Zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/97
Sana01.07.2022
Hajmi1,83 Mb.
#728739
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   97
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot 2021-yil Xavfsizlik qoidalari

 


46 
7-Amaliy ish 
O‗ta kuchlanishlardan himoya qiluvchi qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda 
texnik talablar va havfsizlik 
 
1. Ushbu Qoidalar iste‘molchilarga tegishli bo‗lgan 220 kV va undan past 
kuchlanishli o‗zgaruvchan tok elektr qurilmalarini o‗ta kuchlanishlardan x,imoya 
qiluvchi barcha qurilmalarga taalluklidir. 
Himoya qurilmalari amaldagi EKTK va o‗ta kuchlanishdan himoya qilish 
bo‘yicha rax,bariy xujjatlar talablarini kondirishi shart. 
2. Iste‘molchilarning binolari va inshootlari javobgarlik darajasidan kelib 
chikib tegishli yashindan himoya qiluvchi qurilmalar bilan ta‘minlanadilar. 
Yashinning to‗g‗ridan-to‗g‗ri urishidan himoya o‗zakli yoki trosli yashin 
qaytargichlar bilan amalga oshirilgan bo‗lishi mumkin. 
Yashindan himoya qiluvchi qurilmalarga, shuningdek yerga ulangan metall tom 
va metalldan bo‗lmagan tomga taShlangan metall tur ham kiradi. 
3. Alohida o‗rnatilgan yashin qaytargichlar yoki ularni ushlab turuvchi 
konstruktsiyalar sifatida tutun quvurlar va inshootlardan foydalanuvchi korxonalar, 
ushbu yashin qaytargichlar himoya qiladigan zonalar chizmasiga ega bo‗lishi shart. 
Rekonstruktsiya qilinganda va qurilish ishlari bajarilganda himoya zonalarini 
aniqlashtirish zarur. 
4. OTQkonstruktsiyalariga, alohida turgan o‗zakli yashin qaytargichlarga
projektor machtalariga, tutun quvurlariga va gradirnyalarga 1000 V gacha 
kuchlanishli XL simlarini (yorituvchi, telefon va sh.u.) osish va ushbu liniyalarni 
mazkur inshootlarga olib kelish man etiladi. 
Ko‗rsatilgan liniyalar - kabel liniyalari bo‗lishi shart. 
5. Korxonalarda quyidagi tartibga solingan ma‘lumotlar saqlanishi shart: 
himoya oraliqlarida ventilli va quvurli razryadlagichlarning o‗rnatilishi haqida 
(razryadlagich turlari, himoya qilinayotgan uskunalargacha masofa), shuningdek 
quvurli (naysimon) razryadlagichdan liniya ajratgichlarigacha va ventilli 
razryadlagichlargacha bo‗lgan masofalar haqida; 
yashindan himoya qilish vositalari o‗rnatilgan tayanchlar yerga ulagichlarining, 
shu jumladan troslarning qarshiligi haqida; 
elektr uzatish liniyalarining podstansiyalarga yaqinlashishida tuprokning 
qarshiligi haqida; 
elektr uzatish liniyalarining boshqa elektr uzatish, aloka va avtoblokirovka 
liniyalari bilan kesishishi, XL dan shoxobchalanishlar, liniyadagi kabel 
uchastkalari va boshqa izolyatsiyasi zaif bo‗lgan joylar haqida. 
6. Barcha kuchlanishdagi ventilli razryadlagichlar doimo ulangan bo‗lishi 
shart. OTK, da kishki mavsumda (yoki uning alohidagi oylarida) dovulli shamollar 


47 
bo‗ladigan, mo‗zlaydigan, harorat keskin o‗zgaradigan va intensiv ifloslanadigan 
tumanlarda faqat yashindan himoya qilish uchun muljallangan ventilli 
zaryadsizlagichlarni uchirib kuyishga ruxsat beriladi. Avtotransformatorlardagi 
ventilli razryadlagichlarni uchirib quyish mumkinligi ishlab chiqaruvchi zavod 
bilan kelishiladi. 
Barcha kuchlanishni XL da quvurli razryadlagichlarning va himoya 
oraliqlarining uchkun oraliqlarini qishki davrda o‗zaytirmasdan qoldirishga ijozat 
beriladi. 
7. Ventilli va quvurli razryadlagichlarning Elektr uskunalarni SNvaMga 
muvofiq sinashlari o‗tkaziladi. 
8. Podstansiyalarda o‗ta kuchlanishdan himoya qilish vositalari quyidagilarda 
ko‗rikdan o‗tkazilishi shart: 
doimiy navbatchi xodimlari bor qurilmalarda — navbatdagi ko‗rik vaqtida, 
shuningdek chiqib ketuvchi XL ning releli himoyasi ishlab ketishini keltirib 
chiqargan har bir momaqaldiroqdan keyin; 
doimiy navbatchi xodimlari yo‗q qurilmalarda — barcha uskunalarni ko‗rikdan 
o‗tkazishda. 
9. XL da o‗rnatilgan quvurli razryadlagichlar va himoya oraliqlari ko‗riklari 
yyerdan turib ko‗rik o‗tkazuvchi tomonidan quyidagi xollarda o‗tkaziladi: 
XL ni har bir navbatdagi ko‗rikdan o‗tkazishda; 
Momaqaldiroqdan keyin XL uchganda yoki AQU qurilmasi ishlaganda, agar 
izolyatsiya bo‗zilishiga (yerga tutashishga) shubha bo‗lsa. 
10. Podstansiyaga kirishda o‗rnatilgan quvurli razryadlagichlarni navbatchi 
xodim asosiy uskunalar bilan birgalikda davriy, shuningdek podstansiya 
joylashgan xududda yoki undan chiqib ketgan elektr uzatish liniyasi uchastkalarida 
sodir bo‗lgan momaqaldyroqdan keyin, ko‗rikdan o‗tkazadi. 
11. Momaqaldiroq mavsumidan oldin kuchlanishi 1000 V gacha bo‗lgan HL 
ning temir beton tayanchlariga o‗rnatilgan izolyatorlar ilgaklarini va shtirlarini, 
shuningdek ushbu tayanchlar armaturalarini yerga ulanishlari sozligi tanlov asosida 
(elektr xo‗jaligiga javobgar hohishiga kura) tekshirilishi kerak. Nol sim bo‗lgan 
taqdirda, ushbu elementlarni nol simga ulanganligi ham tekshiriladi. 
12. Yoy sundiruvchi reaktorlar bilan yerga to‗tashishning sig‗im tokini 
kompensatsiyalash, sig‗im toki quyidagi qiymatlardan ortganda qo‗llaniladi: 
Tarmoqning nominal 
kuchlanishi, kV 

10 15-20 35 
Yerga to‗tashuvning sigim 
toki, A 
30 
20 
15 
10 


48 
Tarmoq kuchlanishi 6-35 kV bo‗lgan XJI dagi temir-beton va metall 
tayanchlarda, yerga to‗tashishning sig‗im toki 10 A dan Yuqori bo‗lganda yoy 
sundiruvchi apparatlar qo‗llaniladi. 
Tarmoqlarda yerga tutashuvning sig‗im tokini kompensatsiya qilish uchun tokni 
avtomatik yoki qo‗l bilan rostlovchi yerga ulovchi yoy sundiruvchi reaktorlar 
qo‗llanilishi kerak. 
Sigim toklarini, yoy sundiruvchi reaktor toklarini, yerga tutashuv toklarini va 
neytral siljishi kuchlanishlarini ulchashlar, yoy sundiruvchi reaktorlarni 
ekspluatatsiyaga tushirishda va tarmoq rejimlari anchagina o‗zgarganda, lekin 
kamida 6 yilda 1 marta o‗tkazilishi kerak. 
13. Sigim tokini kompensatsiyalab ishlayotgan tormoqlarda kuchlanish 
nosimmetriyaliligi faza kuchlanishining 0,75% dan ortmasligi shart. 
Tarmoqda yerga tutashish bo‗lmaganda, neytralning siljish kuchlanishi faza 
kuchlanishidan 15% dan Yuqori bo‗lmasligiga o‗zoq muddat, 30 % dan Yuqori 
bo‗lmasligiga-1 soat davomida ruxsat beriladi. 
Kuchlanish nosimmetriyaliligini pasaytirish va neytralni 
ko‗rsatilgan qiymatlargacha siljitish yerga nisbatan fazalar sigimini rostlash bilan 
amalga oshiriladi (faza simlarini o‗zaro joylashishini o‗zgartirish, shuningdek 
liniyalar fazalari orasida Yuqori chastotali aloka kondensatorlarini taqsimlash 
bilan). 
Tarmoqqa 
Yuqori 
chastotali 
aloka 
kondensatorlari 
va 
aylanuvchi 
mashinalarning yashindan himoya qilish kondensatorlari ulanganda, yerga nisbatan 
fazalar sig‗imlarining nosimmetriyasiga yul quyilishi mumkinligi tekshirilishi 
shart. 
Neytralda ko‗rsatilgan qiymatlardan ortiq kuchlanish siljishiga olib kelishi 
mumkin bo‗lgan elektr o‗zatuvchi havo va kabel liniyalarini fazalar bo‘yicha ulash 
va uchirish man qilinadi. 
14. Ayni vaqtda tarmoqda yerga ulanish bo‗lsa, yoy sundiruvchi apparatlarni 
uchirib quyishga ijozat berilmaydi. 
15. Sig‗im 
tokini 
kompensatsiyasi 
bilan 
ishlayotgan 
tarmoqdan 
ta‘minlanayotgan korxona, energetika tizimining tezkor xodimlarini iste‘molchi 
tarmog‗i sxemasidagi o‗zgarishlar haqida, yoy sundiruvchi reaktorlarni qayta 
qurish (sozlash) uchun, o‗z vaqtida ogoxlantirishi shart. 
16. Transformatorlar va avtotransformatorlarning ishla- tilmayotgan past 
(o‗rta) kuchlanish cho‗lg‗amlari yulduzga yoki uchburchakka ulanishi va o‗ta 
kuchlanishdan himoya qilingan bo‗lishi shart. 
17. Har yili, momaqaldirok mavsumidan oldin, yashindan himoya qilish 
sxemalarini, ularning qurilmalarida va elektr zanji- ri sxemalaridagi bo‗lib utgan 
yoki bo‗ladigan o‗zgarishlarni hisobga olib, ular yashindan himoya qilish 


49 
vositalarini joylashtirishning namunaviy sxemalariga mos kelishi uchun, tekshirish 
zarur. 
18. Kuchlanishi 110-220 kV bo‗lgan podstansiyalarda neytralni o‗zidan-o‗zi 
siljishini yoki xavfli ferrorezonans jarayonlarni oldini olish uchun, tezkor 
harakatlar NKF-110 va NKF-220 kuchlanish transformatorlari bo‗lgan 
yuklanmagan shinalar tizimiga ulanayotgan transformator neytralini yerga ulash 
bilan boshlanishi kerak. 
19. 
Kuchlanishi 110-220kV bo‗lgan tarmoqdarda, transformatorlarning 110-
220 kV kuchlanishli chulgamlari neytralini yyerdan ajratish, shuningdek releli 
himoya va avtomatikaning harakatini tanlash shunday amalga oshirilishi kerakki, 
bunda turli tezkor va avtomatik uchirishlarda neytrallari yerga ulangan 
transformatorlarsiz tarmoq uchastkalari ajralib kolmasin. 

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish