134
1) Ular yalang‗och egiluvchan ko‗p tolali
mis simdan tayyorlanishi va
kesimi bir fazali yoki fazalararo qisqa tutashuv jarayonida termik bardoshlik
talablarini qoniqtirishi kerak, lekin kuchlanishi 1000 V dan Yuqori bo‗lgan elektr
uskunalari uchun 25 mm
2
dan, kuchlanishi 1000 V gacha bo‗lgan elektr uskunalari
uchun esa 16 mm
2
dan kam bo‗lmasligi zarur. Mis simlar kesimini termik
bardoshligi bo‗yicha tanlab olishda boShlang‗ich haroratni 30° S, yakuniy
haroratni 850° S qabul qilishga ijozat beriladi. Ko‗chma himoya yerga ulagachlarni
qisqa tutashuv tokidan qizishini hisoblashda
quyidagi sodda formuladan
foydalanish tavsiya qilinadi:
Bunda: S
min
— simning minimal kundalang kesimi; I
ust
— qisqa tutashuv
tokining eng Yuqori miqdori, t
f
— fiktiv vaqt.
Amaliyotda t
f
uchun ushbu elektr uskunasini asosiy releli himoyasining eng
katta o‗rnatilgan ishlash vaqti olinishi kerak. Qisqa tutashuv tokining qiymati
Yuqori bo‗lgan holda bitta yerga ulashning termik mustahkamligi etarli bo‗lmasa,
bir nechta parallel yerga ulash o‗rnatishga ruxsat beriladi.
2) Bir-biri bilan tutashtiruvchi simlarni
shinalarga ulovchi qisqich
(qisma)ning konstruktsiyasi shunday bo‗lishi kerakki, ko‗chma yerga ulagich qisqa
tutashuv toki o‗tganda dinamik kuch ta‘sirida o‗rnatilgan joyidan chiqib ketmasligi
kerak. Qisqich (qisma)lar yerga ulagichlarni tok o‗tkazuvchi qismlarga shtanga
yordamida o‗rnatish va olishga mo‗ljallangan moslama bilan jihozlangan bo‗lishi
zarur. Egiluvchan mis sim qisqich (qisma)ga bevosita yoki mustahkam presslangan
mis uchlik yordamida ulangan bo‗lishi zarur. Sim ulangan joylaridan sinmasligi
uchun uni egiluvchan po‗lat simli prujina shaklidagi qobiqqa joylashtirish tavsiya
qilinadi. Egiluvchan mis sim tolalarini mexanik shikastlanishlardan saqlash
maqsadida simni aniq ko‗rinadigan qobiqqa solib qo‗yish ham tavsiya qilinadi.
3) Simdagi yerga ulash uchun mo‗ljallangan uchlik, strubsina ko‗rinishida
yoki yerga ulangan konstruktsiya yoxud yerga ulagich
simiga mahkamlanuvchi
qisqich konstruktsiyasiga (barashkasiga) mos holda bajarilishi zarur.
4) Ko‗chma yerga ulagich elementlarining kontakt yuzalari qalaylab
oqartirilgandan sung presslash, payvandlash yoki bolt bilan mustahkam va qattiq
ulanishi shart. Buning uchun kavsharlash man qilinadi.
2.1.84. Havo elektr uzatish tarmoqlari
simlarini yerga ulash uchun
ishlatiladigan
ko‗chma
yerga
ulagich
uskunalarini
metall
ustunlar
konstruktsiyasiga, yog‗och ustunlarni yerga ulash qurilmasiga yoki maxsus
vaqtinchalik yerga ulagichga ulashga ruxsat etiladi.
2.1.85. Sinash sxemalarida ishlatiladigan ko‗chma yerga ulagich simining
kundalang kesimi kamida 4 mm
2
, elektr uzatish tarmoqlaridagi ustundan
135
izolyatsiyalangan yashin qaytargich troslari hamda ko‗chma
uskunalarni
(laboratoriya va h. k) yerga ulashda esa mexanik mustahkamligiga qarab kamida
10 mm
2
bo‗lishi shart.
2.1.86. Har bir ko‗chma yerga ulagichda uning raqami va yerga ulovchi
simlarning kundalang kesimi ko‗rsatilgan bo‗lishi lozim. Bu ma‘lumotlar yerga
ulagichga mahkamlangan birkaga yoki strubsinaga (uchlikka) o‗yib
yozilgan
bo‗lishi lozim.
2.1.87. Har bir ko‗chma yerga ulagich har 3 oyda bir marta hamda
ishlatishdan oldin va qisqa tutashuv toki ta‘sirida bo‗lgan hollarda ko‗zdan
kechirilishi shart. Simlarning ulangan kontaktlari emirilganda, mexanik
mustahkamligi
pasayganda, ular erib tushganda, 5 foizdan ko‗p sim tolalari
uzilganda va shunga o‗xshash holatlarda ko‗chma yerga ulagichlar ishlatishdan
olib tashlanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: