144
ta‘siridan paydo bo‗lgan kuchlanishni tekshirishdan, shuningdek, izolyatsiyalovchi
shtangani sinashdan iborat.
3.1.29. Kuchlanish ko‗rsatgichining sezuvchanligini tekshirish uchun uni
orqa tomoni bilan 1,5 kV kuchlanish ostida alohida turgan bitta simga
yaqinlashtiriladi. YOnib o‗chuvchi signal kamida 40 — 60 mm yaqinlashtirilganda
paydo bo‗lishi lozim. Ta‘sir etish yunalishini
tekshirish uchun kuchlanish
ko‗rsatgichini ushbu simga yon tomondan yaqinlashtiriladi. Bunda yonib
o‗chuvchi signalning paydo bo‗lish oralig‗i, orqa tomonidan yaqinlashtirilgandagi
masofadan 3 marta kam bo‗lishi zarur. Ishlayotgan elektr uskunalari ta‘siridan
paydo bo‗lgan kuchlanishni tekshirish uchun kuchlanish ko‗rsatgichining orqa
tomoni bilan 6 kV kuchlanish ostida bo‗lgan o‗tkazgichdan 1 m masofada parallel
joylashtirilgan, yerga ulanmagan va uzunligi 1 m bo‗lgan simga yaqinlashtiriladi.
Bunda kuchlanish ko‗rsatgichi signal bermasligi zarur.
3.1.30. Kontaktsiz kuchlanish ko‗rsatgichining izolyatsiyalovchi shtangasi
5-ilovaga asosan sinaladi.
Fazalarni sozlash uchun kuchlanish ko‗rsatgichlari
3.1.31. Fazalarni sozlash uchun kuchlanish ko‗rsatgichlarini
qabul qilish-
topshirish va ishlatish sinovlari
3.1.24-bandga
asosan ulovchi simning
izolyatsiyasini sinash hamda kuchlanish ko‗rsatgichini bir xil fazalarga ulashda va
qarama-qarshi (alohida 2 fazaga ulash) sxemalariga
ulanganda yaroqliligini
tekshirishdan iboratdir.
3.1.32. 3 — 10 kV kuchlanishga mo‗ljallangan asbobning ishchi qismi 20
kV bilan, 6 — 20 kV kuchlanishligini 40 kV bilan, 35 kV kuchlanishligini 70 kV
kuchlanish bilan, 110 kV kuchlanishligini esa 140 kV bilan bir minut davomida
sinaladi. 3 — 10 va 6 — 20 kV kuchlanishga mo‗ljallangan kuchlanish
ko‗rsatgichlarning izolyatsiyalovchi qismi 40
kV bilan, 35 — 110 kV
kuchlanishligini esa 190 kV bilan 5 minut davomida sinaladi.
3.1.33. 3 — 10 kV va 6 — 20 kV kuchlanishga mo‗ljallangan kuchlanish
ko‗rsatgichlarning egiluvchan simi alohida 20 kV kuchlanishda, 35 — 110 kV
kuchlanishga mo‗ljallangan kuchlanish ko‗rsatgichlarining simi 30 kV kuchlanish
bilan 1 minut davomida sinaladi. Sim suvli vannaga tushirilib, suvning sathi metall
uchlikdan 50 mm past bo‗lishi zarur. Sinov transformatorining
bir chiqish simi
metall uchliklarning simiga, ikkinchi simi esa metall vannaning korpusiga yoki
suvga tushirilgan elektrodga ulanadi.
3.1.34. Kuchlanish ko‗rsatgichining ishga yaroqliligi
bir xil fazaga va
qarama-qarshi (alohida 2 fazaga ulash) ulash sxemalarida sinalib (
3.1-chizma
),
gazorazryad lampaning bir xil fazalarga ulangan sxemada yonmasligini tekshirish
va qarama-qarshi sxemada gazorazryadli lampa yonishi uchun eng kam
kuchlanishni belgilash (
3.1-jadval
) maqsadida sinaladi.
145
3.1-chizma. Fazalarni sozlash uchun kuchlanish ko‗rsatkichini bir xil
fazaga (a) va qarama-qarshi (b) ulash prinsipial shakli. 1 — sinov transformatori; 2
— kuchlanish ko‗rsatgichi
Elektr
uskunaning nominal
kuchlanishi, kV
Yonish kuchlanishi, kV
Bir xil fazalarga
ulanganda kamida
Qarama-qarshi (alohida 2
fazaga) ulanganda ko‗pi bilan
3 — 10
6 — 20
35
110
12,7
28
40
100
2,5
4,0
20
50
Do'stlaringiz bilan baham: