Zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati


Izolyatsiyalovchi tagliklar va dielektrik gilamlar



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/97
Sana01.07.2022
Hajmi1,83 Mb.
#728739
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   97
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot 2021-yil Xavfsizlik qoidalari

Izolyatsiyalovchi tagliklar va dielektrik gilamlar 
3.1.45. Izolyatsiyalovchi tagliklarni qabul qilish-topshirish sinovlari ularga 
o‗rnatilgan tayanch izolyatorlarini 36 kV kuchlanish bilan sinashdan iboratdir. 
Izolyatsiyalovchi tagliklarning tayanch izolyatorlarini alohida yoki taglik bilan 
birgalikda sinash mumkin. Bunda hamma izolyatorlarning metall qalpoqchalari 
bir-biri bilan hamda izolyatorlarning asoslari bir-biri bilan ulangan bo‗lishi zarur. 
Sinov kuchlanishi qalpoqchalarga va izolyatorlar asosiga beriladi. 
3.1.46. Sinov jarayonida izolyatorlarning holati kuzatib turilishi lozim; agar 
izolyator yuzasida sirg‗anuvchi razryadlar yoki elektr yoy bilan chokni qoplab 
o‗tish bo‗lsa, izolyatsiyalovchi taglik yaroqsizga chiqariladi. 
Sinovdan sung tayanch izolyatorlar asosiga ularning sinalganligi to‗g‗risida 
shtamp bosiladi. YAroqsizga chiqarilgan izolyatorlar almashtiriladi. 
3.1.47. Dielektrik gilamlarni qabul qilish-topshirish sinovlari GOST ga 
asosan o‗tkaziladi. 
3.1.48. Taglik va gilamlar ishlatish jarayonida elektr sinovlaridan 
o‗tkazilmaydi. Ular ko‗zdan kechirish jarayonida yaroqsizga chiqariladi. Gilamlar 
kamida har 6 oyda bir marta chiqindilardan tozalanishi va ko‗zdan kechirilishi 
lozim. Agar teshiklar, yirtilgan joylar va shunga o‗xshash nosozliklar aniqlansa, 


149 
ushbu himoya vositasi Yangisi bilan almashtirilishi lozim. Tagliklar har 3 yilda 1 
marta ko‗zdan kechiriladi. 
Izolyatsiyalovchi qoplamalar 
3.1.49. 3 — 10 kV kuchlanishli elektr uskunalarida qo‗llaniladigan qattiq 
elektroizolyatsiyalovchi materiallardan tayyorlangan mustahkam izolyatsiyalovchi 
qoplamalar 20 kV kuchlanish bilan, 15 kV kuchlanishli elektr uskunalarida 30 kV 
kuchlanish bilan, 20 kV kuchlanishli elektr uskunalarida qo‗llaniladigan 
qoplamalar 40 kV kuchlanish bilan sinaladi. Sinov davom etish muddati 5 minut. 
3.1.50. Qoplamalarning elektr chidamliligini sinash uchun avval ularni 
chetlari qoplama chetlariga 50 mm etmagan plastinkasimon ikkita elektrodlar 
orasiga o‗rnatiladi, keyin qoplamalar elektrodlar orasiga turli tomonlari bo‗yicha 
joylashtiriladi, bunda elektrodlar orasidagi masofa ma‘lum kuchlanishda 
ishlatiladigan ajratgichlarning qutblari orasidagi masofadan ortiq bo‗lishi kerak 
emas. 
3.1.51. 1000 V kuchlanishgacha bo‗lgan elektr uskunalarida 
qo‗llaniladigan dielektrik rezinadan tayyorlangan izolyatsiyalovchi qoplamalar bir 
minut davomida 2 kV kuchlanish bilan sinaladi. Suv bilan ho‗llangan tekis yoki 
taram-taram ariqchali (agar ular bo‗lsa) qoplamalar qoplamalarning chetiga 15 mm 
ga etmagan ikki elektrod orasiga o‗rnatiladi. Qoplamadan o‗tayotgan tokni 
o‗lchash uchun transformatordagi kuchlanishni ko‗tarib beruvchi cho‗lg‗am 
zanjiriga milliampermetr ulanadi. Bunda qabul qilish-topshirish sinovlarida tok 
kuchi 5 mA dan oshmasligi, ishlatish sinovlari mobaynida esa 6 mA dan 
oshmasligi zarur. Sinov davom etish muddati 1 minut. 
3.1.52. 1000 V kuchlanishgacha bo‗lgan qattiq elektroizolyatsiyalovchi 
materiallardan tayyorlangan izolyatsiyalovchi qoplamalar rezinali qoplamalar 
uchun mo‗ljallangan me‘yorlarda sinaladi. Bunda izolyatsiyalovchi qoplamalardan 
o‗tayotgan tok kuchining sizib kamayish toki o‗lchanmaydi. 

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish