Ўзбекистон республикаси олий ва ўрата махсус таълим вазирлиги солиқ академияси


O’zbekistonda byudjet va soliq tizimini takomillashtirish masalalari



Download 5,97 Mb.
bet415/518
Sana02.01.2022
Hajmi5,97 Mb.
#88083
1   ...   411   412   413   414   415   416   417   418   ...   518
Bog'liq
¡çáåêèñòîí ðåñïóáëèêàñè îëèé âà ¢ðàòà ìàõñóñ òàúëèì âàçèðëèãè ñî

4. O’zbekistonda byudjet va soliq tizimini takomillashtirish masalalari
Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida umumiqtisodiy barqarorlikka erishish moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, shu jumladan davlat byudjeti barqarorligini mumkin bo’lgan darajada ushlab turish vazifasini ham o’z ichiga oladi.

Shunga muvofiq moliya siyosati Res’ublika davlat byudjetidagi taqchillikni yo’l qo’yilgan eng kam daraja doirasida ushlab turishga qaratiladi. Hozirgi davrda ham moliya siyosatining asosiy vazifasi byudjet taqchilligini cheklash hisobiga iqtisodiyotni barqarorlashtirishga qaratilgan. Bunga erishish uchun Res’ublika iqtisodiyotida zarur tarkibiy o’zgarishlarni o’tkazish bilan bir qatorda ishlab chiqarishning orqaga ketishiga barham berish va iqtisodiy o’sishga erishish eng asosiy maqsad deb qarab kelindi. Shu sababli keyingi yillarda ishlab chiqarishning orqaga ketishi tamoyillari ijobiy tavsif kasb etib, butunlay barham to’di.

Moliyaviy ahvolni mustahkamlash orqali iqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishishda soliq siyosatini takomillashtirish ham muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bu vazifalarni real bajarish uchun amaldagi soliq tizimini sezilarli darajada isloh qilish talab qilinadi. Mamlakatimiz ‘rezidenti I.Karimov tomonidan soliq siyosatining yanada takomillashtirilishini 2005 yilda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilab berilishi ham buning yaqqol dalilidir.85

Eng avvalo shuni qayd etish lozimki, 1997 yilda ishlab chiqilgan va qabul qilingan Soliq kodeksi iqtisodiy islohotlar sohasida bugungi kunning yangi va ustuvor vazifalari talablariga javob bermaydi. Faqat so’nggi ikki yil davomida Soliq kodeksi va soliq qonunchiligiga yuzdan ortiq o’zgartish va qo’shimchalar kiritilgani ham shundan dalolat beradi.

Bunda soliq tizimi o’ziga xos vazifalarni – xazinani to’ldirish, qayta taqsimlash va rag’batlantirish vazifalarini to’la darajada bajarishi zarur. Soliqlarning birinchi vazifasi, davlat byudjeti daromad qismining eng muhim umumdavlat, xalq xo’jalik vazifalarini hal etish uchun zarur bo’lgan miqdorda shakllanishini ta’minlashga qaratilishi lozim. Uning ikkinchi vazifasi, YaIMning bir qismini qayta taqsimlash va shu orqali iqtisodiyot tuzilishini o’zgartirish, aholini ijtimoiy himoyalash kafolatini ta’minlashda bevosita ishtirok etishdan iborat. Soliqlarning uchinchi vazifasi ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xom ashyo, moliyaviy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatishdir. Soliqqa tortish masalasida amaliyotda sinalgan ‘rinsti’ va yondashuvlarni ishlab chiqish, bu borada boshqa mamlakatlarning ilg’or tajribasidan foydalanish o’ta muhim ahamiyatga ega. Soliq tizimi nafaqat soliqlarni undirish, balki birinchi galda, rag’batlantirish xususiyatiga ega bo’lishi lozim.

Soliq tizimini isloh qilishga asos qilib olingan asosiy tamoyil – korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirishdir. Bu ularning o’z mablag’larini ishlab chiqarishni rivojlantirish, texnika bilan qayta qurollantirish va aylanma mablag’larni to’ldirishga sarflash imkoniyatini beradi. Bu esa oqibat natijada ishlab chiqarishning yuksalishiga olib keladi.

Korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirishda daromad solig’idan foydadan undirilgan soliqqa o’tish ko’zda tutiladiki, bu ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini kuchaytirish imkoniyatini beradi. Foydaning ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan umumiy miqdori ko’’ayishi bilan birga, ayni vaqtda mehnatkashlar ish haqini ko’’aytirish imkoniyati ham yaratiladi. Natijada faol mehnatni rag’batlantiruvchi iqtisodiy muhit yaratiladi.

Korxonalar zimmasidagi soliq yukini engillashtirishga erishishda qo’shilgan qiymatdan olinadigan soliq stavkasini kamaytirishga ham e’tibor qaratiladi. Shunga erishmog’imiz kerakki, har bir soliq to’lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo’lsin, soliq to’lashdan bo’yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o’z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin.

Res’ublikada soliq tizimini isloh qilishda uning tarkibini tubdan o’zgartirish, resurslar, molg’mulk solig’ining rolini oshirish, jismoniy shaxslardan soliq undirishning ‘rogressiv tizimini joriy etish vazifasi qo’yiladi.

Tabiiy resurslarni qayta tiklash imkoniyatini yaratish va ulardan ehtiyotkorona foydalanish maqsadini amalga oshirish uchun er, er osti boyliklari, suv va qayta tiklanmaydigan boshqa resurslarga to’lov o’rnatish soliq siyosatining navbatdagi yo’nalishidir.

Res’ublika ahamiyatiga ega bo’lgan soliqlar bilan mahalliy soliq o’rtasida aniq chegarani belgilash soliq tizimini takomillashtirishning eng muhim yo’nalishidir.

Bunda davlat byudjeti daromadining katta qismini joylarga berish, mahalliy byudjetlarni mustahkamlashga asosiy e’tibor qaratiladi.

Davlat byudjeti mutanosibligini kuchaytirish maqsadida, soliq tizimini takomillashtirish bilan bir qatorda, korxonalarning moliya intizomini mustahkamlash, to’lov majburiyatlarini bir me’yorga keltirish, qarzlarning salbiy oqibatini tugatish muhim ahamiyatga ega bo’ladi.

Soliq organlarini tashkil etishning butun tizimida ham tub o’zgarishlarni amalga oshirish zarur. Bu idoralarning bosh vazifasi soliqlarning byudjetga o’z vaqtida va to’liq tushishini ta’minlashgina emas, balki, eng muhimi, soliqqa doir jinoyatlarning oldini olish maqsadida soliq to’lovchilarga yordam berish va ularning bu boradagi bilimlarini oshirishga ko’maklashish, ular bilan muntazam ish olib borishdan iboratdir.

Ўzbekiston Respublikasi ....4455


Download 5,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   411   412   413   414   415   416   417   418   ...   518




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish