Ўзбекистон республикаси олий ва ўрата махсус таълим вазирлиги солиқ академияси



Download 5,97 Mb.
bet23/43
Sana08.02.2017
Hajmi5,97 Mb.
#2113
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43

Asosiy tayanch tushunchalar:
Agrar munosabatlar – erga egalik qilish, tasarruf etish, undan foydalanish va ishlab chiqarish natijalarini o’zlashtirish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.

Renta munosabatlari – erdan foydalanish natijasida vujudga keladigan qo’shimcha sof daromadni taqsimlash va o’zlashtirish bilan bog’liqlikda vujudga keladigan munosabatlar.

Differenstial renta – er uchastkalarining unumdorligidagi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo’shimcha sof daromad.

Differenstial renta I – erlarning tabiiy unumdorligi farqlar natijasida vujudga keladigan qo’shimcha sof daromad.

Differenstial renta II – erlarning iktisodiy unumdorligini oshirish natijasida vujudga keladigan qo’shimcha sof daromad.

Absolyut renta – qishloq xo’jaligida erga bo’lgan xususiy mulkchilik mono’oliyasi natijasida vujudga kelib, hamma turdagi: yaxshi, o’rtacha va yomon erlardan olinadigan renta.

Mono’ol renta – alohida tabiiy sharoitga ega bo’lgan, noyob qishloq xo’jalik mahsulotlari etishtiriladigan erlardan olinadigan renta.

Undirma sanoatda renta – foydali qazilma konlarining joylashishi (er yuzasiga nisbatan) va ularning boyligi jihatdan farqlar natijasida vujudga keladi.

Agrosanoat majmuasi – qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirish, uni saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga etkazib berish bilan bog’liq xo’jalik tarmoqlarining birligi.

Ishlab chiqarish infratuzilmasi – bevosita qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga xizmat ko’rsatuvchi sohalar.

Ijtimoiy infratuzilma – odamlar yashash va turmush faoliyatining umumiy sharoitlarini ta’minlaydigan sohalar.

Agrosanoat integrastiyasi – qishloq xo’jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotni iste’molchiga etkazib beruvchi tutash tarmoqlar o’rtasida ishlab chiqarish aloqalarining rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayonidir.

Agrobiznes – tadbirkorlik faoliyatining qishloq xo’jaligi va u bilan bog’liq sohalardagi namoyon bo’lish shakli.
Takrorlash uchun savol va to’shiriqlar


  1. Agrar munosabatlarning mazmunini, iqtisodiy munosabatlarda tutgan o’rnini va xususiyatlarini ko’rsatib bering.

  2. «Erga egalik» va «erdan foydalanish» tushunchalarini izohlang. Er rentasi nazariyalarining umumiy tomonlari va tub farqlarini ko’rsatib bering. Er rentasining asl mazmunini tushuntiring.

  3. Differenstial (I va II) va absolyut rentaning hosil bo’lish shart-sharoitlari, manbalari va taqsimlanishini tushuntirib bering. Mono’ol renta nima? Qazib oluvchi va undirma sanoatda renta qanday hosil bo’ladi?

  4. «Ijara haqi» va «er rentasi» ning farqlarini izohlang.

  5. Agrobiznesning iqtisodiy mohiyatini tushuntiring va uning asosiy turlariga tavsif bering.

  6. Agrosanoat majmuasi va agrosanoat integrastiyasi tushunchalari iqtisodiy mazmuniga o’z fikringizni bildiring.


15-MAVZU. MILLIY IQTISODIYoT VA UNING MAKROIQTISODIY O’LChAMLARI. YaL’I MILLIY MAHSULOT VA UNING HARAKAT ShAKLLARI

Reja:

1. Milliy iqtisodiyotning qaror to’ishi va uning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari.

2.Milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakllari.

3. Yal’i ichki mahsulotni hisoblash usullari.
Mazkur bobdan boshlab iqtisodiy munosabatlar makroiqtisodiy darajada tahlil qilinadi. Dastlab milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy ko’rsatkichlariga tavsif beriladi. Milliy ishlab chiqarishning natijasi hisoblangan ijtimoiy mahsulot, yal’i milliy mahsulot, ularning harakat shakllari va tarkibiy qismlarining iqtisodiy mazmuni yoritiladi. Milliy hisoblar tizimi hamda uning asosiy ko’rsatkichlarini hisoblash usullari bayon etiladi.

1. Milliy iqtisodiyotning qaror to’ishi va uning
makroiqtisodiy ko’rsatkichlari.

Hammaga ma’lumki, o’tmishda O’zbekiston iqtisodiyoti sobiq sovet ittifoqi iqtisodiyotining tarkibiy qismi hisoblanib, uni mustaqil milliy iqtisodiyot deb bo’lmas edi. Bizga bir yoqlama rivojlangan ‘axta yakkahokimligiga, xom ashyo ishlab chiqarishga va boy mineral xom ashyo resurslaridan nazoratsiz, ayovsiz foydalanish asosiga qurilgan, yonilg’i, g’alla va boshqa ko’’gina ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlarining ta’minlanishi bo’yicha markazga qaram bo’lgan iqtisodiyot meros bo’lib qolgan edi. Mamlakatimiz ‘rezidenti I.A.Karimov qisqa qilib aytganlaridek, «O’zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga – markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo’lgan»1 mamlakat edi.

1991 yil sentyabridan buyon o’tgan qisqa davr mobaynida iqtisodiy mustaqillikni qo’lga kiritib, mamlakatimiz hududidagi barcha tabiiy, mineral xom ashyo boyliklardan, butun iqtisodiy resurslar va quvvatlardan o’z xalqimiz va uning kelajagi manfaatlari yo’lida foydalanish imkoniyatiga ega bo’ldik.68

Yangi energetika, mashinasozlik va boshqa sanoat tarmoqlarining vujudga kelishi, ko’’lab yirik inshootlar, korxonalar, zavod va fabrikalar qurilganligi, yonilg’i va g’alla mustaqilligiga erishilganligi iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar, izchil o’sish sur’atlari milliy mustaqil iqtisodiyotni mustahkamlash sari harakat natijalaridir.

Shunday qilib, O’zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan yangi, mustaqil rivojlanayotgan, o’z xalqi, millati manfaatlariga xizmat qiladigan milliy iqtisodiyot shakllanib bormoqda.

Milliy iqtisodiyot ko’’lab o’zaro bog’liq iqtisodiy unsurlardan iborat bo’lgan murakkab iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Mazkur unsurlar o’rtasidagi amalda tarkib to’gan munosabatlarning butun majmui iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini tavsiflab beradi.



Milliy iqtisodiyot - barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro- va makrodarajadagi iqtisodiyotlarni, funkstional iqtisodiyotni, ko’’lab infratuzilmalarni o’z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir. Milliy xo’jalikning tarkib to’gan tuzilishi ijtimoiy mehnat taqsimoti rivojining natijasi hisoblanadi.

Makroiqtisodiyot, milliy iqtisodiyot, xalq xo’jaligi, yaxlit tarzdagi mamlakat iqtisodiyoti – bular bir-biriga ayniy tushunchalar bo’lib, ma’lum hududiy chegaralarda tarixan tarkib to’gan ijtimoiy takror ishlab chiqarish tizimini tavsiflaydilar. Milliy iqtisodiyot uni jahon hamjamiyatidagi boshqa mamlakatlardan ajratib turuvchi tarixiy, tabiiy-geografik, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarni o’zida namoyon etadi.

Makroiqtisodiy jihatdan qaralganda milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi mamlakatda mavjud bo’lgan ishlab chiqarish resurslari; ularning ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ajralib chiqqan iqtisodiy sub’ektlar o’rtasidagi taqsimot hajmi; mazkur sub’ektlar ishlab chiqarish hajmlari, milliy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonlarida shakllanuvchi tarkibiy qismlari o’rtasidagi munosabat sifatida namoyon bo’ladi. Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini sodda ko’rinishda quyidagi 1-chizma orqali tasvirlash mumkin.


Миллий иқтисодиёт





Иқтисодий жиҳатдан нисбатан мустақил бирликлар




Корхоналар


Уй хўжаликлари



Давлат

(кўплаб хўжалик юритувчи бирликлари билан)











1-chizma. Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi.

Milliy iqtisodiyot me’yorida faoliyat qilish va barqaror o’sishi uchun barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining o’zaro bog’liqligi va muvozanatli rivojlanishi talab qilinadi. Milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilmasining shakllanishida quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi: mavjud bozor kon’yunkturasi, bozorlar sig’imi va mono’ollashuv darajasi, mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtiroki, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi, fan-texnika taraqqiyotining miqyoslari, tavsifi va rivojlanish sur’atlari, ishlab chiqarish resurslarining sifati, hududlarning er maydonlari va infratuzilma ob’ektlari bilan ta’minlanganligi, ekologiya holati.

Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish hajmi va ularning o’sishi bir qator ko’rsatkichlar tizimi orqali, mikro- va makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Makroiqtisodiyot – bu mamlakat miqyosida moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy va jahon xo’jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir. Makroiqtisodiyot o’z ichiga iqtisodiyotning moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat ko’rsatish sohalarini oladi.

Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning makrodarajadagi o’zaro aloqasi jamiyatdagi mehnat taqsimoti bilan shartlangan ob’ektiv jihatdan zarur jarayon hisoblanadi. Bu jarayon xo’jalik yurituvchi sub’ektlar iqtisodiy manfaatlarining harakati shaklida maydonga tushadi.

Milliy iqtisodiyotning asosiy funkstional ahamiyati mamlakat barcha aholisining doimiy ravishda o’sib boruvchi ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishda namoyon bo’ladi. Milliy iqtisodiyotning mazkur asosiy muammosi naqadar samarali hal etilayotgani makroiqtisodiy tahlil yordamida aniqlanadi. Bunda makroiqtisodiy jarayonlarning sub’ektlari bo’lib alohida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar (ishchi, tadbirkor, boshqaruvchi va boshqalar) emas, balki ularning nisbatan kengroq toifalari – aholi, mehnat resurslari, band bo’lgan ishchi kuchi, ishsizlar va boshqalar hisoblanadi.

Makroiqtisodiy tahlilning maqsadi – takror ishlab chiqarish jarayonini ob’ektiv ravishda aks ettiruvchi ko’rsatkichlardan foydalanish asosida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida vujudga kelgan holatlarni ochib berishdan iborat. Bu maqsadga erishishning muhim shartlari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:

1) asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning holati va harakatini ob’ektiv aks ettiruvchi statistik ma’lumotlarning mavjudligi;

2) mamlakat iqtisodiyotini tahlil qilishda keng miqyosda va tarixiy jihatdan yondoshuv;

3) iqtisodiy tizim salohiyatini haqqoniy ravishda baholamasdan hamda iqtisodiy qonunlarning ob’ektiv amal qilishini bilmasdan turib mamlakat iqtisodiyotiga aralashuv salbiy holatlarni keltirib chiqarishini anglash;

4) makroiqtisodiy nazariya muayyan mamlakatlarning iqtisodiyotini ob’ektiv ravishda tadqiq etish asosida yaratilishini hamda undan boshqa mamlakatlar amaliyotida o’ta ehtiyotkorlik bilan foydalanish mumkinligini tushunish;

5) ishlab chiqarishni mamlakat barcha aholisining daromadlari va iste’moli darajasini o’stirishga yo’naltirish;

6) aholi daromadlari, siyosiy va ijtimoiy barqarorlik o’sishining yagona manbai bo’lib mamlakatning barcha aholisini ish joylari hamda daromadlarning oshishi bilan ta’minlovchi milliy ishlab chiqarishning barqaror va samarali o’sishi ekanligini tushunish.

Ko’’gina mikroiqtisodiy ko’rsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga baho berilib, ular faoliyatining rivojlanish tamoyillari aniqlansa, makroiqtisodiy ko’rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati, uning o’sishi yoki ‘asayishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o’z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Bu tizimga kiruvchi turli xil ko’rsatkichlar, birinchidan, bizga ma’lum vaqt oralig’idagi ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini beradi. Ikkinchidan, makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi, milliy mahsulot harakatining barcha bosqichlarida, ya’ni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida ko’rgazmali shaklda aks ettirish imkonini beradi.

Nihoyat, uchinchidan, mazkur ko’rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan foydalanishning mos kelishi kuzatilganda, mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi.

Butun milliy iqtisodiyotning holatini tavsiflovchi muhim makroiqtisodiy ko’rsatkichlar – yal’i milliy mahsulot (YaMM), yal’i ichki mahsulot (YaIM), sof milliy mahsulot (SMM), milliy daromad (MD), ishchi kuchi bandligi, ishsizlik, inflyastiya va boshqa shu kabilar hisoblanadi.

Bu ko’rsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy xizmat ko’rsatish sohalaridagi barcha xo’jaliklar iqtisodiy faoliyatining umumiy va ‘irovard natijalarini qamrab oladi.



2. Milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy

qismlari va harakat shakllari.
Jamiyat a’zolarining ehtiyojlari muntazam ravishda yangilanib, miqdoran ko’’ayib va sifat jihatidan takomillashib borar ekan, bu ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan ishlab chiqarish jarayoni ham to’xtovsiz yangilanib, takroran amalga oshib turadi. Jamiyat miqyosidagi ishlab chiqarishni bir zumga ham to’xtatib bo’lmaydi, chunki u bir-birlari bilan o’zaro bog’lanib ketgan turli ishlab chiqarish jarayonlari o’rtasidagi aloqalarning uzilishiga, ‘irovardida esa ishlab chiqarish hajmining keskin kamayib ketishiga va jamiyat a’zolari ehtiyojlarining qondirilmay qolishiga olib kelishi mumkin.

Jamiyat miqyosidagi ishlab chiqarish jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takroran amalga oshirilib turilishi ijtimoiy takror ishlab chiqarish deyiladi.

Ijtimoiy takror ishlab chiqarish ikki ko’rinishda amalga oshirilishi mumkin: oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish.

Oddiy takror ishlab chiqarish – bu ishlab chiqarish miqyoslarining o’zgarmagan holda takrorlanishini ifodalaydi. Odatda bunday ishlab chiqarish ko’’roq faqat o’z ichki ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan an’anaviy iqtisodiyot sharoitidagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun xos bo’lgan.

Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish – bu ishlab chiqarish miqyoslarini muntazam ravishda oshirib borishga asoslangan holdagi takrorlanishidir. Bu turdagi ishlab chiqarish barcha rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining asosini tashkil etadi.

Ijtimoiy takror ishlab chiqarish natijasida mamlakat miqyosida milliy mahsulot yaratiladi. Milliy mahsulot barcha moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda xizmatlarni o’z ichiga olib, uning hajmi iqtisodiyot taraqqiyotida ahamiyatli o’rin tutadi. Shunga ko’ra, milliy mahsulot hajmini aniqlash, uning tarkibi va harakat shakllarini o’rganish doimiy ravishda iqtisodiyot nazariyasi fanining asosiy muammolaridan biri bulib hisoblanadi. Milliy mahsulot turli davrlarda turli malakatlarda turlicha atalib, turlicha hisobga olinishi mumkin. Masalan, sobiq ittifoqdosh res’ublikalar, shu jumladan bizning res’ublikamizda ham oldingi davrda mamlakat bo’yicha ishlab chiqarishda vujudga keltirilgan mahsulotlar yig’indisi jami ijtimoiy mahsulot deb atalgan. Jami ijtimoiy mahsulot ko’rsatkichida yil mobaynida yaratilgan moddiy ne’matlar yig’indisi hisobga olingan, unda xizmat ko’rsatish sohalarida vujudga keltirilgan ma’naviy ne’matlar va xizmatlar qiymati aks etmagan. Lekin bir ishlab chiqarish sohasidan chiqqan xom ashyo, materiallar, yonilg’i va energiyalarning qiymati boshqa sohalarda ishlatilib, bir necha bor takror-takror hisobga olinib, mahsulotning hajmi sun’iy ravishda oshirib ko’rsatilgan, iste’molga borib tushadigan tayyor mahsulot esa undan bir necha barobar kam bo’lgan.

Mana shu takror hisoblashlarga barham berish uchun boshqa qator mamlakatlar bilan birgalikda bizning mamlakatda ham hozir milliy hisob tizimiga o’tilib, endi mamlakatda vujudga keltirilgan milliy mahsulot, ya’ni tovarlar va xizmatlar yig’indisi yal’i ichki mahsulot deb atala boshlandi. Yal’i ichki mahsulot - bu ma’lum vaqt davomida, masalan, bir yilda yaratilgan va bevosita iste’molchilarga borib etadigan barcha tayyor mahsulot va ko’rsatilgan xizmatlarning bozor narxidagi qiymati. Yal’i ichki mahsulot moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalari yillik faoliyatining umumiy samarasi bo’lib hisoblanadi.

Oldingi davrlarda ko’’gina mamlakatlarda, hozir ham ayrim mamlakatlarda milliy mahsulot yal’i milliy mahsulot deb atalib, shu shaklda hisobga olingan. Yal’i milliy mahsulot bilan yal’i ichki mahsulotning farqi shundaki, yal’i milliy mahsulotga har bir mamlakat ichidagi va boshqa turli mamlakatlardagi korxonalarida va qo’shma korxonalarida vujudga keltirilgan mahsulotlar (shu mamlakat hissasiga to’g’ri keladigan qismi) hisobga olinadi. Boshqa mamlakatlar yoki fuqarolar tomonidan mazkur mamlakat hududida qurilgan korxonalar mahsuloti, qo’shma korxonalardagi mahsulotda ularning hissasi hisobga olinmaydi. Yal’i ichki mahsulotda esa mamlakat hududida ishlab chiqarilgan hamma mahsulot va xizmatlar (boshqa mamlakatlar korxonalari, qo’shma korxonalarda yaratilgan hamma tovar va xizmatlar qo’shilib) hisobga olinadi.

YaMM ko’rsatkichiga sof eks’ort (eks’ort va im’ort o’rtasidagi farq) kiradi. Ammo turli mamlakatlarda tashqi savdo faoliyatining salmog’i keskin farqlanadi. Shu sababli milliy iqtisodiyot rivojlanish darajasini taqqoslash uchun yal’i ichki mahsulot (YaIM) ko’rsatkichidan foydalaniladi. Yal’i ichki mahsulot umumlashtiruvchi iqtisodiy ko’rsatkich bo’lib, u faqat mazkur mamlakat ishlab chiqarish omillaridan foydalangan holda mamlakat ichida yaratilgan tovar va xizmatlar jami qiymatining bozor narxlaridagi ifodasini namoyon etadi. U barcha ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo’shilgan qiymatlar yig’indisi sifatida namoyon bo’ladi.

Yal’i ichki mahsulot xuddi yal’i milliy mahsulot kabi hisoblanadi, biroq undan xorijiy mamlakatlar bilan hisob-kitoblar qoldig’iga teng bo’lgan miqdorga farq qiladi. Ya’ni, YaIM ko’rsatkichiga mazkur mamlakatning chet ellardagi ishlab chiqarish omillaridan keluvchi tushumlari (omillar bo’yicha daromadlari) hamda mazkur mamlakatda xorijiy investorlar tomonidan olingan omillar bo’yicha daromadlar o’rtasidagi farqni qo’shilsa YaMM ko’rsatkichi hosil bo’ladi.

YaMM va YaIM o’rtasidagi farq quyidagilar orqali namoyon bo’ladi:

YaIM hududiy jihatdan hisoblanadi. Bu, milliy mansubligidan qat’iy nazar, muayyan mamlakat hududida joylashgan korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot va ko’rsatilgan xizmatlarning jami qiymatidir.

YaMM – bu o’z mamlakati yoki xorijda joylashuvidan qat’iy nazar, milliy korxonalar tomonidan yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmining jami qiymati.

YaMM va YaIMning o’zaro farqini quyidagi chizma orqali yaqqolroq ifodalash mumkin (2-chizma).




Mamlakat ichidagi ishlab chiqarish

Chet ellardagi

milliy

korxonalar



mahsuloti

Xorijiy


korxonalar

mahsuloti



Milliy


korxonalar

mahsuloti



2 trln.so’m



10 trln.so’m


3 trln.so’m




2-chizma. YaMM va YaIM o’rtasidagi tarkibiy nisbatlar.

Demak, chizmadan ko’rinadiki, mamlakat YaMM 13 trln. so’mni (M2 va M3 shartli raqamlar yig’indisi), YaIM esa 12 trln. so’mni (M2 va M1 shartli raqamlar yig’indisi) tashkil etadi.

YaMM va YaIM o’rtasidagi farq u qadar ahamiyatli emas. Bu farq rivojlangan mamlakatlarda YaIMning ±1%ni tashkil etadi. BMT statistika xizmati asosiy ko’rsatkich sifatida YaIMdan foydalanishni tavsiya etadi. Yaqin vaqtlarga qadar AQSh va Ya’oniyada YaMM ko’rsatkichi qo’llanilar edi, endilikda bu mamlakatlar ham YaIM ko’rsatkichini qo’llay boshladilar.

Hozirgi ‘aytda O’zbekistonda yal’i ichki mahsulot ko’rsatkichi hisobga olinmoqda. Shuning uchun biz bundan keyingi o’rinlarda yal’i ichki mahsulot to’g’risida so’z yuritamiz.

Jami ijtimoiy mahsulot bilan yal’i ichki mahsulot o’rtasidagi farqni aniq tushunish uchun 3-jadval ma’lumotlaridan foydalanamiz.
3-jadval. Ishlab chiqarilgan milliy mahsulotning tuzilishi

(shartli raqamlar misolida).

Izchil tarmoqlar



Xomashyo,

yonilg’i,

materiallar


Qo’shilgan qiymat

Yal’i ichki

mahsu-lot



Jami ijti-moiy

mahsu-lot



Amorti-zastiya

Ish haqi

To’langan soliqlar va to’lovlar

Foyda

Iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati (s)

Zaruriy mahsu-lot (v)

Qo’shimcha mahsulot

(m)


‘axta ishlab chiqarish

40

30

30

20

20

100

140

‘axtani qayta ishlash

140

40

50

25

30

145

285

To’qimachilik

285

50

60

30

40

180

465

Tikuvchi-lik

465

45

50

35

30

160

625

Jami

930

165

190

110

120

585

1515




s=1095

v=190

m=230

585

1515

Bundan ko’rinib turibdiki, jami ijtimoiy mahsulot 1515 birlikni, yal’i ichki mahsulot esa 585 birlikni tashkil etadi.

Lekin bu erda shuni aytish lozimki, mamlakat miqyosida takror hisobga yo’l qo’ymaslik uchun yal’i ichki mahsulotlarni hisoblashda sotib olingan xom ashyo, yonilg’i va materiallar qiymati hisobga olinmaydi, faqat qo’shilgan qiymat hisobga olinadi, ularning yig’indisi esa yal’i ichki mahsulot hajmini ko’rsatadi. Ammo har bir korxona va tarmoq uchun sotilgan tovar mahsuloti yal’i ichki mahsulotdan emas, balki jami yaratilgan ijtimoiy mahsulotdan iboratdir. Masalan, bizning misolimizda ‘axtani qayta ishlash korxonasi ishlab chiqargan va sotgan mahsulot 285 birlikni, yal’i ichki mahsulot hisobiga kiradigan qo’shilgan qiymat esa 145 birlikni tashkil etadi. Sotilgan 285 birlik mahsulotning 140 birligi xom ashyo, yonilg’i va materiallarni sotib olish uchun ishlatiladi. Shuning uchun biz bu mavzuda korxonalar va tarmoqlar yaratgan yillik milliy mahsulot haqida ga’irganda ko’’roq jami ijtimoiy mahsulotni nazarda tutamiz.

Demak, YaIM milliy iqtisodiyotda yil davomida ishlab chiqarilgan barcha ‘irovard mahsulot (xizmat)larning bozor narxlaridagi summasi. Biz bilamizki, joriy yilda ishlab chiqilgan barcha mahsulotlar sotilmasligi mumkin, ularning bir qismi zahiralarni to’ldiradi. Ya’ni YaIM hajmini hisoblab to’ishda zahiralarning har qanday o’sishi hisobga olinishi zarur, chunki YaIM yordamida joriy yildagi barcha mahsulotlar (sotilgan va sotilmagan) hisobga olinadi.

Milliy ishlab chiqarishning yal’i hajmini to’g’ri hisoblab chiqish uchun, mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta hisobga olinishi zarur. YaIM hajmini to’ishda sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni ko’’ marta hisobga olishlarni bartaraf qilish uchun, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan qo’shilgan qiymatlar yig’indisi olinadi.


Download 5,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish