Xulosalar:
1. Iqtisodiy stikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib o’tib, o’zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o’tgan davr tushuniladi. Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir stikl bilan to’xtab qolmaydi, balki u to’xtovsiz to’lqinsimon harakat sifatida davom etadi.
2. Iqtisodiy stikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy rivojlanishdagi muayyan ‘allani ifodalab, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Odatda iqtisodiy stiklning inqiroz, turg’unlik, jonlanish, yuksalish fazalari ajratib ko’rsatiladi. Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o’tish uchun sharoit yuzaga keladi.
3. Iqtisodiy stikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tushuntiruvchi nazariyani eksternal nazariya deb atash qabul qilingan.
Tashqi omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida yotuvchi va iqtisodiy hodisalarning davriy takrorlanishini keltirib chiqaradigan omillar kiritiladi, ya’ni: urushlar, inqilobiy o’zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar; oltin, uran, neft va boshqa qimmatli resurslar yirik konlarining ochilishi; yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bog’liq ravishda aholi migrastiyasi, er shari aholisi sonining o’zgarib turishi; ijtimoy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o’zgartirishga qodir bo’lgan texnologiya, tadqiqotlar va innovastiyalardagi qudratli o’zgarishlar.
4. Internal nazariya iqtisodiy stikllarni iqtisodiy tizimning o’ziga xos ichki omillar tug’diradi deb hisoblaydi va quyidagi omillarni ajratib ko’rsatadi: asosiy ka’italning jismoniy xizmat muddati; shaxsiy iste’molning o’zgarishi (qisqarishi yoki kengayishi); investistiyalar, ya’ni ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yangilash va yangi ish joylarini vujudga keltirishga yo’naltiriladigan mablag’lar hajmi; ishlab chiqarish, talab va takliflar hajmiga ta’sir ko’rsatishga qaratilgan davlat iqtisodiy siyosatining o’zgarishi.
5. Iqtisodiyotning stiklli rivojlanishi sabablarini izohlashda shuningdek sof monetar nazariya, nomonetar nazariya, etarlicha iste’mol qilmaslik nazariyasi, jamg’arish nazariyasi, ‘sixologik nazariya kabilar ham ilgari suriladi.
6. Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy stiklning 1380 dan ortiq turlari mavjudligi ta’kidlanadi. Ularning ko’’chilik iqtisodchilar tomonidan tan olingan eng asosiy turlari sifatida Kitchin, Juglar, Kuznest, Kondratev stikllarini keltirish mumkin.
7. Iqtisodiy inqiroz deb ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishiga aytiladi. Inqirozlar turli-tuman tarzda ro’y bersada, ularni umumiy, o’xshash tomonlarini nazarda tutib, quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: xo’jalik tizimida muvozanatning buzilishi miqyosiga ko’ra umumiy hamda ayrim sohalarda yuz beradigan inqirozlar; iqtisodiyotda muvozanatning buzilishini muntazam yoki aksincha tarzda yuz berishiga ko’ra davriy, oraliq, nomuntazam inqirozlar; takror ishlab chiqarish nisbatlarining buzilishi tavsifiga ko’ra ortiqcha ishlab chiqarish va taqchil ishlab chiqarish inqirozlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |