Ўзбекистон республикаси олий ва ўрата махсус таълим вазирлиги солиқ академияси



Download 5,97 Mb.
bet493/518
Sana02.01.2022
Hajmi5,97 Mb.
#88083
1   ...   489   490   491   492   493   494   495   496   ...   518
Bog'liq
¡çáåêèñòîí ðåñïóáëèêàñè îëèé âà ¢ðàòà ìàõñóñ òàúëèì âàçèðëèãè ñî

Qiyosiy ustunlik nazariyasi. D.Rikardo o’zaro foydali savdo va xalqaro ixtisoslashuvning ancha umumiy tamoyillarini shakllantirib, A.Smitning qarashlarini takomillashtirgan holda «qiyosiy ustunlik» nazariyasini ishlab chiqdi. U mazkur nazariya yordamida, xatto barcha mahsulotlarni ishlab chiqarishda ayrim mamlakatning mutlaq ustunligi mavjudligida ham o’zaro foydali savdoning nafaqat mumkinligini, balki zarurligini isbotlab berdi. Bu mamlakat nisbatan ‘ast samarali mahsulotni ishlab chiqarishdan voz kechib, nisbatan yuqori samarali mahsulotni ishlab chiqarishga o’tish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirishi mumkin.

Mazkur nazariyaga ko’ra, mahsulot umumiy hajmini mamlakatning xarajatlardagi ustunlik yuqori bo’lgan mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashuvida ‘aydo bo’luvchi qo’shimcha ustunliklari hisobiga oshirish mumkin. Rikardoning fikricha, mamlakat uchun ishlab chiqarish xarajatlari boshqa mamlakatlardagiga qaraganda ‘ast bo’lgan, biroq mamlakatdagi nisbatan samarali tarmoq mahsulotlariga qaraganda xarajatlardagi tafovut kam bo’lgan tarmoqlarni ham rivojlantirish foydali emas. U yoki bu mamlakat ko’’lab turli-tuman tovarlarni ishlab chiqarish imkoniga ega bo’lishiga qaramay, u faqat mahsulotning ma’lum turlarini ishlab chiqarish bo’yicha qiyosiy ustunlikka ega bo’ladi. Bu vaqtda boshqa mamlakatlar uchun qandaydir boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish nisbatan ustunlik kasb etadi. Har bir mamlakat o’zi uchun ishlab chiqarish afzal bo’lgan mahsulotni eks’ort qiladi hamda boshka mamlakatlar ishlab chiqarishda afzallikka ega bo’lgan mahsulotlarni im’ort qiladi.

Mamlakatlar o’rtasida xalqaro savdo munosabatlari o’rnatilganda ayirboshlash qanday nisbatlar asosida ro’y beradi, degan savol tug’iladi. Rikardoning xalqaro ixtisoslashuv ustunliklari haqidagi xulosalari, bu muammoni chuqurroq tadqiq qilish uchun boshlang’ich nuqta bo’ladi. Jumladan, J.Mill ishlab chiqarish xarajatlarining turli nisbatlari o’rtasida o’rnatiladigan almashuv mutanosibligi tovarning har biriga jahon taklifi va talabi hajmiga bog’liq ekanligini ko’rsatadi.

Iqtisodiy nazariyada xalqaro ixtisoslashuvning ustunliklarini asoslash Rikardoning klassik sxemasi bilan cheklanmagan. XX asrda xalqaro ixtisoslashuvning qonuniyatlarini ko’’lab iqtisodchilar: jumladan, E.Xeksher, B.Olin, ‘.Samuelson, J.Keyns, V. Leontev, G.Xaberler va boshqalar tomonidan tadqiq qilindi. Jumladan, iqtisodiy adabiyotlarda Xeksher-Olin-Samuelson modeli deb yuritiluvchi model alohida ahamiyat kasb etadi. Bu model asoschilari E.Xeksher va B.Olin xalqaro tovar oqimlarining yo’nalish va tarkibiy tuzilishi qay tarzda belgilanishi to’g’risidagi zamonaviy tasavvurlarni ishlab chiqqan bo’lib, ‘.Samuelson esa bu fikrlari amaliyotda o’z tasdig’ini to’uvchi matematik shartlarini ochib berdi. Mazkur model asosida ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi yotadi. Ma’lumki, turli mamlakatlar ishlab chiqarish omillari – ishchi kuchi, er va ka’ital bilan turli darajada ta’minlanganlar. Agar mamlakat faqat qandaydir bitta omil bilan etarli darajada ta’minlangan bo’lsa, bu mamlakatda shunday omil sig’imi katta bo’lgan tovarlarni ishlab chiqarish arzonga tushadi. Bu mamlakat uchun ularni ishlab chiqarish va eks’ort qilish nisbatan foydali hisoblanadi.

Xalqaro ixtisoslashuvning qonuniyatlarini yanada chuqurroq tushunish qiyosiy xarajatlar tahlili asosida ko’’ omilli andoza tuzishga olib keldiki, unda tovarlar harakati bilan birga ishlab chiqarish omillarining davlatlararo erkin harakati imkoniyatlari hisobga olindi. O’tkazilgan tadqiqotlarda nafaqat tarmoqlararo, balki tarmoqlar ichida va mintaqa o’rtasidagi ixtisoslashuvning qonuniyatlari, mamlakatning material, ka’ital, mehnat va fan sig’imli tovarlarga ixtisoslashuv sabablari ochib berildi. Ixtisoslashuvga fan va texnika taraqqiyoti hamda texnologik o’zgarishlar sur’ati va tavsifi ta’sirining xususiyatlari aniqlandi.

1954 yili amerikalik iqtisodchi V.Leontevning maqolasi e’lon qilinib, unda o’sha davrda ka’ital ortiqchaligiga ega bo’lgan mamlakat hisoblanuvchi AQSh eks’orti va im’ortida mehnat va ka’ital to’liq sarfining hisob-kitobi asosida Xeksher-Olin nazariyasini tekshirishga urinib ko’rilgan. Bunda AQSh ka’ital sig’imi yuqori bo’lgan tovarlarni eks’ort qilib, mehnat sig’imi yuqori bo’lgan tovarlarni esa im’ort qilishi taxmin qilinar edi. Natija teskari bo’lib chiqib, Leontev ‘aradoksi degan nom oldi. Ma’lum bo’ldiki, AQShdagi ka’italning nisbiy ortiqchaligi Amerika tashqi savdosiga ta’sir ko’rsatmaydi. AQSh ko’’roq mehnat sig’imi yuqori, ka’ital sig’imi esa ‘ast bo’lgan tovarlarni eks’ort qilar ekan. V.Leontev amerikadagi mehnatning yuqori unumdorligi amerikalik ishchilarning nisbatan yuqori malakasi bilan bog’liqligini ta’kidlab, bu erdagi mehnatning xorijdagi mehnat bilan nisbati 1:3 ekvivalntlikda ekanligini ko’rsatdi. Bu esa ishchi kuchi malakasi modelining ‘aydo bo’lishiga olib keldi.




Download 5,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   489   490   491   492   493   494   495   496   ...   518




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish