ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ТАЬЛИМ ВАЗИРЛИГИ
ТОШКЕНТ МОЛИЯ ИНСИТУТИ .
МОЛИЯ КАФЕДРАСИ МОЛИЯ ФАКУЛТЕТИ
ММС-63 ГУРУХ 4 КУРС ТАЛАБАСИ РАХИМЖАНОВА
СЕВАРАНИНГ АМАЛИЁТ ИШИ.
Davlatning sog‘liqni saqlash tizimi islohotlariga oid ijtimoiy dasturlarini amalga oshirishning asosiy manbasi sifatida budjetdan foydalaniladi. Davlat budjetning aynan taqsimlash funksiyasiga tayanib, ixtiyoridagi markazlashgan moliya resurslarini shakllantiradi va budjet yordamida umumdavlat iste’mollarini pul resurslari bilan ta’minlaydi. Moliyaviy resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida sog‘liqni saqlash sohasi muassasalari ham budjetdan moliyalashtiriladi. Sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlashda, ular qonunda belgilangan tartibda respublika, viloyat/shahar va tuman budjetlaridan moliyalashtiriladi.
Sog’liqni saqlash tizimini moliyalashtirish mexanizmi
•Budjet orqali moliyalashtirish
•O’z-o’zini moliyalashtirish
•Kredit orqali moliyalashtirish
•Homiylar mablag’laridan moliyalashtirish
Sohaning murakkabligini uning oldiga qo‘yilgan vazifa, ya’ni mamlakat
aholisining salomatligini saqlashga qaratilgan vazifalar bilan izohlash mumkin.
Shuni ta’kidlash joizki, ushbu mexanizmni samarali ishlashi ko‘p jihatdan uning
moliyalashtirish tartibiga bog‘liq. Farmondan kelib chiqqan holda
mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimidagi tashkilotlarni quyidagi usulda
moliyalashtirish belgilab berilgan:
o davlat budjetidan moliyalashtirish;
o aralash tarzda moliyalashtirish;
o davlat dasturlari va loyihalar asosida jalb qilinadigan xorijiy
investitsiyalar va kreditlar evaziga.
Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish konseptsiyasiga muvofiq, davlat
quyidagilarni o‘z ichiga olgan bepul tibbiy-sanitariya xizmatlarining taqdim
etilishini ta’minlaydi:
tez, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilishi;
sog‘liqni saqlashning birlamchi bosqichlarida va qator davlat, avvalo
qishloq joylardagi davolash-profilaktika muassasalarida tibbiy xizmatlar
ko‘rsatilishi;
aholini qator yuqumli kasalliklarga qarshi emlash;
ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklar va atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan
kasalliklar(sil, onkologik, ruxiy, giyohvandlik, endokrinologik kasallar va kasb
kasalligiga uchragan bemorlar)gi oid ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish;
bolalarni tekshiruvdan o‘tkazish va davolash (pullik kasalxonalardan
tashqari);
15-17 yoshdagio‘smirlar va chaqiruv komissiyasi yo‘llanmasi bilan
kelgan chaqiruv yoshidagilar (18-27 yosh)ni tekshiruvdan o‘tkazish va davolash;
tug‘ruqqa yordam xizmatlarini ko‘rsatish(pullik kasalxonalardan
tashqari);
davlat davolash-profilaktika muassasalarida bemorlarning imtiyozli
toifalari (nogironlar, urush faxriylari, etimlar)ni davolash.
Tibbiyot tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lar bilan ta’minlanishini yuzasidan mamlakatimizda Davlat maqsadli jamg‘armalari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari shakllantirilgan bo‘lib, budjet kodeksiga ko‘ra ularga quyidagilar kiradi:
davlat maqsadli jamg‘armasi hisoblanuvchi “O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-
hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya
qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi”
12
;
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalariga kiruvchi
“Budjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasi” va “Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi”13 keltirib o‘tilgan.
Respublikamizda 2013 yil mobaynida davlat budjeti xarajatlarining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, 2012 yilga nisbatan 1 trillion so‘mga ko‘proqdir, shu o‘rinda sog‘liqni saqlash sohasi jami davlat xarajatlarida 14.5 foizni tashkil qilmoqda. Soha uchun zarur mablag‘larning qolgan qismi esa budjetdan tashqari manbalar hisobidan shakllantirilmoqda. istiqlolning ilk kunlaridan boshlab tarmoq mablag‘lari hajmida budjet ulushini asta sekinlik bilan kamaytirib borish uchun iqtisodiy sharoit hamda huquqiy-me’yoriy asoslar ishlab chiqilmoqda.Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni rivojlantirish raqobatni paydo bo‘lishiga olib keladi, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat saviyasini oshirishga yordam beradi. Birinchidan budjetga oz bo‘lsada yengillik beriladi, ikkinchidan, aholi yuqori sifatli tibbiy yordamni tanlash huquqiga ega bo‘ladi. Tibbiy xizmatlarga haq to‘lashning bir nechta metodlari mavjud.1. Tibbiy xizmatlarga kasalxonadagi bir kunlik o‘rin o‘rtacha qiymati bo‘yicha haq to‘lash. Ushbu metod bo‘yicha kasalxonalar mijoz kasalxonada bo‘lgan kunlar sonining barcha mijozlar uchun yoki alohida mutaxassislikpar bo‘yicha o‘rtacha chiqarilgan bir kunlik standart tarifga ko‘paytmasi miqdorida haq oladi. O‘tgan asrning 80-chi yillar o‘rtalarigacha bu usuldan sog‘liqni saqlashni ijtimoiy sug‘urtalash mablag‘laridan moliyalashtiradigan mamlakatlarda kasalxonalar xizmatlariga haq to‘lashda foydalanib kelingan. Bugungi kunda u ko‘proq ixtiyoriy tibbiy sug‘urtadan foydalanuvchi mamlakatlarda qo‘llaniladi. Ushbu usulda davolanish narxi barcha mijozlar uchun o‘rtacha hisoblab chiqariladi. Shuning uchun ayrim bemorlarni davolash o‘rtacha darajadan qimmatroqqa va aksincha, ayrimlariniki arzonroqqa tushishi mumkin, ammo shunga qaramay ular umuman kasalxona bo‘yicha o‘rtacha narxdan kelib chiqib to‘lanadi.2.Davolangan mijoz uchun o‘rtacha qiymat bo‘yicha tibbiyxizmat haqini to‘lash metodi. Bu usulda tariflar o‘rtacha qiymat bo‘yicha hisoblab chiqiladi. Tibbiyot muassasalari har bir davolangan mijoz uchun o‘rtacha qiymat bo‘yicha haq oladi. Bu tibbiy xizmatlarni qimmatga ko‘rsatadigan ta’minotchilar uchun foydali, chunki ular qimmatli tashhisotlar va davolash usullari hisobiga ma’lum darajada kasalxonalar budjetini boshqarib turadi. 3.Tibbiy xizmatlar haqini muolajalarga ketadigan xarajatlar asosida to‘lash metodi. Ushbu usulda tariflar har bir muolaja bo‘yicha hisoblab chiqiladi va to‘lovlar shu tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi. O‘zbekistonda bu metod sinovdan muvaffaqiyat bilan o‘tgan hamda Respublika ixtisoslashtirilgan markazlarida (kardiologiya, urologiya, jarrohlik, ko‘z mikroxirurgiyasi markazlarida) qo‘llanilmoqda. Bu usul mijozga imkon qadar ko‘proq testlar yoki jarrohlik aralashuvlarini tayinlash imkoniyatini istisno etmaydi. Ammo bularni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan standartlar yordamida nazorat qilish mumkin. Mazkur tizim tegishli mijozga ko‘rsatilgan har bir muolaja uchun xarajatlar qiymatini hisoblash hajmlarining kattaligi tufayli muayyan qiyinchiliklarga ega.4. Tibbiy xizmatlarga tibbiy-iqtisodiy standartlar bo‘yicha haq to‘lash metodi. Bu usulga ko‘ra narxlar kasalxonalar tomonidan mustaqil hisoblab chiqilishi mumkin. Shuningdek, tibbiy xizmatlarga milliy yoki mahalliy tariflar ham o‘rnatilishi mumkin, davolash-profilaktika muassasalari esa kasallik tashhisi bo‘yicha haq oladi. Har bir guruhda mijozlar tasdiqlangan protokol bo‘yicha muayyan sxemada davolanishi kerak, u dorilar bilan davolash va tashhislash testlaridan iborat. Bu tizim xarajatlarni dastlab baholashni talab etadi, har bir mijozga ko‘rsatilgan davolash esa davolash protokoliga muvofiq olib borilishi lozim. Ammo bu usul ba’zida, agar qabul qilingan standartlar etarlicha aniq bo‘lmasa, jiddiy mablag‘lar sarflanishiga olib kelishi mumkin. Mazkur xizmatni ko‘rsatuvchi tibbiy muassasaning darajasi ham standart bo‘yicha aniqlanadi.5. Tibbiy xizmatlarga maqsadli haq to‘lash metodi. Bu usul ko‘pincha dastlabki darajada, ya’ni davolashning katta, ammo nazorat qilinadigan hajmi talab etilganda qo‘llaniladi. Masalan tibbiy muassasalar emlashni yuqori darajasiga etishgani uchun haq olishlari mumkin, bunda to‘lovlar emlangan aholi sonining ortishiga proportsional tarzda ortib borishi mumkin. Tibbiyot muassasalari maqsadli aholining 100 foizdan ortig‘ini emlashni o‘tkaza olmaydi, vaktsinalarning o‘zi esa yaroqlilik muddati etarli bo‘lgan holda emlash muddatlarini hisobga olib tayinlanishi kerak Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan:
vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalarini va mavjud kreditorlik
qarzlarini to‘lash;
budjet tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash tadbirlari;
budjet tashkiloti xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tadbirlari uchun foydalaniladi
Budjet tashkilolarining yuqorida keltirib o‘tilgan budjetdan tashqari jamg‘armalari bo‘yicha daromadlarni shakllantirgan holda, tegishli tartibda xarajatlarni amalga oshiradi.
Rivojlangan mamlakatlarning sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirishdagi tajribalarini o‘rganib respublikamiz sharoitida joriy etish alohida ahamiyat kasb etadi. AQSH, ayrim MDH, Yevropa va Osiyo mamlakatlari ushbu sog‘liqni saqlash sohasida sug‘urta-bozor munosabatlarini asosan rivojlantirgan. Mazkur tajribalarni o‘rganishning sababi, mamlakatimizda soliqlar hisobidan sohani moliyalashtirish asoslarining rivojlanganlik darajasi sezilarlidir. AQShda tizimning o‘ziga xos jihati mamlakatda sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish ko‘proq tijorat xususiyatiga ega ekanligidadir. Mamlakatlarning sog‘liqni saqlash tizimi samaradorligi bo‘yicha reytingi
•Mamlakat
•Ko‘rsatkich
•Reyting
•Moliyalashtirish modeli
•Boshqarish modeli
Yaponiya 27,21 1 Sug‘urta Bozor
Norvegiya 27,11 2 Sug‘urta Bozor
Shvetsiya 26,11 3 Sug‘urta Bozor
Islandiya 25,59 4 Soliq Davlat
Germaniya 23,39 8 Sug‘urta Bozor
Malta 21,27 11 Soliq Davlat
Lyuksemburg 20,41 14 Sug‘urta Davlat
AQSh 19,83 17 Xususiy Bozor
Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha
sog‘liqni saqlash xarajatlarning YaIMdagi ulushi minimal darajada 1,8 foizni,
maksimal darajada 15,0 foizni tashkil qiladi. Ya’ni Afrika mamlakatlarida 6,0 foiz,
Amerika qit’asida 12,6 foizni, Janubiy-Sharqiy Osiyoda 3,8 foizni, Yevropa
qit’asida 8,5 foizni, O‘rta Sharq mamlakatlarida 4,2 foizni tashkil etadi29
.
2.2-jadval
Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan sog‘liqni saqlash xarajatlari (1995-
2013 yillar)30
(.mlrd.so‘m)
Ko‘rsatkichlar nomi
Yillar bo‘yicha
1995 y 2000 y 2005 y 2010 y 2013 y
Jami YaIM 298,5 3 194,5 15 210,4 61 831,2 117837
Davlat budjeti xarajatlari 98,6 942,7 3 420,1 13 386,9 26 312,4
Sog‘liqni saqlash xarajatlari 11,0 81,9 362,9 1 716,5 3 431,1
Shu jumladan:
Koykali davolanish muassasalari
(shifoxonalar, dispan-ser,...)
7,7 56,1 237,8 989,3 2 003,5
Ambulatoriya muassasalari 1,2 15,1 76,8 492,3 1 071,9
Boshqa muassasalar 2,1 10,6 48,3 234,9 355,7
Davlat budjeti xarajatlarining YaIMdagi
ulushi, %da 33,0% 29,5% 22,5% 21,7% 22,3%
Sog‘liqni saqlash xarajatlarining
YaIMdagi ulushi, %da 3,7% 2,6% 2,4% 2,8% 2,9%
Koykali davolanish muassasalarining
YaIMdagi ulushi, %da 2,6% 1,8% 1,6% 1,6% 1,7%
Ambulatoriya muassasalarining
YaIMdagi ulushi, %da 0,4% 0,5% 0,5% 0,8% 0,9%
Sog‘liqni saqlash xarajatlarini Davlat
budjeti xarajatlaridagi ulushi 11,2% 8,7% 10,6% 12,8% 13,0%
Koykali davolanish muassasalarining
sog‘liqni saqlash xarajatlaridagi ulushi 70,0% 68,5% 65,5% 57,6% 58,4%
Ambulatoriya muassasalarining sog‘liqni
saqlash xarajatlaridagi ulushi 10,9% 18,4% 21,2% 28,7% 31,2%
Boshqa muassasalarning sog‘liqni
saqlash xarajatlaridagi ulushi 19,1% 12,9% 13,3% 13,7% 10,4%
Budjetdan ijtimoiy sohaga ajratilayotgan mablag‘lar doirasida, xususan aholi sog‘lig‘ini saqlash va uni yanada mustahkamlash uchun, ayniqsa davlat budjeti mablag‘larining nechog‘lik zarur ekanligini ko‘rish mumkin. Shunday ekan, sohani samarali faoliyat olib borishida budjet xarajatlarini istiqbol rejalarini ishlab chiqish yo‘nalishlarini aniqlash lozim bo‘ladi. Davlat budjetidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy soha xarajatlarini rejalashtirish va prognozlashtirishda belgilangan aniq tamoyillarga rioya etilishi maqsadga muvofiq holat. Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishda belgilangan me’yorlarga tayanib, ijtimoiy soha tarkibiy xarajatlarida soha ulushini ma’lum darajada amalga oshirib borish muhim vazifalardan biri bo‘lib qolishi kerak.Vazirlar Mahkamasining №414-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Budjet tashkilotlarini xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash) Tartibi”ga muvofiq budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash normativlar bo‘yicha (faoliyat turiga ko‘ra) xarajatlarning quyidagi guruhlarini bir satrda mablag‘ bilan ta’minlash usulida amalga oshiriladi
I. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar (bolali oilalarga nafaqalar va kam
ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, stipendiyalar va boshqalar);
II. Ish haqiga qo‘shimchalar;
III. Kapital qo‘yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq
ro‘yxatlarga muvofiq);
IV. Boshqa xarajatlar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21dekbardagi “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimi to‘g‘risida”gi 276-sonli qaroriga asosan tibbiyot xodimlariga ish haqi to‘lanadi. Mazkur qarorda sog‘liqni saqlash muassasalari, tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha tarif setkasi va tarif razryadlarini ko‘rsatilgan.Sog‘liqni saqlash muassasalariga ish haqi, ish haqiga ajratma, boshqa (kanselariya va xo‘jalik xarajatlari, xizmat safari xarajatlari, o‘quv xarajatlari, oziq-ovqat xarajatlari, dori-darmon xarajatlari, yumshoq va qattiq, jihozlar xarajatlari, kapital va joriy ta’mirlash) xarajatlari rejalashtiladi. Aytish mumkinki bu xarajatlar ichida ish haqi xarajatlari eng yuqori o‘rinni egallaydi. Ish haqi
xarajatlari umumiy xarajatlarning 75-80 foizni tashkil etadi. Ish haqi fondi tibbiyot
xodimlari ish faoliyatiga ko‘ra, quyidagi ish haqlarini o‘z ichiga oladi:
asosiy faoliyati bo‘yicha ish haqi;
tungi navbatchilik uchun haq;
bayram kunlari uchun haq;
maslahatlar uchun haq.
Vazirlar Mahkamasining №276-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari to‘g‘risidagi Nizomi”ga muvofiq Mehnatga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimi joriy etiladigan davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mehnatga haq to‘lash bo‘yicha 4 guruhlari belgilab berilgan. Ushbu guruhlardan kelib chiqqan holda bevosita barcha tibbiyot xodimlariga haqni hisoblashda qo‘llaniladi. Jumladan ushbu guruhlarga tayangan holda, “Tibbiyot muassasasining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi”ni shakllantirish va uning mablag‘larini sarflash yo‘nalishlarini belgilashda ham foydalanilgan. Ya’ni, tizim xarajatlarida tibbiyot xodimlari ish haqlari mablag‘laridan tashqari dori-darmon vositalari, oziq-ovqat uchun xarajatlar hamda moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilishga yo‘naltirilgan xarajatlar miqdorini oshirish ham muhimdir.№276-sonli qarorda “O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari to‘g‘risida”gi tasdiqlangan Nizomda tarif setkasiga muvofiq xodimlarning ushbu toifalari mehnatiga haq to‘lash razryadlari va tarif koeffitsiyenti bilan tasdiqlandi. Poliklinika misolida ko‘radigan bo‘lsak, birinchi navbatda shtatlar jadvali tuziladi, u aholi soniga qarab, kerakli vrach, hamshira, kichik tibbiy xodimlar aniqlanadi. Sog‘liqni saqlash muassasalarining rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari, bosh
tibbiyot hamshiralari uchun mehnatga haq to‘lash tarif setkasi bo‘yicha razryad
sog‘liqni saqlash muassasaning turiga qarab tabaqalashtiriladi. Yagona tarif setkasi
mehnatga haq to‘lash tizimini takomillashtirish hisobiga o‘z malakasini
oshirishdan manfaatdorlikni kuchaytirishni nazarda tutadi. Tibbiyot va
farmatsevtika xodimlari uchun mehnatga haq to‘lash bo‘yicha razryadlar48
:
kichik tibbiyot xodimlari uchun;
o‘rta tibbiyot xodimlari uchun;
vrach xodimlar uchun;
davolash-profilaktika muassasalarining farmatsevtika xodimlari uchun;
tibbiyot muassasasida vrachlikdan boshqa faoliyatni bajarayotgan oliy ma’lumotli mutaxassislar uchun.Yangi tarif setkasiga muvofiq tarif stavkasi oshdi, turdosh razryadlar o‘rtasidagi farq ko‘paydi. Sog‘liqni saqlash muassasalarida xodim uchun quyidagi qo‘shimcha to‘lovlar mavjud: Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash uchun katta miqdorda investitsiyalarga ehtiyojni e’tiborga olib, sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish hajmi va yangi usullarni qo‘llash orqali samaradorligini oshirish zarur. Sog‘liqni saqlashga sarflanayotgan mablag‘larning hozirgi YaIMning 2,9 foiziga teng bo‘lgan darajasi jamiyat sog‘lig‘ini saqlashni yaxshilash uchun yetarli emas. Sog‘liqni saqlash tizimiga budjet hisobidan, budjetdan tashqari fondlar tashkil qilish va donor tashkilotlarining mablag‘larini jalb qilish hisobidan ajratilayotgan moliyalashtirish miqdorini asta-sekinlik bilan ko‘paytirish aholi farovonligini oshirish loyihalarining ustuvor vazifalaridan sanaladi. Rivojlanishning hozirgi bosqichini hisobga olgan holda sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning yangi usulini qo‘llash orqali ushbu soha xarajatlari samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Moliyalashtirishning yangi usuli sifatida mamlakatimizda fuqarolarning jamg‘arib boriladigan tibbiy sug‘urtalash tizimini tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Xorojiy tajribalardan ko‘rib o‘tilganidek, bu usul o‘z navbatida yetarli darajada insonlarning sog‘liqni
saqlashga bo‘lgan ehtiyojlarini sifatli va samarali tarzda qondirilishida muhim
ahamiyatga ega. Mazkur fond mablag‘lari hisobidan tibbiy xizmatlarning to‘lovini
amalga oshirishda xizmatlar sifatini oshirish uchun:
a) tibbiy xizmat sifati va boshqa ko‘rsatkichlarni talab etish huquqlarini tibbiy
xizmatdan foydalanuvchi ixtiyorida mavjud bo‘lishini ta’minlash;
b) tibbiyot xodimi tomonidan davolanuvchiga yetkazilgan zararni tibbiyot
muassasasi, tibbiyot xodimining sug‘urtalovchisi yoki tibbiyot xodimi hisobidan
qoplanishini nazorat qilish maqsadga muvofiq.
Majburiy tibbiy sug‘urtani amalda joriy etish shuningdek, bir nechta asosiy
masalalarni hal etishni taqozo qiladi. Bular:
– tibbiy sug‘urtani qay shaklda joriy etgan ma’qul: ijtimoiy sug‘urta shaklidami yoki
tijorat sug‘urtasi shaklidami;
– majburiy tibbiy sug‘urta uchun to‘lovlar qaysi mablag‘lar hisobidan amalga
oshiriladi;
– majburiy sug‘urtaning qamrovi qanday bo‘ladi.
Yuqorida ta’kidlangandek, majburiy tibbiy sug‘urta, ijtimoiy sug‘urta yoki sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunga muvofiq majburiy sug‘urta shaklida amalga oshirilishi mumkin. Tibbiy sug‘urtaning ijtimoiy sug‘urta shaklida joriy etilishi fond tashkil qilish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Bu fond majburiy tibbiy sug‘urta mablag‘larini jamlab, shu mablag‘lar hisobiga sug‘urtalanuvchilar (sug‘urta polislari egalari) ning tibbiy xizmatlari uchun to‘lovni amalga oshiradi. Tibbiy sug‘urtani bu shaklda tashkil qilish qo‘shimcha ma’muriy xarajatlarga olib keladi. Sog‘liqni saqlash tizimini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda moliyaviy rejalashtirish modelidan foydalanish hamda ularni hududlarda amalga oshirish lozimdir. Sog‘liqni saqlash sohasida moliyaviy rejalashtirish tuzilmasi keltirilgan bo‘lib, aynan shunday ketma-ketlikda ishlarni amalga oshirish o‘z navbatida ijobiy samaraga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchi navbatda sog‘liqni saqlash sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga mos tarzda moliyaviy rejalashtirishning maqsadini aniqlash talab etiladi. Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning hozirgi holatini va uni isloh qilish yo‘llari o‘rganildi. Birinchidan, respublikamizda sog‘liqni saqlash sohasiga ajratilayotgan mablag‘larning yalpi ichki mahsulotga nisbatan ulushi yildan yilga oshib borayotganiga qaramasdan, ko‘pgina xorij mamlakatlarida ushbu ko‘rsatkich biznikidan ancha ko‘pligi, shuningdek mamlakatimiz aholisining oshish sur’atlarini e’tiborga olsak ushbu mablag‘lar etarli emasligi ko‘zga tashlanmoqda. Ikkinchidan, sog‘liqni saqlash tizimi, tibbiy xizmatlar darajasi aholi turmush darajasini belgilovchi omillar tizimi tarkibiga kiradi. Tibbiy xizmatlarning rivojlanganligi aholi farovonligini oshiruvchi ikki muhim jihatlari bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatish mumkin: a) mikroiqtisodiy darajada har bir bemorga ko‘rsatilgan tibbiy xizmatga byudjetdan belgilangan tartibda mablag‘ ajratilishi; b) makroqtisodiy darajada aholi tomonidan bir yilda to‘langan soliq va boshqa to‘lovlar miqdorini ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar hajmi va sifatiga mutanosibligi.Uchinchidan, 2000-2010 yillar davomida sog‘liqni saqlash tizimini samarali moliyalashtirish natijasida aholi o‘rtacha umr ko‘rish davri 67 yoshdan 73 yoshga, jumladan, ayollarning o‘rtacha umr ko‘rishi 75 yoshga etdi.To‘rtinchidan, respublikamiz tibbiyot muassasalarida o‘zini-o‘zi moliyalashtirish, byudjetdan tashqari mablag‘lar hajmini kengaytirish yuzasidan chora-tadbirlar yig‘indisi amalga oshirildi. Sog‘liqni saqlash tizimida moliyaviy mablag‘lar manbaini kengaytirish bo‘yicha yaratilayotgan shart-sharoitlar katta ko‘lamda bo‘lsada, tizimda byudjetdan tashqari mablag‘lar hajmining davlat byudjetidagi ulushi kichik miqdorda qolmoqda.Beshinchidan, shifokor, tibbiyot xodimlarining moddiy rag‘batlantirish va mehnatiga haq to‘lash tizimi tubdan o‘zgartirildi. Ish haqi to‘lash va rag‘batlantirish mexanizmi bajarilayotgan ishning murakkabligi va og‘irlik darajasiga, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatning sifatiga bevosita bog‘liq qilib qo‘yildi, belgilangan mazkur me’yorlar aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirdi.Tadqiqotda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish strategiyasi samaradorligini oshirishga qaratilgan quyidagi ilmiy taklif va amaliy tavsiyalari ishlab chiqildi:
1. Respublikamizda sog‘liqni saqlash sohasiga ajratilayotgan mablag‘larni yalpi ichki mahsulotga nisbatan ulushini oshirish va bu erda nafaqat davlat byudjeti tomonidan ajratiladigan mablag‘lar, balki boshqa muqobil manbalardan foydalanish tizimini ham yo‘lga qo‘yish lozim. Bu holatda sog‘liqni saqlash tizimi faoliyatini yaxshilash, aholi sog‘lig‘ini saqlash va aholi sog‘lig‘i ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun nafaqat tizimga ajratilayotgan mablag‘ni oshirish, sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish lozim.
2. Respublikamiz sog‘liqni saqlash muassasalarini moliyalashtirish jarayonlarida moliyaviy mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish, maqsadliligini ta’minlash uchun “Natijaviylikka yo‘naltirilgan byudjetlashtirish” uslubiyatini kengroq qo‘llashi lozim.
3. Respublikamizda ish beruvchi tomonidan ishchi-xodimlar uchun o‘zining maxsus hisob raqamida tibbiy xizmatlarni moliyaviy ta’minlash maqsadida, shaxsning jamg‘ariladigan majburiy tibbiy sug‘urtalash tizimini tashkil etish.
4. Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishda bir kishi hisobiga to‘g‘ri keluvchi xarajatlar uslubidan foydalanish jarayonini kengaytirish. Shulardan kelib chiqib, sog‘liqni saqlash tizimini mablag‘ bilan ta’minlashni qayta ko‘rib chiqish va tibbiyot muassasalarga mablag‘ ajratishda bir shifo o‘riniga asosan mablag‘ bilan ta’minlashdan xizmat ko‘rsatadigan aholi soniga qarab mablag‘ bilan ta’minlashga o‘tish lozim.
5. Sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarni samaradorligini yanada oshirishda quyidagi tavsiyalarni keltirib o‘tish mumkin:
− har qanday islohotni amalga oshirishdan oldin sog‘liqni saqlash tizimining murakkab hamda yutuqli tomonlarini o‘rganish va atroflicha baholash; − sog‘liqni saqlash tizimi uchun mablag‘lar izlab topish bilangina emas, uning
daromadlar bazasini mustahkamlab, sarf etilishini ham qat’iy choralar asosida amalga oshirish;
− sog‘liqni saqlash tizimida tibbiy xizmatlar yetkazilishining adolatli
bo‘lishini ta’minlash uchun moliyaviy resurslarni taqsimlash strategiyasini ishlab chiqish;
− tizimda to‘lovlarni ortib ketishini bartaraf etish choralarini ko‘rish, bunday to‘lovlarning mavjudligi sog‘liqni saqlash tizimiga nisbatan bo‘lgan aholi ishonchini yo‘qotadi va islohotlarni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladi;
− aholiga ko‘rsatiladigan pullik tibbiy xizmatlarning qiymatini aniqlashda aniq ma’lumotlarga asoslanish va konkret raqamlarga tayanish;
− sog‘liqni saqlash tizimida samarali boshqaruv amaliyotini yanada
takomillashtirish;
− aholi sog‘lig‘ini saqlashda tibbiy xizmatlar uchun qanday me’yorlarda
xarajatlarni amalga oshirish va to‘liq yoki qisman pullik tarzda yetkazib
beriladigan tibbiy xizmatlar to‘plamini shakllantirish lozim.
Sog‘liqni saqlash tizimini moliyaviy ta’minlash jarayonini takomillashtirish aholi salomatligini muhofaza etish bilan uzviy bog‘liqligini hisobga olgan holda, amalga oshirilayotgan islohotlar avvalambor insonlar sihat-salomatligini mustahkamlash va turmush farovonligini ta’minlash uchun ko‘zlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |