30
go‗shtining o‗rnini bosa oladi. Soya unidan tayyorlangan sut esa to‗yimlilik jihatidan sigir sutidan aslo
qolishmaydi.
Bug‗doy uniga 8-10 foiz soya uni qo‗shib tayyorlangan non juda yumshoq bo‗lib, bir necha kun mobaynida
shu holatini yo‗qotmaydi. Bunday undan turli pishiriqlar ham tayyorlash mumkin.
Bundan tashqari, soya tibbiyotda ham keng qo‗llaniladi. Soya uni tarkibida xolesterin va moy kislotalari
bo‗lmaganligi sababli u jigarni tozalaydi, organizmda xavfli o‗smalar paydo bo‗lishining oldini oladi. Soya
mahsulotlarini doimiy is‘temol qilish organizmda modda almashinuvini yaxshilaydi. Qon tomirlari aterosklerozi,
gipertonik, yurakning ishemik kasalliklari, artemiya, miya qon aylanishining buzilishi, ichki organ kasalliklari,
diotez, sirroz, qon diabeti, turli shishlar, bepushtlik va boshqalarni davolashda soya benazir tabiiy mahsulot
sanaladi. Ayniqsa, keksa yoshdagi insonlar uchun u nihoyatda foydali.
Soya doni moy ishlab chiqarish sanoatida qimmatbaho xomashyo hisoblanadi. Ma‘lumotlarga qaraganda,
hozirda dunyo miqyosida ishlab chiqarilayotgan o‗simlik yog‗ining 32,8 foizi soyadan tayyorlanadi.
Soya yog‗i tiniq qo‗ng‗ir sariq rangda bo‗lib, tarkibida moy uchun muhim sanalgan linol va linolen
kislotalari mavjud. Soya moyi tarkibi jihatidan sariyog‗ga o‗xshaydi. Bu yog‗ kislotalari inson organizmida
sintezlanmaydi. U nafaqat oziq-ovqat sanoatida, balki farmatsevtikada, sovun va lok-bo‗yoq sanoatida, linoleum,
kleyonka ishlab chiqarishda, to‗qimachilik sanoatida, plastmassa tayyorlashda ham ishlatiladi.
Qishloq xo‗jaligida ham bu o‗simlik muhim ahamiyatga ega. U ekilgan yerda gektariga 120 kilogramm va
undan ortiq biologik azot to‗plash xususiyatiga ega. Shundan 60-70 kilogrammini o‗zi o‗zlashtiradi, tuproqqa esa
50-60 kilogramm biologik azot qoldiradi. Bu esa tuproq unumdorligini oshirib, yerning agrobiologik holatini
yaxshilaydi.
Tajribalar shuni ko‗rsatadiki, soya bahorda ekilganida gektaridan 30-33 sentner, kuzgi bug‗doy o‗rniga
ekilganida esa 18-23 sentner hosil olish mumkin. Shu bilan birga, mazkur o‗simlik tuproq tarkibidagi biologik
azot miqdorini oshirishi hisobiga undan keyin ekilgan g‗o‗za hosildorligi gektariga 4-5,5 sentnergacha oshishi
kuzatildi. Shuning uchun u har jihatdan qulay va foydali o‗simlik hisoblanib, viloyatimiz sharoitida bemalol ekib-
parvarishlash mumkin. Soya yetishtirishni istagan fermer va dehqonlar uning ayrim o‗ziga xos xususiyatlarini
bilib qo‗ysalar, foydadan xoli bo‗lmaydi.
Soya o‗sish va rivojlanishiga qarab, ertapishar (vegetatsiya davri 90-100 kun), o‗rtapishar (110-
120 kun) va kechpishar (130-140 kun) navlarga bo‗linadi. Soyani ekishning eng maqbul muddati tuproqning 5-10
santimetrlik yuza qatlamida harorat 14-16 daraja bo‗lgan vaqt hisoblanadi. Bunday sharoit uzoq muddat davom
etganligi tufayli soyadan bir yilda ikki marta hosil olish mumkin.
Soyaning gullash davri uning navi, iqlim sharoiti va ekilish muddatiga qarab, to‗liq unib chiqqandan keyin
35-40 kunda boshlanadi. O‗simlik tupida gullash boshlanishi bilan o‗sishi jadallashadi. Gullashdan to dukkaklari
yetilib pishguncha oradan 40-60 kun o‗tib, doni 15-20 kunlardan so‗ng to‗liq pishib yetiladi.
Soya - tuproq namligiga talabchan ekin. Uni amal davrida 3-4 marta qondirib sug‗orish talab etiladi.
Gullash boshlanishi bilan o‗simlikning suvga bo‗lgan talabi yanada ortadi. Gullash va hosil qilish davrida suvga
qondirilmasa, bu holat hosildorlikka salbiy ta‘sir etadi.
O‗rganishlar shuni ko‗rsatadiki, gektariga bir tonna don va shunga muvofiq xashak olish uchun soya
tuproqdan 80-85 kilogramm azot, 30-35 kilogramm fosfor, 30-40 kilogramm kaliy va 60-70 kilogramm kalsiy
moddasini o‗zlashtirishi kerak bo‗ladi. Hosildorlik rejalashtirilayotganda ushbu meyorlarga rioya qilib ish
boshlagan ma‘qul. Yoki gektaridan 30 sentner don olish rejalashtirilayotganda o‗g‗itlarni yuqoridagi
ko‗rsatkichlar miqdorini uchga ko‗paytirgan holda qo‗llash tavsiya etiladi.
Dalada o‗tkazilgan tajribalar va dehqonlarning xulosalariga ko‗ra, g‗o‗za, bug‗doy va makkajo‗xori soyaga
yaxshi o‗tmishdosh bo‗la oladi. Soyadan keyin ekilgan boshoqli don ekinlari, g‗o‗za va kartoshkaning hosildorligi
yuqori bo‗lishi amalda tasdig‗ini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: