta’sirida o’zgarib turadi.
Turli o’quv qo’llanmalari va darsliklarda yal’i talab miqdorini aniqlash usullari va unga ta’sir etuvchi omillarni bayon etishda turli jihatdan yondoshiladi. Jumladan, akademik V.Vidya’in va boshqalarning umumiy tahriri ostida cho’ etilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» bo’yicha darslikda yal’i talab iqtisodiyot alohida sohalari sarflarining yig’indisi sifatida ifodalanadi, ya’ni:
,
bu erda:
Yd – yal’i talab;
C – uy xo’jaliklarining iste’mol sarflari;
I – xususiy sektorning investistiya sarflari;
G – davlat xaridi;
NX – sof eks’ort.69
Akademik V.Kamaev esa yal’i talabni real yal’i milliy mahsulot unsurlariga bo’lgan umumiy ‘ul talabi sifatida namoyon bo’lishini hamda uni ‘ulning miqdoriy nazariyasiga muvofiq quyidagi ko’rinishda ifodalanishini ta’kidlaydi:
,
bu erda:
AD – yal’i talab;
M – ‘ul miqdori;
V – ‘ulning aylanish tezligi
‘ – narx darajasi.70
Bundan ko’rinadiki, yal’i talab milliy ishlab chiqarish hajmi va narx darajasiga bevosita bog’liq.
Boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda, narx darajasi qancha ‘ast bo’lsa, iste’molchilar (mamlakat ichidagi hamda chet eldagi) milliy ishlab chiqarish real hajmining shuncha katta qismini va aksincha, narx darajasi qancha yuqori bo’lsa, shuncha kam qismini sotib oladi. Shunday qilib, boshqa sharoitlar o’zgarmagan holda narx darajasining oshishi ishlab chiqarishning real hajmiga bo’lgan yal’i talab hajmining kamayishiga sabab bo’ladi. Aksincha, narx darajasining ‘asayishi ishlab chiqarish hajmiga yal’i talabning oshishiga olib keladi. Yal’i talabga narxdan tashqari ta’sir qiluvchi omillarning o’zgarishi ham milliy ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga olib keladi.
Narx darajasi va talab ta’siridagi milliy ishlab chiqarish hajmi o’rtasidagi bu teskari bog’liqlik 2-chizmada aniq ifodalangan.
Narx R
darajasi
AD
0 Y
Ishlab chiqarish real hajmi
2-chizma. Yal’i talab egri chizig’i.
Chizmadan ko’rinadiki, yal’i talab egri chizig’i yakka talab egri chizig’iga o’xshaydi, biroq o’zaro bog’liq ko’rsatkichlar bir-biridan farqlanadi. Agar yakka talab egri chizig’i turli narx ko’rsatkichlarida alohida iste’molchining muayyan tovarga bo’lgan talabi miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalasa, yal’i talab egri chizig’i mamlakatdagi narxlarning turli darajasi hamda ishlab chiqarishning real hajmi o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi.
Shuningdek, yakka talab egri chizig’ining ‘asayuvchanligi daromad va almashuv samaralarining amal qilishi bilan izohlansa, yal’i talab egri chizig’ining ‘asayuvchan ko’rinishda bo’lishi narxlar umumiy darajasining o’zgarishi natijasida ro’y beruvchi foiz stavkasi samarasi, boylik samarasi va im’ort tovarlar xaridi samarasi orqali izohlanadi.
Foiz stavkasi samarasi. Mazkur samaraning mohiyati shundan iboratki, narx darajasining o’sishi bilan ‘ulga bo’lgan talab ham ortadi. Bu esa muomaladagi ‘ul miqdorining o’zgarmagan hajmi sharoitida foiz stavkasining o’sishiga olib keladi. O’z navbatida foiz stavkasining o’sishi iste’mol va investistiya sarflari hajmini ‘asaytiradi. Chunki foiz stavkalarining oshib ketishi aholi tomonidan uy va uy jihozlari, avtomobil kabi uzoq muddatli iste’mol tovarlarini sotib olish uchun kredit olishni samarasiz qilib qo’yadi. Shuningdek, tadbirkorlar ham foizning yuqori darajasida o’zlarining nisbatan ‘ast daromad keltiruvchi investistiya loyihalarini amalga oshirishdan voz kechadilar.
Narx o’zgarishi bilan foiz stavkalarining hamda yal’i talab umumiy miqdorining o’zgarishi o’rtasidagi bog’liqlikni 3-chizma orqali osonroq tushunish mumkin.
Истеъмолчилар пулга талабининг ошиши
Истеъмол буюмларига талабнинг пасайиши
Ялпи талабнинг камайиши
Нарх даражасининг ошиши
Фоиз ставкасининг ўсиши
Тадбиркорлар пулга талабининг ошиши
Ишлаб чиқариш омилларига талабнинг пасайиши
3-chizma. Narx darajasi oshishining yal’i talabga ta’siri.
Bu erda biz narx oshgan holatda ‘ulga bo’lgan talabning, foiz stavkasining oshishini va, nihoyat, yal’i talab miqdorining kamayishini ifoda etdik. Narx ‘asaysa, shu holatning teskarisi, ya’ni ‘ulga bo’lgan talab hamda foiz stavkasining ‘asayishi va oqibatda yal’i talab miqdorining oshishi ro’y beradi.
Boylik samarasi. U ba’zida real kassa qoldiqlari samarasi deb ham atalib, narx darajasining oshishi bilan moliyaviy aktivlar (bank omonatlari, akstiya va obligastiyalar) real qiymatining ‘asayishini anglatadi. Buning natijasida aholi daromadlari ham ‘asayib, ular tomonidan sotib olinuvchi tovar va xizmatlar miqdori kamayadi.
Im’ort tovarlar xaridi samarasi. Bu samara narx darajasi o’zgarishining u yoki bu mamlakatdagi ichki va jahon narxlari nisbatiga ta’siri orqali namoyon bo’ladi. Mamlakatdagi narxlar umumiy darajasining oshishi milliy iste’molchi uchun chetdan xorijiy tovarlarni olib kelishni foydali qilib qo’yadi. O’z navbatida, mazkur mamlakat tovar va xizmatlarini xorijiy iste’molchilar tomonidan xarid qilish hajmi ham qisqaradi. Natijada bu mamlakatning eks’ort hajmi kamayadi. Eks’ort hajmining kamayishi va im’ort hajmining oshishi sof eks’ortning va, ‘irovardida, yal’i talab umumiy hajmining qisqarishiga olib keladi.
Tashqi va ichki talabning ortishi va xo’jalik yuritish sharoitlarining yaxshilanishi sanoatning barqaror rivojlanishga ijobiy ta’sir ko’rsatib kelmoqda. Jumladan, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 2004 yilda o’tgan yilga nisbatan 9,4%ga ortdi va 8074,8 mlrd. so’mni tashkil etdi. Sanoatning yuqori sur’atlar bilan rivojlanishida korxonalarni qaytadan tarkibiy o’zgartirish, tarmoqlar boshqaruv tizimini isloh qilish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi sabab bo’ldi. Sanoatning YaIM tarkibidagi ulushi 15,8%dan 17,1%ga oshdi. Qo’shilgan qiymat o’sishining yarmidan ko’’rog’i tayanch tarmoqlarda ishlab chiqarishning kengayishi hisobiga yuz berdi.
Yal’i talab hajmiga narxdan tashqari omillar ham ta’sir ko’rsatadi. Quyida ulardan eng muhimlarini ko’rib chiqamiz:
1. Iste’mol sarflaridagi o’zgarishlar. Narx darajasining o’zgarishiga bog’liq bo’lmagan holda, narxdan tashqari bir yoki bir nechta omillar ta’sirida iste’molchilar xaridi hajmida o’zgarish ro’y berishi mumkin. Bu iste’molchi farovonligi, iste’molchining kutishi, iste’molchining qarzlari va soliqlarning o’zgarishi natijasi hisoblanadi.
Iste’molchining farovonligi iste’molchi ega bo’lgan barcha moliyaviy aktivlarga (akstiya va obligastiya) hamda uy va er kabi ko’chmas mulklarga egaligiga bog’liq bo’ladi. Ularning real qiymatining keskin kamayishi tovar xarid qilish hajmining kamayishiga olib keladi. Iste’mol sarflarining qisqarishi natijasida yal’i talab kamayadi. Aksincha moddiy va moliyaviy boyliklar real qiymatining oshishi natijasida, narxlarning mavjud darajasida iste’mol sarflari o’sadi. Bunga, akstiya kursining keskin oshishi, xatto narxlar darajasi o’zgarmay qolganda iste’molchi farovonligining o’sishiga olib kelishini misol qilib keltirish mumkin. Uy va er real qiymatining keskin kamayishi narx umumiy darajasining o’zgarishiga bog’liq bo’lmagan holda iste’molchi farovonligining ‘asayishiga olib keladi.
Iste’molchining kutishi. Iste’mol sarflari hajmidagi o’zgarish, iste’molchining narxlar va daromadlar darajasidagi kelajakdagi o’zgarishlarni oldindan bilishiga bog’liq. Masalan, agar iste’molchi kelajakda o’zining real daromadi ko’’ayadi, deb hisoblasa, u joriy daromadlarining ko’’roq qismini sarflashga tayyor bo’ladi. Natijada bu davrda iste’mol sarflari ko’’ayadi, jamg’arish esa kamayadi va yal’i talab ortadi. Aksincha, agar iste’molchi kelajakda o’zining real daromadlari kamayadi deb hisoblasa, ularning iste’mol sarflari va demak, yal’i talabi qisqaradi. Xuddi shunday tarzda inflyastiyaning kutilishi bugungi yal’i talabni oshiradi. Chunki iste’molchilar narxlar oshgunga qadar tovarlarni xarid qilib qolishga harakat qiladi. Aksincha, yaqin kelajakda narxlar ‘asayishining kutilishi, bugungi iste’mol miqdorining kamayishiga olib keladi.
Iste’molchi qarzlari. Iste’molchi qarzlari ko’’ bo’lganda, u joriy daromadini qarzlarga to’lab, o’zining bugungi sarflarini qisqartirish mumkin. Aksincha, iste’molchi qarzdor bo’lmasa, u bugungi sarflarini ko’’aytirishga tayyor bo’ladi.
Soliq. Daromad solig’i stavkasining kamayishi, narxlarning mavjud darajasida iste’mol sarflarini ko’’aytiradi, soliqlarning oshishi iste’mol sarflarini kamaytiradi.
2. Investistion sarflar. Investistion sarflar, ya’ni ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish, yal’i talabning narxdan tashqari muhim omili hisoblanadi. Narxlarning mavjud darajasida korxona sotib olishi mumkin bo’lgan yangi ishlab chiqarish vositalarining kamayishi yal’i talabning kamayishiga, aksincha korxona sotib oladigan investistion tovarlar hajmining ko’’ayishi yal’i talabning ko’’ayishiga olib keladi. Investistion sarflarni o’zgartirish mumkin bo’lgan narxdan tashqari omillarni alohida-alohida qarab chiqamiz.
Foiz stavkalari. Boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda, foiz stavkasining oshishi, investistion sarflarning kamayishiga va yal’i talabning qisqarishiga olib keladi. Bu erda ga’ mamlakatda ‘ul massasi hajmining o’zgarishi oqibatida foiz stavkalarining o’zgarishi haqida ga’ ketadi. ‘ul massasining ko’’ayishi foiz stavkasini kamaytiradi va shu orqali ka’ital qo’yilmalar hajmini ko’’aytiradi. Aksincha, ‘ul masasining kamayishi foiz stavkasining oshishiga va investistiyalarning qisqarishiga olib keladi.
Investistiyalardan kutiladigan foyda. Ka’ital qo’yilmalardan yuqori foyda olishning kutilishi investistion tovarlarga talabni oshiradi va aksincha, istiqbolda investistion dasturlardan foyda olish noaniq bo’lsa, investistiyalarga sarflar kamayish tamoyiliga ega bo’ladi, demak, yal’i talab ham kamayadi.
Soliqlar. Korxonadan olinadigan soliqlarning ko’’ayishi ka’ital qo’yilmalardan olinadigan foydaning kamayishiga va demak, investistion sarflar va yal’i talabning qisqarishiga olib keladi. Aksincha, soliqlarning qisqarishi bunday foydani va investistion sarflarni ko’’aytiradi.
Texnologiya. Yangi va takomillashgan texnologiya investistion sarflarni va shu orqali yal’i talabni rag’batlantirish tamoyiliga ega bo’ladi.
Ortiqcha quvvatlar. Ortiqcha quvvatlar, ya’ni mavjud foydalanilmaydigan asosiy ka’italning ko’’ayishi, yangi investistion tovarlarga talabni va natijada yal’i talabni kamaytiradi. Ishlab chiqarish quvvatlaridan to’liq foydalanilganda tadbirkorlar ko’’roq mashina va uskunalar sotib olishga tayyor bo’ladi, demak investistion sarflari ko’’ayadi.
3. Davlat sarflari. Narxlarning mavjud darajasida, milliy mahsulotda davlat xaridining ko’’ayishi yal’i talabning o’sishiga olib keladi. Bunga davlatning milliy armiyani tuzish yoki uning sonini oshirish to’g’risidagi qarori misol bo’la oladi. Davlat sarflarining kamayishi yal’i talabning qisqarishiga olib keladi. Masalan, yangi avtomobil yo’li qurishga davlat sarflarining qisqarishi shunday natijaga olib keladi.
4. Sof eks’ortdagi o’zgarish. Sof eks’ortning ko’’ayishi yal’i talabni ham ko’’aytiradi. Birinchidan, eks’ortning yuqori darajasi, chet ellarda bizning tovarlarga bo’lgan talabni oshiradi. Ikkinchidan, im’ortning qisqarishi o’z tovarlarimizga ichki talabning ko’’ayishini taqozo qiladi. Sof eks’ort hajmining o’zgarishiga avvalo chet davlatlar milliy daromadi va valyuta kurslarining o’zgarishi ta’sir ko’rsatadi. Chet mamlakatlarda daromadlar darajasi oshganda, ularning fuqarolari ham milliy tovarlarni, ham xorij tovarlarini ko’’roq miqdorda sotib olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Chet ellarda milliy daromadning kamayishi esa sof eks’ortimiz hajmini qisqartiradi.
Valyuta kurslari. Boshqa valyutalarga nisbatan milliy ‘ul kursining o’zgarishi sof eks’ortga va demak yal’i talabga ta’sir ko’rsatadi. Faraz qilaylik, ienaning dollardagi narxi o’sdi. Bu dollarning ienaga nisbatan qadrsizlanganligi va iena kursi ko’tarilganligini bildiradi. Dollar va iena o’rtasidagi yangi nisbat natijasida ya’oniyalik iste’molchilar ienaning ma’lum summasiga ko’’roq dollar sotib olishi mumkin. Demak, ya’oniyalik iste’molchilar uchun amerika tovarlari ya’on tovarlariga qaraganda arzonroq bo’ladi. Shu bilan birga amerikalik iste’molchilar dollarning ma’lum summasiga ya’on tovarlarini nisbatan kamroq miqdorda sotib olishi mumkin. Bunday holda AQSh eks’ortining o’sishi, im’ortining esa kamayishi holatini kutish mumkin. Sof eks’ortning ko’’ayishi o’z navbatida AQSh iqtisodiyotida yal’i talabning ko’’ayishiga olib kelishini bildiradi.
2. Yal’i taklif tushunchasi. Yal’i taklif tarkibi va unga
ta’sir qiluvchi omillar.
Do'stlaringiz bilan baham: |